Kirish
Neft eng muhim energetik manbalardan bo’lishi bilan birga sanoatning
boshqa yo’nalishlari uchun undagi boy komponentlar muhim hom ashyo
hisoblanadi. Bu komponentlarni tarkib jihatdan tadqiq etish va guruhlash hamda
individual tarzda ajratib olish neft tarkibining o’ta murakkabligi bilan bog’liq
bo’lib, tadqiqotchidan chuqur bilim, yuqori malaka va doimiy izlanishda bo’lish
taqozo etiladi. SHu sababli neftni o’rganilmagan jihatlariga yosh mutahasislarning
jalb etilishi bu sohaga qiziqish ortib borayotganligini tasdiqlaydi.
O’zbekiston Respublikasida er usti va er osti boyliklaridan oqilona
foydalanishga e’tibor kuchaytirilgan, lekin oqilona foydalanish to’la yo’lga
qo’yilmayotgan hom ashyolardan biri neftning yuqori temperaturada qaynovchi
fraktsiyalari bo’lib, ulardan asosan ikkilamchi maqsadlarda foydalanib
kelinmoqda. Bunday fraktsiyalarni tadqiq etishning samaradorligini oshirish motor
yoqilg’ilari, surkov moylari va neft ximiyaviy sintezi zahirasining oshishiga olib
keladi.
Bu masalalarni hal etish uchun qayta ishlashning ikkilamchi usullarini, ya’ni
gidrokreking va gidrotozalashni takomillashtirishdan lozim. Neftning yuqori
temperaturada qaynaydigan fraktsiyalarida geteroatomli birikmalar, smolasimon-
asfalьten moddalarning asosiy massasi to’plangan bo’ladi, bu moddalar qayta
ishlash jarayoniga va mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.[1,2] Ular katalitik
zahar va havo bilan ta’sirlashishi natijasida tez smola hosil qiluvchi moddalar
hosoblanadi. SHu bilan birga ular intsektitsid[3], fungitsid[4], o’sish
stimulyatorlari, antioksidlovchi, oltin, platina, palladiy uchun selektiv ekstragen
hossalariga ega.
Bulardan tashqari geteroatomli, hususan azotli asoslarning tabiatini bilish
ularning neftdagi uglevodorod komponentlari bilan munosabatini, tabiiy faktorlar
ta’sirida tarkib va tuzilishning o’zgarish qonuniyatlarini aniqlash imkoniyatini
beradi, bu esa neft genezisi muammolarini hal etishga olib keladi.
Yuqorida bayon qilingan holatlar mavzuning dolzarb ekanligini tasdiqlaydi.
4
Mavzuning o’rganilganlik darajasi.
Yuqori fraktsiyalarda azotli asoslar tarkibining murakkabligi uni neftning
quyi fraktsiyalarini o’rganishda qo’llanilayotgan usullar bilan tadqiq etishni
qiyinlashtiradi. SHu sababli neftning yuqori temperaturada qaynovchi
fraktsiyalaridagi azotli asoslarni tadqiq etishda guruhlarga to’plash va ularning
tarkibini tekshirish bilan chegaralanmoqda.
Farg’ona tovar neftining 320-400
o
C da qaynovchi yuqori fraktsiyasining
azotli asoslari etarli darajada o’rganilmaganligi va undagi oltingugurt, azotli
birikmalar miqdoriga ko’ra tadqiqot ob’ekti sifatida olindi. Ushbu tadqiqotlardan
maqsad neft azotli asoslarini tadqiq etishning kompleks tizimini ishlab chiqish
hamda takomillashtirilgan kislotali ekstraktsiya usulida ularni ajratib olib kichik
fraktsiyalarga
bo’laklash, shuningdek azotli asoslarni yupqa qatlam
hromatografiyasi usulida tadqiq etishning shart-sharoitlarini model birikmalarda
yaratish va ularning tuzilishini gidrogenoliz jarayonlari yordamida o’rganishdan
iborat.
Ishning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
-adabiyotlar va ilmiy manbalarni o’rganish va tahlil etish natijasida neft
yuqori fraktsiyalari azotli asoslarning tadqiq etish tizimini ishlab chiqildi;
-o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida neftdan azotli asoslarni kislotali
ekstraktsiya usulida ajratib olish usuli takomillashtirildi va samarasi oshirildi.
Ajratib olingan asoslarni kontsentratsiyalash va guruhlash ishlarida bufer
eritmalardan va eritmalarning elyuatrop qatoridan foydalanildi;
-azotli asoslar va ular bilan birga uchraydigan ba’zi aromatik
uglevodorodlarning alyuminiy oksidda yupqa qatlam hromatografiyasi tadqiq
etilib, har bir modda uchun ushlanish vaqtida aniqlandi. Model azotli asoslarning
ushlanish vaqtiga asoslangan holda, neftdan ajratib olingan azotli kontsentratlarni
tadqiq etish belgilandi;
-zaharlangan Al-Co-Mo katalizatoriga titan (III)-oksidi qo’shish natijasida
qayta tayyorlangan katalizator azotli asoslarning tuzilishini aniqlashda qo’llash
mumkinligi asoslab berildi.
5
Ishning amaliy ahamiyati.
Model
azotli
asoslarning
yupqa
qatlam
xromatografiyasi
va
mikrogidrogenoliz usullari yuzasidan berilgan tavsiyalardan neftdan ajratib
olingan asoslarning sifat va miqdor analizini o’tkazish hamda tarkibini, tuzilishini
aniqlashda foydalanish mumkin.
Referatda keltirilgan ilmiy natijalar neft azotli asoslarni tadqiq etishda
tuzilishini aniqlashda foydalanilishi mumkin. Ajratib olingan azotli asoslarni keng
ko’lamda o’rganishni davom ettirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |