elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi tanaffus (uzib qo’yish) - iste’molchiga elektr energiyasi yetkazib berishni to’xtatish, avtomatik qurilmalarning muvaffaqiyatli ishlashi tufayli yoki elektr energiyasi iste’mol qilishning cheklanishiga olib kelmaydigan, bir vaqtning o’zida bir nechta liniyalar bo’yicha elektr energiyasi oluvchi iste’molchilar uchun bitta yoki bir nechta elektr energiyasi yetkazib berish liniyalarining uzib qo’yilishi tufayli sodir bo’ladigan tanaffuslar bundan mustasno;
rejali uzib qo’yish - hududiy elektr tarmoqlari korxonasining elektr qurilmalarini rejali - ehtiyotan ta’mirlash jadvali bo’yicha ta’mirlash yoki profilaktika qilish davrida iste’molchilarni oldindan (kamida 3 sutka oldin) ogohlantirgan holda iste’molchiga elektr energiyasi berishni to’liq yoki qisman to’xtatish, agar elektr ta’minoti shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa;
to’lov hujjati - to’lov talabnomasi yoki to’lov topshiriqnomasi, uning asosida hududiy elektr tarmoqlari korxonasining hisob-kitob raqamiga pul mablag’lari o’tkaziladi, shuningdek bildirishnoma (schyot), uning bo’yicha to’lov naqd pul bilan amalga oshiriladi;
elektr energiyasi iste’molchisi (iste’molchi) - elektr ta’minoti shartnomasiga muvofiq ishlab chiqarish va (yoki) maishiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasidan foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi - viloyat, shahar, iqtisodiy zona (sanoat zonasi) doirasida elektr ta’minoti shartnomasi asosida iste’molchilarga elektr energiyasini sotish va taqsimlash huquqiga ega bo’lgan yuridik shaxs;
elektr energiyasini qabul qilgich (elektr qabul qilgich) - elektr energiyasini qabul qilish va undan foydalanish uchun mo’ljallangan qurilma yoki pribor;
iste’molchining ulangan quvvati - iste’molchining elektr energiyasini (bevosita elektr qabul qilgichlarni ta’minlaydigan) ishchi kuchlanishga aylantiruvchi transformatorlarining va 1000 Voltdan yuqori kuchlanishli elektr dvigatellarining elektr tarmoqlariga ulangan jami quvvati. Iste’molchilarning elektr qurilmalari tarmoq transformatorlardan yoki hududiy elektr tarmoqlari korxonasining past kuchlanishli tarmoqlaridan ta’minlanganda, iste’molchining ulangan quvvati uchun foydalanishga ruxsat etilgan quvvat qabul qilinadi, uning miqdori hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan belgilanadi hamda elektr ta’minoti shartnomasida ko’rsatiladi;