Ayniyat tushunchasi narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshash tomonlarni ifodalaydi. Shu bilan birga narsa-hodisalar bir-biridan farq qiladigan tomonlar, xususiyatlar, belgilarga ham egadir. Aynan
bir xil bo’lgan narsaning o’zi yo’q. Hatto daraxtning bir shoxida yonma-yon turgan 2 barg xam bir- biridan farq qiluvchi ba’zi jihatlarga ega. Hyech bo’lmaganda, ular bir-biridan makondagi o’rni bilan farq qiladi.
Hayotdan misol keltiradigan bo’lsak, bir-biriga tashqi tomondan tamomila o’xshash bo’lgan Hasan va Husanlarda ham juda ko’p farq qiluvchi xususiyatlar bor. Masalan, ularda fe’l-atvor, qiziqish turi, dunyoqarashlar har xil bo’lishi, ya’ni ularning ichki dunyolari farq qilishi mumkin. Demak, tafovut narsa
hodisalarning farq qiluvchi tomonlarini ifodalovchi tushunchadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |