Ilonizi bo’lib yurish o’yini. O’yinchilar ikki guruhga bo’linib, start chizig’i
orqasida bir qatordan saf tortib turadilar. Har bir guruh qarshisiga bir-biridan 0,5 m
masofada 6-8 ta to’ldirma to’p turadi. Guruhda birinchi bulib turgan o’yinchilar
ko’zlari bog’liq holda to’ldirma to’p oldida turadilar.
Ishora berilgach, ko’zi bog’langan o’yinchilar to’p orasidan goh chap, goh
o’ng tomonga ilonizi bo’lib yuradilar. Oxirgi to’pga yetgach, ko’zlarini ochib,
navbatni ikkinchi o’yinchilarga, so’ngra navbatni uchunchi o’yinchilarga beradilar.
To’ldirma to’plarga tegmasdan o’tgan o’yinchilarga 2 ochko beriladi. O’yinda
ko’p ochko to’plagan guruh g’olib chiqadi.
66
Do'stlaringiz bilan baham: |