17-mavzu. Qavs, nuqtali vergul, ko’p nuqta
va ularning qo’llanish o’rinlari.
Tayanch tushunchalar: Qavs, nuqtali vergul, ko‘p nuqta, kirishlar,
remarkalar, sitatalar, bog‘lovchisiz qo‘shma gap, murakab uyushiq bo‘laklar,
nomerativlar, mazmunan tugallanmagan gaplar, matn qisqarishi.
Reja:
1.Qavs, nuqtali vergul va ko‘p nuqtaning qisqacha tarixi.
2.Qavsning qo‘llanish o‘rinlari.
3.Nuqtali vergulning qo‘llanish o‘rinlari.
4.Ko‘p nuqtaning qo‘llanish o‘rinlari.
Qavsning o‘zbek yozuvida tinish belgisi sifatida qo‘llanishi XIX asrning 70-
yillaridan boshlangan. Dastlab u «Turkiston viloyatining gazeti»da 1873 yilda
ishlatilgan. Keyinchalik boshqa gazeta, jurnal va kitoblar sahifalarida ham ishlatila
boshlagan.
Qavs, o‘z vazifasiga ko‘ra, chegaralovchi tinish belgilari jumlasiga kiradi:
yozma nutqdagi muayyan qismlarning boshlanish va tugallanish nuqtasini ko‘rsatib,
mazkur qismning sintaktik jihatdan boshqa qismlar bilan kuchsiz bog‘langanligini,
semantik jihatdan u yoki bu darajada aloqadorligini bildiradi. Qavsga olingan kism
tinch ohang, kirish intonatsiyasi bilan aytiladi.
Qavs tuzilish jihatdan ikki elementli tinish belgisi sanaladi. Uning birinchi
elementi ochiluvchi qavs, ikkinchi elementi yopiluvchi qavs deb yuritiladi.
YOpiluvchi qavs yozma nutq jarayonida mustaqil holda ham qo‘llana oladi: bunda u
nomerlashda (raqam yo harf bilan) ishlatiladi.
Qavs, odatdagi shaklidan tashqari, kvadrat shaklda ham qo‘llanadi. Kvadrat
shakldagi qavs «katta qavs», odatdagi qavs esa («katta qavs»ga nisbatan) «kichik
qavs» deb yuritiladi.
«Katta qavs» matematika, geometriya, ximiya kabi fanlarga oid yozma
matnlarda ko‘p uchraydi. Boshqa sohaga oid matnlarda esa ikki qavsning takroriy
qo‘sha (bir o‘rinda parallel) qo‘llanishi zarur bo‘lganda, ularning biri «katta qavs»
shaklida (kvadrat shaklda) ishlatiladi.
Qavs hozirgi o‘zbek yozuvida takroriy, oddiy va murakkab qo‘sha qo‘llana
oladi.
Hozirgi o‘zbek tilida qavsning qo‘llanish doirasi va vazifasi kengaydi. Ilgari
faqat asosiy gap bilan ma‘nosi yaqin bo‘lmagan qismlar qavsga olingan bo‘lsa,
qozirgi kunda asosiy matn bilan semantik jihatdan uzviy aloqador bo‘lgan qismlar
ham qavsga olinadi. Bu o‘zbek tili funksional uslublarining rivojlanishi, o‘zbek tili
yozuv madaniyatining taraqqiy etishi va, shunga bog‘liq holda, o‘zbek
punktuatsiyasisining takomillashuvi bilan bog‘liqdir. Demak, qavsga olingan qism
asosiy gap (matn) bilan bevosita va bavosita aloqador bo‘ladi.
- 69 -
Qavsning yozma nutq jarayonida qo‘llanish o‘rni chegaralanmagan: qavs gap
boshida, gap o‘rtasida va gapning oxirida kela oladi. Qavs gap o‘rtasida kelganda,
qavs ichidagi matn ma‘nosining undan oldingi yoki keyingi jumlaga taalluqliligi
matndan aniqlanadi.
Hozirgi o‘zbek tilida quyidagilar qavsga olinadi:
1. Kirishlar (kirish so‘z, kirish birikma, kirish gaplar). Bunday kirishlar asosiy
gap bilan kuchsiz bog‘langan bo‘ladi. Masalan: Kecha «Paxtakor» stadionida
«Paxtakor» (Toshkent) va «Dinamo» (Moskva) jamoalari o‘rtasida futbol o‘yini
bo‘ldi. (Gazetadan)
SHuningdek, asosiy gapda tire ishlatilgan bo‘lsa, kiritma konstruksiya qavsga
olinadi. Ilhom Islomov (u 9-sinfda o‘qiydi) —o‘quvchilar brigadasining boshlig‘i.
(Gazetadan)
2. Remarkalar: Birinchi jangchi. Qani endi (oyog‘ini shapatalab), ishkal
bo‘lmaganda-ku, rosa tepardimda (K.YAshin)
3. Sitata yoki misolning manbai: «Til — tafakkur kaliti». (Donolar bisotidan)
4. Tushuntirish, izoh, uqtirish ma‘nosidagi so‘z, birikma va gaplar. Bular
narsa-hodisaning kimga yoki nimaga qaratilganligini, harakterini va boshqalarni
bildiradi: «General» (birinchi o‘zbek generali Sobir Rahimovga). «Sog‘ingan
bo‘lsang» (yorning maktubi). «Jafo kilma» (qushiq).
SHuningdek, gazeta va jurnallardagi davomi bor, boshi 3-betda, oxiri... kabilar
ham qavsga olinadi.
5. Sitatadagi biror so‘z yoki jumlaga muallifning turli munosabatini bildiruvchi
so‘roq, undov belgilari va «so‘roq+undov» tarzidagi qo‘sha belgilar. SHuningdek,
muallif tomonidan sitataga kiritilgan gaplar: jonkash-jafokashligi bo‘yi-basti (x)
bilan, go‘zalligi va jondek soddaligi (!) bilan ko‘rindi. (Gazetadan)
Nuqtali vergulning o‘zbek yozuvida qo‘llana boshlashi XIX asrning oxirlariga
to‘g‘ri keladi. U o‘zbekcha matnlarda 1885 yillardan boshlab qo‘llangan.
Nuqtali vergul, yozma nutqda qo‘llanish o‘rniga ko‘ra, aralash holda
ishlatiladigan tinish belgilari gruhiga kiradi. Nuqtali vergul qo‘yilgan gap oxiridagi
pauza nuqta ishlatiladigan gaplar oxiridagi pauzaga deyarli teng keladi. Nuqtali
vergul ko‘pincha gap oxirida qo‘llanadi. Nuqtali vergul, gapning tugallanish
chegarasini ko‘rsatish bilan birga, uning ma‘no jiqatdan keyingi gapga yaqin
emasligini ham bildiradi: ma‘nosi o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lmagan, ya‘ni hodisani
turli tomondan izohlovchi gaplarning chegarasini ko‘rsatadi.
Nuqtali vergul ikki elementli tinish belgilaridan sanaladi: unda nuqta va vergul
vertikal holatda (;) joylashadi. SHuning uchun ham uning nomi nuqtali verguldir.
YOzma matnlarda nuqtali vergul boshqa tinish belgilariga nisbatan kam qo‘llanadi.
Hozirgi o‘zbek tilida nuqtali vergul quyidagi o‘rinlarda qo‘llanadi:
1. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibidagi gaplar ma‘no jihatdan bir-biriga
yaqin bo‘lmasa (Bunday gaplar semantik jihatdan mustaqil gap darajasidagi
tugallikka ega bo‘ladi): Hatto teraklardagi zog‘chalarning qanot qoqishlari ham
eshitiladi; osmon pastak va qop-qora...
2. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplardagi voqealar qiyoslansa. Bunda narsa va
hodisalarga xos belgilar solishtirilib, shu asosda ma‘lum bir xususiyatning ortiq yoki
kamligi ko‘rsatiladi: Abdullaning qalbi muhabbatga juda moyil, basharti unga biron
- 70 -
qiz yokib qolsa, uning uchun o‘zini o‘tga tashlashdan ham qaytmasdi; Samad esa
ishq-muhabbatda ehtiyotkor, u hamisha «etti o‘lchab, bir kes» degan makolga amal
qilardi.
3. Gapdagi uyushiq bo‘laklar murakkab bo‘lib, ular nuqtali vergul orqali
ma‘lum gruppalarga ajratiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |