Tekshirish usullari:
Tadqiqot olib borilgan hududlarda quyonlar pasterellyozi bo‘yicha epizootologik holatini o‘rganishda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari tomonidan yuritilgan jurnallar va hisobotlar asosida o‘rganiladi;
Tekshirish usullari: Laborator tekshirish ishlarida quyidagi usullardan foydalaniladi:
Patologo-anatomik tekshirish;
Mikroskopiya;
Bakteriologiya;
Biosinov;
Patologo-anatomik tekshirishda gavdani yorib ko‘rish maxsus xonalarda – prozektoriyalarda olib boriladi. Dastlab anamnez ma’lumotlari yig‘ilib, gavda tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Birinchi navbatda gavdaning tashqi o‘zgarishlari o‘rganib chiqiladi. Bunda gavdaning butunligiga, tabiiy teshiklarning ko‘rinishi va holatiga e’tibor beriladi. O‘limdan keyingi sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar (sovish, qotish, dog‘larning paydo bo‘lishi, chirish) aniqlanadi.
Ikkinchi navbatda gavdani ichki ko‘rinishi o‘rganiladi. Bunda tartib bilan gavdaning ichki organlariga yo‘l ochilib kirib boriladi. Ichki organlar ketma-ketlikda ajratib olinib, alohida o‘rganib chiqiladi. O‘rganib chiqishda organlarning hajmi, shakli, konsistensiyasi, rangi, kesilgan yuzaning ko‘rinishiga e’tibor qaratiladi.
Olingan har bir natijalar yozib olinib, yakunida tashhis qo‘yiladi.
Mikroskopik tekshirish uchun surtmalar qon va ichki organlardan – asosan taloq, jigar, buyrakdan tayyorlanadi. Yarim o‘tkir va surunkali shakillarida kasallikning yaqqol kilinik belgi berayotgan boshqa bir organlardan ham olinishi mumkin.
Patmaterialdan tayyorlangan surtmalar asosan Gram usulida bo‘yaladi. Bundan tashqari surtmalarni bo‘yashda Gimza-Ramanovskiy va Muromtsev (ko‘k-fuksin) usullaridan ham foydalanish mumkin.
Bakteriologik tekshirishda ekmalar aerob sharoitda, 37-38oC da, pH 7,2-7,4 bo‘lgan GPA va GPBlarda 24-48 soat davomida termostatda o‘stiriladi. Agar o‘sish bo‘lmasa, ekmalar 4-5sutka termostatda saqlanadi.
Biosinov qoyishdan oldin quyonlar pasterella tashuvchanligiga tekshiriladi – uch kun davomida ularning burun bo‘shlig‘iga 2 tomchidan 0,5%li brilliant yashilining suvdagi eritmasidan tomiziladi. Burun bo‘shlig‘ida yiringli ajratmaning oqishi pastrella tashuvchanligini bildiradi. Ularda biosinov qo‘yish mumkin emas.
Biosinov qo‘yish uchun sog‘lom, o‘rtacha semizlikdagi quyonlar va yoki oq sichqonlardan foydalaniladi.
Magistr__________________________
|
A.F. Saydullayev
|
Ilmiy rahbar V.F.D________________
|
I.X. Salimov
|
Do'stlaringiz bilan baham: |