«Выберите макет» jumlasi joylashgan ramkani o‘chiring. Buning uchun uni belgilab, Del klavishasini bosing;
Ortiqcha rasmlarni ham o‘chiring;
Slayddagi rasmni o‘zgartiring. Buning uchun rasm ustida sichqoncha o‘ng tugmasini bosib, ochilgan kontekstli menyudan Изменить рисунок buyrug`ini bajaring. Ochilgan Вставка рисунка muloqot oynasidan Foto nomli papkani faollashtirib, uchinchi rasm faylini tanlab, Открыть tugmasini bosing;
Matn kiritish ramkasi ichidagi matnni o‘chirib, qo‘yilgan rasmga izoh beruvchi ma`lumotlarni kiriting;
Qolgan to‘rtta slaydlarga ham shu tariqa rasmlar va izoh ma`lumotlari kiriting. Bunda rasm qo‘iyish uchun avval mavjud rasmlarni o‘chirib, song Вставка►Изображения►Рисунок buyruqlar ketma-ketligidan foydalaning;
Taqdimotni Файл►Сохранить как►Документы►Презентация Power-Point 97-2003 buyruqlar ketma-ketligini bajarib, Fotoalbom nomi bilan saqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |