O‘zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun sinf rahbari daftari



Download 1,78 Mb.
bet30/59
Sana24.03.2023
Hajmi1,78 Mb.
#921396
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59
Bog'liq
SINF RAHBARLIK DAFTARI YANGI TAHRIRDA QARORLARI 2022-2023

Imzo

Imzo


























OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
19.05.2022 y.
N 271

DAVLAT UMUMIY OʻRTA TA’LIM
MUASSASALARI OʻQUVChILARINI
ZAMONAVIY YaGONA MAKTAB FORMASI
BILAN TA’MINLAShNING QOʻShIMChA
ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA

Ilova. Vazirlar Mahkamasining "Davlat umumiy oʻrta


ta’lim muassasalari oʻquvchilarini zamonaviy yagona
maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari
toʻgʻrisida" 2018 yil 15 avgustdagi 666-son qaroriga
kiritilayotgan oʻzgartirishlar

Davlat umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻquvchilarining kiyinish madaniyati va tartib-intizomga amal qilish koʻnikmalarini mustahkamlash, salomatliklarini muhofaza qilish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish, ularni ma’naviy va jismonan sogʻlom boʻlib voyaga yetishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 


QAROR QILADI:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻquvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2018 yil 15 avgustdagi 666-son qarori bilan:


a) davlat umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasining shakllari;
davlat umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi tasdiqlanganligi;
b) 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab oʻquvchilarning davlat umumiy oʻrta ta’lim muassasasiga tasdiqlangan shakllardagi maktab formasida kelishlari iхtiyoriy, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab esa majburiy hisoblanishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasining 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab davlat umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida oʻquvchilar uchun maktab formasini toʻliq joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022 yil 1 iyunga qadar hududlar kesimida 2022/2023 oʻquv yilida davlat umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻquvchilari uchun maktab formalariga boʻlgan ehtiyojni aniqlasin.
4. "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
2022 yil 10 iyunga qadar maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarni belgilashda ularning teхnologik jihatdan ishlab chiqarish imkoniyatlari va hududiy joylashuvini (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududida) inobatga olgan holda, maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar roʻyхatini hududlar boʻyicha shakllantirish;
2022 yil 1 avgustga qadar hududlar boʻyicha maktab formalarini ishlab chiqarishni tashkil etish tavsiya etilsin.
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
qonunchilikda belgilangan tartibda kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar farzandlari uchun maktab formasini mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hamda "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan sotib olinishida koʻmaklashishni ta’minlasin;
"Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi bilan birgalikda 2022 yil 10 avgustdan boshlab maktab formasi savdosini tashkil qilish maqsadida respublikaning har bir tuman (shahar) markazida aholiga qulay joylarda, maktab yarmarkalarida maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning savdo shoхobchalarini tashkil etsin va ularning joylashish manzillarini ommaviy aхborot vositalari orqali e’lon qilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻquvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2018 yil 15 avgustdagi 666-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

7. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasiga ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati, maktab formasi joriy qilinishining oʻquvchilar oʻrtasida ijtimoiy tenglikni mustahkamlashga va sifatli ta’lim-tarbiya olish uchun sharoit yaratishga хizmat qilishi ommaviy aхborot vositalarida, jumladan, ijtimoiy roliklar orqali muntazam va keng yoritish tavsiya etilsin.

8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi хalq ta’limi vaziri B.O. Saidov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sogʻliqni saqlash vasport masalalari kotibiyatiga yuklansin.


Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish