O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI HUZURIDAGI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI
|
“Himoyaga ruxsat etildi”
Markaz direktori
_________A.Ibragimov
“______”___________ 2020- yil
|
Davlat (o‘zbek) tili fani o‘qituvchilarining malaka oshirish kursi
tinglovchisi
ASADOVA SEVDA SHIRINBAL QIZI NING
“O‘zbek va rus tillarida so‘z tarkibi” nomli
MALAKA ISHI
Kafedra mudiri: __________S.I.Israilova
Malaka ishi rahbari: _________ Sh.Nazarova
Toshkent– 2020
ANNOTATSIYA
Ushbu malaka ishida ta’lim samaradorligini yuqori bosqichga ko‘tarish hamda dars sifatini oshirishda uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog-o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini ta’lim jarayonida samarali qo‘llay olish, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etishi haqida batafsil yoritilgan.
Malaka ishi besh qismdan iborat bo‘lib, har bir bo‘limda malaka ishi mavzusining maqsadlari berilgan.
Kirish qismida jahon hamjamiyati safidan munosib o‘rin egallashga yo‘naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qilishi, ushbu maqsadlarning ijobiy natija berishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o‘rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hosil qilish, ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog‘liqligi to‘g‘risida yozilgan. Kompetensiyaviy yondoshuvga asoslangan ta’lim haqida ham ma’lumot berilgan.
Asosiy qismda o‘zbek tili fani o‘qituvchisi darslarni tashkil etishda o‘tiladigan mavzuning mazmunidan kelib chiqib materiallarni o‘quvchilarga singdirish yo‘llarini, qaysi usullarni qo‘llash yaxshi samara berishini oldindan belgilab olishi maqsadga mubofiqligi e’tirof etilgan. Shuningdek, “O‘zbek tili darslarida so‘z tarkibi va yasalishini o‘rganish metodikasi” va “O‘zbek va rus tillarida so‘z tarkibi” mavzusini o‘tganda zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan qo`llanish, bo‘yicha dars ishlanmasi ham malaka ishidan joy olgan.
Malaka ishining xulosa qismida malaka ishining ta’limiy ahamiyati haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, malaka ishida ilovalar ham berilgan.
MUNDARIJA
I. KIRISH: So‘zning morfemik tarkibi va so‘z yasalishi ustida ishlashning ahamiyati va bu jarayondagi vazifalar……………………………………………. 3
II. ASOSIY QISM:
1. O‘zbek tili darslarida so‘z tarkibi va yasalishini o‘rganish metodikasi..6
2. O‘zbek va rus tillarida so‘z tarkibi …………………………………….. 19
III. XULOSA VA TAVSIYALAR………………………………………. 26
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI…………….. 28
V. ILOVALAR
Do'stlaringiz bilan baham: |