O‘zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi


Ijtimoiy ong shakllarini farqlash mezonlari



Download 1,62 Mb.
bet139/226
Sana28.01.2022
Hajmi1,62 Mb.
#414662
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   226
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

Ijtimoiy ong shakllarini farqlash mezonlari. Ijtimoiy ong va uning darajalari haqidagi mulohazalar yakunida ijtimoiy ongning axloqiy, diniy, estetik, siyosiy, huquqiy, fan, falsafa kabi shakllari ajratilishini ta’kidlash lozim.
Nima uchun ijtimoiy ongning aynan yuqoridagi shakllari ajratiladi? Boshqacha aytganda, ular qanday mezonlar asosida farqlanadi? ilmiy adabiyotlarda ijtimoiy ong shakllarini farqlashning to’rt mezoni ajratilgan.
Avvalo, ijtimoiy ong shakllarining xilma-xilligi obyektiv olamning turli-tumanligidan, voqyelikning muayyan tomonlarinigina aks ettirishidan kelib chiqishini ko’rsatish zarur. Sodda qilib aytganda, ijtimoiy ong shakllari, birinchi navbatda, o’zlarining aks ettirish obyektiga ko’ra farqlanadi.
Ayni paytda, ijtimoiy ong shakllari bir-biridan voqyelikni aks ettirish usuliga ko’ra ham ajralib turadi. Masalan, huquqiy ong normalar, qonunlar, qoidalar vositasida, estetik ong esa- badiiy obrazlar yordamida voqyelikni aks ettirishini bir qarashdayoq sezish mumkin.
Ijtimoiy ong shakllari o’rtasidagi farqni ular rivojlanishining o’ziga xosligida ham kuzatish mumkin. Fan taraqqiyoti obyektiv olam haqidagi yangidan-yangi bilimlarning yuzaga kelishi, chuqurlashib, kengayib borishi bilan dinning rivojlanishi esa, uning ijtimoiy hayotning turli sohalariga, kishilar faoliyati va turmush tarziga ta’sirining o’sib borishi bilan xarakterlanishi fikrimizga dalil bo’la oladi.
Va nihoyat, ijtimoiy ong shakllari bajaradigan funksiyalarining o’ziga xosligi bilan ham ajralib turishini ta’kidlash zarur. Bunda, har bir ijtimoiy ong shakli bajaradigan funksiyalar tizimida bittasi asosiy, markaziy, sistema yaratuvchi funksiya sifatida chiqishi kuzatiladiki, boshqa funksiyalar ana shu funksiya atrofida birlashadi. Fanda – bilish, axloqda – tartibga solish, dinda – dunyoqarash, san’atda – tarbiyaviy funksiyalar ana shunday sistema yaratuvchi funksiyalar sifatida chiqishini ko’rish mumkin.
Ijtimoiy ongning barcha shakllariga bilish, tarbiyalash, qadrlash kabi funksiyalarning xosligi, ayni paytda, bunday o’xshashlikning din va falsafa, axloqiy va huquqiy ong o’rtasida yana ham kuchliligi bunga misol bo’la oladi.
Xulosa kilib aytganda, yuqorida qayd etilgan mezonlar faqat birgalikda olingandagina, ijtimoiy ong shakllarini farqlashga xizmat qilishi, metodologik ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida ijtimoiy ongning axloqiy, diniy, estetik, siyosiy, huquqiy, fan, falsafa kabi shakllarining hammasi ham bo’lmagan. Jamiyatda muayyan ehtiyojlar va ma’naviy ishlab chiqarishning yangi sohalari paydo bo’lishi bilan ijtimoiy ongning yangi shakllari ajralib chiqa boshlaydi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, yuqorida aytilgan ijtimoiy ong shakllarini tugal deb hisoblash xato bo’lur edi. Jumladan, so’nggi paytda ko’pgina ilmiy adabiyotlarda ekologik ongni ijtimoiy ongning mustaqil shakli sifatida ajratishga urinish rasm bo’layotganligini ta’kidlash zarur.
Axborot dunyosining globallashuvi va uning ijtimoiy ongga ta’siri katta bo’lmoqda. XX asr axborot uzatishga xizmat qiladigan texnik vositalarning keskin va shiddatli taraqqiy etishiga yo’l ochdi. Ayni paytda, ular madaniyat rivojiga ta’sir qilish imkoniyatlarini ham o’stirib yubordi. Shundan kelib chiqqan holda, madaniyat yutuqlarini tezlik bilan ommalashtirish, tarqata olish imkoniyati yaratilmoqda. Planetaning turli burchaklarida dunyoga kelayotgan madaniyat namunalarini millionlarning ma’naviy ozig’iga aylantirayotgan ommaviy axborot vositalarining — gazeta, jurnallar, radio, televideniye, videotexnika, kino kabi hodisalarning roli bu jarayonda katta bo’lmoqda, axborot sohasida globallashuv sodir bo’lganligini ko’rsatmoqda. Ammo bu jarayonining intensivlashuvi va globallashuvi yuqoridagi kabi ijobiy jihatlar bilan bir qatorda ayrim salbiy natijalarini ham namoyon etmoqda. Bu tor guruhiy, g’arazli iqtisodiy, siyosiy, geostrategik manfaatlaridan kelib chiqqan holda, kishilar dunyoqarashi, ijtimoiy ongga ta’sir qilishning yangidan-yangi yo’llari va vositalaridan foydalanishga urinishda ko’rinmoqda.
Aytish mumkinki, bugungi kunda kishilar ongida hukmronlikka erishish, ularning tafakkur tarzi va qadriyatlarini o’ziga bo’ysundirish turli ko’rinishlardagi maqsadlarga erishishning asosiy yo’li bo’lib qolmoqda. Ana shunday vaziyatda kishilar ongida sobitlik, Vatanga muhabbat tuyg’usi, o’z yurtining ertangi kuniga ishonch ustuvor bo’lmog’iga erishish muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish