eduportal.uz portalida joylashtirish va muntazam yangilab borish;
davlat-xususiy sheriklik asosida sog‘lom qadriyatlarga asoslangan ta'lim tizimining milliy kontentini ishlab chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatining boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish, hudud va umuman mamlakat miqyosidagi yuz beradigan xavf-xatarlar va muammolarga o‘z vaqtida munosib ravishda e'tibor qaratish uchun axborot almashinuvining samarali tizimini shakllantirish;
mavjud darslik va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni elektron ko‘rinishga o‘tkazish;
umumta'lim muassasalarida o‘quvchilarning davomati monitoringini ta'minlovchi biometrik tizimni joriy etish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy tendensiyalarini hisobga olgan holda ta'lim jarayonida kompyuterlashtirish darajasini ko‘tarish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yangi avlod darslik va o‘quv-uslubiy adabiyotlarini tayyorlash va chop etishni tashkillashtirish;
ta'limda multimedia mahsulotlarini ishlab chiqish va ularni qo‘llash jarayonini tizimli tashkil etish choralarini ko‘rish;
"Barkamol avlod" bolalar markazlari to‘garaklari o‘quvchilarining ijodiy ishlarini sotish uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |