O‘zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi


Ijtimoiy ongning strukturasi



Download 1,62 Mb.
bet137/226
Sana28.01.2022
Hajmi1,62 Mb.
#414662
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   226
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

Ijtimoiy ongning strukturasi ijtimoiy munosabatlar va kishilar faoliyatining turlari bilan belgilanadi. Odamlar faoliyati qanchalik xilma-xil, ularning ijtimoiy munosabatlari qanchalik boy
bo’lsa, ijtimoiy ong ham shunchalik boy va murakkab bo’ladi. Voqyelikni aks ettirish darajasiga ko’ra, ijtimoiy ong odatiy va nazariy ongga bo’linadi.
Odatiy ong hayotiy tajriba asosida vujudga kelgan oddiy xulosalar, qarashlar majmuidan iborat bo’lib, kishilarning kundalik hayotidagi voqyealarni aks ettiradi va rivojlanadi. Uning sohiblari – subyektlari alohida olingan shaxslarning hayotiy tajribasi, qiziqishlari, qobiliyatlari, bilimlari, hayotda egallangan mavqyelari hyech qachon bir xil bo’lmaydi.
Odatiy ongda nazariy bilimlarga dalil va asos bo’lib xizmat qiladigan elementlar bo’ladi. Olimlar, san’atkorlar turli nazariyalar, badiiy obrazlar yaratishda hayotiy-kundalik ongga asoslanadilar, undan ma’naviy oziq oladilar.
Odatiy ongda xalq donishmandligi, an’ana va urf-odatlar, kundalik turmush qoida va talablari, tabiat haqidagi bilimlar, shuningdek turli uydirmalar, noto’g’ri qarashlar ham o’z ifodasini topadi. Ko’p asrlik hayotiy tajribani ixcham shaklda o’zida mujassamlashtirgan xalq maqollari bunga misol bo’la oladi. Odatiy ong sof holda uchramaydi. Chunki, inson farzandi murg’aklik davridanoq o’z atrofidagilar, so’ngra kitoblar, ta’lim tizimi yordamida inson zakovati erishgan ilmiy bilimlarni ham o’zlashtirishga kirishadi. Boshqacha aytganda, sodir bo’layotgan voqyealarga nafaqat o’z tajribasi, balki ilmiy bilimlar nuqtai nazaridan ham baho bera boshlaydi, nazariy ong ta’sirida bo’ladi.
Xo’sh, nazariy ong deganda nimani tushunish kerak?
Nazariy ong deganda nazariyotchilar, olimlar ishlab chiqqan nazariy qarashlar va ilmiy bilimlar tizimi tushuniladi. Odatiy ongdan farqli o’laroq nazariy ong o’zgaruvchan xarakterga ega. Bu o’zgaruvchanlik ilmiy bilimlarning shiddatli rivojlanishi, voqyelik haqidagi bilimlarning doimiy chuqurlashib va kengayib borishi bilan belgilanadi. Shuningdek, odatiy ongga voqyealarning tashqi tomonini ifodalash xos bo’lsa, nazariy ong voqyealarning mohiyatini, rivojlanish qonuniyatlarini aks ettiradi. Shuning uchun ham u odatiy ongga faol ta’sir qila oladi va kundalik tajriba asosida hosil qilingan bilimlarni saralashga yordam beradi.

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish