O‘zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 131,88 Kb.
bet1/2
Sana02.07.2022
Hajmi131,88 Kb.
#730592
  1   2
Bog'liq
Zamonaviy Biologiya yutuqlari va istiqbollari




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


70110901 – “Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (biologiya)” mutaxassisligi

I-bosqich magistranti


DONIYOROV MUXIDDIN NORMAMATOVICHning

Biologiyaning konseptual asoslari”


fanidan

ZAMONAVIY BIOLOGIYA FANINING YUTIQLARI VA ISTIQBOLLARI ” mavzusidagi


MUSTAQIL ISHI










Toshkent – 2022
Mavzu: Zamonaviy biologiya fanining yutuqlari va istiqbollari

Reja:
1. Biologiya fanining yutuqlari haqida


2. O’zbekistonda gen injeniriyasi va muhandisligi yutuqlari.
3. Biotexnalogiya yutuqlari va kelajagi
4. Transgen o’simliklar istiqbollari

1. Tirik tabiat haqidagi tasavvurlar eramizdan bir necha ming yil oldin qadimgi Misr, Xitoy, Xindistonda paydo bo`lgan. Miloddan avvlgi XVI asrda misrliklar ko`pgina dorivor madaniy o`simlik xillarini bilganlar. Ular donli ekinlar, sabzavotlar, meva daraxlarning bir necha turlarini ekib ustirganlar. Misrliklar bir urkachli tuyani, mushuk, g’oz, urdakni xonakilashtirganlar. Qadimgi Xindiston xalklari xam miloddan oldingi XX – XV asrlarda ko`pgina madaniy o`simliklarni ekkanlar, qoramol, kaptar, it boqqanlar va birinchi marta tovuq, filni xonakilashtirganlar.


Qadimgi xindlar tabiat 5 elementdan : olov, yer, suv, xavo va efirdan tashkil topgan deb hisoblaganlar. Ko`pgina madaniy o`simliklar, xonaki hayvonlarning kelib chiqishi Markaziy Xitoy hisoblanadi. Tut ipak qurti boqish amalga oshgan. Qadimgi tabiatshunos olimlar olamdagi barcha narsalar, shu jumladan o`simliklar, hayvonlar, xatto daraxt - suv, olov, yer va ba`zi narsalarning o`zaro qo’shilishidan hosil bo`lgan degan fikrni ilgari surganlar.
2. Gen muhandisligiga bag‘ishlangan tadqiqotlar O‘zbekistonda 1980-yillarning boshlarida akademik O. S. Sodiqov tashabbusi bilan boshlangan. O‘zbekistondagi bu tadqiqotlarning bevosita rahbari akademik A. A. Abdukarimov bo‘lib, 1980-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida tashkil qilingan gen muhandisligi va biotexnologiyasi laboratoriyasida transgen g‘o‘za navlari yaratish ustida qator ilmiy fundamental tadqiqotlar olib borildi.
1992-yili Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning bu laboratoriyaga tashrifi davomida g‘o‘za genlar muhandisligini yanada rivojlantirish va uni dunyo fani darajasiga ko‘tarish hamda sohaga malakali yosh kadrlarni jalb qilish va tayyorlash maqsadida, sohaning maqsadli moliyalashtirishga berilgan bevosita ko‘rsatmalari O‘zbekistonda genlar muhandisligini jadal rivojlanishiga asosiy turtki bo‘ldi. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I. Karimov tashabbusi bilan Fanlar akademiyasi tarkibida Genetika institutining tashkil topishi, hukumat qarori bilan gen muhandisligining taraqqiyotini belgilovchi «Geninmar» ilmiy dasturining tasdiqlanishi, Fan va texnika Davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi birgalikda Gen muhandisligi markazi – «Geninmar» markazining tashkil etilishi mamlakatimizda gen muhandisligiga asoslangan biotexnologiyalar yaratish imkonini berdi.
Ushbu ilmiy markaz xodimi I.Abdurahmonov paxta tolasining uzunligini belgilaydigan va g‘o‘zaning gullashini boshqaradigan genlar oilasini AQSH Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universiteti biotexnologiya markazi olimlari bilan hamkorlikda ilk bor ajratib oldi. Shuning bilan paxta tolasi sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan biotexnologiyaga asos solindi. Professor Sh. S. Azimova rahbarlik qilayotgan laboratoriya olimlari gen va hujayra muhandisligi usullarini qo‘llab, xalqimizda «sariq kasallik» deb ataluvchi jigar uchun xavfli bo‘lgan gepatit B xastaligini tashxis qilish va bu xastalikning oldini olish uchun zarur vaksina yaratish bo‘yicha ilmiy loyihalarni muvaffaqiyatli yakunladilar. Biologiya fanlari doktori R. S. Muhamedov, yetakchi ilmiy xodim B. Iris - bo yevlar rahbarlik qilayotgan ilmiy guruh PCR texnologiyasini qo‘llab, o‘nlab xavfli yuqumli va irsiy kasalliklarning gen muhandisligi tashxisi biotexnologiyasini keng tatbiq qilishdi. Respublika kardiomarkazi bilan hamkorlikda kardiomiopatiya kasalligining irsiylanish qonuniyatlari o‘rganilmoqda (B. Irisboyev, G. Hamidullayeva). Adliya vazirligining Sud tibbiyoti ekspertizasi instituti «Geninmar» markazi bilan hamkorlikda gen daktiloskopiya (gen daktiloskopiya – genning DNK izchilligi va genlar spektriga binoan noma’lum shaxsni aniqlash) usulini tatbiq etdilar va yanada takomillashtirdilar (R.S.Muhamedov va A. Ikromov).
Professor O. T. Odilova tuproq va yerosti suvlarida to‘planib qolgan pestitsid qoldiqlarini parchalab zararsizlantiruvchi pseudomonas bakteriyasi shtammidan shu funksiyalarini bajaruvchi genlar guruhini g‘o‘za tomiri tolachalari sathida yashovchi rizosfera bakteriyasiga ko‘chirib o‘tkazdi. Bu tajribalardan kutilgan maqsad pirovardida g‘o‘za ekiladigan maydonlarda g‘o‘zaga o‘nlab yillar davomida sepilgan gerbitsid va pestitsidlarning qoldig‘ini zararsizlantirishdir. Mamlakatimiz olimlari tomonidan g‘o‘zada tola sifati, erta gullash, turli stresslarga chidamlilikni beruvchi bir necha o‘nlab genlar ajratib olindi va klonlandi. Olimlarimiz tomonidan bu genlarning faolligini «genni o‘chirib» qo‘yish (gen-nokaut) orqali boshqarish texnologiyasi ishlab chiqilib, g‘o‘zada tola uzunligi va gullashiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi bir necha genlar funksiyasi to‘xtatilishiga erishildi hamda yuqori agronomik ko‘rsatkichli g‘o‘za navlari olindi. Bu ilg‘or genom texnologiyalarini qishloq xo‘jaligi ekinlarining barcha turlariga tatbiq qilish ishlari keng darajada olib borilmoqda.
O‘zbekistonda gen muhandisligi asosida suv tanqisligi, sho‘rlanish, kasalliklar va zararkunandalarga chidamli qishloq xo‘jaligi ekinlarining yuqori sifatli va serhosil navlarini yaratish davr talabidir. Bu o‘z navbatida yosh barkamol avlod zimmasiga ushbu texnologiyalarni to‘la o‘zlashtirish va ularni amaliyotga tatbiq qilish ma’suliyatini yuklaydi.
Tirik mavjudotlarning hayot jarayonlarini chuqur o‘rganish natijasida kashf etilgan bilimlardan hamda qoida-qonuniyatlardan foydalanib, biologik makromolekulalar va organizmlar ishtirokida yaratilgan har qanday texnologiya biotexnologiya deb ataladi. Biotexnologiyaning paydo bo’lishi qadim zamonlarga borib taqalgan desa bo‘ladi. Insonlar qadim zamonlardan beri biologik jarayonlardan foydalanib ongsiz ravishda sutdan qatiq, bug‘doydan bo‘za va xamirturush, meva sharbatlaridan sharob yoki sirka tayyorlash texnologiyasidan foydalanib kelganlar.
Biologiya bundan tashqari, zotdor hayvonlar yoki sifatli o‘simliklar navlarini yaratish asosida ham hayotiy jarayonlarning insonlar tomonidan muvaffaqiyatli boshqarilishi yotadi. Shunday biologik texnologiyalar biotexnologiyaning birmuncha sodda ko‘rinishlari bo‘lib, ular an ’anaviy biotexnologiya deb ataladi. Keyinchalik biologik fanlar, xususan, biokimyo, mikrobiologiya va genetika fanlarining rivojlanishi tufayli birmuncha murakkab bo'lgan, o‘ta nozik va unumli zamonaviy biotexnologiyaga asos solindi. DNKni va organizmlar genini manipulyatsiya qilish (klonlash va transformatsiya) yo‘llarining kashf qilinishi biotexnologiyaning yuqori sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minladi. Zamonaviy biotexnologiya mikroorganizmlarni sanoat miqyosida ko‘paytirib, ular biomassasidan insonlar uchun zarur bo‘lgan moddalar olish, fermentlar injeneriyasi, genetik injeneriya va hujayra injeneriyasi yo‘na1ish1arida rivojlanib bormoqda.
XX asr davomida yaratilgan biotexnologiyalar asosida mikroorganizmlar yotadi desa to‘g‘riroq bo‘ladi. Tez ko‘payadigan, genetik jihatdan chuqur o‘rganilgan mikroorganizmlardan foydalanib turli xil mahsulotlar: dori-darmonlar, oziqovqat mahsulotlari va boshqa biologik faol moddalami ishlab chiqarish imkoniyatlari bor. Masalan, bakteriyalar genomiga odam oshqozon osti bezidan olingan insulin genini kiritish orqah biologik faol va toza bo‘lgan insulin gormonining yoki o‘sish gormoni genini kiritish bilan somatotropin gormonini, bakteriyalami sun’iy muhitda о‘stilish orqah ko‘plab miqdorda ishlab chiqarish mumkin. Hozirda ko‘plab dunyo biotexnologik kompaniyalari shu usul orqali turli dori-darmonlarni ishlab chiqarmoqdalar.
XX asr oxirlari XXI asr boshlariga kelib molekular biologiya fanining taraqqiyoti genetik va hujayra injeneriyasining tez sur’atda rivojlanishiga olib keldi. Bu davrdagi eng katta yutuqlar, bir tomondan, odam genomining to‘la ketma-ketligini aniqlash tufayli qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, o‘simliklami urug‘dan unib chiqib, guUashi va meva berishigacha bo‘lgan barcha hayotiy jarayonlami boshqaradigan taxminan 25 ming genlaming aniqlanishi tufayh erishildi. Endi yaratilayotgan texnologiyalar nafaqat mikroorganizmlar, balki birmuncha murakkab bo‘lgan hayvon va o‘simliklar asosida 66 amalga oshirila boshlandi. Xususan, turli xil qimmatbaho genlar o‘simlik va hayvon hujayralariga kiritilib, bu genlarning mahsulotlari xalq xo‘jaligida foydalanila boshlandi. Masalan, olimlar banan o'simligi genomiga ba’zi yuqumli kasalliklarga qarshi vaksina sintez qiladigan genlami kiritish bilan mevasida tayyor vaksina ishlab chiqaradigan transgen banan olishga erishdilar. Banan mevasini iste’mol qilish bilan odamlarda ayrim yuqumli kasalliklarga qarshi immumtet hosil bo‘ladi. Bu texnologiyaning juda katta iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligini siz darhol sezgan bo‘lsangiz kerak. Bundan tashqari, zaharh bo‘lgan simobni o‘zlashtiradigan bakteriyalardan ajratib olingan genlar hozirda o‘simliklar genomiga kiritilib, tuproqdagi simobni o‘zlashtiradigan transgen o‘simliklar olingan.
Bunday transgen o'simliklami simob bilan ifloslangan joylarga ekilsa, atrofdagi tuproqlar zaharli simobdan tozalaniladi. Genetik injeneriyada keyingi paytlarda qo‘lga kiritilgan yutuqlardan yana biri insonlardagi turli irsiy kasalliklarni odam hujayralariga funksional genlami kiritish orqali davolash texnologiyasidir. Bu genlar terapiyasi deb yuritiladi. Odam genomi to‘la o‘rganilishi natijasida irsiy kasalliklami genlar terapiyasi yordamida davolash qonuniyatlari yanada ortdi. Biotexnologiyadagi katta yutuqlar hujayra injeneriyasi yo‘nalishida qo‘lga kiritilmoqda. Hujayra injeneriyasi bemor a’zosidan bitta soglom hujayrani ajratib ohb, uni sun’iy oziqa muhitlarida o‘stirish orqah ma’lum to‘qimaga xos hujayralar to‘plamini, olish va bu hujayralar to'plamini butun bir yaxlit a’zogacha tiklash imkoniyatiga ega. Keyinchalik shu yangi organ bemor tanasiga ko‘chirib o‘tkaziladi va bemor sog‘aytiriladi. Bu «yangi» organlar yaratish texnologiyasi deb ataladi. Ushbu texnologiya teri, pay va tog‘ay to‘qimalari uchun juda qo‘l kelsa-da, yurak, jigar, buyrak, nerv to'qimalari uchun biroz mushkulroq. 1998-yil Amerika olimi J. Tomson «asos» hujayralarda (ingl. stem cells) «yangi» organlar yaratish texnologiyasini kashf etib, biotexnologiyaning bu yo‘nalashi rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi. «Asos» hujayralar shunday hujayralarki, ular embrional hujayralarga o‘xshagan, hah u qadar takomillashmagan hujayralar to‘plamidan iborat bo’lib, sun’iy muhitda o‘sish va har qanday to‘qimagacha rivojlanish qobiliyatiga ega. Hattoki, «asos» hujayralami A vitaminli muhitda o‘stirishdan nerv to‘qimalarini olish ham mumkin.
Hozirda hayvonlaming har xil organlariga xos to‘qimalar ohsh texnologiyasi to‘la ishlab chiqilgan va tibbiyot maqsadlarida asta-sekin qo‘llanilmoqda. Endigi vazifa olingan to'qimalardan foydalanib, faoliyati va shakli bo‘yicha tabiiy organlarga o‘xshash bo‘lgan «yangi» tana a’zolarini yaratishdir. Aminmizki, hozirgi o‘quvchilar biotexnologiyaning barcha yo‘nalishlari qatorida bu nodir yo‘nalishni ham rivojlantirishda ishtirok etadilar va ona Vatanimizning dunyo fanida tutgan о‘mini yuksak rivojlangan mamlakatlar erishgan darajasiga ko'tarildi.
3. Dastlabki genetik jihatdan modifikatsiya qilingan mahsulotlar 1994 yilda AQSH da paydo bo’ldi. Bu mahsulot transgen pamidor bo’lib, “CALGEN” firmasi tomonidan ishlab chiqilgan edi, keyinroq esa “MONSANTO” tomonidan transgen soya yaratildi. So’nggi yillarda biotexnologik firmalar tomonida genetik transformatsiyalangan mahsulotlar do’konlarda ko’payib ketgan: jumladan pomidor, makkajo’xori, kartoshka, tamaki, soya, guruch, paxta va b. Foydalaniladigan yerning 35,6 mln ga yaqin qismi AQSH da genetik jihatdan modifikatsiya qilingan o’simliklar bilan band. 11,8 mln ga qismini Argentina, 3,2 mln ga qismi Kanada va 1,5 mln qismi Xitoy. Shundan transgen soya 35,7 mln ga transgen o’simliklarning 63% ni tashkil etadi, makkajo’xori(10 mln ga qismga), transgen g’o’za (6,8 mln ga qismga) maydonni egallagan va 2000 yilga kelib soyaning 36% qismi, g’o’zaning esa 20% i transgen o’simlik sifatida ekiladigan bo’ldi. Yevropa mamlakatlarida genetik jihatdan modifikatsiya qilingan mahsulotlar juda kam yerga ekiladi, 1998 yil da shu mamlakatda umuman “Modifikatsiya qilingan o’simliklarni ekish taqiqlanadi” degan qonun chiqdi. Endilikda esa transgen o’simliklarning maydoni ko’zga ko’rinarli maydonlarni egallab ilgurdi desak mubolag’a bo’lmaydi. 2020 yilga kelib 7,7 mlrd kishi shunday mahsulotlardan iste’mol qiladi. O’simliklar biotexnologiyasida ham juda ko’plab yangiliklar qilingan. Rossiyada birinchi bo’lib “Bioinjeneriya” da transgen o’simliklarni yetishtirish bo’yicha birinchi marta patent olindi. Ilmiy izlanishlar natijasida kartoshkaning Markaziy -1 navi yetishtirildi. U Y-virusiga chidamli hisoblanadi. Shunga o’xshash ilmiy izlanishlar qishloq xo’jaligining ko’zga ko’rinadigan yutug’i bo’lib chiqdi. Deyarli transgen o’simliklarning inson organizmi uchun zarari yo’q deb hisoblanardi, lekin Rossiyadagi “Oziq-ovqat” instituti esa genetik modifikatsiya qilingan organizmlar inson salomatligi uchun juda xavfli va zararliligi topildi. Dastlab shunday genetik modifikatsiya qilingan organizmlar shu davlatga kiritishidan oldin uning hujjatlari ro’yhatdan o’tkazilishi kerak bo’ladi. Bundan tashqari Rossiyada genetik modifikatsiyalangan mahsulotlarni markerlash shu tovar haqida butun ma’lumotlarni bilishning eng yaxshi yo’li hisoblanadi.
O’tkaziladigan barcha atestirlash hozir uning tarkibida qanaqa komponentlar borligi haqida to’liq ma’lumot bera olmaydi. Tuzilgan barcha dekloratsiyalar esa genetik transformatsiyalangan mahsulotni organizmga qanaqa ta’sir ko’rsatayotganini to’liq nazoratga olgan. Transgen o’simliklar olish jarayoni dastlab ahamiyatga ega bo’lgan genni topishdan boshlanadi. Bunday genlar o’simlik, hayvon yoki mikroorganizmlarda mavjud bo’ladi.
Keyingi bosqich - foydali genni begona DNK dan ajratib olish va uni bizga kerakli bo’lgan o’simlikning DNK molekusiga joylashtirish. Bu qiyin jarayon hisoblanadi va ko’pincha chiqish ehtimoli 20% ni tashkil etadi. Bundan 30 yil oldin maxsus restiriktaza fermentlari ixtiro qilindi, u uzun DNK molekulasini alohida uchastkalarga-genlarga ajratadi(kesadi). Restiriktaza bilan kesilgan DNK fragmentlari (bo’laklari) yopishqoq uchlar hosil qiladi, bu yopishqoq uchlar yordamida ular xuddi shu asnoda kesilgan boshqa DNK molekulasiga birikadilar. Begona genni o’simlikning genomiga joylashtirishning keng tarqalgan usuli bu o’simliklarda shish kasalligini keltirib chiqaruvchi Agrobacter tumifacies bakteriyasining xususiyatiga asoslangan.
Bu bakteriya zararlanadigan o’simlikning xromosomasida o’zining DNK sini bir qismini joylashtirish, kiritish xususiyatiga ega, bu esa o’simlikning yanada ko’proq gormon ishlab chiqarishiga va natijada ba’zi bir hujayralarining jadal bo’linishi hisobiga shish hosil qilishni keltirib chiqaradi. Shishda bakteriya o’zi uchun yaxshi ozuqa muhitini topadi va u yerda ko’payadi. Gen injeneriyasi uchun maxsus agrobakter shtammi yaratilgan bo’lib, u shish hosil qilish xususiyatini hujayrasiga kiritish xususiyatini saqlab qolgan. Kerakli genni restiriktaza fermenti ishtirokida bakteriyaning halqa DNK molekulasiga yopishtiriladi, bu halqa plazmida deb ataladi. Bu plazmida o’zida marker genni saqlaydi. Masalan, kanamitsin antibiotikka chidamli bo’lgan gen. Odatda, gen ko’chirib o’tkazishning judayam kichik, kam qismi omadli kechadi. O’zining genetik apparatiga “kesib o’zgartirilgan” plazmidani kiritgan bakteriya hujayralari yangi foydali gendan tashqari antibiotikka chidamli xususiyatga ham ega bo’lishi bilan birga, ajratishham oson bo’lib qoladi. Bakteriya kulturasiga antibiotik qo’yilganda hamma hujayralari nobud bo’ladi, lekin kerakli plazmidani olgan omadlilari ko’payadi. Yana antibiotikka chidamli bo’lganlarni tanlashga to’g’ri kelmoqda: agrobakteriya plazmidasidan chidamlilikni olgan hujayralargina yashab qoladi, demak bizga kerakli bo’lgan gen olinadi.
4. Keyingi ishlar alohida hujayralardan o’simliklar olish yoki klonal mikroko’paytirish usullari yordamida bajariladi. Bu metod agrobakteriyadan foydalanishga asoslangan, lekin barcha hollarda ham samarali emas, masalan, guruch, bug’doy, makkajo’xori kabi muhim oziqa o’simliklari agrobakteriya bilan zararlanish hususiyatiga ega emas. Bu gen o’tkazishning yangi yo’llarini izlanishiga olib keldi va keyingi yillarda shunday fermentlar topildiki, ular o’simlik hujayrasining qalin qobig’ini eritadi. Shu bois polietilenglikol kabi moddalardan iborat kapsulalar begona DNKning hujayraga kirishiga yordam beradi. Hujayra membranasining o’tkazuvchanligini oshirish mumkin, buning uchun hujayraga yuqori kuchlanishli qisqa impulslar bilan ta’sir ettiriladi (elektroporatsiya metodi).
Ba’zida mikroskop ostida DNK ni hujayraga mikroshprits bilan ukol qilishni ham qo’llaniladi. Yaxshi natijalarni DNK pushka (biolistika) metodi berdi. O’ta kichik metall “o’qchalar” masalan, 1-2 mikron diametrli volfram sharikchalari bilan o’tkazilishi kerak bo’lgan DNK molekulasi qoplanadi va maxsus pushka yordamida o’simlik hujayrasiga “otiladi”. O’qchalar teshgan hujayra devoridagi yoriqchalar tezda bitib ketadi, protoplazmada qolgan o’qchalar esa shunchalik kichik bo’lganligi sababli hujayraning funksiyalariga halaqit qilmaydi. O’qchalarning bir qismi esa omad olib keladi, ya’ni ular ichidagi DNK sini kerakli joyga kiritadi.
Transgen o’simliklar - boshqa o’simlik turlarining genini muvaffaqiyatli tarzda boshqa bir tur o’simlikda rivojlanishi natijasida kelib chiqadigan o’simliklardir. Adabiyotlarda “Genetik modifikatsiyalangan (o’zgartirilgan) organizmlar” degan terminni uchratish mumkin, bu tushunchani o’simliklar uchun ham qo’llash mumkin. Transgen o’simliklar (genini o’tqazish-retsipiyent nuqtai nazaridan) inson uchun foydali bo’lgan yangidan-yangi xususiyatlarga ixtisoslashtirilmoqda. Jumladan, gerbitsitlarga yuqori chidamli, zararkunandalarga chidamli, virus va boshqa kasalliklarga chidamli o’simliklar yaratilmoqda. Mana shunday genetik o’zgartirilgan kulturalardan olingan ozuqa mahsulotlari boshqacha ta’m berish xususiyatiga ega bo’lishi, yaxshi ko’rinishga ega bo’lishi va uzoq saqlanishi mumkin. Bundan tashqari, bunday o’simliklar ularning tabiiy holdagilariga nisbatan yanada boy va turg’un hosil berishi mumkin. Bugungi kunda transgen o’simliklar olish biotexnologiyaning agroishlabchiqarish doirasidagi eng rivojlanayotgan va istiqbolli yo’nalishi hisoblanadi. Transgen o’simliklar olish biotexnologiyasi an’anaviy seleksiya metodlari yordamida yechim topolmagan va buning uchun ko’pgina yillar talab qilingan muammolarni yechmoqda. Transgen o’simliklar yaratishning yo’nalishlari. Hozirgi kunda transgen o’simliklar olishda quyidagi maqsadlar qo’yiladi:
•Yuqori hosil olish
•Vegetatsiya davrini qisqartirish va bir yilda bir necha bor hosil olish (Rossiyada yaratilgan qulupnayning remontant navidan 1 yozda 2 marta hosil olinadi).
•Ba’zi bir zararkunandalarga qarshi toksik xususiyatga ega bo’lgan o’simliklar olish (Rossiyada yaratilgan kartoshka navining barglari kolorado qo’ng’izi va uning lichinkalariga qarshi toksik xususiyatga ega).
•Noqulay iqlim omillariga qarshi turg’unlikni yaratish ( Masalan, o’simlik geniga chayonning genini vektor konstruksiya qilish yo’li bilan qurg’oqchilikka chidamli o’simliklar olinadi).
• Hayvon va odam odam organizmida mavjud bo’ldigan ba’zi bir oqsillarni sintez qilish xususiyatiga ega bo’lgan o’simliklar olish (Masalan, Xitoyda insondagi laktoferrin oqsilini sintez qiladigan tamaki navi yaratildi).
•“Tirik vaksina” xususiyatiga ega bo’lgan o’simliklar olish. Transgen o’simliklar biotexnologiyasi ushbu qo’yilgan maqsadlarga erishsa, kompleks, agrotexnik, ishlab chiqarish, texnologik, farmokologik va boshqa muammolar o’z yechimini topadi.
Transgen o’simliklar olinish usullari. Hozirgi kunda insoniyatning iqtisodiy ehtiyojini qondirish maqsadida transgen va transformant o’simliklarning maydonitobora ortib bormoqda. Uning hajmi qariyb 50 mln ga ga yetadi va bu esa foydalaniladigan yerning 3% qismi demakdir. Bunday mahsulotlar dastlab AQSH, Argentina, Kanada, Avstralia, Xitoy, Meksika, Ispaniya, Fransiya, Janubiy Amerika, Portugaliya, Ruminiyada yaratila boshlandi. Agro biznesning mukammallashib borishini albatta kompyuter texnologiyasiga qiyoslash mumkin. Ularning narxi bir necha mlrd dollarga baholanmoqda.


Download 131,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish