O‘zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi


Inkorni dialektik tushunish



Download 1,62 Mb.
bet85/184
Sana14.06.2022
Hajmi1,62 Mb.
#669769
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   184
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi

Inkorni dialektik tushunish yangining eski bilan oddiy almashuvi bo’lmasdan, balki eskining bag’rida vujudga kelib, undan foydalanib, qaror topishini tan olishdir. Dialektik inkorning muhim ikki jihati mavjud: birinchisi, eskining o’rniga yangining kelishi tabiiy-tarixiy jarayon bo’lganligi uchun taraqqiyotning muhim sharti hisoblansa; ikkinchisi, u yangini eski bilan vorisiy bog’liq ekanligini ham ifodalaydi.
Inkorni inkor qonunini tushunish uchun uni nega shunday deb atalishini izohlamoq lozim. Falsafaning bu ta’limotini ikki marta takrorlanuvchi inkorda ifodalanishi olamdagi narsa va hodisalarning doimiy ravishda o’zgarib, bir holatdan ikkinchi holatga o’tib borishi va oqibatda, rivojlanish uzluksiz ekanligidan kelib chiqadi.
Bu qonunga ko’ra, har bir mavjud bo’lgan narsa va hodisa o’zigacha bo’lgan sifat va miqdor inkor etilishining mahsuli, shu bilan birga, ana shu narsa va hodisalarning o’zi ham sharoitning o’zgarishi, vaqtning o’tishi bilan inkor etilishga mahkumdir. Demak, har bir narsa va hodisaning o’zgarishi va rivojlanishi hamisha ikki va undan ko’proq inkor etishlar bilan amalga oshadi. Insoniyat tarixi – avlodlar almashinuvi tarixidir, deyilganida ham ana shunday hol nazarda tutiladi.
Inkorni inkorning yana bir muhim belgisi shuki, taraqqiyotdagi davriylikning muayyan halqasida, ya’ni navbatdagi inkor bosqichida uning oldingi bosqichidagi ba’zi belgilar takrorlanadi. Masalan, don o’simlikdan yana donlarga aylanadi, keyinroq yana o’simlikka va hokazo.
Inkorni inkorning amal qilishi tufayli taraqqiyot to’g’ri chiziq shaklida emas, doira shaklida bo’ladi, uning oxirgi nuqtasi boshlang’ich nuqtaga yaqinlashadi. Lekin bu yaqinlashuv uning oxirgi nuqta bilan tutashishi bo’lmasdan, balki yuqori bosqichda sodir bo’lishi sababli taraqqiyot spiral shaklga ega bo’ladi. Bu spiralning har bir yangi o’rami oldingi o’ramiga nisbatan yuqoriroq bosqichda yuzaga keladi.
Dialektik inkor yangi bilan eski o’rtasidagi bog’lanishni butkul rad qiladi, deb tushunmaslik kerak. Yangi qanchalik ilg’or bo’lmasin, u yo’q joydan paydo bo’lmaydi, balki eskining qobig’ida asta-sekin shakllanadi. Shuning uchun ham ko’p hollarda eskidan yangiga o’tilayotganda eski butunlay tashlab yuborilmaydi, balki uning ijobiy tomonlari saqlanib qoladi va rivojlanish davom ettiriladi. Demak, yangi bilan eski o’rtasida vorislik mavjuddir. Inkorni inkor qonuni taraqqiyotda vorislik va qaytariluvchanlikning birligini tavsiflaydi. Dialektik inkorning muhim xususiyati ana shundan iborat.
Inkorni inkor qonuni mustaqillik va bozor iqtisodiyoti jarayonida ro’y berayotgan hodisalar mohiyatini ilmiy anglashda katta ahamiyat kasb etadi. Yangi jamiyatni barpo etishga qaratilgan o’zgarishlar hamma narsani butunlay yo’q qilishni bildirmaydi. Aksincha, bu — xalqimiz taraqqiyoti jarayonida erishilgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma’naviy yutuqlarni saqlab qolib, ularni yanada boyitib, rivojlantirishdan iboratdir. Mazkur jarayonning asosiy tamoyili Islom Karimovning yangisini qurmasdan, eskini buzmaslik lozimligi to’g’risidagi xulosasida yaqqol o’z asosini topgan.

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish