dehqonchilikning kam rivojlanganligi hisoblanadi.
asosiy tuproq tiplari bu tuproqlarning tarqalish, shakllanish natijalari juda kam
- 6 -
6
O’rta Osiyoyoning tog’li hudud tuproqlari to’g’risida ma’lumot beruvchi,
birinchi adbiyotlar XIX asrning oxiri-XX asrning boshlarida yaratila boshlandi.
S.S.Neustruev, L,I.Priasolov, K.D.Glinka va boshqa ko’pgina taniqli tadqiqotchilar
tog’ tuproqlarini o’rganish sohasiga o’z hissalarini qo’shgan olimlar hisoblanadi.
V.V.Dobrovol’skiy tog’ tuproqlarida balandlik o’zgargan sari, yani dengiz
sathidan tik yuqoriga ko’tarilgan sari qonuniyatga bo’ysingan holda tuproq turlari
ketma-ket kelishini ko’rsatgan, Bunday hol yuqorida ko’rsatilgandek o’simliklar
turiga, iqlim sharoltiga ham bog’liq. Bundan xulosa qilish mumkinki, har bir
mintaqa o’ziga xos tuproq, o’simlik dunyosi va ma’lum yog’ingarchilik miqdoriga
egadir.
Balandlikka ko’tarilgan sari atmosfera yog’in miqdori ham ortib boradi,
natijada, o’simlik qoplami turlari chirindi miqdori tuproq qatlami miqdori oshadi
va tuproq hosil qiluvchi jarayon bir muncha tezlashadi.
O’zbekistonda B.V.Gorbunov va boshqalar tasdiqlagan holda, ular
tuproqlarga turlicha nom berishadi.
Tog’ o’lkasi tuproqlarini o’rganish borasida olib borilgan ishlar orasida
Yu.Akromov,
O’.Tojiyev,
I.I.Stepanov,
A.
Nazarov,
F.Hakimov,
A.Xonnazarovlarning tadqiqotlarini alohida ko’rsatish lozim. Mualliflar tog’
tuproqlarining shakillanishida iqlimning hamda relefning, ayniqsa, tog’
qiyaliklarining quyosh nuri energiyasiga nisbatan joylashishi muhim ahamiyatga
ega ekanligini ko’rsatib o’tadilar.
Yuqorida bayon etilgan ma’lumotlardan ko’rinib turubdiki, respublikamiz
hududidagi tog’li o’lka tuproqlari to’liq o’rganilmagan. Ayniqsa, O’zbekistonning
Zarafshon, Nurota tog’li o’lkalari hamda Qashqadaryo va Surxondaryo vodiylarini
tashkil qiluvchi Hisor tog’ tizmalari hududlarining tog’ tuproqlari kam o’rganilgan.
O’zbekiston tog’ hududlarida 1960 yillarda I.Boboxo’jaev, XX- asrning 80-
yillaridan boshlab O’zbekiston Milliy Universiteti Tuproqshunoslik kafedrasi
xodimlari professor L. Tursunov va X.A.Abdullayev rahbarligida Chotqol va
Zomin qo’riqxonalari mukammal o’rganishga kirishidi.
- 7 -
7
Umuman 1980-2010 yillar davomida olib borilgan izlanishlar natijasi
quyidagi olimlarning maqolalqrida o’z aksini topgan. L.Tursunov, J.Sattorov,
A.Xonnazarov, S.Abdullayev, T.To’rayev, M.Faxrutdinova, D.Kamilova va
boshqalar
Bu olimlar tomonidan olib borilayotgan ko’p qirrali tadqiqot ishlarini va
olingan yangi ma’lumotlar matbuotda e’lon qilinayotganligini e’tirof qilish lozim.
2001-2008 yillarda X.N.Qo’ng’irov tomonidan Nurota tog’i va tog’ oldi tekislik
tuproqlari
genezisi, marfologiyasi va foydalanish istiqbollari o’rganilib 2008 yilda
nomzodlik disertastiyasini yoqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: