6
1 BOB. Neftdan azotli asoslarni ajratish va tadqiq etish.
Neftlar tarkibida uglevodorodlardan tashqari azotli, oltingugurt va kislorodli
organik birikmalar ham uchraydi. Bunday geteroatomli birikmalar yoqilg’i va
surkov moylarining eksplutatsion hossalarini yomonlashtiradi. Bu moddalarning
tabiatini o’rganish juda muhim. Neft mahsulotlaridan bu moddalarni tozalashga
alohida e’tibor beriladi. SHu sababli Farg’ona neftni qayta ishlash zavodida dizel
yoqilg’isidan oltingugurt ajratib olish yo’lga qo’yilgan.
Azotli organik birikmalar asosan neft mahsulotlarining yuqori distillyatlarida va
haydalmasdan qoladigan qoldiqlarda uchraydi. Oltingugurtli birikmalar yuqori
bo’lgan neftlarda azotli birikmalar miqdori ham ko’p bo’ladi. Yosh yotqiziqlardagi
neftlarning tarkibidagi azotli birikmalar katta yoshli yotqiziqlarga nisbatan ko’p
bo’ladi. 1.1. jadvalda dunyoning ba’zi neft konlaridan qazib olinadigan neftlar
tarkibidagi azot miqdori keltirilgan.
1.1 jadval.
Turli neftlarning tarkibidagi azot miqdori
t.r
Neft konlari
Azot%
t.r
Neft konlari
Azot %
1.
Surhon (MDX)
0,03-0,3
7.
Tuymazin
0,27
2.
Dossar
0,03
8.
Mahachkala
0,15
3.
Koprachuhar
0,05
9.
Saxalin
0,20-0,35
4.
Balahon
0,23
10.
Kaliforniya
0,67
5.
Grozniy
0,12
11.
Eron
0,14
6
Krasnokamsk
0,18
12.
Farg’ona
0,50
Neft fraktsiyalari molekulyar massasining va qaynash tempiraturasi ortishi
bilan ularda azotli asoslarning va azotning umumiy miqdori 0,03 dan 0,067 gacha
ortib boradi. Neftni fraktsiyalab haydalganda hosil bo’ladigan kub qoldig’ida 0,16-
1,15%, gudronda esa 0,64-0,70% va bitumda 1-1,3% azot bo’lishi mumkin.
Asfalьtenlarda esa 14% gacha azot bo’ladi.
Azotli asoslar barqaror moddalar bo’lib 315
0
C temperaturada 24 soat
davomida qizdirilganda ham hech qanday termik o’zgarishga uchramaydi.
7
Neft tarkibidagi eng kam o’rganilgan moddalardan biri azotli organik
birikmalar hisoblanadi. So’ngi yillarda azotli asoslarni o’rganish faqat nazariy
ahamiyatga ega bo’lib qolmay, balki amaliy jihatdan ham ahamiyat kasb etmoqda.
Azotli asoslarning neftda oz miqdorda bo’lishi va ajratib olishning
murakkabligi, ularning tabiatini chuqur o’rganishni qiyinlashtiradi. Hozirga qadar
azotli asoslarni ajratib olishning qabul qilingan yagona usuli yo’q. Quyida
adabiyotlardan ma’lum usullarning tahlilini keltiramiz.
1.1. Azotli asoslarni ajratib olish va analiz usullari.
Har qanday kimyoviy ob’ektlarni tadqiq etilishi usullari analitik usullarining
rivojlanish darajasiga va imkoniyatlariga bog’liq. Bu ko’p jihatdan neftning
geteroatomli birikmalarini, ayniqsa tarkibi murakkab bo’lgan azotli asoslarni
o’rganishga bevosita bog’liq.
Azotli asoslarni ajratib olishda kislotali ekstraktsiya, kompleks hosil qilish
va hromatografiyadan foydalanilmoqda. Azotli asoslarni neftdabn ajratib olishda
dastlab qo’llanilgan va hozirda ham qo’llanilib kelinayotgan usullardan biri
ob’ektlarni mineral kislotalarning suvli eritmalari (10-20%li) bilan ishlashdan
iborat.[5]
Bandrovskiy 1887 yili neftdan azotli asoslarni ajratib olishga muvaffaq
bo’ldi [6]. Mualliflar [7] azotli asoslar neftning yuqori fraktsiyalarida, hususan
smolasimon asfalьten qismida to’planishini hamda ularni ajratib olishda turli
kontsentrattsiyali mineral kislotalar bilan ko’p marta ishlov berilishi natijasida
erishilganligini takidlashadi. Getseu [8] azotli asoslarni ajratib olishda 25-30% li
sulьfat kislotadan foydalanish yahshi samara berishini ko’rsatib o’tadi.
Azotli
asoslarni
ajratib
olish
sohasida
ko’plab
tadqiqotchilar
shug’ullanishgan. Adabiyotlardagi ma’lumotlar qo’llanilayotgan usullarning
takomillashib borayotganligini tasdiqlaydi. Jumladan, neft fraktsiyaga spirt
qo’shilgan mineral kislota bilan ishlov berish azotli asoslarni chiqish unumini
oshiradi [9-10].
8
Ba’zi mualliflar azotli asoslarni ajratib olishda erituvchilarning o’rniga ko’p
etibor qaratishdi. Ashumov [11] kislotali fraktsiyaga oldin petroley efiri qo’shib
”gudron”lardan tozalash, so’ngra kislotali qavatni neytrallash va azotli
kontsentratni benzol bilan ekstraksiya qilib olish lozim, deb hisoblaydi.
Gusinskaya S.L. janubiy O’zbekiston neftlari va Jarqo’rg’onning yig’ma
tovar neftlari azotli asoslarini ajratib olish va chuqur tadqiq etish borasida qator
tadqiqotlar olib bordi [12-17]. Neft va uning fraktsiyalaridan asosli hususiyatga
ega bo’lgan birikmalarni kislotali ekstraktsiya bilan ajratib olindi. Muallif eng
qulay sharoit 25% li sulьfat kislota eritmasi va 60
0
C li harorat ekanligini ko’rsatib
o’tadi. Azotli asoslarni ajratib olishda Efimova va SHatunova [18] huddi shu
kontsentratsiyali kislotani spirtdagi eritmasidan foydalanishni tavsiya qiladi. Ular
Tuymazin va Romashkin neftining 3:1 nisbatli aralashmasining vakuum gazoyli
fraktsiyani hamda alohida Tuymazin neftini tekshuruvdan o’tkazdilar.
Qator mualliflarni ishlarida [19-23] gazoyl fraktsiyadan ham azotli asoslarni
ajratib olish mumkinligini ko’rsatib o’tiladi.
1976 yilda e’lon qilingan SHapiro ishlarida [20] oldingilaridan farqli usul
taklif etilgan: neftga oldin ishqor, so’ngra kislota bilan ishlov beriladi. Natijada
azotli asoslarni yuqori unum bilan ajratib olinadi.
Adbiyotlardagi ma’lumotlarga [22-24] ko’ra hozir ham azotli asoslarni
neftdan ajratib olishda kislotali usullar ko’p qo’llanilib kelinmoqda. SHu bilan
birga azotli asoslarni komplekslar xolida ajratishga asoslangan usullar ham
ma’lum G’arbiy Sibir neftlaridan A.N.Plyusnin va boshqalar azotli asoslarni
ajratib olishda aktseptor sifatida TiCl
4
dan foydalanishdi. Ular tomonidan
qo’llanilgan usul neftning yuqori haroratda qaynovchi fraktsiyalaridan [25-29] va
hom neftdan [30] uglevodorodlarda erimaydigan barcha azotli asoslarni, neytral
azotli birikmalarning katta qismini shuningdek kislorodli va oltingugurtli
birikmalarni komlekslar ko’rinishida ajratib olish imkonini berdi. G’arbiy Sibir
neftining 350-400
0
C da qaynovchi fraktsiyalaridan TiCl
4
sarfi 0,016g/g bo’lganda
umumiy azot birikmasi 60% ga , azotli asoslar 98% ga tozalangan [30] TiCl
4
ning
benzoldagi suyultirilgan eritmasi bo’lib-bo’lib qo’llanilganda azotli asoslar
9
reagentning dastlabki bo’lagi ta’siridayoq cho’kadi, keyingi bo’laklari ta’sirida esa
N
ac
:N
u.m
komplekslari orasidagi nisbat tez kamayadi va nihoyat neytral azotli
asoslar fraktsiyasini ajratib olish mumkin bo’lib qoladi.
Model birikmalar yordamida neft mahsulotlaridan TiCl
4
ta’sirida piridin,
hinolin va analin birikmalari to’la cho’kmaga o’tishi asoslab berilgan[31].
Koordinatsiyalovchi
erituvchilarda
(dimetilformamid,
dimetilsulьfoksid,
propilenkorbanat) reaktsiyalar o’tkazilganda ham azotli asoslarni to’la chiqarib
yuborishga erishiladi [30]. Bu usullarni qo’llaganda kislorodli va oltingugurtli
birikmalarning va qisman aromatik uglevodorodlardan azotli asoslar bilan birga
ajralishi tarkib va tuzilish bilan bog’liq tadqiqotlarni qiyinlashtiradi. Azotli asoslar
neft fraktsiyalaridan o’tish davri elementlari (Fe, Zn, Cu, Mo,) [32] bilan
komplekslarida ham to’la (97-98%) ajraladi.
Yuqorida qayd etilgan usullar bilan bir qatorda azotli asoslarni ajratib
olishda hromatagrafiya keng qo’llanilmoqda. Sorbtsion usullarning, ayniqsa
hromotografiya usullarining yaratilishi va tadqiqotchilar ihtiyoriga topshirilishi
fraktsiyalash jarayonlarini amalga oshirishda eng samarali zamonaviy usullardan
biriga aylanishiga sabab bo’ldi. Keng doirali turli-tuman sorbentlar, qattiq
tashuvchilar va statsionar (harakatlanmaydigan)
suyuq fazalarning, analitik va preparativ jihozlarning yaratilishi ajratish
jarayonlarini amalga oshirish usullarining tavsiya etilishi ko’plab murakkab
vazifalarni, jumladan aralashmalarni alohida guruhlarga differensatsiyalash bilan
birga induvidal moddalarning ajratib olish imkonini berdi.
Mualliflar [32-33] azotli asoslarni ajratib olishda Amberlit, Florozil,
Daulayt-CLO markali kationlarni qo’llashdi va suv bu moddalarni ajratib olishda
halaqit berishini aniqlashdi.
Bezinger va Galьpern [34] ion almashinish usulini takomillashtirdilar va uni
neftdan azotli asoslarni miqdoriy jihatdan ajratib olishda qo’lladilar. Usulning
mohiyati quydagilardan iborat: azotli asoslarni sorbtsiyalash birinchi bosqichda
benzol eritmasidan, ikkinchi bosqichda sirka angidiridni qo’shib amalga oshiriladi.
10
Sirka angidirid sorbtsiyalanish tezligini oshiradi va suvning katta qismini bog’lab
oladi. Desorbtsiya ammiak bilan to’yingan spirtli muhitda bajarilgan. Bu usulning
eng qiyin tomoni hisoblanadi, chunki ba’zi azotli asoslar kationitlar bilan hosil
qilgan kimyoviy bog’ mustahkam bo’lib, bunday hemosorblarni ajratib olish juda
qiyin. Turli neftlarning azotli asoslari to’la desorbtsiyasi bir hil emas. Masalan,
Janubiy O’zbekiston neftining yuqori fraktsiya azotli asoslari kationitdan faqat
32% ga desorbtsiyalanadi. Bu jarayonda kationitning g’ovakligi juda muhim
hisoblanadi.
Bu usulni Tokareva [35] Mangishlak nefti va mahsulotlardan azotli asoslarni
ajratib olishda qo’lladi va KU-1 kichik ion almashinish sig’imiga ega ekanligini
aniqladi. Desorbtsiya jaryonida faqat 15% azotli asoslarni ajratib olishga
erishilgan, asosiy qismi kationitda qolgan. Desorbtsiyani Abdurahmonov [36]
tomonidan taklif etilgan usuldan foydalanib amalga oshirish munkin. Buning
uchun kationit benzol bilan yuviladi, so’ngra ishqorning spirtdagi 70% li eritmasi
bilan chayqaladi va nihoyat spirtda rangsiz eritma hosil bo’lguncha qaynatiladi.
Tokareva va Galьpern [37] azotli asoslarni ajratib olishda aromatik
sulьfokislotalardan foydalanishni taklif etishdi, o-sulfobenzoykislotalardan
foydalanish yahshi natija berishi ko’rsatib o’tiladi. Biroq sorbentni ajratib olish
qiyin boradi, bu esa azotli asoslarning desorbtsiyasini murakkablashtiradi, shu
sababli qo’shimcha ravishda KU-23 kationitdan foydalanilgan. Desorbtsiya
vaqtida azotli asoslarning bir qismi yo’qolgan.
Yirik g’ovakli KU-23 sulьfokislotali kationit Bezinger va Galьpern [38] va
boshqa mualiflar [39]tomonidan azotli asoslarni ajratishda muvaffaqiyatli
sinovdan o’tkazilib, foydalanishga tavsiya etilgan. Asoslar sorbtsiyasi atsetonda
aralashtirilib turgan holda, desorbtsiya esa etanol muhitida gazsimon ammiak
ta’sirida
amalga
oshiriladi.
Ohirgi
mahsulotdagi
azotli
asoslarning
kontsentrattsiyasi dastlabki neftdagiga qaraganda 100 marta ortiqligi qayd etilgan
(3,2% va 0,028%). Bu usul neftdan va neft mahsulotlaridan azotli asoslarni to’la
ajratib olish bilan birga desorbtsiya jarayonining ohirigacha borishi usulning
yuqori samaraga egaligini tasdiqlaydi. Ion almashtirgichlarning ijobiy tomonlariga
11
qaramasdan, azotli asoslarni ulardan ajratib olish uchun uzoq muddat talab qilinadi
(40 soatdan ortiq).
Azotli asoslarning dastlabki kontsentrattsiyasini oshirish maqsadida
alyuminiy oksidda yoki silikagelda adsorbtsion hromotografiya kislotali
ekstraktsiyani qo’llash bilan amalga oshirildi [20-40]. Ikki usul-hromatografiya va
estraktsiyaning birgalikda qo’llanilishi neftdan azotli asoslarni to’la ajratib olish
imkoniyatini beradi.
Adabiyotlarda neftdan azotli asoslar ajratib olishda qo’llanilgan va
patentlangan sorbentlar haqida ma’lumotlar mavjud[41-44].
Elyuent sifatida turli erituvchilar ishlatilib kelinmoqda [45-47].
Tahlil qilingan ilmiy manbalar azotli asoslarni ajratib olish usullarining
mukammalashib barayotganligini tasdiqlaydi, biroq ularning har birida ma’lum
kamchiliklar mavjud: kislotali ishlov berish jarayonida modda tuzilishida bazi
o’zgarishlar sodir bo’ladi; hromotografiyada esa qaytmas adsorbtsiya hodisasi
kuzatiladi.
SHu sababli neftdan azotli asoslarni ajratib olishda kislotali ekstraktsiya,
kompleks hosil qilish va hromatografiya usullarining turli kombinattsiyasi
qo’llanilmoqda [48-51].
1.2. Azotli asoslarni identifikatsiyalash masalalari.
Azotli asoslarni individual tarzda yoki hossalari yaqin alohida guruhlar
ko’rinishida ajratib olish bir qator muammolar bilan bog’liq. Birinchidan, azotli
asoslar
geterotsiklik
birikmalarning
murakkab
aralashmalaridan
iborat,
ikkinchidan neftdan azotli asoslar bilan birga neytral azotli, kislorodli va
oltingugurtli birikmalar birga ajraladi, ularni bir-biridan ajratib yuborish juda
murakkab.
Mualliflar [52] azotli asoslardan aromatik uglevodorodlarni adsorbtsion
hromatografiya bilan ajratishga urinishgan lekin to’la natijaga erishilmagan.
Oltingugurtli birikmalardan ajratishda ham shu holat kuzatilgan.
12
Azotli asoslarni sistemali o’rganish o’tgan asrning o’ttizinchi yillarida
amerikalik ximiklar tomonidan yuqori azotli Kaliforniya neftini tadqiq etishdan
boshlangan [53].
Dastlabki ishlarda azotli asoslar yuqori samarali rektifikatsion kolonnalarda
haydalib 1-2 gradusga farq qiluvchi turli hosilalar hosil qilish bilan kichik
fraktsiyalarga ajratildi.
O’tgan asrning 60-yillaridan
boshlab,
mualliflar[51-56]azotli
asoslarlarning murakkab aralashmasini bo’lishda va analizlarda fizik-himiyaviy
usullarni qo’lladilar, jumladan adsorbtsion, yupqa qatlam, qog’oz, gaz suyuq
hromatografiyadan, YaMR, UF-spektroskopiyadan foydalanildi.
Benzinger , Abdurahmonov va boshqalar [36] azotli asoslarni guruhlarga
bo’lishda gidroformillash reaktsiyasini adsorbtsion usul bilan bog’langan
kimyoviy modifikatsiyasini qo’lladilar. Azotli kontsentrat [57] metodikaga ko’ra
gidroformillanadi. Mualliflarning takidlashicha piridinlar rektsiyaga kirishmagan,
hinolin va akridin tuzilishlarida o’zgarishlar quyidagicha borgan.
N
HCOOH
(C H ) N
N
N
N
H
HCOOH
(C H ) N
Biroq asosan benzohinolinlardan iborat neft asoslari fraktsiyalari bu
jarayonda akridin singari emas, balki hinolin kabi o’zgarishga uchraydi[58-59].
Mualliflar
[60]
5,6-benzohinolinni,
6-metilfenantridinni,
1,2-,
7,8-
dibenzoakridinni chumoli kislota bilan ishlovdan o’tkazdilar. Neft azotli asoslarini
guruhlar bo’yicha gidroformillash reaktsiyasi bilan o’zgarishga uchratish jarayoni
hinolinning benzohosilalariga ham bevosita tegishli ekanligi asoslab berildi. 2,4-
dimetilhinolin, 6-metilfenantridin, 5,6-benzohinolin formamid guruhini hosil qilish
bilan gidroformillashga uchraydi.
Gusinskaya hodimlari bilan [12-17] Janubiy O’zbekiston neftining azotli
asoslarini tadqiq etdi. Qator kimyoviy va fizik-kimyoviy tadqiqotlar natijasida ular
13
tomonidan beshta alkilhinolin va to’rta tiazol gomologlarini identifikatsiyalashga
muvaffaq bo’lindi. Janubiy O’zbekiston nefti azotli asoslaridan individual
moddalarni ajratib olish va tuzilishini aniqlash yo’nalishida Isaqov. M.Yu. va
boshqalar [24]tomonidan chuqur tadqiqotlar amalga oshirildi.
O’zbekiston neftlari azotli asoslarining boshqa neftlarga nisbatan chuqur
o’rganilganligini [61] ishlarda ham ko’rish mumkin. Jarqo’rg’on tovar neftining
yuqori fraktsiyasi (q.t.320-420
0
C) azotli asoslari kislotali ekstraksiya usullarida
ajratib olingan, tarkibini o’rganish uchun fizik-kimyoviy va kimyoviy usullar
birgalikda qo’llanilgan. Azotli asoslar kontsentrati piridin, hinolin hosilalaridan,
tiazollardan, shuningdek sulьfidlar, tiofenlar va aromatik uglevodorodlardan iborat
ekanligi aniqlandi. Uni tadqiq etish uchun birinchi marta preparativ va yuqori
samarali kolonkali suyuq adsorbtsion hromatografiyadan foydalanildi. Bu usul
individual geteroatomli uglevodorodlarni ajratib olish imkonini berdi.
Suyuq-adsorbtsion hromatografiyada geterohalqali birikmalarning model
aralashmalarining ajralishi sinovdan o’tkazilgan [62]. Ularni ajralishi uchun eng
qulay sharoitlar topilgan: adsorbentning dezaktivatsiyalanish darajasi,
elyuentning xramatografik aktivligi va tezligi, getereohalqali aromatik
birikmalarining chiqish tartibi erituvchining tabiatiga va azot atomidagi
bog’lanmagan elektron juftning xalqadagi o’ribosarlar tomonidan ekranlanish
darajasiga xamda aromatik halqalar soniga bog’liqligi asoslab berilgan.
Xromatografiya analizi natijalariga asoslangan xolda individual geterohalqali
birikmalarning va ba’zi sulьfidlar, shuningdek aromatik uglevodorodlarning
chiqish tartibi xamda ushlanish vaqti aniqlanib, ular neft azotli asoslarini
identifikattsiyalashda foydalanilgan.
Suyuq –adsorbitsion xromatografiya tadqiqotchilar tomonidan elyuentlarni
preparativ yigib olib, keyingi fizik-ximiyaviy izlanishlarda foydalanish maqsadida
ishlatilgan.
Geteroorganik birikmalarni identifiktsiyalash uchun mikrogidrogenoliz
reaktsion gaz xromatografiya variantida muvaffaqiyat bilan qo’llanilgan [63].
14
Numonov va boshqalar [64-65] tojik dipressiyasi nefti azotli asoslarini
ajratishda silikagel va alyuminiy oksiddan xromatografiya usulida foydalandi.
Azotli asoslar xinolinlar va uning naftenli gomologlaridan, benzxinolinlar,
benzotiazollardan tashkil topganligi ko’rsatib berildi, shu bilan birga Jarqo’rg’on
neftidan ajratib olingan azotli asoslar asosan xinolinlar va benzxinolinlar va
ularning alkilli hosilalaridan iboratligi takidlanadi.[65].
Xartung xodimlari bilan neftning azotli asoslarini bulishda fizik-ximiyaviy
usullardan foydalandi.[66] Mass-spektrometriya usuli bilan azotli asoslar
kontsentratida geterohalqali birikmalar mavjudligi aniqlanib, ularning aloxida
guruxlarga yoki individual moddalarga ajratishda adsorbtsion xromatografiyani
qog’oz xromatografiyasi va elektrofarez bilan birgalikda olib borishdi. 30 ta
xromatografik fraktsiyalar ajratib olinib, azotli asoslarning guruxlari mass-
spektral tekshiruvlardan o’tkazildi. Olingan natijalar IK va Ub spektroskopiya
ma’lumotlariga ko’ra tasdiqlandi. Xar bir fraktsiya azotli asoslarning bir necha
guruhini –alkilhinolinlar, alkilbenzohinolinlar, fenantrolin, tionaftenoxinolin va
boshqalarni o’z ichiga olishi aniqlandi. Mualliflar ba’zi xolatlarda identifikatsiyani
Ub-spektr maksimumlariga muvofiq amalga oshirganlar, lekin buning o’zini
organik
moddalarning
aralashmalarini
o’rganish
uchun
etarli
deb
bulmaydi.Afsuski
mualliflar
o’tkazilgan katta xajmli bu tadqiqotlarda
birikmalarning guruxlarini aniqlashda kimyoviy usullardan foydalanmaganlar.
So’ngi
yillarda
o’tkazilayotgan
tadqiqotlarda
azotli
asoslarni
identifikatsiyalashda faqat instrumental uskunaviy usullar qo’llanilmoqda.Neftning
azotli asoslarini bo’laklash va tuzilishini aniqlashda detektori takomillashtirilgan
va temperaturasi programmalashtirilgan gazsuyuqxromatografiyadan foydalinildi
[67]. Ular,azotli asoslar murakkab moddalar arlashmasidan iboratligini va sintetik
(etalon) moddalarsiz ularni identifikatsiyalash qiyinligi tasdiqlandi.
Bradenburg va Latham [68]azotli asoslarni individual moddalarga ajratish
uchun navbat bilan qutbli va qutbsiz fazalarni qullab, preparativ gaz-suyuq-
hromatografiya usulidan foydalandi. Bu bilan mualliflar ikki moddaning tuzilishini
aniqlashga erishdilar:bular 2,4-dimetil-6(2,2,6-trimetiltsiklogeksil)-piridin. Bu
15
modda oldin Tomson va Beyli [69] tomonidan himiyaviy usul bilan aniqlangan;
ikkinchisi birinchi marta neftda topilgan 2,4,7a,8,8-pentametiltsiklopentilpiridin
edi. Ularga quyidagi tuzilishlar taklif etildi:
CH
3
CH3
CH3
CH
3
CH
3
H
H
H
2
2
CH
3
CH3
CH
3
CH
3
CH
3
Azotli asoslarni o’rganishning dastlabki tadqiqotlarida kimyoviy usullarga
keng o’rin berilgan. Ba’zi individual azotli asoslar kichik fraktsiyalardan turli
hosilalarini hosil qilish bilan ajratib olingan, ularning tuzilishi oksidlash,
gidrogenlash, qarama-qarshi sintez bilan aniqlangan[69]. Bu usullar bilan uzoq
muddat davomida
soni ko’p
bo’lmagan alkilpiridinlar, alkilhinolinlar,
gidropiridinlar [70-72]haqida ma’lumotlar to’plangan, ularning bir qismining
tuzilishi keyincha fizik-himiyaviy usullar bilan aniqlangan [73].
So’ngi yillarda olib borilayotgan tadqiqotlarda ajratib olingan azotli
asoslarni identifikatsiyalashda asosan fizik-himiyaviy usullar ketma-ketligidan
foydalanilmoqda.
Neftning
azotli
asoslarini
tadqiq
etishda
Snayder[74]namunalarni
hromotografiya usullarida bo’laklash tizimini ishlab chiqdi: adsorbtsion silikagel
va alyuminiy oksidda va ion almashinish hromotografiyadan foydalandi.
Ajratilgan hromotografik fraktsiyalar analizida yuqori aniqlikdagi mass-
spektrometriyadan, kalorimetriya, IK-, Ub- va YaMR spektroskopiya usullar
qo’llanildi. Hromotografiya, spektral va boshqa fizik-himiyaviy usullar kompleks
tarzda qo’llanilishi asosli va neytral harakterdagi azotli moddalarni aniqlash
imkoniyatini berdi.
Dinnen [73] azotli asoslarni ajratishda molekulyar distilyatsiyani termik
diffuziya bilan bog’langan holda qo’lladi va ularni identifikatsiyalashda mass-,IK-,
Ub- spektroskopiyadan foydalandi. Fizik-himiyaviy usullar ma’lum ketma-
ketlikda qo’llanilishiga qaramasdan, hamma vaqt ham individual moddalarni
ajratishga muvoffaq bo’linmadi.
16
Brodskiy va boshqalar [75-76] ion almashinish hromotografiyasi bilan
ajratib olingan sahalin nefti azotli asoslarini tadqiq etishdi. Bu fraktsiyalarni analiz
qilishda mass-spektroskopiyadan foydalanildi. Neft azotli asoslarining asosiy
tarkibini uch halqali aromatik birikmalargacha bo’lgan kondentsirlangan
sistemalardan iboratligi aniqlandi. Neft azotli asoslarining uch halqali aromatik
birikmalari akridin hosilalari hisoblanar edi. Biroq kaliforniya neftini chuqur
tadqiq etish [77] natijasida asosiy tuzilish tiplari sifatida 3,4-va 7,8-benzohinolinlar
(I,II) idenfikattsiyalandi. 316-538
0
C fraktsiyadagi uch halqali aromatik birikmalar
orasida bu tiplar asosiy ekanligi ma’lum bo’ldi[64]. Bu neftni Ub-, IK- va
fluorestsen spektroskopiya bilan tadqiq etilishi yuqoridagi natijalarni
tasdiqladi[78].
Biroq, to’rthalqali asoslar asosan 1,2-va 3,4-benzakridinlardan (III,IV) iborat
bo’lib, azotning o’rni mavhum bo’lgan oz miqdordagi azapirenlar(V) uchrashi
ma’lum bo’ldi, lekin atsen tuzilishli moddalar aniqlanmadi. Bunday taqsimlanish
boshqa neftlarning geterotsiklik azotli asoslariga ham tegishli bo’lib, ular angulyar
va perikondentsirlangan aromatik birikmalarning atsen sistemalarga nisbatan
ko’pligi
bilan
harakterlanadi,
umumiy
holda
politsiklik
aromatik
uglevodorodlarning taqsimlanishi kabi bo’lishi mumkin[79-82].
N
N
N
I.
II.
III.
N
N
V.
IV.
Boykova A.Ya. va boshqa mualliflar [83] oltingugurtli neftlarning
qoldiqlarini kokslash natijasida olingan gazoyldan azotli asoslarni 1n hlorid kislota
17
eritmasi bilan ajratib olib, uni tadqiq etishda suyuq hromatografiya, UB- va IK-
spektroskopiya, mass- va hromato-mass-spektrometrlarda samarali foydalandilar.
Ketma-ket qo’llanilgan analiz metodlari 37 ta azotli asoslarni aniqlash va
tuzilishini tasdiqlash imkoniyatini berdi. Azotli asoslarning kontsentratlaridan
hosil qilingan kichik fraktsiyalarning hromato-mass-spektro-metriyasi brutto
formulasi C
n
H
2n-7
N bo’lgan tarkibiga muvofiq keluvchi beshta moddaga mos
kelishini ko’rsatgan.
N
N
H
N
H
N
N
Bu tuzulishli formulalar UB-, IK-, mass-spektrlar orqali ham tasdiqlangan.
214-320
0
S oralig’idagi gazoyl fraktsiyadan ajratib olingan azotli asoslar
alkilhinolin va izohinolinlardan, tsikloalkilhinolinlardan, alkilpiridinlardan,
alkilanilin, benzohinolinlardan iboratligi asoslab berilgan. Lekin ko’p sonli azotli
asoslarning aniq tuzilishli formulalar haqida ma’lumotlar berilsada, ularni
individual tarzda ajratish sohasida izlanishlar o’tgazilmaganligi, keyingi
izlanishlarning murakkab bo’lishi mumkinligidan dalolat beradi. SHuningdek
kislotali ekstraktsiya azotli asoslar bilan birga aromatik uglevodorodlarni va
oltingugurtli birikmalarni ajralishiga ham sabab bo’ladi. Yuqoridagi tadqiqotlarda
bu hususda ma’lumot berilmagan.
Takidlash lozim, neftdan ajratib olingan va identifikatsiyalangan azotli
asoslarning asosiy qismida bitta geteroatom mavjud. Neft fraktsiyalaridan 50 dan
ortiq individual azoti asoslar ajratib olingan(1.2.1-jadval).
1.2.1.-Jadval
Neftdan individual holatda ajratib olingan va identifikatsiyalangan
azotli asoslar.
Birikma nomi
Birikma nomi
Piridin
2,3-dimetilhinolin
2-metilpiridin
2,4-dimetilhinolin
3-metilpiridin
2,8-dimetilhinolin
18
4-metilpiridin
2,3,8-trimetilhinolin
2,3-dimetilpiridin
2,4,8-trimetilhinolin
2,4-dimetilpiridin
2-metil-8-etilhinolin
2,5-dimetilpiridin
2,3-dimetil-8-etilhinolin
2,6-dimetilpiridin
2,4-dimetil-8-etilhinolin
3,4-dimetilpiridin
2,3-dimetil-8-n-propilhinolin
3,5-dimetilpiridin
2,4-dimetil-8-n-propilhinolin
2,3,4-trimetilpiridin
2,3,4,8-tetrametilhinolin
2,3,5-trimetilpiridin
2,3,4-trimetil-8-etilhinolin
2,4,6-trimetilpiridin
2,3,8-trimetil-4-etilhinolin
3-metil-5-etilpiridin
2,3,4-trimetil-8-izopropilhinolin
2,3-dimetil-6-izopropilpiridin
2,3,4-trimetil-8-n-propilhinolin
dl-2-ikkilamchi-butil-4,5-dimetilpiridin
2,3-dimetil-4,8-dietilhinolin
3-tsiklopentilpiridin
2,3-dimetil-4-etil-8-n-propilhinolin
2-(2,2,6-trimetiltsiklogeksil)-4,6-
dimetilpiridin
2,3-dimetilbenzo-(7,8)-hinolin
6,7-digidro-1,5-piridin
2,4- dimetilbenzo-(7,8)-hinolin
6,7-digidro-1,5-piridin
3-etilhinolin
2-metil-6,7-digidro-1,5-piridin
Izohinolin
Trans-5,7-dimetil-6,7-digidro-1,5-
piridin
2,4-dimetiltiazol
5,7,7-trimetil-6,7-digidro-1,5-piridin
2-fenil-4-metiltiazol
2,4,7a,8,8-pentametil-
tsiklopentanpiridin
2-fenil-4,5-dimetiltiazol
5,6,7,8-tetragidrohinolin
Hinolin
2-metilhinolin
7-metilhinolin
Aniqlangan barcha di-,tri- va tetraalkilhinolinlarda o’rinbosarlar asosan
2,3,4 va 8-holatlarda, 2 va 3 holatlarda faqat metal gruppalar joylashganligi qayd
etilgan. Digidropiridinlarda o’rinbosarlar 2,3,5 va 6 holatlarni egallagan.
Hinolinlarga boy neft va neft fraktsiyalaridan faqat izohinolin topilgan [24] lekin
hosilalari qatori aniqlanmagan. Izohinolinlar neft qoldiqlari termodestuktsiyasi
mahsulotlarida va toshko’mir smolalaridagina topilganligi haqida ma’lumotlar
bor[83-85].
Adabiyotlarda [86-87] oltingugurtli birikmalari yuqori bo’lgan neftlardagi
azot tutgan molekulalarda oltingugurt ham bo’lishi mumkinligi qayd etilgan.
19
Oltingugurt tutgan azotli asoslar tabiati mukammal o’rganilgan emas. Neftning
oltingugurtli azotli asoslari haqidagi dastlabki ma’lumotlar Sergeeva [86],
keyinchalik Gusinskaya[87] ishlarida berilgan.
Gusinskaya hodimlari bilan [10,12,87] Djarqo’rg’on neftining (Janubiy
O’zbekiston) 120-420
0
C da qaynovchi fraktsiyalaridan alkiltiazollarni ajratib
olishga va tuzilishini asoslashga muvaffaq bo’ldi. Bu ishlar bilan birinchi marta
neft azotli asoslarida oltingugurt va azot bitta geteroxalqada bo’lishi mumkinligi
va bu moddalar tiazollar ekanligi tajriba natijalariga ko’ra hulosalandi.
1960 yili Lau[58] azotli asoslar tarkibiga piridin hinolin gomologlari bilan
birga azot va oltingugurt tutuvchi murakkab tuzilishli sistemalar kirishi haqidagi
habarini e’lon qildi. Azotli asoslarni ajratmagan holda mass-spektral va Ub-spektr
natijalariga ko’ra, qo’shimcha usullardan foydalanmasdan quyidagi sturukturalar
taklif etildi:
N
S
S
N
1964 yili Hartung[66] Lau bergan ma’lumotlarni tasdiqladi. Alyuminiy
oksiddan elyuirlangan azotli asoslarning ba’zi hromotografik fraktsiyalari Ub-
spektrlari olinganda oltingugurtga tegishli, 236,252,262,294,320 nm sohalarda
maksimumlar hosil bo’lgan. Muallif bu chastotalarni tionafteno-3-2-e/-piridinning
maksimumlari 230, 252, 260, 305, 320 nm [73-85] sohadagi Ub-spektr bilan
qiyosladi. Bu azot oltingugurt tutgan birikmalar tuzilishiga ko’ra tionaftopiridin
yoki tionaftohinolinlarga mansubligi taklifi berilsada, ularni individual holda
ajratishga erishilmagan.
Snayder [74] neftning yuqori haroratda qaynovchi fraktsiyalari azotli
asoslarini spektral usullar bilan tadqiq etib, azot va oltingugurt tutgan birikmalar
borligini aniqladi, lekin bu moddalar kontsentrattsiyasining juda ozligi sababli
ularni alohida ajratib olishga muvaffaq bo’linmagan. Bu moddalar uchun quyidagi
tuzilishlar taklif etilgan:
20
S
N
H
N
H
S
S
N
Bu bilan neft tarkibiga kiruvchi azot oltingugurtli birikmalar haqidagi
ma’lumotlar chegaralanadi. Tahlil natijalari Janubiy O’zbekiston neftining azot
oltingugurtli birikmalari boshqa neftlarnikiga nisbatan to’laroq o’rganilganligini
tasdiqlaydi [10, 12, 17, 24, 87, 88].
SHunday qilib, azotli asoslarni identifikatsiyalash ular kontsentratsiyasining
kamligi, ajratib olish va bo’laklashning qiyinligi, uchrashuvchi sintezlarning
murakkabligi bilan bog’liq.
Murakkab aralashmalarning kiyingi tadqiqotlari ajratish, bo’laklash va
analizi shubhasiz hromotografiya bilan bog’langan usullar bilan amalga oshiriladi.
Suyuq hromotografiya rivojlangan usullardan hisoblanadi. Mass-
spektrometriya va boshqa usullar bilan bog’langan holda hromotografiyaning
qo’llanilishi, sezgirligi yuqori detektorlarning va mehanik jihatdan puhta
sorbentlarning yaratilishi, yuqori bosimda suyuq tashuvchilardan foydalanish
imkoniyati murakkab aralashmalarni tadqiq etishda samarali natija beradi.
Registratsion suyuq hromotografiya neftga mansub uglevodorodlarni
ajratishda muvaffiqiyat bilan qo’llanilmoqda [90-95]. SHuningdek, geterohalqali
birikmalarni ajratishda keng miqyosda suyuq hromotografiyadan foydalanish
boshlandi. Snayder [96] gradientli elyuirlash bilan hinolinlarning murakkab
aralashmasini bo’laklab, individual moddalarni ajratishga erishdi.
Adabiyotlar tahlili murakkab aralashmalardan iborat azotli asoslarni ajratish
va analiz qilishda faqat fizik-himiyaviy usullarning o’zidan foydalanish kifoya
qilmasligini tasdiqlaydi. Himiyaviy va fizik-himiyaviy usullarni birga qo’llash
ishonchli natijalarga olib keldi. Neftning geteroatomli birikmalari komponentlari
tuzilishini aniqlashda, ularni katalitik qaytarish-gidrogenoliz jarayoni muhim
kimyoviy usullardan biri hisoblanadi.
1.3.Gidrogenoliz usulini geteroorganik birikmalarni
21
identifikattsiyalashda qo’llanilishi.
Analiz qilinayotgan organik moddalarni ma’lum kimyoviy o’zgarishlarga
uchratish, ularni idenfikatsiyalash va tuzilishini aniqlashda yahshi natija beradi.
Molekuladan
geteroatomni
chiqarib
yuborib,
hosil
bo’lgan reaktsiya
mahsulotlarida uglevodorod skeleti saqlab qolgan holda va ularni to’la analiz
qilishga imkon beruvchi ko’plab usullar ma’lum, ulardan asosiylari gamogen va
geterogen kataliz hisoblanadi.
Azotli geterohalqali birikmalar qatori gidrogenoliz haqida adabiyotlarda
e’lon qilingan tadqiqotlar ko’p emas.
Sabatьe [97] mayda holdagi nikel 220-250
0
C da vodorod oqimida piridinni
gidrogenolizga uchratishini va n-pentan va anilin hosil bo’lishini aniqladi.
Jarayonning borishini quyidagicha ifodaladi.
N
N
H2
H2
H
C H NH
C H + NH
5 11
2
12
3
5
SHuykin tomonidan [98] 400
0
Cdan yuqorida skeletli nikel katalizator
vodorod oqimida piridindan uglevodorodlar hosil qilishini qayd etildi. 350
0
C da
va yuqori bosimda Al-Co-Mo katalizatori piridinni gidrogenolizi jarayoni uchun
yaroqligi Safaev tomonidan [99] tadbiq etildi, jarayonning ohirgi mahsulotlari
uglevodrodlar ekanligi aniqlangan.
Ignatьev [100] va Rapoport [101] ma’lumotlariga ko’ra yuqori temperatura
va bosimda (6,5-8,0 MPa) NiO va MoS
2
katalizatorligida hinolinning
gidrogenolizini o’tkazish mumkin. Ohirgi mahsulotlar uglevodorod ekanligi
aytilsada, reaktsiya mahsulotlari to’la o’rganilmagan.
Qator mualiflar [102] MoS
2
katalizatorligida 200-300
0
C da va 10 PMa
vodorod bosimida avto klavda azotli asoslar- 2-metilpirrol, piridin, izohinolinning
gidrogenlanish
jarayonini
amalga
oshirishdi.
Gidrogenlanish,
alkillash,
polimerlanish reaktsiyalari natijasida ko’p tarkibli aralashma hosil bo’lgan. Hosil
bo’lgan mahsulotlar GH, IQ-va UB-spektrokopiya usullari bilan tekshirilgan.
22
Yuqoridagi ishlarda gidrogenoliz jarayoni yuqori bosimda va murakkab
sharoitda olib borilgan, bu esa turli qo’shimcha reaktsiyalarning borishiga sabab
bo’lgan. Mualliflar [97-102] gidrogenliz jarayonini alohida reaktorda amalga
oshirib, reaktsiya mahsulotlarini hromotografga kiritganlar. Biroq tadqiqotlarda
reaktsion GX dan foydalanish qulay. Mikroreaktor va hromotograf pnevmatik
sistema sifatida olinadi, bu holda reaktsiya mahsuloti yig’ilmaydi, hosil bo’lishi
bilan gaz-tashuvchi tomonidan hromotograf kolonkasiga olib kiriladi [103-104].
Gidrogenoliz jarayonini qulay sharoitda o’tkazishga etibor berila boshlandi.
Masalan, Tompson [103] organik sulьfidlarni gidrogenolizlash usulini ishlab
chiqdi va uni kislorodli va azotli organik moddalar uchun ham qo’lladi [104].
Mualliflar azotli birikmalar ta’sirida alyuminiy oksiddagi palladiy tez
zaxarlanishini va bu jarayon uchun eng yahshi katalizator g’ovak shishadagi
platina ekanligini aniqladi. Gidrgenoliz 200
0
C da vodorod oqimida o’tkazilgan.
Azot ammiak holida chiqarib yuborilgan, reaktsiya mahsulotlari GSX bilan
identifikatsiyalangan. Aromatik aminlardan barcha holatlarda uglevodorodlar hosil
bo’lgan Hinolindan yuqoridagi sharoitda, n-propil-tsiklogeksan hosil bo’lgan.
Reaktsiyaning borishi quydagicha tasvirlanadi:
N
H
2
H
H
H
H
H
H
C
C
N
2
2
3
3 7
7
N 3
Bundan,
hinolin
qator
o’zgarishlarga uchrayotganligi tasdiqlandi:
gidrogenlanish halqaning ochilishi, C-N bog’ning uzilishi. Reaktsiya mahsuloti n-
propiltsiklogeksanga asoslanib dastlabki modda tuzilishi haqida hukm chiqarish
mumkin.
Bu usulni impulьsli rejimda platina katalizatorida piridin asoslari qatoriga
qo’llanilgan[105]. 2-alkilpiridinlar misolida halqaning ochilishi C-N bog’ning
uzilishi bilan borishi ko’rsatilgan. Boshqa mualliflar [106] g’ovak shishada 1% li
platina katalizatorligida
23
52 ta alifatik va geterohalqali qatordagi moddalar gidrogenolizini sistemali tarzda
amalga oshirishdi. Biroq bu ishlarda katalizatorning hizmat muddati haqida
ma’lumotlar berilmagan.
Oltingugurtli birikmalarni nikel, platina katalizatorida gidrigenoliz
qilinganda ham ohirgi mahsulot sifatida parafin qatori moddalari hosil
bo’ladi[107-110].
Gidrogenoliz katalizatori sifatida keng yuzali qattiq tashuvchidagi 5% gacha
bo’lgan Rt yoki Rd [88,106], Reney yoki skeletli nikel katalizatori [97-98], sanoat
alyumoplatina va alyumokobaltmolibden[98-111], ruteniypalladiy alyuminiyli va
alyuminiynikelmolibdenli katalizatorlar [112] keng qo’llaniladi.
Katalizator bilan dastlabki moddaning to’qnashish vaqtining davomiyligi
gidrogenoliz jarayoni bilan birga aromatik uglevodorodlarni gidrogenlash va
naften halqalarini digidrogenlashga olib keladi, bu esa reaktsiya mahsulotlari
analizini qiyinlashtiradi hamda geteroatomli birikma tabiatiga oid aniq bo’lmagan
ma’lumotlarga olib keladi. Gidrogenoliz qilinayotgan moddaning katalizator bilan
to’qnashish vaqtini boshqarish geteroatomni chiqarib yuborishga etarli bo’lgani
holda, qo’shimcha jarayonlarning borishining oldini olishi yoki sekinlatishni
taminlashi taqazo qilinadi. Buni reaktsion GSX bilan amalga oshirish va dastlabki
moddalar tabiatida haqida to’la va aniq ma’lumot olish imkoniyatini beradi.
Adabiyotlarda
aralash
katalizatorlardan
gidrogenoliz
jarayonida
foydalanilganligini haqida ma’lumotlar bor. Bu holatlarda, ularning hususiyatlari
alohida olingan katalizatorlarga nisbatan o’zgaradi. Masalan, [113-115], ishlarda
Al-Ni-Mo va Al-Co-Mo katalizatorlarining hossalari davriy sistemaning I-VIII
guruhlari metal oksidlari qo’shilganda o’zgaradi. Bunday katalizatorlar yuqori
krekinglash desturuktiv gidrogenlash hossasiga ega bo’lib, neft mahsulotlarini
oltingugurtdan gidrotozalashda yahshi samara beradi. Biroq bu jarayon uchun
azotli asoslar zahar hisoblanadi.
Hinolinlar, shuningdek tiazollar gidrogenolizini vodorodli bosimda AP-56,
alyuminiynikelmolibden, alyuminiyruteniypalladiy, 5% li platina g’ovak shisha
katalizatorlarida birinchi marta Tellы [111] amalga oshirdi. Tellы Al-Ni-Mo
24
katalizatorini hinolinlar gidrogenolizida foydalanish mumkinligini aniqladi. Bu
katalizator kaliy tuzlari bilan ishlangach 230-250
0
C da C-N bog’larni uzadi, Ru-
Pd-Al esa 250
0
C da C-S bog`larni uzadi, lekin C-N bog’ga ta’sir etmaydi. Bu
katalizatorlar aralash holda tiazollar gidrogenolizda foydalanildi [112]. Natijada
mualliflar merkuriylash usuli bilan neftdan ajratib olingan 2-fenil-4-metil- va 2-
fenil- 4,5-dimetiltiazollarni identifikatsiyalashga erishishdi.
Adabiyotlar tahlili neft azotli asoslari tabiatini tadqiq etish sohasida-ularni
ajratishda
va
bo’laklashda moddalarni guruhlarda va alohida holda
identifikatitsiyalashda ma’lum muvaffaqiyatlarga erishilganligini tasdiqlaydi.
Azotli asoslarni ajratishning eng ishonchli usullari moddalarning dastlabki
tuzilishini saqlab qoladiganlari yoki oz miqdori o’zgartiradiganlari hisoblanadi.
Moddalarni analiz qilishda va identifikattsiyalashda fizik-himiyaviy
usullarni-hromotografiya
mikrogidrigenoliz,
spektral
usullarni
birgalikda
qo’llanilishi samarali natija beradi.
O’rganilgan adabiyotlardan ma’lum bo’ldiki, neftdan azotli asoslarni ajratib
olib, murakkab tarkibini faqat fizik-himiyaviy usullarning o’zi bilan asoslash etarli
bo’lmaydi. Murakkab aralashmalarni o’rganishda zamonaviy fizik-himiyaviy
usullarni himiyaviy usullar bilan birga qo’llash alohida ahamiyatga ega. SHu
sababli murakkab tadqiqot obektlari-geteroatomli birikmalarni tadqiq etishda qayd
etuvchi yuqori samarali suyuq hromotografiya, reaktsion gaz hromotografiyadan
birgalikda foydalanish, natijalarni qo’shimcha ravishda tasdiqlashda moddalarning
mass-spektrlarini olish va himiyaviy hosilalarini hosil qilish tadqiqot natijalarini
samarali tarzda asoslashda muhim omil bo’ladi.
Janubiy O’zbekiston neftidan ajratib olingan va suyuq adsorbtsion
hromotografiya bilan individual holatgacha bo’laklangan azotli asoslar tuzilishini
aniqlashda mikrogidrogenoliz muvaffaqiyat bilan qo’llanildi[24]. Tadqiqotlardan
Al-Co-Mo va Al-Ni-Mo katalizatorlarining 20 dan ortiq modifikatsiyalari
individual azotli asoslarning gidrogenolizi jarayoniga ta’siri tekshirib ko’rildi
[116] 1% TSeziy oksidi bilan ishlangan Al-Ni-Mo katalizatorining o’ziga hos
tanlab ta’sir etish hossasi aniqlanib, jarayonni amalga oshirish optimal shart
25
sharoitlari topildi. Natijada individual piridin asoslari mikrogidrolizi 260
0
C da,
tiazol birikmasi 230
0
S da olib borilganda hosil bo’lgan uglevodorodlarga
asoslanib dastlabki modda tuzilishini aniqlash mumkinligi isbotlab berildi.
Masalan, 260
0
C da hinolin bilan boradigan gidrogenoliz jarayonining tizimi
quydagicha tasvirlanadi:
C H
N
H
N
H
2
2
C
C H
3 7
NH2
CH -CH -CH
2
3
2
2 6
H
3
Hosil bo’lgan va hromotogrammada qayd etilgan moddalar hinolin
tuzilishini yozish imkonini beradi. Etalon hinolinlar gidrogenolizi neftdan
individual holda ajratib olingan hinolin, 4-metil-3-etilhinolin, izohinolin tuzilishini
tasdiqlashda muvaffaqiyat bilan qo’llanildi. Gidrogenoliz o’rinbosarlarning
halqadagi o’rnini aniqlashda yaxshi samara bergan. Ajratilgan moddalarning IK-
spektrlar olinib, pikratlar hosil qilingan. Mualliflar [24] shu bilan birga Tellы [88]
tomonidan o’tkazilgan tadqiqot natijalarini tasdiqlashdi. Ajratib olingan individual
2,4-dimetiltiazol, 2-fenil-4-metil va 2-fenil-4,5-dimetiltiazollar tuzilishi
mikrogidrogenoliz jarayoni natijalariga ko’ra isbotlandi.
So’ngi yillarda Respublikamizda kimyogar olimlar “Tovarlarni kimyoviy
tarkibiga ko’ra sinflash va sertifikattsiyalash” ihtisosligi yo’nalishida tadqiqotlar
olib bormoqdalar. Azotli asoslarni Tovar sifatida sinflashda mikrogidrogenoliz
jarayoni muvaffaqiyat bilan qo’llanilgan [117]. Bu izlanishlar kimyoviy
birikmalarning noqonuniy harakatining oldini olishda muhim bo’lishi bilan birga
Respublika iqtisodiyotini himoyalashda zamin bo’lib hizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |