O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti filologiya va tillarni o’qitish fakulteti



Download 40,03 Kb.
bet1/3
Sana11.03.2022
Hajmi40,03 Kb.
#489071
  1   2   3
Bog'liq
Shavkat Rahmon she’riyatida ijtimoiy ohanglar




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA VA TILLARNI O’QITISH FAKULTETI
(O’ZBEK TILI YO’NALISHI)
O’ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGI KAFEDRASI

KURS ISHI

MAVZU: Shavkat Rahmon she’riyatida ijtimoiy ohanglar



BAJARDI: 405-guruh talabasi
Dildora Nurmirzayeva
ILMIY RAHBAR : Begali Mo’minov
ANDIJON -2022

Kirish.………………………………………..................................……………3


I bob. Shavkat Rahmon badiiy olami…………………………………………4


II bob Shoirning cheksiz iste’dodi…………………………………………...11


III bob Shoir she’riyatidagi lirik qahramon va kechinma talqini……........ 16


Xulosa ………………………………………………………….........................22


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………….................………….23

Kirish
Insoniyat yashab turgan olam sir-sinoatga toʻla. Uni bilish, mazmun-mohiyatini anglab yetish uchun bir inson umri yetmaydi. Lekin odamzot shu qisqa umri davomida dunyoni tushunishga intilaveradi. Olimlar dunyoni kashf etsalar, shoirlar uning goʻzalliklarini sheʼr qiladilar, neʼmatlariga shukronalar keltiradilar. Borliqni, odamzotni, insoniy munosabatlarni oʻzida jamlagan bu dunyo naqadar rangin, naqadar turfa xildir.Dunyoning mavjudligini, uning turfa xilligini tarannum etuvchi, qogʻozga tushiruvchi bu, albatta, shoirdir. Shoir dunyoni, borliqni oʻzgacha nigoh bilan kuzatadi. Insonlar uchun oddiy boʻlib koʻringan voqea – hodisalar ijodkor uchun muhim voqea, asar uchun asosiy detal, narsa – predmet boʻla olishi mumkin. Shoir ana shu koʻrgan-kechirganlarini, kuzatganlarini oʻz tafakkuri orqali sintezlashtiradi, oʻzining maʼnaviy dunyosi orqali jonlantiradi va turli poetik timsollarni yaratadi. Shoir yaratgan timsollarda orzulari, oʻy-xayollari, tasavvurlari yaqqol koʻzga tashlanadi. Har bir shoirning dunyoqarashi, maʼnaviyati, xarakter xususiyatini yozgan sheʼrlari orqali bilib olish mumkin.
Adabiyotshunos Abdugʻafur Rasulov: “Haqiqiy badiiy asar mukammal, murakkab tarkib. U matn tarzida yaratiladi. Matnning pishiq-puxtaligi avvalo sanʼatkor isteʼdodiga, aytmoqchi boʻlgan gapining haqqoniyligiga, soʻzlarga yuklatilgan maʼnoning salmogʻiga, maromning tovlanishi, tuslanishiga bogʻliq.1”– deya taʼkidlaydi. Muayyan ijodiy konsepsiyasiga ega boʻlgan shoir yoki adibgina adabiyot olamida munosib eʼtirof qozona oladi. Ijodiy konsepsiya, oʻz navbatida, ijodkorning adabiy-estetik idealida toʻlaqonli namoyon boʻladi. Jumladan, chinakam shoir sheʼriyatga faqat oʻzigagina xos talablar asosida yondashadi; ijodda qatʼiy mezonlarga tayanadi, undan zarracha ham ogʻishmaydi; yuksak ideallarni kuylaydi; sheʼriyati va shaxsi mutanosib keladi.

Har kimning qalbiga yaqin sanʼatkor ijodkorlari boʻladi. Odam oʻsha hamdard, hamdil shoirlari tilida soʻzlashni istaydi. Shunday shoirlar boʻladiki, ularning sheʼrlarida oʻz qalbi, qiyofasi, aʼmoli va botini aks etadi. U birovni aldamaydi, yolgʻon yozmaydi, oʻtkinchi shabadalardan huzurlanishni oʻziga ep koʻrmaydi. Eʼtiqodi mustahkam shoir ezgu maqsadni koʻzlab ilgarilaydi. Ichki butunlik uning shaxs ekanidan dalolat beradi. Uning oʻjarligi ortida sirli individualligi yashirinadi. Lirik qahramon shoir qalbi bulogʻidan suv ichadi. Uning ramzlarida bukilmas iroda sohibining suvrati va siyrati koʻrinadi…


XX asr o’zbek she’riyatining o’ziga xos vakili, millatparvar shoir Shavkat Rahmon shaxsiyati va sheʼriyati haqida oʻylaganda shunday ezgu fikrlar xayolga keladi. Shavkat Rahmon 1950-yil 12-sentyabrda Oʻsh viloyatining Qorasuv tumaniga qarashli Pomir mahallasida xizmatchi oilasida tugʻildi. 1966- yili oʻrta maktabni bitirgach, qurilishda, viloyat bosmaxonasi va gazetasida ishladi.
1973-yili Moskvadagi Maksim Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini bitirgach, Toshkentga koʻchib keldi. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, boʻlim boshligʻi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul xodim boʻlib ishladi.
Shoirning dastlabki sheʼrlari Oʻsh viloyati gazetalarida bosildi. 1978 -yilda “Rangin lavhalar” nomli birinchi sheʼriy toʻplami nashr etildi. Shoirning sheʼriy toʻplamlari – “Rangin lahzalar”, “Yurak qirralari”, “Ochiq kunlar”, “Gullayotgan tosh”, “Hulvo” – bular ancha ixcham, ammo nashr etilgan paytlari jiddiy adabiy hodisa sifatida baholangan kitobchalardir. 1986-yili bosilgan “Uygʻoq togʻlar” toʻplami oʻsha yillarda haqiqatparast sheʼriyat muhiblarining qoʻlidan tushmadi. Oʻylab qaralsa, bu mumtoz shoirning adabiy merosi hajman juda katta emas. Lekin o’zbek adabiyotining rivojida katta o’rinni egallagan.
Ijodining asosiy qismi 1997- yili shoirning oʻzi tartib bergan va vafotidan soʻng nashr etilgan “Saylanma”sida jamlandi. Kitobning ichki strukturasi oʻziga xos: fasllari toʻrtta. Bunda fasl qism maʼnosidan tashqari yil fasllari maʼnosiga ham ega. Birinchi fasldagi sheʼrlarda bahoriy kayfiyat nafasi seziladi. Toʻrtinchi fasl qorli kunlardan darak beradi. Shu bilan birga kitobdagi oʻnta boʻlim “Ilk sheʼrlardan”, “Yoʻl manzaralari”, “Ispan sheʼriyatidan tarjimalar”, “Musavvirona”, “Mujohidona”, “Soʻz”, “Gullayotgan tosh”, “Sanʼat”, “Visolsiz ishq”, “Rivoyatlar”, “Qop-qora chechaklar”, “Eng oxirgi sheʼrlardan” kabi alohida nomlar bilan ataladi. Sheʼrlarning yozilgan vaqti maʼnosida xronologik tartib buzilgan boʻlishi tabiiy, ammo ruhiy butunlik eʼtiboridan shoir saylanmasini bejizga maxsus boʻlimlarga ajratgan emas. Har bir boʻlim nomi oʻziga xos maʼnoga ega. Har holda Shavkat Rahmon tartib bergan mazkur sheʼriy “guldasta”ning ichki kompozitsion qurilishi ham shoirning soʻzga naqadar eʼtiborli boʻlganidan dalolat beradi.
Vaqt oʻtgan sari Shavkat Rahmon siymosining adabiyot tarixida haybati togʻdek namoyon boʻla boshladi. Shavkat Rahmon sheʼriyatida his-tuygʻu, ruhiyat, fikr, ramz shoirning ulkan umuminsoniy dardi vositasida, ulkan bir estetik ideal doirasida original adabiy voqelikka aylanadi. Shavkat Rahmon ijodi XX asr o’zbek adabiyotining ulkan oqimida boshqa davrlar she’riyatidan mavzular mushtarakligi, ohangdagi o’ziga xoslik va poetik so’zning yangi qirralarini kashf etishi bilan ham farqlanib turadi. Shavkat Rahmon oʻz qoʻli bilan tayyorlagan, ammo vafotidan keyin nashr etilgan “Saylanma”sini (1997) koʻzdan kechirsangiz, butun ijodi davomida yaratilgan sara asarlari qatori xastalik damlarida bitilgan soʻnggi sheʼrlariga ham duch kelasiz. Eng oxirgi sheʼrlaridan birida:
Ayt, ey xasta bulbulim,
Oʻshga qachon yetamiz?

Download 40,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish