O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
VAZIRLAR MAhKAMASINING
QARORI
29.05.2006 y.
№ 98
hujjatning rus tilidagi
matniga qarang
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI hUKUMATINING
AYRIM QARORLARIGA O`ZGARTIRISH VA
QO`SHIMCHALAR KIRITISH TO`G`RISIDA
(O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
"Avtomobil transportida yo`lovchilar tashish
sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida
turlarini amalga oshirishni tartibga solish to`g`risida"
2006 yil 9 martdagi PQ-303-son Qarori)
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Avtomobil transportida yo`lovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish to`g`risida" 2006 yil 9 martdagi PQ-303-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:
1. O`zbekiston Respublikasi hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
O`zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoev
Vazirlar Mahkamasining
2006 yil 29 maydagi
98-son qaroriga
ILOVA
O`zbekiston Respublikasi hukumatining
ayrim qarorlariga kiritilayotgan
O`ZGARTIRISH VA QO`SHIMCHALAR
1. Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 17 avgustdagi 350-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharda yo`lovchilar tashish yo`nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etishga oid nizomda:
a) 2-banddagi "yoki jismoniy" so`zlari chiqarib tashlansin;
b) Nizomga 1-ilovada:
birinchi xatboshidagi "shuningdek jismoniy shaxslarga" so`zlari chiqarib tashlansin;
2-banddagi "va jismoniy" so`zlari chiqarib tashlansin;
v) Nizomga 2-ilova 1-bandidagi "jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi" so`zlari chiqarib tashlansin;
g) Nizomga 3-ilova 3-bandidagi "yoki jismoniy" so`zlari chiqarib tashlansin;
d) Nizomga 6-ilova 4-moddasining 4.1-bandidagi "jismoniy shaxs bo`lgan tashuvchiga eng kam oylik ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, yuridik shaxs bo`lgan tashuvchiga esa" so`zlari chiqarib tashlansin;
e) 8-ilovadagi "jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi" so`zlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 29 iyuldagi 368-son qarori (O`zbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 7-son, 44-modda) bilan tasdiqlangan Shahar atrofida, shaharlararo (viloyatlar ichida, viloyatlararo) va xalqaro yo`lovchilar tashish yo`nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizomda:
2-banddagi "yoki jismoniy (jismoniy shaxslar guruhi*)" so`zlari chiqarib tashlansin;
2-bandga izoh matni chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 5 noyabrdagi 380-son qarori (O`zbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 11-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik sub'ektlari - faqat yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyatning ayrim turlari ro`yxati quyidagi mazmundagi 12-band bilan to`ldirilsin:
"12. Avtomobil transportida tijorat asosida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo`lovchilar tashish faoliyati".
4. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 avgustdagi 360-son qarori (O`zbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 8-son, 73-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yo`lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo`nalishlar bo`yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to`g`risidagi nizomning 2-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to`ldirilsin:
"Avtomobil transportida tijorat asosida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo`lovchilar tashish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi";
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
5. Vazirlar Mahkamasining "O`zbekiston Respublikasida Avtomobil transportida yo`lovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda Avtobuslarda yo`lovchilar tashish xavfsizligini ta'minlashga doir talablarni tasdiqlash haqida" 2003 yil 4 noyabrdagi 482-son qarorida (O`zbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 11-son, 108-modda):
1-ilova 6-bandining yigirmanchi xatboshidagi "yuklar" va "yoki jismoniy" so`zlari chiqarib tashlansin;
2-ilova 15-bandining beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 31 yanvardagi 11-son qarori (O`zbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Toshkent shahrida avtomobil transportida yo`lovchilar tashishni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash to`g`risidagi nizomda:
a) 2-bandning birinchi xatboshiga "avtomobil transportida" so`zlaridan keyin "yuridik shaxslar tomonidan" so`zlari qo`shilsin;
b) 6-bandning "g" kichik bandidagi "yakka tartibdagi tadbirkorlar va" so`zlari chiqarib tashlansin;
v) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
"7. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (yuridik manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) ko`rsatilgan holda litsenziya berish to`g`risidagi ariza;
b) yuridik shaxsning davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
v) mavjud avtotransport vositalarining mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomalari to`g`risidagi ma'lumotlar, shuningdek Yo`l harakati xavfsizligi davlat xizmatining tegishli bo`linmasi tomonidan berilgan belgilangan shakldagi avtotransport vositasi texnik jihatdan soz ekanligi to`g`risida belgi qo`yilgan avtotransport vositasi texnik pasportining yoki avtotransport vositalari guruhi texnik ko`rikdan o`tkazilganligi dalolatnomasining nusxasi;
g) litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy ko`rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko`rikdan o`tkazish punktlari yoxud litsenziya talabgorining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy ko`rik va texnik ko`rikdan o`tish imkoniyati berilishi to`g`risidagi shartnomasi nusxasi mavjudligi haqidagi ma'lumotlar;
d) yuridik shaxs xodimlari kasb malakasining belgilangan talablar va shartlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
e) yuridik shaxsning yo`l harakati xavfsizligi ta'minlanishi uchun mas'ul bo`lgan mansabdor shaxslarining tegishli attestatsiyadan o`tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
j) ariza ko`rib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yig`im to`langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yo`l qo`yilmaydi";
g) 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
"9. Litsenziya talabgorining arizasi ko`rib chiqilganligi uchun o`ntagacha avtotransport vositasidan foydalanuvchi yuridik shaxslardan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining to`rt baravari miqdorida, o`nta va undan ortiq avtotransport vositalaridan foydalanuvchi yuridik shaxslardan - eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida yig`im undiriladi";
d) 10-banddagi "yoki jismoniy" so`zlari chiqarib tashlansin;
e) 20-bandda:
birinchi xatboshidagi "yuridik shaxs" so`zlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
j) 28-bandning to`rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
z) Nizomga ilovada:
Sxema nomidagi "(yuridik va jismoniy shaxslar)" so`zlari chiqarib tashlansin;
Sxemaning ikkinchi ustunidagi "yuridik shaxs va jismoniy shaxs" so`zlari chiqarib tashlansin.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
QARORI
09.03.2006 y.
№ PQ-303
hujjatning rus tilidagi
matniga qarang
AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YO`LOVCHILAR
TASHISH SOhASIDAGI TADBIRKORLIK
FAOLIYATINING ALOhIDA TURLARINI
AMALGA OSHIRISHNI TARTIBGA
SOLISH TO`G`RISIDA
Avtomobil transportida yo`lovchilar tashish faoliyatini tartibga solish, fuqarolarning hayoti, sog`lig`i va xavfsizligini ta'minlash hamda transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida:
1. Belgilansinki, avtomobil transportida yo`lovchilarni shahar, shahar atrofi, shaharlararo, xalqaro yo`nalishlarda tijorat asosida tashish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
2. Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2006 yilning 1 iyuniga qadar avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo, xalqaro yo`nalishlarda yo`lovchilar tashish faoliyatini yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirish istagini bildirgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni bosqichma-bosqich qayta ro`yxatdan o`tkazishni ta'minlasin.
Mazkur qaror qabul qilinmasdan oldin ro`yxatdan o`tgan va avtomobil transportida yo`lovchilar tashish faoliyati uchun litsenziya olgan yakka tartibdagi tadbirkorlar o`z faoliyatlarini avval olingan litsenziyaga muvofiq 2006 yilning 1 iyunigacha amalga oshirishlari ma'lumot uchun qabul qilinsin.
3. Belgilansinki, yakka tartibdagi tadbirkorlar litsenziyasining muddati o`tmagan qismiga to`g`ri keladigan davlat boji summasi ushbu tadbirkorlar tomonidan tuziladigan yuridik shaxs - yo`lovchilar tashuvchining litsenziya (litsenziya kartochkalari)ni olish vaqtida to`lanishi lozim bo`lgan davlat boji hisobiga qo`shilishi mumkin yoki belgilangan tartibda qaytarilishi kerak.
O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bilan birgalikda bir hafta muddatda avtomobil transportida yo`lovchilar tashish bilan shug`ullanishga litsenziya olishda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to`langan davlat bojini qaytarish yoki hisobga qo`shish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi avtomobil transportida yo`lovchilar tashish faoliyatini litsenziyalash to`g`risidagi nizomni tayyorlashda, litsenziya talablarida avtotransport vositalari har yili texnik ko`rikdan o`tganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish majburiyligini ko`zda tutsin.
5. Istisno tariqasida, tegishli litsenziyaga muvofiq yo`lovchilarni tijorat asosida tashishga ixtisoslashgan yuridik shaxs - korxonaga jismoniy shaxslar tomonidan sotiladigan va qo`shiladigan avtotransport vositalari uchun yuridik shaxslar Respublika yo`l fondiga majburiy yig`imlar to`lashdan 2006 yilning 1 iyuniga qadar ozod etilsin.
6. O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o`zgartish va qo`shimchalar to`g`risidagi takliflarni kiritsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoev zimmasiga yuklansin.
O`zbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov
Do'stlaringiz bilan baham: |