O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi


-Mavzu: O‘QITUVCHI NUTQINING TO‘G‘RILIGI VA SOFLIG



Download 1,23 Mb.
bet30/81
Sana04.02.2022
Hajmi1,23 Mb.
#430577
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81
Bog'liq
Нутк маданияти мажмуа 2019 - 2

8-Mavzu: O‘QITUVCHI NUTQINING TO‘G‘RILIGI VA SOFLIGI


Reja:

  1. Nutqning to‘g‘riligi barcha kommunikativ sifatlarning poydevori.

  2. Talaffuz normalari. Ayrim tovushlarning o‘ziga xosligi.

  3. Kelishik normalari va kelishik qo‘shimchalari.

  4. Nutqning sofligi va unga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi unsurlari.

1. Nutqning to‘g‘riligi uning dabiy til normalariga mosligidir. Adabiy til normalari ko‘p tarmoqli bo'lgan uchun nutqning to‘g‘riligshi ham bir qancha shartlarni o‘zida qamraydi. To'g'r, nutq o‘zida adabiy tilning fonetik, talaffuz, lug'ayviy so‘z yasalishi, grammatik (morfologik, sintaktik), uslubiy normalarini mujassamlashtirilgan bo'lishi lozim. Bularning birortasidan biroz chetlashgan nutq ham to‘g‘ri bo'la olmaydi.
Nutqning to‘g‘riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatlaridir. Nutq to‘g‘ri bo'lmasa, boshqa kommunikativ fazilatlari ham vayron bo'ladi. Nutqning tuzilishi to‘g‘ri bo'lmaganda, uning mantiiqiyligi,aniqligi, o‘rinliligi haqida gapirib bo'lmaydi.
To‘g‘ri utq tuzish uchun so‘zlovchi adabiy til normalarini egallab olgan bo'lmoqi lozim. Bu esa juda murakkab, sermashaqqat ishdir.
Talaffuz normalari. Kishilar yoshlikda o‘zi mansub bo‘lgan sheva normalari asosida til o‘rganadilar. Dialektal normalar juda qat’iy va qatiq amal qilgani uchun ularni buzish, ulardan qutulish oson ish emas. Nutq shaxsiy hodisa. Nutqni har bir shaxsning o‘zi tuzadi. Normativlarni tanlash, baholash ham shax tomonidan bajariladi. Norma bir variantni tanlaganiga qaramasdan, uning yonida boshqa “shaxsiy” variantlar ham turadi. Agar so‘zlovchi adabiy normalarni yaxshi egallamagan bo‘lsa yoki o‘z shevasi bergan “shaxsiy” variantni afzal deb qarasa, uning nutqi adabiy normadan chetlashuvi mumkin.
Adabiy normani buzish nutq so‘zlanayotgan jarayonda to‘siq hosil qilmagan hollarda ham tinglovchiga malol keladigan nimanidir paydo qiladi. Qiyoslang: Rais boradig‘on bo‘pti.
Talaffuz deganda tilning tovush sistemasi – fonemalar, ularning sifatlari, ma’lum fonetik sharoitlarda o‘zgarishlari ko‘zda tutiladi.
O‘zbek tili xususiyat jihatidan qariyb mustaqil qardosh tillarga teng bo‘lgan uch lahjadan tarkib topgan. Bu lahjalar adabiy tilda so‘zlayotgan kishilar nutqida har qadamda o‘zining borligini sezdirib turad. Notiq o‘zi bilibmi, bilmaymi, o‘z lahjasi qonuniyatlari ta’siriga o‘tib qoladi. Bu narsa ko‘pincha so‘z va so‘z shaqllarining talaffuzida, leksik tanlashlarda va boshqalarda ko‘rinadi. Ma’lumki, qipchoq va o‘g‘uz lahjalarida tanglay uyg‘unligi (garmoniyasi) mavjud.
Tanglay uyg‘unligi talabiga ko‘ra unlilar ikki xil-yumshoq va qattiq talaffuz etiladi. O‘zak, negizlarning qattiq va yumshoq talaffuz etilishi turkiy tillarga xos hodisa bo‘lib, singarmonizm deb yuritiladi. (Tovushlar uyg‘unligi ikki xil bo‘ladi: tanglay uyg‘unligi va lab uyg‘unligi (o‘tqa, itka, ko‘zum kabi). Lab uyg‘unligi o‘zbek shevalari uchun deyarli xos emas. U boshqa – qozoq, qirg‘iz kabi turkiy tillarda uchraydi). So‘z o‘zak – negizlarini bunday ikki xil talaffuz etish lahjaning har bir vakiliga bolalikdan singgan bo‘ladi. Qattiq unlili negizlarga qattiq, yumshoq unlili negizlarga yumshoq unlili qo‘shimchalar qo‘shiladi:
Adabiy talaffuz ba’zi bir uslubiy xususiyatlarga ham egadir. Ba’zan so‘z, so‘z birikmalarining oddiy talaffuzidan nazmiy yoki kitobiy talaffuzi farq qilib turadi. Bunday talaffuzda so‘zlar uslubiy bo‘yoqqa ega bo‘ladi. So‘zlashuv nutqida esa ular uslubiy bo‘yoqsiz aytila beradi. Shuni aytish kerakki, tildagi ba’zi bir so‘zlargina bunday uslubiy bo‘yoqqa egadir. Siyosatga, fanga, san’atga, texnikaga aloqador so‘zlarning bir qismi uslubiy bo‘yoqlidir, xolos. So‘zlarning talaffuzi turli shaxslarda turli nutq sharoitlariga ko‘ra qandaydir darajada o‘ziga xoslik kasb etishi mumkin.
Kelishik normalari. Adabiy tilimizda “kuchli” va “kuchsiz” normalar bor. Bu adabiy tilning morfologik qurilishida ham amal qiladi. “Kuchli” normalar o‘zbek tilini yaxshi bilgan kishilar tomonidan deyarli buzilmaydi. Unga amal qilish juda qat’iy hisoblanadi. Ikkinchi xil normalar tezda tashqi ta’sirga uchraydi, yomon o‘zlashtiriladi; nutqda tez-tez buziladi.
“Kuchli” normalar adabiy tilda so‘zlovchi shaxslar tomonidan hamma vaqt alabtta amalga oshiriladi. “Kuchsiz” normalar go‘yo mazmunga uncha ta’sir etmagandek tuyuladi. Shuning uchun og‘zaki so‘zlashuvda bu normalarga kam e’tibor beriladi. O‘rta maktabda yozma adabiy tilni yaxshi o‘rganib olmagan yoki mahalliy shevalarning kuchli ta’sirida bo‘lgan shaxslarning yozma nutqida ham normani buzish uchrab turadi. “Kuchsiz” morfologik normalarga misol tariqasida ba’zi bir (qaratqich, o‘rin-payt va boshqa) kelishiklarning buzilishini ko‘rsatish mumkin. Qaratqich kelishigi ma’nosini tushum kelishigi shaqli orqali ifodalash, boshqacha aytganda, qaratqich va tushum kelishiklari ma’nosini ifodalashda faqat – ni (fonetik variantlari bilan birga)dan foydalanish og‘zaki nutq uchun keng tarqalgan hodisadir.
Adabiy til uchun begona unsurlari bo‘lmagan, axloq normalari tan olmaydigan so‘zlardan xoli bo‘lgan nutq sof nutq deb yuritiladi. To‘g‘ri, ijtimoiy normalar adabiy tilda axloqdan tashqri til unsurlarini ishlatishga yo‘l bermaydi. Ammo hamonki nutq shaxsga xos hodisa ekan, unda ijtimoiy axloq normalarini buzuvchi til birliklari ham ishlatilib qolishi ehtimoldan uzoq emas. Aksar holatlarda adabiy nutq sofligiga quyidagilar putur yetkazib turadi:
1. Mahalliy dialekt va shevalarga xos so‘z, ibora, shuningdek, grammatik shaqllar, so‘z va so‘z birikmalarining talaffuzi, urg‘usi.
2. O‘rinsiz qo‘llangan chet so‘z va so‘z birikmalari.
3. Jargonlar.
4. Vulgraizmlar.
5. Nutqda ortiqcha takrorlanadigan parazit so‘zlar.
6. Kanselyarizmlar.
Sanab o‘tilgan unurlardan o‘rinsiz foydalanish kundalik nutqni ham, badiiy nutqni ham xiralashtiradi. Har bir so‘zlovchi o‘z nutqining adabiy normalar darajasida bo‘lishi uchun harakat qilishi lozim. O‘z shevasiga xos bo‘lgan til vositalarini nutqqa o‘rinsiz olib kirish nutqni buzadi. Biroq adabiy tilda varianti bo‘lmagan, ifodalanayotgan fikrni ravishlantirish uchun zarur so‘z va grammatik vositalarni, ularga izoh bergan holda, nutqqa olib kirish unga sayqal bag‘ishlaydi.
Vulgarizmlarga axloq normalariga to‘g‘ri kelmaydigan: kishini so‘kishda, haroratlashda ishlatiladigan so‘zlar kiradi. Ularni ishlatish so‘zlovchining past madaniyatli, qo‘pol, johil kishi ekanligini ko‘rsatadi. Badiiy adabiyotda ham ulardan foydalaniladi:
-Sen bizga xiyonat qilding, it uvli!
(A.Qodiriy. “Mehrobdan chayon”.)
ba’zi so‘zlovchilar nutqlarida ayrim so‘zlarni o‘rinli – o‘rinsiz ko‘p takrorlaydilar. Bunday takrorlanadigan xo‘p, xo‘sh, demak, ya’ni olaylik, masalan, haligi kabi so‘zlar parazit so‘zlar deb yuritiladi. to‘g‘risini aytganda, bu so‘zlar iste’molda bor, ular nutq uchun zarur. Ammo ulardan foydalanishda parazitlik paydo bo‘ladi. A.Qodiriy “Mehrobdan chayon” romanida buxorolik Sharifboy nutqida “pala’nat” (“padar la’nati”)ni parazit so‘z sifatida ishlatib, uning nutqini individuallashtirgan. Sharifboy har gapida bu so‘zni qo‘shib gapiradi.
“Sharifboy yostiqdan burilib, yonidagi uchinchi yigitga qaradi:
- Pala’nat, qachon kelgan ekan?”
“Konselyarizm”lar ish qog‘ozlari uchun zarur bo‘lgan, ma’lum bir shaklda saqlanadigan so‘z birikmalari, gaplardir. Ular o‘z o‘rnida juda zarur. Chunki ish qog‘ozlari qat’iy bo‘lgan ma’lum shaqllarni talab qiladi. Bunday “qat’iy shaqllar”, shablonlar so‘zlashuv nutqiga, badiiy adabiyotga, publisistikaga o‘tsa, nutqni buzishi mumkin. O‘rinsiz kanselyarizmlar majlislarda, kengashlarda, gazetalarda, radio, televideniedan so‘zlangan nutqlarda ko‘plab uchraydi.
“Bundan 365 kun muqaddam siz bilan biz o‘z hayotimizda qat’iy burilish yasab, zo‘r sinovlar sharoitiga bevosita qadam qo‘ydik. Ilgarigi vaqtda faqat erkak, endilikda esa ham erkak, ham xotin boshchilik qiladigan oila masalasi o‘zingizga ma’lum bo‘lganligi uchun bunga keng ravishda to‘xtab o‘tirishni lozim ko‘rmayman...” (A.Qahhor). Ana shu ikkitagina gapda beshta kanselyarizm ishlatilgan. Gaplardagi “365 kun muqaddam”, “qat’iy burilish yasab”, “zo‘r sinovlar sharoitga bevosita qadam qo‘ydik”, “ham erkak, ham xotin boshchilik qiladigan oila masalasi”, “bunga keng ravishda to‘xtab o‘tirish” trafaret (siyqasi chiqqan) birikmalar bo‘lib, ijtimoiy hodisalarni ifodalashga moslashgan, bu o‘rinda esa nobopdir. Bunday balandparvoz nutqdan tinglovchi keraqli narsalarni ajratib olishga qiynaladi. tinglovchining anchagina vaqtini olgan 43 so‘zdan iborat bu parchadan quyidagilar anglashiladi, xolos: “Bundan bir yil oldin ikkalamiz turmush qurdik. Hozir ro‘zg‘orni ikkalamiz boshqarayapmiz”. 43 so‘z o‘rnida 11 so‘z. Buning ustiga fikr juda ravshan, ifodalar juda aniq!



Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish