Q f (K,L,M)
bu yerda Q - berilgan texnologiyada maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori;
K - kapital;
L - mehnat;
M - materiallar.
Agar ishlab chiqarish funksiyasi ikkita, K (kapital) va L (mehnat) omillariga bog`liq bo`lsa, ishlab chiqarish funksiyasi quyidagicha yoziladi:
Q f (K,L)
Ushbu funktsiyada mahsulot ishlab chiqarish hajmi ikkita ishlab chiqarish omiliga bog`liq - kapital va mehnatga.
Masalan, ishlab chiqarish funksiyasi yordamida non ishlab chiqarish kombinatida mehnat resurslaridan va kapitaldan foydalangan holda qancha non mahsulotini ishlab chiqarish mumkinligini ifodalash mumkin, yoki qishloq xo`jalik korxonasining berilgan mehnat resurslaridan va texnikadan (ishchilarning fond bilan qurollanganlik darajasida) foydalangan holda ma′lum vaqt oralig`ida qancha mahsulot ishlab chiqarishini ifodalash mumkin.
Mahsulot ishlab chiqarish ko`proq qo`l mehnatiga asoslangan bo`lsa (masalan, nonni qo`l mehnati asosida ishlab chiqarilsa), u holda ishlab chiqarish funksiyasini faqat sarflangan mehnatga bog`liq ravishda yozish mumkin:
Q f (L)
Agar mahsulot ishlab chiqarishda ko`proq kapital ishtirok etsa, ya′ni mahsulot ishlab chiqarish yuqori kapital sig`imiga ega bo`lsa, ishlab chiqarish funksiyasini
Q F(K)
ko`rinishida yozish mumkin. Ta′kidlash joizki, bu tenglamalar ishlab chiqarishning ma′lum texnologiyasida qo`llanilishi mumkin. Agar texnologiya o`zgarsa, ya′ni yangi texnologiya qo`llansa, mahsulot ishlab chiqarish hajmi resurslar hajmi o`zgarmaganda ham o`sishi mumkin.
Izokvanta va ishlab chiqarish omillarini chekli texnologik almashtirish normasi
Izokvantalar.
Ishlab chiqarishda faqat ikkita omil - mehnat va kapitaldan foydalaniladigan ishlab chiqarishni qaraymiz. Faraz qilaylik, mebel ishlab chiqarish sexida mavjud texnologiya asosida sarflanadigan kapital va mehnatning ma′lum nisbatlari kombinatsiyasida stul ishlab chiqarilmoqda.
Quyidagi jadvalda har xil resurslar sarflari kombinatsiyasida maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori keltirilgan.
Omillar sarfining har xil miqdoriy tarkibida ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori
Kapital sarfi
|
Mehnat sarfi, (soatlarda)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
|
1
|
30
|
50
|
60
|
70
|
80
|
2
|
40
|
65
|
80
|
85
|
100
|
3
|
60
|
80
|
100
|
110
|
115
|
4
|
65
|
85
|
110
|
115
|
120
|
5
|
80
|
100
|
120
|
125
|
130
|
Ushbu jadvalga ko`ra ikki birlik mehnat va bir birlik kapital sarflab 50 birlik stul ishlab chiqarish mumkin, yoki uch birlik mehnat va to`rt birlik kapital sarflansa, 110 dona stul ishlab chiqariladi. Jadvalning har bir qatoridagi ishlab chiqarish hajmlarini qarasak shu narsani kuzatishimiz mumkinki, kapital sarfi o`zgarmaganda, mehnat sarfining oshishi bilan birga umumiy ishlab chiqarish hajmi ortib bormoqda. Masalan, kapital sarfi 2 ga teng bo`lganda va mehnat sarfi birdan besh birlikgacha o`zgarganda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 40 birlikdan 100 birlikgacha o`zgaradi. Xuddi shunday, jadvalning ustunlarini yuqoridan pastga qarab kuzatganimizda ham, mehnat sarfi o`zgarmay, kapital sarfi oshib borishiga ko`ra stul ishlab chiqarish hajmi ham oshib borayotganligini ko`ramiz. Bu jadvalda keltirilgan mahsulot ishlab chiqarish ko`rsatkichlarini grafikda ham tasvirlash mumkin:
Ishlab chiqarish omillari sarfi o`zgarishiga ko`ra stul ishlab chiqarish grafigi:
Rasmda keltirilgan Q1 egri chizig`i 60 dona stul ishlab chiqarishni ta′minlaydigan kapital va mehnat sarflari kombinatsiyalarini ifodalaydi. Q2 egri chizig`i 80 dona stul ishlab chiqarish uchun sarflanadigan kapital va mehnat sarflari kombinatsiyalarini, Q3 egri chizig`i esa 100 dona stul ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslar sarflari kombinatsiyalarini ifodalaydi. Rasmdagi Q1, Q2 va Q3 egri chiziqlarga izokvantalar deyiladi.
Izokvanta - bu bir xil hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarishni ta′minlaydigan ishlab chiqarish omillari sarflari kombinatsiyalarini ifodalovchi egri chiziqdir. Demak, 10.1-rasmda uchta izokvanta tasvirlangan Q1, Q2 va Q3. Grafikning gorizontal o`qi bo`yicha mehnat sarfi, vertikal o`q bo`yicha kapital sarfi ko`rsatilgan. Masalan, Q1 izokvantaning har bir nuqtasi koordinatalari 60 dona stul ishlab chiqarish uchun sarflanadigan mehnat va kapital sarflarini ko`rsatadi. A nuqtada 60 dona stul ishlab chiqarish uchun uch birlik kapital va bir birlik mehnat sarflangan bo`lsa, B nuqtada ushbu 60 dona stul ishlab chiqarish uchun bir birlik kapital va uch birlik mehnat sarflanadi.
Izokvantalar kartasi - bu izokvantalar majmuasidan iborat bo`lib, ularning har biri ma′lum ishlab chiqarish omillari sarflari kombinatsiyalariga to‘g‘ri keladigan maksimal ishlab chiqarish hajmini o`zida akslantiradi.
Izokvantalar firmalarda mahsulot ishlab chiqarishning variantlari ko`pligini ko`rsatadi. Bu firmalar uchun muhim axborot bo`lib, keyinchalik ko`ramiz, qanday qilib izokvantalar mahsulot ishlab chiqarishda xarajatlarni minimallashtiradigan yoki foydani maksimallashtiradigan omillar sarfi kombinatsiyalarini tanlashga imkon yaratadi.
Ma′lum vaqt oralig`ida jami ishlab chiqarilgan mahsulotni umumiy mahsulot desak, o`rtacha mahsulot - umumiy mahsulotni ushbu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan o`zgaruvchan ishlab chiqarish omillari sarfiga nisbati bilan aniqlanadi:
AP Q/F
Bu yerda: Q - umumiy mahsulot miqdori;
AP- o`rtacha mahsulot;
F-sarflangan resurslar.
Chekli mahsulot - bu o`zgaruvchan resurslar kombinatsiyasini kichik miqdorda qo`shimcha sarfi hisobidan umumiy mahsulotning o`sgan qismiga aytiladi. Masalan, ishlab chiqarishda bitta omil, ya′ni faqat mehnat saflansa chekli mahsulot MPL quyidagicha aniqlanadi:
MPL=Q/K
Бу ерда Q - qo`shimcha birlik mehnat sarfi ( L ) hisobiga ishlab chiqarilgan qo`shimcha mahsulot miqdori.
Agar ishlab chiqarishda mehnat sarfi o`zgarmas bo`lib, mahsulot ishlab chiqarish faqat kapitalga bog`liq bo`lsa, chekli mahsulot MPK toppish formulasi quyidagicha:
MPK = Q/K
Bu yerda: Q - bir birlik qo`shimcha kapital sarfi hisobidan ishlab chiqarilgan qo`shimcha mahsulot;
K - bir birlik qo`shimcha sarflangan kapital.
Quyidagi jadvalda mehnat sarfi o`zgarmas bo`lganda, ishlab chiqarish hajmi faqat kapital sarfiga bog`liq bo`lgandagi o`rtacha va chekli mahsulotlar miqdori ko`rsatilgan.
Bir o`zgaruvchi omil qatnashgandagi ishlab chiqarish
Kapital sarfi
A
|
Mehnat sarfi
L
|
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi
Q
|
O’rtacha mahsulot
AP=Q/L
|
Chekli mahsulot
MPL=Q/L
|
|
|
|
|
|
15
|
0
|
0
|
-
|
-
|
15
|
1
|
12
|
12
|
12
|
15
|
2
|
32
|
16
|
20
|
15
|
3
|
60
|
20
|
28
|
15
|
4
|
80
|
20
|
20
|
15
|
5
|
95
|
19
|
15
|
15
|
6
|
108
|
18
|
13
|
15
|
7
|
112
|
16
|
4
|
15
|
8
|
112
|
14
|
0
|
15
|
9
|
108
|
12
|
-4
|
15
|
10
|
100
|
10
|
-8
|
Birinchi ustun ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning o`zgarmasligini ko`rsatib turibdi. Ikkinchi ustunda mehnat sarfi keltirilgan. Bir birlik mehnat sarfiga to`g`ri keladigan mahsulot o`rtacha mahsulot bo`lib, u to`rtinchi ustunda keltirilgan. O`rtacha mahsulot ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy mehnat sarfiga nisbati bilan aniqlanadi. O`rtacha mahsulot ishlab chiqarish hajmi 84 birlikka yetguncha ortib, undan keyin qisqarib boradi. O`rtacha mahsulot maksimal bo`lganda mehnat sarfi to`rt birlikni tashkil qiladi.
Beshinchi ustunda mehnat sarfining chekli mahsuloti MPL keltirilgan. U qo`shimcha bir birlik mehnat sarfi hisobidan ishlab chiqarilgan qo`shimcha mahsulot miqdori bo`lib, mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko`rsatuvchi uchinchi ustundagi har bir mahsulot miqdoridan undan oldingi ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini ayrish orqali aniqlanadi. Masalan, kapital sarfi o`zgarmas bo`lganda (15 birlik) mehnat sarfining ikki birlikdan uch birlikka o`zgarishi mahsulot ishlab chiqarishni 32 birlikdan 60 birlikka oshiradi, demak qo`shimcha bir birlik mehnat sarfi 60-32=28 birlik qo`shimcha mahsulot yaratadi. O`rtacha mahsulotdek, chekli mahsulot ham boshida o`sib, keyinchalik kamayib boradi (ya′ni, u 3 birlik mehnat sarfigacha o`sib, mehnat sarfi 3 birlikdan oshganda kamayib boradi). Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, chekli mahsulot miqdori mehnatga va boshqa kapital sarfiga ham bog`liq. Agar mehnat sarfi o`zgarsa kapital sarfi ham o`zgarishi mumkin.
Xulosa
Xulosa o’rnida aytish mumkunki, ekonometrika iqtisodiyot va matematika fanlari tomonidan erishilgan nazariy yutuqlarni amaliy faoliyatda qo‘llash asosida tahlil qilish imkonini beradi.
Ekonometrik modellar yordamida quyidagilarni amalga oshiriladi:
•ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va ularning o‘zaro bog‘lanishining miqdoriy tomonlarini o‘rganish;
•biznes-rejalarni ilmiy asoslash va ularning bajarilishini ob’ektiv baholash;
•iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularning ta’sirini miqdoriy baholash;
•xo‘jalikning rivojlanish tendensiyalari va proporsiyalarini ochib berish, foydalanilmagan ichki imkoniyatlar va zahiralarni aniqlash; •ilmiy asoslangan prognozlarni ishlab chiqish;
•milliy iqtisodiyotning tarmoqlari va sohalari asosiy ko‘rsatkichlarining istiqboldagi holatini aniqlash va baholash; •ilg‘or tajribalardan foydalanish va optimal boshqarish qarorlarini qabul qilish.
Iqtisodiy jarayonlarini o‘rganish alohida xo‘jalik elementlari, faktlar, hodisa va holatlarni kuzatishdan boshlanadi va ular birgalikda xo‘jalik jarayonini, xo‘jalik faoliyati mazmunini u yoki bu boshqarish tizimida ifodalaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Maxmudov N.M., Asqarova M.T., Umarov I.Yu. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash. Darslik. T.: “Fan va texnologiyalar”, 2014
T.Z.Teshabayev, Z.M.Otaqo‘ziyeva, Makroiqtisodiyot. Ma’ruzalar matni. Т.: ТАТU, 2015
Xodiyev B.Yu., Shodiyev T.Sh., Berkinov B.B. Ekonometrika. Oʻquv qoʻllanma. Т.: Iqtisodiyot, 2018
www.scopus.com
http://www.stat.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |