Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академиясининг И.Мўминов номидаги Фалсафа ва ҳуқуқ институти. O’zbekistonda falsafa fanining rivojiga nafaqat falsafa fakulьteti professor o’qituvchilari, balki 1957 yilda I.M.Mo’minov tashabbusi bilan tashkil qilingan O’zbekiston Fanlar Akademiyasining “Falsafa va huquq” institutining ilmiy xodimlari ham munosib hissa qo’shdilar. Ilmiy tadqiqot institutida dastlab “Tabiatshunoslik”, “Falsafa tarixi” bo’limlari faoliyat olib bordi. Keyinchalik institut tarkibi yangi yosh milliy kadrlar bilan boyib bordi hamda, “Dialektika va bilish nazariyasi”, “Ijtimoiy falsafa”, “Etika” kabi bo’limlar tashkil qilindi. Institutning asosiy faoliyati falsafa, fan va madaniyat tarixini ob’yektiv o’rganish, ma’naviyatning yangi milliy qirralarini izlash, xalq ma’naviyatini yangi bilimlar bilan boyitish, millatning ma’rifiy ruhini ko’tarishga yo’nalgan edi. Bu sohada Ibrohim Mo’minov, Muzaffar Xayrullayev, Mo’bin Baratov, Erkin Yusupov, Karim Sodiqov, Mirahmad Abdullayev, Haydar Aliqulov, Rasul Nosirov, Muhammadjon Boltayev, Anvar Sharipov, Gulchehra Navro’zova va boshqalarning ilmiy tadqiqotlari e’tiborga sazovordir.
Ijtimoiy falsafa, etika, estetika, madaniyatshunoslik falsafasi sohasida Rustam va Telьman Abdushukurovlar, Haydar Po’latov, Abdulxay Valiyev, Oysara Umrzoqova, Naim G’oyibov, Abduvosid Yo’ldoshev, Maxmud Abdullayev, Mnazura Xolmatova, Said Shermuxamedov, Qo’chqor Xonazarov, Xotima Shayxova, Abdulxafiz Jalolov, Jo’ravoy Yaxshilikov, Zuhra Qodirova, Qiyom Nazarov, Viktor Alimasovlar samarali ishladilar va ishlamoqdalar.
Ontologiya va bilish nazariyasi, tabiatshunoslik falsafasi, fan metodologiyasi bo’yicha Jondor Tulenov, Bahrom Ismoilov, Omonulla Fayzullayev kabilar boshlagan an’analarni, Mahbuba Abdullayeva, Baxtiyor Karimov, Baxtiyor To’rayev, Ra’no Imomaliyeva, E’tibor Hoshimova, Shuhrat Qo’shoqov, Hakima Salomova, Oqil Fayziyev, Ziyodullo Davronov, Nigina Shermuxamedova, Alima Berdimurodova, Nariman Eshmetov, Shavkat Mamadaliyev, Karima Tulenova, Emina Izzetova va boshqalar davom ettirmoqdalar.
2002 yilda Qiyom Nazarovning tashabbusi bilan “Falsafa va huquq” jurnalining tashkil qilinishi institut xodimlarining ilmiy faoliyati samaradorligini yanada oshirishga hamda yosh olimlarning ilmiy izlanishlari haqida keng jamoatchilikning tanishishi va falsafiy muloqotlar olib borilishidagi dadil qadam bo’ldi.
Birgina 2003 yilda institut xodimlari 31 ta turli yo’nalishdagi ilmiy tadqiqot loyihasiga ega bo’ldilar. Bugungi kunda “Falsafa va huquq” instituti yangi yosh kadrlar bilan boyib bormoqda.
Falsafa tarixi va tarix falsafasini tahlil qilishda I.A.Karimov aytganlaridek, “Sharq falsafasini teran o’rganish, shu asosda ulug’ madaniyatimiz va qadriyatlarimiz ildizlarini jonlantirish, yaqin o’tmishdan qolgan mafkuradan xalos bo’lish, o’zimizning asrlar sinovidan o’tgan, ulug’ ajdodlarimiz bizga qoldirgan milliy mafkura va tafakkurimizni tiklash, uni zamonaviy
umumbashariy ruh bilan boyitish xalqimizning dolzarb vazifasidir” . Shu ma’noda, o’zbek falsafasining yetakchi vakillari Sharq falsafasi tarixini o’rganish va undagi gumanistik g’oyalarni “... halqimiz soddagina qilib, “o’zbekchilik” deb ataydigan, mehr-oqibat, o’zaro chidam va hurmat,
o’zgalarning dardiga hamdard bo’lish kabi oliyjanob fazilatlarni” kelgusi avlodga yetkazish
bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar. Quyida ko’p sonli o’zbek falsafasining vakillarining ta’limotlari bilan tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |