14
shaxmat-shashka va boshqa ommaviy halq o‘yinlarining mashg‘ulotlari
maydonchalaridan va ulardagi bolalarni sport jihozlaridan foydalanishni yo‘lga
qo‘yadi.
Ommaviy tadbirlar uchun sport jihozlarini kerakli miqdorda maktab
ustaxonalaridan foydalanib, bu ishga o’quvchilarni va ularning ota-onalarini, otaliq
tashkilotlarini jalb etib tayyorlaydi, quradi va ta`mirlaydi.
Sport mashg‘ulotlarini va ommaviy tadbirlarini o‘tkazish uchun maktabga
yaqin joylashgan sport bazalarida mashg‘ulotlarni yo‘lga qo‘yish muammolarini hal
qiladi. Shaxsiy sport klublar va ularning anjomlaridan moddiy texnik bazasi,
mutaxassislaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yadi.
Ta’mirga muhtoj jihozlar, sport anjomlari, kompleksli sport maydonlari,
bolalar parki, sport inshootlarini betartib saqlash, musobaqalar, ommaviy tadbirlar
o‘tkaziladigan joylar, maydonlar, inshootlarda texnik xavfsizlikni ta’minlaydi.
Maktab komissiyasi a’zolarini tanlashda tajribali jismoniy madaniyat
o’qituvchilari odatda, duradgor, payvandchi va boshqa turli xil kasb-hunarga ega
bo‘lgan oila farzandlarini, o‘zi shunday ishlarga ishtiyoqmand o’quvchilarni topib,
ulardan foydalanishni yo‘lga qo‘yadi. Pardozlovchi-shuvoqchi, bo‘yoqchi va boshqa
ko‘plab kasblarga ega bo‘lganlarni jamoatchilik asosidagi faoliyatidan maktab sporti
hayotida sport zallar, sport maydonlari uloqtirish va sakrash sektorlarini
ta’mirlashda, sport jihozlari va anjomlarini sotib olib o‘rnatish, ta’mirlash o‘zlari
tayyorlashi mumkin bo‘lgan nostandart jihozlarni qurishda foydalanadi.
Bu komissiya maktab sport bazasi va jihozlarini saqlash, nosoz, foydalanish
uchun yaroqsizlarni ajratadi, yangilarini sotib olishda, eng kerakli hisoblanganlarini
birinchi navbatda, so‘ng qolganlarini maktab mablag‘i, ota-onalar qo‘mitasi
hayriyasi, homiylar, vasiylar mablag‘larini o‘rinli sarflash ishlarini nazoratida
ishtirok etadi. Jamoatchilik asosida yangi qurilish, ta’mirlash ishlarini yo‘lga
qo‘yadi.
Maktab sport maydonlarini mashg‘ulotlar uchun tayyor saqlash maqsadida
eng avvalo jismoniy madaniyat o’qituvchilari, so‘ng jismoniy madaniyat
faollaridan maxsus jadval asosida navbatchilik tashkil etiladi. Jamoa va shaxsiy
gigiyena talablari normalariga rioya qilishni amalga oshiradi, nazorat qiladi (suv
sepish zarur bo‘lgan maydonlar, ularni chizishga zaruriyat bo‘lgan ishlarni,
supurish, ochiq maydonlarda yomg‘irdan so‘ng hosil bo‘lgan nosozliklarni oldini
olish, jamoatchilik asosida, hashar yo‘li bilan manzarali va soya beradigan
daraxtlarni ekish va ularni parvarishlashdek, obodonchilik ishlarini yo‘lga
qo‘yadi). Shuningdek, qo’llanmada jismoniy tarbiya fanidan umumiy o’rta
ta’limning davlat ta’lim standarti mazmuni ham to’liq yoritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: