O‘zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi


И.Мўминов (1908-1974) академик, фалсафа фанлари доктори, профессор



Download 1,62 Mb.
bet89/226
Sana28.01.2022
Hajmi1,62 Mb.
#414662
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   226
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

И.Мўминов (1908-1974) академик, фалсафа фанлари доктори, профессор. I.Mo’minov tomonidan 1956 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasining “O’zbekistonda ijtimoiy fanlar” jurnaliga asos solinishi ilmiy tadqiqot ishlari tarkibi va mavzulari doirasining nisbatan kengaytirilishi, ijodiy erkinlikka yo’l ochdi. 1957 yilda I.Mo’minov tashabbusi bilan O’zFa huzurida “Falsafa va huquq instituti” tashkil qilingan. (O’zbek ensiklopediyasining birinchi mas’ul muharriri bo’lgan.)
I.M. Mo’minov o’zbek faylasuflaridan birinchi bo’lib, totalitar tuzumning millatni ma’naviy qadriyatlardan mahrum etish, milliy ongni buzish va o’z-o’zini anglashga yo’l qo’ymaslikka intilib, kommunistik mafkurani shakllantirishga jon-jahdi bilan harakat qilayotgan bir paytda, tarixiy va
ma’naviy merosni, o’zbek xalqi va Markaziy Osiyoning boshqa xalqlari yaratgan boy ma’naviy qadriyatlarni har tomonlama o’rgandi.
I.M Mo’minovning Abu Rayxon Beruniy tavalludining 1000 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan xalqaro konferensiyada “Beruniy – ensiklopedist olim” mavzusidagi ma’ruzasi va “Xorazmlik buyuk ensiklopedist” monografiyasining o’zbek, rus, ingliz va fransuz tillarida nashr qilinishi olamshumul voqea bo’ldi. Xususan u “Biz buyuk xorazmlik olim Beruniyga vatanparvarligi, insonparvarligi uchun, olimning quvonchi va baxtini umuminsoniylik va milliylik, umumiylik va xususiylik birligida ko’ra olgani uchun buyuk hurmat bilan qaraymiz. Beruniyda vatanparvarlik izchil insonparvarlik bilan uzviy bog’lanib ketadi” , deb e’tirof etadi. O’sha davrda o’tmish mutafakkirlari va olimlarining insonparvarlik salohiyati, qarashlari va ta’limotlaridagi nodir milliy va umuminsoniy qadriyatlar haqida hech narsa deyilmagan yoki ular inkor qilingan bir vaziyatdagi bu sa’y harakat milliy falsafa rivojidagi dastlabki uchqun bo’ldi, desak mubolag’a bo’lmaydi.
Olim turli manba va ilmiy adabiyotlardan foydalangan va ularni sharhlagan holda Amir Temurning shaxsi va faoliyatini ob’yektiv tahlil qilishga va baholashga harakat qildi. I.Mo’minov o’sha davrdagi ilm ahlini Amir Temurning milliy davlatchilikni shakllantirishdagi roliga to’g’ri baho berishga chaqirdi va 1969 yilda YuNESKO homiyligida Samarqand shahrining 2500 yilligi, Temur va Temuriylar davridagi O’rta Osiyo san’atini o’rganishga bag’ishlangan konferensiyada “Amir Temurning O’rta Osiyoda tutgan o’rni va roli”mavzusida ma’ruza qildi, jiddiy muhokamalardan so’ng ma’ruza o’zbek va rus tillarida nashr qilindi. U ”Bunday shaxsning yuzaga kelishi davrning, zamonning taqozosi, Chig’atoy ulusining zulmi, mayda feodal beklarni vahshiyona ezishi, mo’g’ul xonlari, Oltin O’rda beklarining Movaraunnahrdagi to’xtovsiz bosqinchilik yurishlari, azoblangan, xonavayron bo’lgan, 150 yil davomida chet el hukmronligidan tinkasi qurigan mamlakatning, xalqning mustaqillikka erishish talabi edi. Bu tarixiy zaruriyat Temurda, uning lashkarboshilarida ravshan ko’rindi. Temur davlat arbobi sifatida ma’lum darajada bu ehtiyojni, talabni, zaruriyatni o’zida aks ettirdi, ya’ni Movanaunnahrda mustaqil markaziy birlashgan davlat tuzdi, mamlakat ehtiyojlariga javob berdi. Mulkdor sinflar, savdogarlar, karvonsaroy egalari hamda ma’lum ma’noda aholi talablariga peshvoz chiqib, mamlakatning ko’p joylarida qurilishlar qildirdi, kamida yuz yigirma yil davomida nisbatan osoyishtalik o’rnatdi. Bu shubhasiz, mamkalakatda iqtisod, madaniyat, fan, adabiyot va san’atning o’sishida muhim omil

bo’ldi. Temurning O’rta Osiyo tarixidagi xizmati, bizningcha ana shulardan iboratdir” ta’kidladi.
deb

Shuningdek, I.Mo’minov “Amir Temur O’rta Osiyoni birlashtiribgina qolmasdan, balki Rusga va boshqa Yevropa xalqlariga, shuningdek Shimoliy Afrika xalqlariga, birinchi navbatda
Misr xalqiga yordam ko’rsatdi” deb ta’kidladi. Bu asari bilan I.Mo’minov ba’zi tarixchilarning
“Amir Temur o’zidan vayrona va kuldan boshqa hech narsa qoldirmadi”, “Temur va Chingizxon bir tarzda ish ko’rdi” degan uydirma da’volarning asossiz ekanligini isbotladi. Bu totalitar mafkura hukmronlik qilgan davrdagi buyuk jasorat namunasi edi. Shu bois, I.Mo’minov ma’muriy – buyruqbozlik tizimi mafkurasining keskin tanqidi va adolatsiz tazyiqiga uchradi. Chunki marksistik mafkura uchun millatning o’z –o’zini angalashga asos bo’ladigan ilmiy tarixiy dalillar emas, balki millatlar va xalqlarni tarixiy ildizlaridan va qadriyatlaridan uzib qo’yadigan kommunistik ongni shakllantirish muhimroq edi. Shunday bo’lsada, 1976-1977 yillarda uning 4 jildlik “Tanlangan asarlari” nashr qilindi. Ushbu kitoblarga I.Mo’minovning nafaqat O’rta Osiyo mutafakkirlari, (Mirzo Bedil, A.Beruniy, Yu.Qoshg’ariy, A.Navoiy, A.Jomiy), balki g’arb falsafasi namoyondalari (Gegel, Kant, Yum, Fixte) ijodiga bag’ishlangan asarlari jamlangan.
Mustaqillikka erishgach Mo’minovning ijodi va jamoatchi arbob sifatidagi faoliyatiga munosabat o’zgardi. U fan, falsafa ravnaqiga qo’shgan hissasi uchun “Buyuk xizmatlari”ordeni bilan taqdirlandi. “Falsafa va huquq instituti” uning nomi bilan ataldi. I.Mo’minov yaratgan ilmiy maktabning dastlabki qaldirg’ochlari o’z maktablarini yaratishga muyassar bo’ldilar va ustoz ishini davom ettirdilar.
O’zbekistonda nafaqat falsafa tarixi, balki dialektika va bilish nazariyasi masalalarini o’rganishga ham e’tibor qaratilgan. I.A.Karimov aytganlaridek, “Falsafani o’zagini tashkil etadigan dialektika fani bo’yicha hozir oliy o’quv yurtlarimizda qanday darsliklar bor? Dunyoni dialektik

nuqtai nazardan baholashda, bugungi o’ta murakkab va shiddatli jarayonlarni anglash, ularga munosabat bildirishda qaysi yo’nalishlar sizga ma’qul?” . Darhaqiqat, sho’rolar davrida ilmiy bilim marksizm g’oyalari bilan sug’orilgan bo’lsa-da, ba’zi faylasuflar ijodida bilim o’zining haqiqiy ma’nosida ifodasini topa oldi. Shunday olimlardan biri Jondor Tulenovdir.
Туленов Жондор (1927-2002) академик, фалсафа фанлари доктори, профессор.

Asosiy ijodi dialektika va bilish nazariyasi, ilmiy tafakkur uslubi masalalariga bag’ishlangan.
XX asrning 70-80 yillarida falsafani o’rganishda nisbatan erkinlik shakllandi va shu bois dialektik mantiqning rivojiga yo’l ochildi. O’zbekistonda J.Tulenovning dialektika maktabi shakllandi. Qozog’istonlik o’zbek olimi 1971 yildan O’zbekistonda ilmiy faoliyatini davom ettiradi. U 350 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. J.Tulenov o’zining “Qonun falsafiy kategoriya sifatida” (Zakon kak filosofskaya kategoriya 1959) asarida qonunlar tuzilishi jihatidan uch asosiy komponentlardan iborat deb ko’rsatadi: Ular 1) ob’yektiv asosga ega, ya’ni predmet va hodisalarning umumiy nisbatan barqaror zaruriy aloqalarini ifodalaydi; 2) harakatning o’ziga xos usuliga ega, ya’ni voqealar xarakteri va yo’nalishini aniqlaydi; 3) yuqorida ko’rsatilgan ikki komponent o’rtasida bog’lovchi element vazifasini bajaruvchi muayyan sharoitlar mavjudligida namoyon bo’ladi. Demak qonun- bu predmet va hodisalarning zaruriy, nisbatan barqaror munosabatlari majmui bo’lib, ular voqealarning yo’nalishi va xarakterini aniqlaydi. Qonun namoyon bo’lishining turli shakllari bilan xarakterlanadi. Qonunning namoyon bo’lish shakllariga quyidagilar kiradi: 1) qonunning stixiyali anglanilgan kuch sifatida namoyon bo’lishi; 2) qonunning hukmron tendensiya va aniq shaklda namoyon bo’lishi (dinamika va statika qonunlari); 3) qonunning katta va kichik kuch bilan harakati.
Ob’yektiv qonunlar tizimi ham turli tumanligi bilan xarakterlanadi. 1) Qonun qamrab olgan ob’yektiv jarayonlar nuqtai nazaridan tabiiy va ijtimoiy qonunlar farqlanadi; 2) Jarayonlarga ta’sir darajasi nuqtai nazaridan asosiy va asosiy bo’lmagan qonunlar; 3) harakat sharoitlari nuqtai nazaridan xususiy, umumiy va eng umumiy qonunlar farqlanadi. Ushbu qonunlar ijtimoiy taraqiyotda o’z ifodasni topadi.
J.Tulenovning kategoriyalar haqidagi fikrlari ham diqqatga sazovordir. Jumladan, u a) dialektika kategoriyalari ob’yektiv dunyoning umumiy qonuniyatlarini ifodalaydi va ontologik mazmunga ega; bu inson ongiga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan voqelik rivojlanishi va harakatining aloqadorligi bilan bog’liq umumiy qonun; 2) dialektika kategoriyalari umumiy tushunchalar sifatida inson fikrining shaklidir va bilishning tayanch nuqtasi hisoblangan mantiqiy mazmunga ega; 3) dialektika kategoriyalarining shakllanishi va rivojlanishining asosi bo’lgan amaliyot insonning moddiy ma’naviy faoliyati majmui sifatida namoyon bo’ladi, shuning uchun dialektika kategoriyalari ijtimoiy amaliyotning mahsuli ham deyiladi; 4) dialektika kategoriyalari amaliyotda paydo bo’lib, amaliyotga xizmat qiladi. 5) dialektika kategoriyalarining muhim xususiyati ularning o’zgaruvchanligi va egiluvchanligidir deb e’tirof qiladi. Muallif “Dialektika kategoriyalarining egiluvchanligi” (Problema gibkosti kategoriy, 1981), Dialektika kategoriyalarning o’zaro aloqadorligi (Vzaimosvyazь kategoriy dialektiki 1986) asarlarida birinchi bo’lib, dialektika kategoriyalarining ziddiyatliligi, ularning rivoji, o’zaro aloqadorligi va o’zaro bir- biriga o’tishini, kategoriyalar egiluvchanligining fan va amaliyot uchun ahamiyatini asoslagan. J. Tulenov dialektika qonun va kategoriyalarining ayniyligi va farqlari masalasi haqida ham to’xtaladi. U o’zining ”Dialektika va ilmiy tafakkur uslubi” (Dialektika i stilь nauchnogo mыshleniya, 1983) asarida birinchi marta, inson ijodiy faoliyatida tafakkur uslubining o’rni va rolini yoritib beradi. Insonning kundalik tafakkur uslubidan ilmiy tafakkur uslubiga o’tishiga ta’sir qiluvchi omillarni, dialektik, metafizik, sofistik, eklektik tafakkur uslublarining tarixiy rivojlanish bosqichlarini yoritish bilan bir qatorda, ilmiy tafakkur uslubiga ta’rif bergan. Sovet davrining qaqshatqich tazyiqi ostida J.Tulenov 3 marta “Dialektika va bilish nazariyasi” (1984, 1986, 1989) mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o’tkazdi va bu bilan o’zbek falsafasining rivojiga o’z hissasini qo’shdi..
Mustaqil O’zbekistonda J.Tulenov ijodining yangi qirralari namoyon bo’ldi. Bu davrda u ijtimoiy dialektika masalalariga alohida e’tibor qaratadi. Hayot falsafasi (1993) asarida falsafiy bilimning o’ziga xos xususiyatlari, uning siyosat bilan bog’liqligi, mamlakat mustaqilligining dastlabki yillarida ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy yangilanish jarayonlarini tushunish uchun
falsafiy madaniyat va siyosiy tafakkurni shakllantirish lozimligini ta’kidlaydi. “Mustaqillik va milliy tiklanish” (1996) asarida O’zbekiston mustaqilligining tarixiy ahamiyati, yangi siyosiy tizim, ko’pukladli iqtisod va bozor munosabatlariga o’tishda, mustaqil davlatning ma’naviy, madaniy va axloqiy asoslarini rivojlantirish va mustahkamlash, milliy mustaqillik mafkurasining maqsadi va yo’nalishlarini aniq anglash va ularni hayotga tadbiq etish masalalari yoritilgan. “Qadriyatlar falsafasi” (1998) asarida qadriyatlarning mohiyati, ularning turlari (tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy, estetik va h.k) ma’muriy buyruqbozlik hukmronlik qilgan tuzumda milliy qadriyatlarning qadrsizlanganligi, mustaqillik davrida qadriyatlarga munosabatning o’zgarganligi, milliy tiklanish, millatning o’z-o’zini anglashi mustaqillikni saqlashning asosiy omili bo’lishini e’tirof etgan.
Tulenovning so’nggi asari “Dialektika nazariyasi”(2001) bo’lib, unda olim dialektikani sinergetika bilan almashtirishga, dialektikani o’ldiga chiqarishga harakat qilgan ba’zi soxta olimchalarga qaqshatqich zarba beradi. Dialektikaning fan va ta’limot sifatidagi tarixiy taraqqiyotini, uning eng qadimgi va hozirgi zamon bilishining metodlaridan biri ekanligini, buyuk mutafakkirlar al-Forobiy, al-Xorazmiy, al-Beruniy, Ibn-Sino, Ulug’bek, Mirzo Bedil asarlari asosida dialektikaning ijtimoiy jarayonlarni bilishdagi ahamiyati, uning global xarakterini yoritgan. J.Tulenov talabalar uchun qator darslik va o’quv qo’llanmalarini yaratgan, umrining oxirigacha xalqqa xizmat qilgan buyuk olim edi.
I.A.Karimov aytganlaridek, “Shaxs imkoniyatlari bizda juda chuqur irsiy asoslarga egadir. Respublikamizda jahon fani va texnikasi, falsafa va huquq yutuqlarini egallab olgan va shu bilan birga o’z xalqiga yaqinlikni saqlab qolgan kishilar juda ko’pdir” . Ular o’zlarining halol mehnati bilan ajdodlar ishini davom ettirgan hamda hozirgi kunda ham mamlakatimizni demokratlashtirish va modernizatsiyalashtirish jarayoniga munosib hissasini qo’shmoqdalar. Quyida mamlakatimizda ijtimoiy falsafa va madaniyat falsafasi fani ravnaqiga munosib hissa qo’shgan faylasuf olimlar haqida so’z yuritamiz.

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish