O’zbekiston respublikasi xalq ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti filologiya va tillarni o’qitish fakulteti



Download 40,03 Kb.
bet2/3
Sana11.03.2022
Hajmi40,03 Kb.
#489071
1   2   3
Bog'liq
Shavkat Rahmon she’riyatida ijtimoiy ohanglar

Yashil bogʻlar sargʻardi,
Magʻiz boʻldi gujumlar.
deya mahzun satrlar bitadi.
Shavkat Rahmon tarjimon sifatida taniqli ispan shoiri Garsiya Lorkaning goʻzal sheʼrlarini rus va ispan tillaridan oʻzbek tiliga oʻgirib, ikki marta nashr ettirdi (1979,1989), oʻzbek oʻquvchisining maʼnaviy dunyosini boyitishga munosib hissasini qoʻshdi.
Shavkat Rahmon sheʼriyati oʻtgan asrning 80-yillarida oʻzbek adabiyotida kuchli toʻlqin tashkil etgan lirik-falsafiy, isyonkor ruhdagi asarlar sirasiga kiradi. Millatparvar shoir uzoq davom etgan og’ir xastalikdan 1996-yil kuzida 47 yil yoshida olamdan o’tdi. Ammo XX asr oʻzbek sheʼriyatida mustahkam qoyadek savlat toʻkib turibdi.
XX asr oʻzbek sheʼriyatining iqtidorli vakillaridan biri Shavkat Rahmon ijodidagi gʻayritabiiy kuch, sirli chorlov, mushohadali falsafa kitobxonni sergaklantiradi. Dunyoga, jamiyatga, insonlarga eʼtiborliroq qarashga, ona yurting, millating, ota-onang, farzandlaring, eng muhimi oʻzing haqingda oʻylashga majbur etadi.
Shavkat Rahmon har bir sheʼr matniga katta eʼtibor bilan qaraydi. Shoir sheʼrlarida qoʻllangan soʻzlar bilan poetik gʻoya mushtarakligi oʻziga xos, original sheʼrlarning paydo boʻlishiga olib keladi.
Shavkat Rahmon sheʼrlarini ikki guruhga ajratib tahlil qilinganda shoirning ikki xil dunyo orasida, yaʼni ikki xil yoʻnalishda ijod qilganligi koʻzga tashlanadi. Birinchi guruh sheʼrlarida faqat dunyo goʻzalliklarini koʻra oladigan, begʻubor, tabiat bilan tillasha oladigan tabiat kuychisini koʻrish mumkin:
  Yechib oppoq koʻylagini vaqt,
Kiydi yashil gulli koʻylagin
Yurak, uygʻon, kapalak kabi,
Chechaklarga qoʻnib oʻynagin.2
Inson ruhiyati anglab boʻlmas sinoat. Faqat sezgilar yordamidagina koʻngil bilan, yurak bilan tillashish mumkin. Tabiat bilan tillashish, unga doʻst tutinish uchun uning bagʻrida boʻlish, unga vafo qilish, insonlar orasidan maʼlum muddatga uzilish darkor.
Shavkat Rahmonning tabiat mavzusidagi sheʼrlarini oʻqiganingizda sheʼrdagi joʻshqinlik, tasviriy vositalardagi goʻzal badiiy ifoda, tuygʻulardagi begʻuborlik sizni oʻz olamiga tortadi. Tasvir shu qadar samimiyki, shoirning tanholikda, tabiat qoʻynida kitob oʻqib oʻtirishi, “shohi libos kiygan nastarin” uning yonidan oʻtishi, “sochi qumri, dudogʻi lola, yuzlari oq, yonoqlari ol” kabi nastarin guliga berilgan beqiyos taʼrif, shamolni shoʻx bolakayga oʻxshatilishi kabilarda shoirning oʻziga xosligi koʻrinadi. Beixtiyor siz ham sheʼr ichida yashay boshlaysiz.
Sheʼrdagi oʻxshatish va mubolagʻa kabi tasviriy vositalar shu qadar mahorat bilan qoʻllanganki, bu sheʼrning jozibasini yanada oshiradi.
Kun chekinib tunning tashrifi haqida koʻplab ijodkorlar sheʼrlar yozishgan. Kun botayotgan pallada osmonning qizgʻish – sariq nurlarga burkanishi koʻpchilikka maʼlum. Lekin Shavkat Rahmonning ushbu sheʼridagi oqshomning safsarlashishi kabi goʻzal ifoda kitobxonni eʼtiborsiz qoldirmaydi:
  Safsarlashar oqshomgi osmon,
Kun chekinar qorli togʻlarga,
sukunatning munis qushlari
uchib kelar kuzgi bogʻlarga.3
Safsarlashgan oqshomda tunning asta kirib kelishi bilan sukunat boshlanishi va xuddi qushlardek kuzgi bogʻlar qoʻyniga kirib kelishi bu tunning oʻzgachaligidan darak berib turibdi. Aksariyat sheʼrlarda tun mudhishligi, qaroligi haqida kuylangan boʻlsa, Shavkat Rahmon esa ushbu sheʼrida ana shu qoralikdan ham goʻzallik izlaganligini anglab yetish qiyin emas:
Kelar qora rido kiygan tun,
sukunatning qushlarin suyar,
suronlardan horgan shaharni
silab-siypab uxlatib qoʻyar.4

Shavkat Rahmon sheʼrlaridagi tabiat tasvirini oʻqir ekansiz, xuddi musavvir chizib tasvirlagan manzarani koʻz bilan koʻrib turgandek boʻlasiz. Yoz faslining kirib kelishi haqidagi sheʼrida: “Nurlarini yigʻib olar kun, osmon yerga tashlar soyasin, Yulduzlarin yoqib qoʻyar tun, kesib qoʻyar oyning poyasin…”5 kabi goʻzal tasvirlar va mubolagʻali oʻxshatishlarda shoir uslubining takrorlanmas qirralari koʻzga tashlanadi. Yoz tashrifidan yerlar qizishi, hatto bu holat tunlarni ham ilitib yuborishi, yozning esa xuddi qaynoq suvdek oqib kelishini: Birdan qaynoq yoz oqib kirar jimib qolgan bogʻlar oralab”6 kabi goʻzal tasvirlarda ifodalaydi.


Shavkat Rahmonning tabiat bilan bogʻliq sheʼrlarini zavq-shavq bilan oʻqiyotgan kitobxon sheʼr ichida shoir ham yashayotganligini anglay boshlaydi. Insonlarni ayrim oʻrinlarda nimagadir oʻxshatadilar. Kimnidir mashina yoki robotga, kimnidir atirgul yoki rayhonga, yana kimnidir esa chinorga qiyoslaydilar. Shoir bir sheʼrida oʻzini daraxtga oʻxshatadi.”Oʻsayotgan kuchli daraxtman, shoxlarimda pishar soʻzlarim…”7 Aslida daraxt – tiriklik, hayotiylik ramzi. Ildizlari mustahkam, tanasi baquvvat daraxt koʻkka intilaveradi. Bu ramziy obrazda hayot uchun kurash, fuqarolik masʼulligi koʻzga tashlanadi. Shoxlarda soʻzlar pishib yetilishi shoirning jamiyatga, insonlarga, kelajakka beparpo emasligidan dalolat beradi. Demak, kelajak uchun masʼul. soʻzlar mevalar kabi pishmoqda.
“Uslub antropologik, yaʼni ijodkor shaxsi bilan bogʻliq kategoriya sanalib, uning ijodiy individualligini belgilaydi”,8 – deya taʼrif beriladi adabiyotshunoslik lugʻatida. Shavkat Rahmon uslubida falsafiy-ijtimoiy ruhdagi sheʼrlar oʻziga xos oʻrin egallaydi. Shoirni ijtimoiy hayotda boʻlib oʻtayotgan voqea-hodisalar, insoniy munosabatlardagi ziddiyatlar oʻylantiradi, fuqarolik burchi, shoirlik masʼuliyati, ruhiy barqarorlik shoir uslubining olmos qirralarini bezab turadi:
  Jangda oʻlgan emas
biror bahodir,
bari halok boʻlgan xiyonatlardan9
Sheʼrdagi soʻz qoʻllash mahoratining oʻzi ham mazmun, mohiyat uygʻunligini, fikr salmoqdorligini koʻrsatib turadi. “Oʻlgan emas bilan “halok boʻlgan” degan fikr oʻrtasidagi oʻzgacha maʼno diqqatingizni tortadi. Oʻlim, oʻlmoq soʻzlari barcha insonlar uchun qoʻllash mumkin, halok boʻlmoq esa faqat jangdagina boʻla oladigan hodisa. Chunki jasur, kuchli jangchilarni mardonavor kurashishga, yovni yanchib tashlashga kuchi yetadi. Ular jangda hech qachon ochiqchasiga yengilmaydilar. Bahodirning jangda oʻlishi mumkin emas, faqat halok boʻlishi, shunda ham xiyonatdan halok boʻlishi mumkinligini ifodalaydi. Yaʼni:”bari halok boʻlgan xiyonatlardan”, yoki “toshday uxlaganda toʻshlarin ochib yo zahar qoʻshilgan ziyofatlardan”.10
Darhaqiqat, tarixga, uzoq oʻtmishga nazar tashlasak ona yurt uchun jonini fido qilgan, mard, qoʻrqmas qahramonlarning oʻlimiga sotqinlik yoki xiyonat sabab boʻlganligini koʻrasiz.
Xiyonat yoki sotqinlik qurbonlariga aylangan bahodirlarning nomi hech qachon xalq dilidan oʻchmaydi. Shoir nazarida ular yana “bolakaylar qorachigʻida qayta tirilaveradi:
  Har gal bahodirlar yiqilar ekan
kurakka sanchilgan nomard tigʻidan,
qayta tirilganday boʻlardi nogoh
har bir bolakayning qorachigʻida.11
Demak, mana shu “jafokash qoʻhna vatanda” bahodirlar “oʻlgan emas”, ular kelajak avlod nigohida yashamoqda.
“Ijodkor badiiy asar yaratarkan, oʻz zamonasi, millati. urf-odati, dini, turmush tarzi, siyosiy, ijtimoiy muhitidan uzoq ketolmaydi,”12 – deya taʼkidlaydi adabiyotshunos Qahhor Yoʻlchiyev.
Shavkat Rahmon ijodi davomida millat dardi bilan yashadi, uning qismatiga beparvo qaray olmadi. Oʻzbekning soddadilligi, mehridaryoligi, mehmondoʻstligi ajoyib xislat. Ammo baʼzi oʻrinlarda bu xislat oʻzligini toptalishiga, kamsitilishiga ham olib keldi. Shoir “Mehmondoʻstlik” deb nomlangan sheʼrida mana shu holatlarni ifodalaydi:
  Oʻzbeklar azaldan mehmonchi eldir,
Mehmon otangdan ham ulugʻ deydilar.
Bir kunlik mehmonga bor-yoʻgʻin qoʻyib,
Oʻzlari ancha vaqt turshak yeydilar.13
Oʻzbek mehmon kelsa quvonadi, hurmat-ehtirom koʻrsatadi, oʻzi yemagan noz-neʼmatini ham uning oldiga dasturxon qiladi. Shoir Bu goʻzal xislatdir, noyob xislatdir, ayniqsa mehmonlar boʻlsa munosib”,14 – deya taʼkidlaydi. Afsuski, kelgan mehmon oʻz izzatini bilmasligi, mezbonni mensimay oyoq osti qilishi, uydagi tartibsizliklarning mehmonga yoqmasligi shoirni gʻazablantiradi.
Maʼlumki, mustabid tuzum davrida Oʻzbekistonga har kuni minglab “mehmonlar” tashrif buyurishgan. Kelgan mehmonlarning baʼzilariga esa Oʻzbekiston yoqib qolsa bemalol shu yerga joylashib yashay boshlagan. Agar mehmonning taʼbi nozikroq boʻlsa davlatimizdagi tartib-intizom yoqmagan, oʻzbekcha izzat-hurmat, oʻzbekcha “taomil” yoki “urf-odatlar” kulgisini qoʻzgʻotgan.
Kelgan mehmonlarning haddidan oshishi, xalqimiz yetishtirgan noz-neʼmatlarni ham Bizlarga atalgan bor neʼmatlarni, hammang yeb yotibsan”15 , – deya dagʻdagʻa qilishi shoir qalbini larzaga keltiradi. Oʻz yurtida oʻzining neʼmatlariga ham egalik qila olmaslik, “Oʻroqda yoʻq, mashoqda yoʻq, xirmonda hozir”lik gʻazabini junbushga keltiradi. Hammaga maʼlumki, butun dunyoda mehmon kutish boʻyicha oʻzbek eliga teng keladigani yoʻq. Ammo shoir qalbini qiynagan bu goʻzal xislatning ham chegarasi bor. Kutishni bilgan odam kuzatishni ham oʻrganishi kerak. Shoir”Mehmon kutishni-ku qoyillatamiz, qaniydi oʻrgansak kuzatishni ham”,16 – deya orzu qiladi.
Shavkat Rahmon ruhiyatida Vatanga sodiqlik, millatparvarlik ustunlik qiladi. Shoirni ona yurt tarixining ayanchli, kechirib boʻlmas yozuvlari qiynaydi, bugungi jannatmakon yurtga muhabbat qoʻyish, uni qadrlash, asrab-avaylash qanchalik muhim ekanligini shoir boshqalarni ham tushunib yetishini istaydi, bu tuygʻuni butun oʻzbek millatiga yetib borishini chin yurakdan xohlaydi. Shuning uchun ham shoir eng sara soʻzlarini aytishga, keyingi avlodlarga ham uni meros qilib qoldirib ketishga bor kuch – gʻayratini sarflaydi. Oʻziga berilgan qisqa umri davomida ona Vatani uchun, millat uchun nima qila olganligi uning qalbida mangu savol boʻlib yashaydi. Bir inson qilishi kerak boʻlgan ishni qilishga, kelajak avlod uchun maʼnaviy meros qoldirishga, oʻzining shoirlik soʻzini ayta olishga harakat qiladi. Shuning uchun ham u mana shu savolni beradi, uning javobini izlaydi:
  Shavkat Rahmon degan
bir oʻjar shoir,
bir kuni qaytadan yaraladimi?
Hayotim maʼnisin juda koʻp oʻylab,
sayladim soʻzlarning
saralarini.17
Darhaqiqat, Shavkat Rahmon har bir sheʼr ustida, har bir satr ustida izlandi, oʻz fikrini shunchaki aytmadi, balki sara soʻzlarni izlab topishga harakat qildi. Shoir yuragiga yaqin boʻlgan sara soʻzlar mana shular edi: Har bir soʻz yuz soʻzning oʻrnini bosar… Vatan, Xalq, Jasorat, Kurash, Ozodlik.18 Ona Vatan ozodligi, millat erki uchun kurash olib borish, kerak boʻlsa jonini fido qilib jasorat koʻrsatish aslida har bir fuqaroning insoniylik burchidir. Shoir saralagan bu goʻzal soʻzlarini kelajak avlodga qoldirib keta oldi. Shoirning har bir sheʼrida mana shu soʻzlar sheʼr uchun asosiy qurol, goʻzal vosita boʻla oldi. Lekin shunda ham shoirni bu soʻzlar qoniqtirmadi. Uning uchun “nonday zarur, “qilichday keskir”, “zaharday mard” soʻzlar kerak edi. Xalqni, millatni baxtiyor koʻrish, dardiga sheriklik, fuqarolik burchi Shavkat Rahmon kunlik taqvimining birinchi oʻrnini egallagan edi. U oʻzining oʻlmas satrlarida millat uchun, jamiyat uchun, kelajak avlod uchun kerakli boʻlgan masʼul soʻzini ayta oldi. U sheʼriyat, adabiyot olamiga oʻtgan asrning 70-yillarida – murakkab va ziddiyatli bir davrda kirib keldi. Koʻngil koʻzi, tafakkuri ochiq odamlarga, ijodkorlarga oson boʻlmagani ayon oʻsha kezlari. Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi singari zabardast shoirlar tufayli milliy sheʼriyat yashasinchilik kayfiyatidan xalos boʻlib, asl ildizlariga – inson mohiyatini, millat ruhiyatini inkishof etish yoʻliga qaytgan edi oʻsha davrda. Haqiqiy sheʼriyatdan bahramandlik, faqat bugina emas, Xudo bergan tugʻma isteʼdodi bois Shavkat Rahmon oʻzining shaxs va ijodkor sifatidagi yoʻlini aniq belgilab ola bildi. 1975 -yili yozgan bir sheʼridagi mana bu misralar ham fikrimizni tasdiqlaydi:
  Koʻzingizni oching, qoʻrqmang,
Ziyodan qamashsin, ogʻrisin, mayli,
Mayliga, yashamak boʻlsin qiyinroq
Ochiqligi tufayli…
 
Qiynang, oʻz holiga qoʻymang yurakni
Yashamaslik uchun yuraksiz…
Muqaddas hislar choʻkib borayotgan, goʻzal tuygʻular, orzular qadrsizlangan istibdod zamoni edi u davr. Shoirning tili “keskir soʻzlardan”, noziktaʼb dili iztirobdan qonagani sababini tushunish mumkin. Qalblarini zulmat bosgan, bir-birini aldab, bir-birining motamidan shod kimsalar holi unga azob berdi. Oʻsishdan toʻxtagan, didiga olamni moslagan, kelajak tashvishi bir yoqda qolib, oʻzining tashvishin rostlagan kishilar ahvoliga achindi. Uning fikricha:
Chidamak mumkinmas, mumkinmas sira,
 Hamoqat hayqirsa, boqilsa oʻgʻri.
 Fahsh yursa, menman, deb toza, bokira,
Toʻgʻriligi uchun qiynalsa toʻgʻri”.
Kimsalar boʻgʻizlarida mumdek qotib ketgan saslarni, ulugʻvor boshlarini ming yillab koʻtarolmay yotgan kaslarni koʻrganda shuning uchun ham qalbi hasratlarga toʻldi. Jamiki tirik zotning oʻz tabiatiga xiyonat qilmasligini xohladi. Buning uchun, birinchi navbatda, ichdagi xoinni – nafsu havoni, hirsu hasadni, bugʻzu adovatni oʻldirmoq zarurligini angladi, anglatishga urindi. Olamni koʻngil koʻzi bilan koʻrishga undadi, odamlarni jaholat makriga aldanib qolishdan ehtiyot boʻlishga chaqirdi. Xayollarni chaqmoq kabi yoritguvchi lahzalarga intildi.
 
Sodiq qoldim tabiatimga,
yashamadim yuz xil turlanib –
 
degan soʻzlari uning “shaxsiyati sheʼriga koʻchganidan” (Nurulloh Muhammad Raufxon taʼbiri) dalolat beradi. Uning sheʼriyatga talabi ham ana shu shaxsiyatdan kelib chiqqanini kuzatish mumkin:
 
Shoirning yoʻli bu – dunyoning yoʻli,
U bashar qalbida lovillagan oh –
 
deb yozgan edi u bir sheʼrida. Darhaqiqat, ijodning tabiati asli shunday. Faqat oʻzini, oʻz nafsinigina oʻylagan xudbin shuning uchun ham haqiqiy ijodkor darajasiga koʻtarila olmaydi. Oʻzgalar dardi butun koʻlami bilan his etilgan ondan boshlanadi haqiqiy ijod. Chin shoir shu bois hazrat Alisher Navoiy yoʻlini tutadi: “… himmat etagiga foniy dunyo moliga muhabbat gʻuborini, bu jahon ashyosiga qiziqish gardini yuqtirmaydi” (Xondamir taʼbiri).
Ijodkor hamma qatori boʻlishga haqli emas. Tabiiyki, boshqa odamlarga xos koʻpgina xususiyatlar unga ham xos. Farqi, u oʻz manfaatinigina oʻylay olmaydi. Oʻzgalar dardini ham oʻzinikidek qabul qiladi. Nainki qabul qiladi, goʻzal badiiy shaklda, taʼsirchan soʻzlar vositasida nazmga soladi. “Bashar fojiasini, millat fojiasini oʻz fojiasi bilib oʻrtangan shoir haqiqiy sheʼr baxtiga muyassar boʻladi. Sheʼr yozish oʻlim bilan yuzma-yuz turib gaplashgan bilan barobardir” – oʻzi belgilagan ana shunday mezonlarda turib ijod qildi Shavkat Rahmon. Quyidagi misralar sheʼriyatning ana shu yuksak talabidan kelib chiqqanligi bilan ahamiyatlidir:
 
Sheʼriyat,
xalajruh parizod,
uchdingmi kichkina dunyoga,
koʻndingmi kundalik yovgʻonga…
  Entikib soʻylaysan shamolga:
orzular chechagi soʻldi, deb,
burdi yoʻq kimsalar qoʻlida
bagʻri qon,
bagʻri qon boʻldi, deb. 
Kichkina dunyoga uchishga, kundalik yovgʻonga koʻnishga sheʼriyatning haqqi yoʻq. U zaminning dardini osmoniy ruhda kuylamogʻi kerak. Muhiblar qalbida goʻzal tuygʻularni uygʻotmogʻi, orzular chechagini gullatmogʻi zarur. Bu chechak burdi yoʻq kimsalar qoʻlida poymol etilib soʻlsa, bagʻri qonga toʻlsa, sheʼriyatning ham parvozi soʻnadi. Bunday holda (Xudo asrasin) ijodkor sheʼriyatdek pok bir poetik voqelik oldida mulzam boʻladi, tabiiyki, uning koʻziga qaray olmaydi. Mana bu misralarda ana shu ogʻir dardning, ana shu choʻng iztirobning obrazli tasviri berilgan:
  Ogʻirdir koʻzingga qaramoq,
koʻzlaring,
oʻldirar koʻzlaring…
Shavkat Rahmonning:
  Hayotim maʼnisin juda koʻp oʻylab,
sayladim soʻzlarning
saralarini… –
deyishi sababi soʻz degan neʼmatning nechogʻliq ulugʻligini teran his etganlikdan. Uning “nonday zarur, qilichday keskir soʻzlar” izlashi boisi ham shunda. Shoirlikni u shuning uchun ham “jasorat soʻzining tarjimasi”, deb biladi.
Ijod, ijodkor va soʻz masʼuliyati haqida fikr yuritilar ekan, muhim bir jihatni taʼkidlash kerak: kitobxonga chaqmoqdek taʼsir etishi uchun soʻz haqiqat olovidan taft olmogʻi zarur. Asarlarida shoirning “oʻz qalbi, qiyofasi, aʼmoli va botini aks etmogʻi” (Bahodir Karim taʼbiri) lozim. Ana shu shart bajarilmas ekan, soʻz atalmish beqiyos neʼmat isrof qilingan boʻladi; bunday asardan na jamiyatga foyda yetadi, na uning muallifiga. Chinakam ijodkor buni eʼtibordan soqit qila olmaydi. Shavkat Rahmon – haqiqatparast shoir. Mana bu misralar ham ushbu fikrni tasdiqlaydi:
  Endi ishlash kerak bu kengliklarda,
tokim soʻylamasin yolgʻonni hech kim,
tokim buyuk togʻlar saltanatida
egilgan boshlarni qilichlar kessin.
  “Qasam” sheʼridan olingan bu satrlar shoirning sobit eʼtiqodidan, qatʼiyatidan darak beradi. Ijodkorning ijodkorligi shundaki, u hamma biladigan, oʻrganilgan haqiqatlarni takrorlashdan tiyiladi. Dunyoga oʻzgacha nigoh, teran nazar bilan qaraydi. “Egilgan boshni qilich kesmas”, bu – xalqimizning mashhur maqoli. Mustabid tuzumning adadsiz jabridan, oʻzi mansub boʻlgan millatning ayanchli qismatidan iztirobda boʻlgan ijodkor bu naqlni oʻzgartirmoq istaydi. Bu buyuk togʻlar saltanatida, yaʼni bir zamonlar dunyoning katta qismiga oʻz hukmini oʻtkazgan, taraqqiyotning yuksak darajasiga erishgan, muazzam tarixga ega zaminda millatning aqlli boshlari oʻziga adolatsizlikni shior qilgan, oʻzgalar yurtiga egalik qilish ilinjida boʻlgan, havoyi nafsining quliga aylangan tubanlar oldida egilmasligini xohlaydi. “Egilgan boshlarni qilichlar kessin”, degan keskin xulosa zamirida ana shu mohiyat mujassam.
Istibdod zamonida yashar ekan, Shavkat Rahmon ozod ruhli barcha ijodkorlar singari ona xalqining ogʻir qismatiga achindi; uning dardiga malham izladi. Sheʼrlari azbaroyi shoirligini koʻz-koʻz qilish, isteʼdodini oʻzgalarga namoyish etish uchun yozilgan emas. Aksincha, u millatning fojiasini yurakdan his etdi, uning yorugʻ kunlarga yetishmogʻini orzu qildi – tuygʻulari sheʼr oʻlaroq quyilib keldi. “Shoirlik kasb emas, – deb yozgan edi u, – sheʼr ham botmon-botmon yozilavermaydi, yozilish sababi bor, vaqti-soati bor. Sheʼr buyuk sevinchdan yoki buyuk fojiadan dunyoga keladi, tanholikda yaraladi, tanholikda oʻqiladi”.
 
Soʻzlarni qayraylik,
doʻstlar, joʻralar,
gʻaflat toʻshagida yotmay, shoshaylik:
yashamoq, kurashmoq, oʻlmoq sirlarin
bolakaylar uchun ochaylik…
  “Yosh oʻzbek shoirlariga” sheʼrida u navqiron isteʼdodlarga qalb daʼvatlarini ifodaladi. Shunchaki rangsiz, taʼsir kuchidan mahrum soʻzlardan na millatga, na ijod ahliga naf yetmasligini uqtirmoq istadi. Soʻzlarni qayrash – ana shu muddao ifodasi. Gʻaflat – insonning oʻsishdan, jamiyatning taraqqiyotdan mahrum qolishi belgisi. Shoirning: “Gʻaflat toʻshagida yotmay, shoshaylik”, deya xitob qilishi sababi shunda. Yashamoq, kurashmoq, oʻlmoq sirlarini ochish – ijoddan koʻzlangan bosh maqsad. Busiz badiiy asarning biron-bir ahamiyati qolmagan boʻlar edi. Zero, adabiyot odamlarning hissiyotiga, ruhiyatiga, shuuriga taʼsir etmogʻi, jamiyatning maʼnaviy yuksalishiga qanot bagʻishlamogʻi zarur. Aks holda, u zimmasidagi vazifani bajarmagan boʻladi. Mana bu poetik xulosada ana shu teran mohiyatning betakror talqini kuzatiladi:
  Oʻtkir soʻz qolmasa shoirlaridan,
oʻtkir soʻz qolmasa…
hech narsa qolmas.
Shavkat Rahmon sheʼriyatida quyosh, nur, togʻ, vaqt, daraxt singari timsollar koʻp qoʻllangan. Bu timsollarning har biri zamirida teran mohiyat mujassam. Jumladan, “kunning oʻtkir pichogʻi”, “quyosh tigʻin oʻtkir zarbi”, “quyosh kabi porillab turgan soʻz”, “oʻzga sayyoralardan yorugʻ salomlar aytgani holda bizni zulmatga tashlab ketadigan nur”, “buyuk togʻlarning choʻkkan boshi”, “erdan oʻsib chiqqan tirik togʻlar”, “sabru irodadan toʻralgan togʻlar”, “oppoq koʻylagini yechib, yashil gulli koʻylagin kiygan vaqt”, “biri – bekorchilikdan, biri – jaholatdan, biri – toʻqlikdan vaqtni oʻldirib, qora qoniga boʻyaganlar”, “goh kunduzni, goh tunni kiyib, tinimsiz aylanayotgan fursat”, “shoxlarida soʻzlar pishgan daraxt”, “sabr daraxtiday oʻsgan odamlar” singari tashbehga, metaforaga boy, obrazli tafakkur mahsuli boʻlgan misralar buning isbotidir. Teran mohiyat va betakror badiiyatning ana shunday uygʻunligi shoir nazmining barhayotligini taʼminlab kelayotir.
  Zulfiqor ruh kerak,
kerak chin yogʻdu,
chin ishq yolqinlari bagʻrimga toʻlsin…
  “Zulfiqor” soʻzi keskir, oʻtkir maʼnolarini ifodalaydi. Bu soʻz millat tarixi, ajdodlar eʼtiqodi bilan bogʻliq chuqur mazmunni oʻzida mujassam etadi. Shavkat Rahmon zulfiqor ruh, chin yogʻdu va chin ishq yolqinlari millatning, unga mansub har bir shaxsning hayotiy aʼmoliga aylanishini orzu qildi. Mohiyatan, bu orzu ijodkorning badiiy-estetik idealini, hayotiy aʼmolini belgilaydi. Qatʼiy ijodiy konsepsiyaga tayanib yozilgan ana shunday asarlar, shubhasiz, milliy adabiyotni yuksaltiradi.
Shavkat Rahmon sheʼriyatida faol qoʻllaniluvchi quyosh obrazi nafaqat tabiat tasviri uchun vosita, balki u ramziy maʼnolarga ham ega. Shoir “Yaxshi niyat” sheʼrida shunday yozadi:
Kelajak bor hali bagʻrida
yuz mingta quyoshi porlagan.
Ishonma hech qachon, ishonma
qoʻlida quroli borlarga.
Bu oʻrinda, quyosh shoir orzu qilgan porloq kelajakning metaforik obraziga aylangan. Quyosh tabiatdagidek bitta emas, yuz mingta. Ana shu yuz mingtalikning oʻzi oʻquvchi ongida oʻzgacha assotsatsiya uygʻotadi. Matnda quyoshning porlashi yorugʻ kunlarning poetik ifodasi boʻlib kelmoqda. Quyosh obrazining maʼno qirralari sheʼrdan-sheʼrga ochila boradi. “Odam uzoq yashar” deb boshlanuvchi sheʼrda quyosh obrazi tashbeh boʻlib keladi:
…agar doʻsti boʻlsa har qutlugʻ sahar
bahaybat quyoshday uygʻonadigan.
Sheʼrning umumpoetik mazmuni “qutlugʻ sahar”, “doʻst”, “bahaybat quyoshday”, “uygʻonadigan” soʻzlari asosida yuzaga chiqadi. Keltirilgan soʻzlar ichida quyosh va sahar faol poetik obrazlar sirasiga kiradi, misra mazmuni aynan shu obrazlarga tayanadi. Quyoshning tabiiy belgi-xususiyatlari metaforik maʼnoning yuzaga chiqishiga koʻmaklashadi. Uning yorugʻligi, harorati, tiriklikka quvvat, kuch, hayot manbalaridan biri ekanligi doʻstning qanday fazilatlarga egaligini aniqlashtiradi. Quyosh juda ulkan – bahaybat va u uygʻotgan sahar, albatta, qutlugʻ keladi. Sheʼrning lirik qahramoni ana shunday ulugʻ doʻstni orzu qilmoqda. Ulugʻ doʻst esa yuz ming quyosh obrazida ifodalangan porloq kelajak fuqarosidir. Bu oʻrinda alohida-alohida mazmunga ega sheʼrlar oʻz holida mustaqil asar boʻlsa-da, ularni yagona gʻoya birlashtiradi. Shoir sheʼrlaridagi anʼanaviy obrazlarga bir-birini toʻldiruvchi poetik mazmun yuklangan.
Shavkat Rahmon sheʼriyatida anʼanaviy poetik obrazlar ijtimoiy maʼno olganligi bilan xarakterlanadi. Ijtimoiy mazmundagi sheʼrlar koʻpincha publitsistikaga yaqin baholanadi. Sheʼriyatning publitsistikaga moyilligi mavzu va gʻoyaning ijtimoiylashuvi natijasida yuzaga keladi. Sheʼrning ijtimoiy mavzuga tegishliligi uning qusuri emas. Aksincha, ijtimoiy asossiz asar muallaq qoladi. Muhimi, mavzuning qanday yoritilganida, asarning badiiy yuksak darajada, asl sanʼat mezonlariga uygʻun ifoda topishida. Yana bir jihat – ijtimoiylikning umuminsoniy muammolarga daxldorligida koʻrinadi. Shoirning “Qoʻshiq” sheʼrida publitsistik ruh ustuvor.
Mehru muhabbatga,
sogʻinchga toʻliq
qoʻshiqlar uchadi togʻlardan oshib –
adashgan dunyoni chaqirar qizlar,
larzaga tushadi togʻlarning toshi.
Sheʼrda qoʻshiqning togʻlardan oshib, toshlarni larzaga keltirishi shunchaki qayd emas. Tosh obraziga yuklangan poetik maʼno shoir ijodining boshqa namunalaridagi ayni obraz semantikasiga qiyos etilsa, yanada aniq koʻrinadi. Bu oʻrinda: “Yana savol”, “Gullayotgan tosh” deb boshlanuvchi sheʼrlari alohida diqqatga sazovor. “Yana savol” sheʼriga nazar solaylik:
Oyogʻimga
botmon toshlarni
bolalikdan bogʻlab qoʻydi kim?
Endi xalos boʻlmoqqa yetmas
yovuzlardan asragan umrim.
Xudo bergan soniyalarni
xarob qildi qaysi gʻalamis?
Agarda shu toshlar boʻlmasa,
uchar edik samolarda biz.
Tosh – yuk, lirik qahramon – bolakaydan oyogʻiga bu toshlarni kim bogʻlaganini hayron boʻlib soʻraydi. Xudo bergan qimmatli soniyalarni qaysi gʻalamis xarob qilganligini bilgisi keladi. Tosh obrazi orqali ifodalanayotgan poetik maʼno “agarda tosh boʻlmasa, “uchar edik samolarda biz” misrasi vositasida aniqlashadi. Yuqorida keltirilgan “Qoʻshiq” sheʼrida aytilgan, toshlarning larzaga kelishi bilan bogʻliq tasvir zamirida lirik qahramonning ogʻir yukdan forigʻ boʻlishi bayon qilinadi.
Shoirning “Gullayotgan tosh” sheʼrida tosh obraziga yuklagan poetik maʼnosi yanada mukammallashib, teranlashib, tadrijiylikning oʻziga xos yuksak darajasiga yetganligini anglaymiz. Aslida, tosh obrazi folklor va adabiyotda qadimdan kelayotgan anʼanaviy obrazlardan biridir. Badiiy obraz tabiatini tadqiq qilgan Dilshod Rajabov tosh obrazining ushbu jihatlariga alohida eʼtibor qaratib, adabiyotshunos Ibrohim Haqqulovning “(tuproq singari tosh ham Ahmad Yassaviy hikmatlaridagi ramziy obrazlardan) tosh obrazining umumturk adabiyotiga kirib kelishi va maʼlum mavqega erishganligining oʻziga xos diniy-axloqiy, falsafiy mifologik asoslari bor”, degan fikrlariga tayanib, Shavkat Rahmonning “Gullayotgan tosh” sheʼrini tahlil etgan. Tadqiqotchi Dilshod Rajabov tosh obrazi xususida toʻxtalib, “sheʼrning boshidan-oxirigacha birgina badiiy obraz gullash uchun qulay fursat kutayotgan tosh obrazi hukmronlik qiladi. Bu tosh haqiqat. Bu tosh ulugʻ bobokalonimiz Temur haqidagi, Dukchi eshon haqidagi, asr boshidagi buyuk toʻntarish haqidagi, bizning “bosmachi” avlodlarimiz haqidagi badargʻa qilingan haqiqat. Shuning uchun minglab kaltabinlar, bu haqiqatlarni “tun”ga, “tosh”ga aylantirgan nokaslar gurzisini doʻlaytirib toshning gullamasligini istaydilar. Shuning uchun u shoirni oʻtkir koʻzlariga tobora shubhaliday koʻrinadi, uni yanada qiziqtiradi. Bu tosh esa gullash mumkin boʻlgan asrni kutib yotibdi.
Balkim tosh hoziroq
gullayotgandir,
ming rangli jiloda yashnab, oʻzgarib,
balki bu gullarni koʻrmayotgandir
hattoki shoirning oʻtkir koʻzlari.
  Saksoninchi yillarda bunday qora toshning siri – “gulli” jozibasi haqida gapirish oson emasdi. Lirik qahramon orzusida oʻsha “gullayotgan tosh”ni koʻrish niyati ustun. Tosh bu oʻrinda ramziylik kasb etadi”, deb yozgan. Har qanday sheʼr agar u chinakam sanʼatga daxldor boʻlsa, bir qancha talqinlarga imkon beradi. Chunki, oʻquvchi oʻz koʻngli, dunyoqarashi, tabiati va bilim tajribalaridan kelib chiqib sheʼrni qabul qiladi va sharhlaydi. “Gullayotgan tosh” ham xuddi shunday serqatlam mazmunga ega. Dilshod Rajabov sheʼrdagi tosh ramzining maʼnosini haqiqat deb anglab, talqin etgan boʻlsa, uni xato deb aytish nooʻrin. Lekin biz “gullayotgan tosh”ni shoirning boshqa sheʼrlaridagi tosh obrazi ifodalagan maʼnolar qamrovida olib, soʻngra talqin etish maqsadga muvofiq deb oʻylaymiz. Chunki Shavkat Rahmon sheʼriyatidagi anʼanaviy xarakter olgan poetik obrazlar oʻziga xos umumiy mazmunga ega va bu maʼnolar koʻlami sheʼrdan-sheʼrga aniqlashib biri ikkinchisini toʻldirib keladi.


Ona xalqiga, Vataniga chinakam mehr qo‘ymagan ijodkor har qancha iste’dodga ega bo‘lmasin bunday yuksak mavqega erisha olmaydi. Mehr-muhabbati kuchli, sadoqati beqiyos bo‘lganligi tufayli Shavkat Rahmon xalqimizning chindan ham nihoyatda suyukli shoiri bo‘lib qoldi. Shoir she’rlari ko‘ngillarga orom, ruhimizga ko‘tarinkilik, vujudimizga madad bag‘ishlaydi. Shavkat Rahmon o'zining butun faoliyati va ijodini xalqimiz orzu-o'ylarini ifodalash, millatimiz taqdiriga daxldor muammolarni dadil ko'tarib chiqish, kishilarimiz madaniy-estetik saviyasini yuksaltirishdek ezgu maqsadlarga yo'naltirgandir.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, qalbida vataniga bo’lgan muhabbat cheksiz bo’lgan, insonning farovon hayotini har narsadan ustun ko’radigan, shuningdek, muhabbat borasida dengizday qaysar, ummondek cheksiz, tog’lardek ulug’vor bo’lgan insonni o’z umrining qahramoni deyish mumkin. Shavkat Rahmon ham shunday insonlardan edi desak yanglishmagan bo’lamiz. Mustaqillikka erishib o’zligini, o’zbegini yaratayotgan xalqimiz esa bunday insonlarni ulug’lashi tabiiy va mantiqiy holdir. Shavkat Rahmonning hayot yo’li, yaratgan asarlari va ulardagi yetakchi g’oyalar har bir inson qalbida ezgu fikrlarga yondosh tarzda yashashiga ishonamiz.


Download 40,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish