27.Savol. Jismoniy mashq deb nimaga aytiladi?
Javob. Jismoniy mashq deb, jismoniy tarbiya qonuniyatlari talablariga javob beruvchi, ongli ravishda
bajariladigan ixtiyoriy harakat faoliyatlarining turli turkumlari tushuniladi.
28.Savol. Jismoniy mashq texnikasi deb nimaga aytiladi.
Javob: Jismoniy mashq texnikasi deb, harakat vazifasini oson, samarali hal qilish uchun tanlangan
harakat faoliyati tushuniladi. Jismoniy mashq texnikasi doim o‘zgarib turadi va takomillashadi.
29.Savol. Jismoniy mashqlar klassifikasiyasi deganda nimani tushunasiz?
Javob. Jismoniy mashqlar klassifikasiyasi bu mashqlarni shakli va mazmuniga ko‘ra turkumlarga
bo‘lish demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |