O‘zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi


Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университети фалсафа факультети



Download 1,62 Mb.
bet87/226
Sana28.01.2022
Hajmi1,62 Mb.
#414662
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   226
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий университети фалсафа факультети. 1922 yilda O’rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O’zMU) ijtimoiy gumanitar fanlar fakulьtetida falsafa fanidan o’quv mashg’ulotlarining olib borilishi, bu boradagi dastlabki qadam bo’ldi.
1935 yilda birinchi «Dialektika va tarixiy materializm» kafedrasi tashkil qilindi. 1944 yilda Dialektika va tarixiy materializm kafedrasi tarkibidan «Falsafa» kafedrasi ajralib chiqqan. Aynan “Falsafa” kafedrasi negizida 1962 yilda “Ilmiy kommunizm”, 1967 yilda “Tabiiy va gumanitar fakulьtetlar falsafa” kafedralari tashkil qilingan. Kafedralar tarkibi milliy kadrlar bilan boyib borgan.
1960 yillarda “Falsafa” kafedrasida 45 ta professor-o’qituvchi faoliyat olib borgan. Bu davrda falsafa mutaxassisligi bo’yicha universitetning o’zida milliy kadrlar tayyorlash imkoniyati paydo bo’lgan. Professor A.Ayupov, H.Umarov sa’y harakatlari bilan oliy ta’lim vazirligida bu masalaga ijobiy yondoshilib, universitetning tarix fakulьtetida 1963-1964 o’quv yilidan boshlab “Falsafa” bo’limi tashkil qilingan va unga H.Umarov rahbar etib tayinlangan. O’quv rejasi asosida respublikaning yirik olimlari jalb qilinib, falsafa bo’yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash jarayoni boshlangan.
Shu yillarda ilmiy ishlar rivoj topib yuqori malakali kadrlar yetishib chiqa boshlagan. 1962- 1967 yillarda 18 ta falsafa fanlari nomzodi tayyorlangan. 1962-1992 yillar davomida gumanitar fakulьtetlar “Falsafa” kafedrasini boshqargan professor A.T.Ayupov boshchiligida dotsentlar G’.Shoyusupova, A.I.Abdusamedov, K.S.Sadыkov, K.I.Ivanova, I.Rahimov, V.S.Nikitchenko va boshqalar dastlab falsafa bo’limi, keyin falsafa fakulьtetida milliy kadrlarni tayyorlash ishida katta rol o’ynadilar. O’sha yillarda falsafa bo’limi professor-o’qituvchilari nafaqat o’quv jarayoni, balki ilmiy bilish sohasida faol ishtirok qilganlar. 1974 yilda K.I.Ivanovaning “Ilmiy bilishda sababiylik tamoyili” nomli monografiyasi, professor L.Ye.Garber, A.T.Ayupov, U.Xaydarov, B.To’ychiyev, V.G.Chernыxlarning “Ilmiy bilish mantig’i va metodlari”(1986) mavzusidagi turkum asarlari nashr qilingan.
O’zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi E.Yu.Yusupov, professorlar M.V.Vohidov, I.R.Rahimovlar 1980-2005 yillarda O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-madaniy taraqqiyotining falsafiy muammolari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borish bilan birga, darslik va o’quv qo’llanmalari yozganlar, yosh kadrlarni tayyorlashga o’zlarining munosib hissasini qo’shganlar. Shu yillar davomida J.Babayevning “Falsafa asoslari” o’quv qo’llanmasi, E.Yusupovning tahririda “Falsafa” (1985) darsligi, I Raximovning “Mantiq fanidan seminar mashg’ulotlari” (1984) o’quv qo’llanmalari nashr qilingan.
Falsafa bo’limida o’qitiladigan fanlarning differensiallashuvi natijasida “Mantiq”, “Falsafa tarixi” va “Dinshunoslik” kafedralari tashkil qilingan. O’sha yillarda falsafa bo’limi professor- o’qituvchilari nafaqat o’quv jarayoni, balki ilmiy ishlar sohasida ham faol ishtirok qilganlar.
Mustahkam poydevor yaratilgach, 1979 yilda tarix fakulьteti tarkibidan “Falsafa, iqtisod va psixologiya” bo’limlari ajratilib, uchta mutaxassislikni birlashtiruvchi yangi “Falsafa-iqtisod” fakulьteti tashkil qilingan va falsafa fanlari nomzodi, professor G.Sh.Shoyusupova (1979-1985) dekan lavozimiga tayinlandi.
Bu esa o’sha davrda falsafa fanining yanada chuqur va keng o’rganilishi yo’lidagi dadil qadam bo’ldi. Yangi kafedralar tashkil qilinib, falsafani o’qitishga differensial yondoshuv shakllandi. Shu yillarda fakulьtetda pofessorlar: - M.Xayrullayev, M.Baratov, L.Ye. Garber, V.N. Moroz, M. Nurmatov f.f.n dotsent M.Q. Aripov, f.f.n. dotsent M.Daliyev, dotsent E.N. Abramyan,
Z.Mo’minova, dotsent T.M.Ramazanov, I.R.Ramazanov, R.Nosirov, Sh.B.Qahharova, M. Usmonov, I.L. Turchaninov, shuningdek fakulьtetning bitiruvchi yoshlari M. Sharipov, B.To’ychiyev, E.Mo’minov, A.O’tamurodov, I.Ergashev, o’rindoshlik asosida professorlar M.N. Abdullayeva, H.Aliqulov va boshqalar ilmiy pedagogik faoliyat olib borganlar.
1990 yilda universitetning yangi Nizomi qabul qilinib, uning keyingi taraqqiyot yo’llari, vazifalari, huquqlari, xalq hayotidagi mavqei yangi dunyoqarash nuqtai nazaridan belgilab olindi. Shu bois 1991 yilda fakulьtet tarkibidan “Iqtisod” bo’limi ajraldi hamda Falsafa, sotsiologiya va psixologiya” bo’limlari va 9 kafedradan iborat “Falsafa” fakulьteti yoshlar ongiga mustaqillik mafkurasining mazmun va mohiyatini singdirish, yangi dunyoqarashni shakllantirish yo’lida fidokorona mehnat qildilar.
1989-2007 yillarda “Falsafa tarixi va mantiq” kafedrasining mudiri lavozimida ishlagan professor S.A.Yo’ldoshev kafedra a’zolari bilan hamkorlikda Sharq va G’arb xalqlari tarixi, Markaziy Osiyo xalqlari falsafasi va ijtimoiy axloqiy qarashlarini o’rganish bilan bir qatorda, mantiq fanining keng qamrovli o’rganilishiga ham alohida e’tibor qaratib kelgan. Pokiston va Eron falsafasini O’zbekistonda chuqur o’rganilishiga munosib hissa qo’shgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2000 yil 28 yanvardagi farmoniga ko’ra, Toshkent Davlat universitetiga “Milliy” maqomi berilishi, fakulьtet professor o’qituvchilariga mas’uliyat yuklashi bilan bir qatorda yangi faoliyatga chorladi. Ular falsafiy bilimlarni, yangilangan tafakkur nuqtai nazaridan yoritish bo’yicha faol ish olib bordilar.
2002 yilda yangi “Falsafa va fan metodologiyasi” kafedrasining tashkil qilinishi falsafadagi ijtimoiy muammolar bilan bir qatorda, fundamental masalalarning o’rganilishiga keng imkoniyatlar yaratdi. “Falsafaning munazariy masalalari” ilmiy maktabiga asos solindi. Bugungi kunda ushbu maktab tadqiqotchilari tomonidan “gerontologiya” - “fenomenologiya” insonning individual ijtimoiy ongiga ta’sir qiluvchi omillar muammosi, ”germenevtika” - tushunish va tushuntirish muammosi, qariyalik muammosi, “tanatalogiya” - o’lim va barhayotlik muammosi, “epistemologiya”, “fan falsafasi”, “Ijtimoiy vaqt”, “Sinergetika”, “Dialog tushunish vositasi” kabi muammolarning falsafiy tahliliga qiziqishning kundan kunga ortib borishi yangi avlod faylasuflarining yuqori intellektual salohiyatga egaligi va ayni paytda ularni ilmga yo’naltiruvchi munosib ustozlar borligidan dalolat beradi.
O’tgan yillar davomida fakulьtet bitiruvchilari nafaqat pedagogik faoliyati, balki ilmiy salohiyati bilan falsafiy fanlar bo’yicha yangi o’quv adabiyotlarini yaratish jarayonida ham faol ishtirok qildilar. I.Saifnazarov muallifligida “Kurs leksiy po filosofii” (2001), “Ilmiy ijod metodologiyasi” (2004), “Fanlarning falsafiy masalalari” (2007), I.Rahimov A.O’tamurodov hamkorligida “Fanlarning falsafiy masalalari” (2005), D.Fayzixo’jayeva va M.Sharipovlar hammuallifligida “Mantiq” (2004) o’quv qo’llanmalari, S.Mamashokirov tahriri ostida Falsafa (2005 lotin tilida), “O’zbekistonda yangi jamiyat qurilishining g’oyaviy-mafkuraviy masalalari” (2005), “Erkin va farovon hayot qurilishining g’oyaviy mafkuraviy masalalari” (2007) o’quv qo’llanmalari, Q.Nazarov tahriri ostida “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” (2001), “Falsafa qomusiy lug’at” (2004), “G’arb falsafasi” (2004), “Jahon falsafasi tarixidan lavhalar” (2005), “Milliy g’oya asosiy tushuncha va tamoyillari lug’ati” (2005), “Milliy g’oya va rahbar mas’uliyati” (2008) kitoblari, yakka muallifligida “Bilish falsafasi” (2005), “Qadriyatlar falsafasi” (2004) o’quv qo’llanmalari, N.A.Shermuxamedova muallifligida “Filosofiya i metodologiya nauki” (2003) o’quv qo’llanmasi, “Falsafa va fan metodologiyasi” (2005), “Gnoseologiya” (2007), Gnoseologiya – bilish nazariyasi (2010) darsliklari, A.Ochildiyevning “Milliy g’oya va millatlararo munosabatlar” (2004), Madaniyat falsafasi (2010), Ye.Emirovaning “Metodika prepodavaniya filosofii” (2004), shuningdek A.Strelьsova bilan hamkorlikdagi “Vvedeniye v spetsialьnostь» (2008) o’quv qo’llanmasi kabi qator yangi adabiyotlarining nashr qilinishi fakulьtetning katta ilmiy salohiyatga egaligidan dalolat beradi.
O’zMUning 90 yillik tarixida Falsafa bo’limining 45 yillik, falsafa fakulьtetining 30 yillik faoliyati o’z o’rniga ega. Zero, bugungi kunda yangilangan tafakkur egalari o’zbek falsafasining nomini dunyoga tanitmoqdalar. Azaliy falsafiy muammolarga yangicha yondoshmoqdalar. “Ustoz va shogird” maktabining yangi avlodi shakllanmoqda, yangi ilmiy maktablarga asos solinmoqda.
Fakulьtetning 1500 mingdan ortiq bitiruvchilaridan shu yillar davomida 40 ta fan doktorlari va 200 dan ortiq fan nomzodlari yetishib chiqdi.

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish