O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


So’ngi marta o’qigan badiiy kitob yuzasidan



Download 0,55 Mb.
bet11/12
Sana30.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#92130
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
MalakaQuva37

So’ngi marta o’qigan badiiy kitob yuzasidan

Tohir Malikning “Murdalar gapirmaydilar” qissasiga ta’rif

  1. Murdalar gapirmaydilar” asarida voqealar rivoji

  2. Asardan olgan taaassurotlarim

  3. Kitob – tafakkur manbai.

Tong otdi. Uzoqdan xo‘rozning qichqirig‘i, mayin shabadaning epkin, etni junjiktiruvchi harorati yoqimli xush berdi.

O‘qiyotgan kitobimni tugatib, atrofga razm soldim. Hamma uyquda. Ammo men bedorman. O‘qigan kitobim ummoniga shu qadar g‘arq bo‘ldimki, tong otganini ham sezmay qolibman.Yostig‘im ustida yozuvchi Tohir Malikning “ Murdalar gapirdilar” asari...

Murdalar gapirmaydilar... Qiziq, murda ham gapiradimi? Asarni o‘qir ekanman, beixtiyor voqealar girdobiga tushib qoldim.

Nafsning kelajagi zulmdir. Zulmning kelajagi xorlikdir. Badan pokligi badanga, ruh pokligi ruhga hayot bag‘ishlar...

Hamisha yegani oldida, yemaganini ketida bo‘lgan, huzur-halovatda, to‘qchilikda yashagan Tursunalining qamoqxonadagi hayoti, o‘g‘riboshi, ammo martabasi qamoqxona boshlig‘idan ham yuqori bo‘lgan Tengiz, bo‘g‘izlangan Nafisa. ko‘ksi mardlik, g‘urur bilan limmo-lim to‘la Nuriddinning harakatlari....

Matluba.... Erining xiyonatini bilsa-da, farzandlari uchun lom-lim demay, ko‘rib, ko‘rmaslikka olib, bilib, bilmaslikka solib yashagan mazluma ayol! Hatto qamoqqa tushgandan keyin ham tinchimagan, halovati yo‘qolgan, xotirjam nafas ololmagan jabrdiyda ayol...

Toshbuva... Nafsi hakalak ochgan, pul uchun o‘z qizi nomusini ham sotishga qodir tuban, razil ota.

Tursunalining mudhish taqdiri Nafisani, begunoh santexnik Sanjarning o‘limiga sababchi ekanini kim o‘ylabdi, deysiz....

Omonullo, Abduqayum, Omonulloning tutingan otasi Bobomurodning kalavaning uchini topishga uringanlari...

Ayniqsa, asar so‘nggida Adolatning qizini yangi sovxoz direktoriga qo‘shib berishi, bir tomchi suvga zor Toshboltaning jon bera olmay, qiynalishi, yarim jon bo‘lib qaytgan Tursunalining yana eski hunarini qilib, yana qamoqqa tushishi, Matlubaning yana ersiz qolishi, o‘g‘lini uylantirganda yangi kelin qaynotasi uchun salom berganda, Tursunali qamoqxonaning zax, rutubatli xonalarida utirgani ham menga juda katta ta’sir ko‘rsatdi.

Qalbingizni o‘ylang, Inson qalbi bir parcha go‘shtdan iborat emas,qalbda ma’naviy haqiqat,Rabboniy latofat jo etilgan.Qalb ayni paytda inson ko‘nglining eshigi, derazasidir. Derazadan tashqariga qaraganingizda, yer, osmon, yulduzlarni ko‘rganingizdek, qalbingizga qaraganingizda ham ko‘ngil olamingizni mushohada qilasiz. Bu olam nuroniy olam, keng, tengsiz olam bo‘lib, arshi a’loga qadar uzayib ketgan, o‘zingizni shu olamga o‘tganingizni, to‘lib-toshganingizni his qiling.

Nima uchun Nafisa shunday o‘limga ravo ko‘rildi? Begunoh Sanjarning aybi nima? Matlubaning shuncha gap-so‘zdan keyin ham eri haqida iliq gaplar aytishiga sabab nima? Toshbuva nima uchun pulga shunchalik o‘ch? Adolat ham nafs qullaridanmi?

Jinoyat olamidagi Qo‘tos, Koshak, Tengizlar nima uchun shu yo‘lni tanlashdi?

Dunyodagi jamiki tirik jon mehrga tashna yashaydi.Mehr –bu baxt. Aslida baxt nima? Tiriklikchi? Tiriklikning tirgagi nima? Baxt degani nisbiy tushuncha. Unda baxtsizlikning shakl-shamoyili qanaqa bo‘ladi. Rangi-chi ? Baxtsizlikning rangi bormi? Inson bolasi ushbu 2 qutb–baxt va baxtsizlik orasida sarson yashab, biri ikkinchisiga intilarkan. Hamisha nimadir qidiradi O‘sha qidirgani mehr emasmikan?. Bu tuyg‘u so‘zda nozik ohang kasb etsa, uning zaminida atom kuchi mavjudligini hamma ham bilarmikan?

Asardan nima oldim? Mehrga tashna qalbning iztiroblarinimi,boylik xirslarinimi, savob va gunoh orasidagi masofanimi, mehrning cheksiz qudratinimi...

“Adabiyot atomdan kuchli, ammo uning kuchini o‘tin yorishga sarflash yaramaydi” degan edi Abdulla Qodiriy. Darhaqiqat, bu asar meni o‘ziga shunchalik rom etdiki, men har narsaning tosh-tarozisi borligi, jinoyat olamining chirkinligi, tubanligi baribir ochilishi, qilmish-qidirmish ekanligiga yana bir karra amin bo‘ldim. Bularning barcha-barchasi kitobxonni xayollar og‘ushiga chorlaydi, mulohaza qilishga, fikr yuritishga undaydi.

Inson eng avvalo, mehrga tashna... Yozuvchi haqiqiy hayot voqealarini badiiy shaklda namoyon etadi.

Mehrning narxi qancha ekan????

Halollikning o‘lchovi bormi?

Sabrning chegarasi-chi?

Inson nima uchun hamisha ezgulikka, yaxshilikka, muruvvatga intilib yashaydi?

Bu yorug‘ dunyoda insonning insonga bo‘lgan hurmati, ishonchi, oqibatidan boshqa azizroq nima bor?

Bu asar meni mana shunday savollar dengiziga g‘arq qildi, hayotiy ko‘nikmalarimni rivojlantirdi, “Al qasosu minal haq” “Har kim ekkaninini o‘rishi”ni isbotlab berdi.

Kitobdan yaxshiroq do‘st yo‘q jahonda, g‘amxo‘ring bo‘lgay u g‘amli zamonda. Darhaqiqat, kitob–hayot darsligi. Kitobni varaqlar ekanmiz, tasvirlangan voqelik bizni o‘z girdobiga tortadi, asar qahramoniga beixtiyor aylanamiz. Qahramon g‘alaba qozonsa, quvonamiz, mag‘lub bo‘lsa, achinamiz.

Kitob – insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Ayniqsa, buni donolarning o‘gitlari, yozma manbalar, xalq og‘zaki ijodi durdonalari, xalqning an’anaviy tarbiya usullarida aks etgan kitob bilan bog‘liq xilma-xil hayotiy rasm-rusumlar, udumlar va urf-odatlardan ham bilish mumkin.

Kitob haqida Abdurahmon Jomiy shunday deydi:. “Bilimdonlar so‘zi bordur bu bobda: “Bilimdon go‘rda-yu, ilmi kitobda!” Agar yolg‘iz esang, hamdam kitobdur, Bilim subhidagi nur ham kitobdur.”



Kitob – insonning erkin fikrlashi, dunyoqarashining kengayishi, aqlan yetuk bo‘lishi, ma’naviyatining shakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi. Kitob o‘qigan insonning aqli charxlanib, ma’naviyati boyib yetuklik sari ildamlayveradi. Kitob o‘qimagan insonning ongi ma’naviy qashshoqligicha qolaveradi.

Qalbida iymon nuri bo‘lmagan inson uyqudadir. Uni faqat o‘lim uyg‘otadi.






    1. Download 0,55 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish