25.Savol. Jismoniy tarbiya tizimi qanday elementlarni birlashtiradi?
Javob: a) Jismoniy tarbiyaning maqsadi, vazifalari va prinsiplarining maqsadga muvofiqligi;
b) jismoniy tarbiya tizimida qo‘llaniladigan vositalar: gimnastika, o‘yinlar, sport, turizm va boshqa
jismoniy mashqlar;
v) turli shakldagi pedagogik jarayon mobaynida qo‘llaniladigan (ta’lim metodlari, sport mashqi,
mustaqil mashg‘ulotlarda foydalaniladigan) metodlar;
g) jismoniy tarbiya maqsadida kishilarni birlashtirish shakllari;
d) jismoniy tarbiya mazmuni va natijalarida ifodalangan asosiy va davlat talablar (me’yorlar va
dasturlar)ni birlashtiradi.
26.Savol. Jismoniy tarbiya vositalari nimalardan iborat?
Javob. Jismoniy mashqlar, tabiatni sog‘lomlashtiruvchi kuchlari va gigiyenik omillardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |