O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi



Download 1,23 Mb.
bet32/81
Sana04.02.2022
Hajmi1,23 Mb.
#430577
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   81
Bog'liq
Нутк маданияти мажмуа 2019 - 2

Nutq odobi
Kishining odobi, eng avvalo, uning nutqida ko‘rinadi. Nutq odobi nima? Nutq odobi deganda aytilishi zarur bo‘lgan xabarlarni, tinglovchini hurmat qilgan holda, uning ko‘ngliga mos, adabiy normadagi ifodalar bilan yetkazish tushuniladi. Har qanday xunuk xabarni ham tinglovchiga beozor yetkazish mumkin. Buning uchun so‘zlovchi tilni, adabiy til normalarini mukammal bilishi lozim. Muloyim, yoqimli, odobli so‘zlash ham o‘z – o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Unga yoshlikdan ongli mashqlar qilish, tilning lug‘at boyligini egallash, bu borada nutqi ibratli kishilarga taqlid qilish, ulardan o‘rganish orqali erishiladi. O‘quvchi uchun eng yaxshi namuna o‘qituvchi nutqidir. Buni o‘qituvchi har doim o‘zida his etib turishi, o‘z nutqida hech vaqt odob – axloq, nutq madaniyati normalaridan chiqmasligi lozim.
Nutqiy muammola salomlashishdan boshlanadi. Salomlashishdagi xushmuomalalik undan keyingi yaxshi suhbatga debocha bo‘ladi, tinglovchida yaxshi kayfiyat paydo qiladi. Agar salomlashish quruq, iltifotsiz bo‘lsa, keyingi suhbatga salbiy ta’sir etishi mumkin. Ko‘p asrlik odatiy an’analarimizga ko‘ra, “Assalomu alaykum”ning javobi “Vaalaykum assalom”dan iborat. Keyingi davrlarda yoshlar orasida salom ham, alik ham to‘mtoqlashib ketdi, ya’ni salom berish uchun ham uning javobi uchun ham birgina “Salom” ishlatiladigan bo‘ldi. Bu tarixiy an’analarimizdan chetlashishdir.
Xalq tilida salomlashish uchun ham, xayrlashish uchun ham alohida vositalar mavjud. O‘qituvchi ularni o‘z o‘rnida ishlatishda hamma vaqt o‘z shogirdlari uchun o‘rnakdir.
Madaniyatli kishi o‘z aybini bo‘yniga ola bilishi, aybi uchun kechirim so‘rashni ham bilishi lozim. O‘z aybi uchun kechirim so‘rash o‘z g‘ururini yerga urish emas, balkim odoblilik, xushmuomalalik alomatidir. “Kechirasiz, mendan o‘tibdi”, yoki “afv eting, bundan so‘ng takrorlamaslikka harakat qilaman” deyish bilan kishi o‘zining odobliligini namoyish etadi, xolos.
Yetuk kishiga xos fazilatlardan yana biri xayrlashuv odobidir. tilimizda xayrlashganda shlatiladigan “xayr sog‘ bo‘ling”, “xayr, ko‘rishguncha”, “xayr, omonlikda ko‘rishaylik” kabi ta’sirchan iboralar mavjud. O‘qituvchi sinfdan chiqayotganda “xayr, sog‘ bo‘linglar”, “xayr, yaxshi qolinglar” iboralarini ishlatsa, o‘rinli bo‘ladi.
Bolaga yaxshilik qilgan, aytilgan yumushni, iltimosni bajargan kishilarga minnatdorchilik bildirish odobini ham o‘rgatib borish lozim. Tilimizda rag‘batlantirishni, minnatdorchilikni ifodalaydigan chiroyli ifodalar bor. Ularni kundalik muomalaga kiritish, o‘z o‘rnida ishlatish kishi xulqini naqadar bezaydi. O‘qituvchi topshiriqni yaxshi o‘tagan o‘quvchilarni “ofarin”, “barakalla”, “rahmat”, “otangizga rahmat”, “minnatdorman” kabi so‘zlar bilan rag‘batlantirishi mumkin.
O‘qituvchining nutqi hamma vaqt o‘zbek adabiy tili normalariga sodiq qoladi, adabiy tilning go‘zal va ta’sirchanligini o‘zida saqlaydi. Adabiy til ma’lum qo‘shimchalar, grammatik kategoriyalarning qo‘llanishidagi bir xilligi, barqarorligi bilan umumo‘zbek harakterida bo‘ladi va shevalardan ustun turadi. Uning ustunligini bir tomondan adabiy normalar belgilaydi.
Aniqlik nutqning muhim fazilatlaridan biri sifatida qadimdan ma'lum. G'arb mutaffakkurlari ham Sharq olimlari ham aniqlikni nutq sifatlarining birinchi sharti hisoblaganlar. Aritotel: "Agar nutq noaniq bo'lsa, u maqsadga erishilmaydi", -degan bo'lsa, Kaykovus: "Ey farzand, so‘zning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, so‘zlaganda ma'noli gapirgil, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so‘zning qanday ma'noga ega ekanligini bilmasang qushga o'xshagaysan" -deydi.
Aniqlik nutqning fazilati sifatida yorqin ifodalash qobiliyati bilan, nutq predmetining ma'nosi bilan, nutqda ishlatilayotgan so‘z ma'nolarini bilish bilan bog'liq bo'ladi. Agar notiq o‘zi fikr yuritmoqchi bo'lgan nutq predmetini yaxshi bilsa, unga mos so‘zlar tanlasa va o‘zi tanlagan so‘zlarning ma'nolariga mos vazifalar yuklasa, nutqning aniq bo'lishi muqarrardir.
Nutqning sifati ma'nosida aniqlikning o‘zi nimalardan iborat? Aniqligi "nutq-borliq", "nutq-tafakkur" munosabatlari asosida aniqlasa bo'ladi. Nutqning aniqligi so‘zning narsa va hodisalarda aks etgan borliq belgilari bilan qat'iy mos kelishidir. Aniqlikni so‘zning hammaga tushunarli ma'nosi bilan nutqda anglatgan ma'nosining biri-biriga mos kelishi deb tushunish ham mumkin. Moslik deganda esa nutqdagi so‘z-narsa munosabatdoshligi anglashiladi. So‘z-narsa munosabatdoshligidan tashqarii moslik bo'lishi mumkin emas. Nutq aniq bo'lishi uchun so‘z til sistemasi o‘ziga berkitgan ma'noga to‘la mos holda qo'llanishi zarur. Demak, aniqlik nutqda so‘z qo'llash normalirag amal qilishdan iborat. Bu jihatdan aniqlik to‘g‘rilikning boshqacha ko‘rinishi hisoblanadi. Ba'zan notiq o‘zi ishlatadigan so‘zning ma'nosini bilishga uncha e'tibor bermaydi. Natijada so‘zning sistema bergan ma'nosi nutqda ko‘zda tutilgan ma'nosiga mos kelmaydi. Ko‘pincha bunga bir-biriga yaqin narsalarni anglatuvchi so‘zlar sabab bo'ladi.
Aniqlik nutqning aloqaviy fazilatlaridan biri bo'lib, u oshyoviy borliq bilan nutq mazmun rejasining mosligi sifatida yuzaga chiqadi. Boshqacha aytganda ifodalangan tushunchalar tizimida so‘zlarni ularning tildagi ma'nolariga mos holda qo'llashda ko‘rinadi.
Aniq nutq yaratish so‘zlovchidan qo'yidagilarni o'rganish va ularga amal qilishni talab etadi:
a) tilning sinonimiy imkoniyatlarini bilish va sinonimik qatorlardan keraqli variantni ajratib nutqda qo'llash;
b) nutqda ishlatiladigan so‘zning anglatgan ma'nolarini har tomonlama bilish; nojiddiy, taxminiy qo'llashlardan qochish, chunki betayin so‘z qo'llash nutqni beburd qiladi.
v) so‘zning ko‘p ma'noligiga e'tibor berish, ko‘p ma'nli so‘z nutqda qo'llanganda uning qaysi ma'no qirrasi ko‘zda tutilayotgannini aniq tasavvur qilish; fikrning yuzasha chiqishida bu so‘zning boshqa ma'no qirralari monelik qilish-qilmasligini ko‘z oldiga keltirish;
g) omonimlarning xususiyatlarini bilish, chunki ularni bilmaslik aniqlikning buzilishiga olib keladi;
d) poronimlarni bilish, ulardagi tovush yaqinliklariga e'tibor berish;
e) tor muhitda ishlatiladigan, chetdan kirgan, kasb-hunarga oid arxaik, eskirgan, dialektizm so‘zlarning ma'nolarini yaxshi anglagan holda nutqqa kiritish.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish