TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR
1. Tilshunoslikning imlo (orfografiya) bo‘limi qanday masalalar bilan
shug‘ullanadi, nimani o‘rganadi?
2. Fonetik tamoyil deganda nimani tushunasiz? Bu asosda yoziladigan so‘zlarga
misollar keltiring.
3. Morfologik tamoyil deb nimaga aytiladi? Fikringizni misollar asosida
tushuntiring.
4. Tarixiy -an‘anaviy tamoyil nima? Bu tamoyil bo‘yicha yoziladigan
qo‘shimchalarga hozirgi o‘zbek she‘riyatidan misollar keltiring.
5. Farqlash (differensiasiya) tamoyili xususida nimalarni bilasiz?
6. Etimologik (grafik) tamoyil to‘g‘risida bilganlaringizni bayon qiling.
7. Etimologik tamoyil imloning qaysi tamoyillariga yaqin turadi?
8. Morfologik, tarixiy-an‘anaviy va etimologik (grafik) tamoyillarning qanday
o‘xshash va farqli tomonlari bor?
9. O‘zbek imlosining etakchi tamoyillari qaysilar?
Do'stlaringiz bilan baham: |