5.Savol. Jismoniy madaniyat tushunchasi nima?
Javob: Jismoniy madaniyat jamiyat a’zolarining jismoniy kamolotga erishishini maqsadga
muvofiq ravishda amalga oshirish uchun maxsus vositalar, metodlar va sharoitlarni yaratish
hamda ulardan rasional foydalanish bo’yicha erishgan yutuqlarning majmuasidir. Jismoniy
madaniyat umumiy madaniyatning bir qismi uning yuksalishi jamiyat rivojlanishining asosidir.
6.Savol. Jismoniy bilim nimani o‘z ichiga oladi?
Javob: Jismoniy mashqlarni bajarishga oid maxsus nazariy tushunchalar hamda ularni amalda
qo‘llash mahorati va ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladigan bilimlar majmuasi jismoniy bilimni tashkil
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |