Tushuntirish: Tashuvchi tomonidan taklif qilinayotgan avtobuslar rusumlari bo`yicha aniqlangan ballar jamlanadi va yo`nalishning texnikaviy-foydalanish tavsifnomasiga binoan talab qilinayotgan avtobuslarning rejali soniga bo`linadi.
Masalan: Yo`nalishda 6 ta jadval (yoki 6 ta "LAZ" rusumli avtobuslar) mo`ljallanmokda. Tashuvchi tomonidan 8 ta "PAZ" avtobuslari taklif etiladi.
Ballar soni h 8 ta avtobus 4,0 ball: 6 ta jadval h 5,33. 2. Qatnayotgan transportning ishlatilish yillari:
Ishlatilish yillari
|
Qatnayotgan bitta transport uchun ballar soni
|
1 yildan 3 yilgacha
|
5,0
|
3 yildan 5 yilgacha
|
4,5
|
5 yildan 8 yilgacha
|
4,0
|
8 yildan 10 yilgacha
|
3,0
|
10 yildan ko`p
|
2,0
|
Tushuntirish: har bir transport vositasi bo`yicha aniqlangan ballar, uning ishlatilio` yillariga ko`ra jamlanadi, so`ngra tashuvchi tomonidan taklif qilinayotgan avtobuslar soniga bo`linadi.
Nizomga
5b-ILOVA
Qatnayotgan transportning umumiy sig`imi uchun
ballarning tabaqalashtirilgan shkalasi
(besh balli tizim)
Qatnayotgan transport rusumi
|
Pasport bo`yicha umumiy sig`imi
|
To`g`rilovchi koeffiitsent
|
Qatnayotgan 1 ta transport uchun ballar soni
|
Hisob-kitob namunasi
|
|
|
|
1.Texnik-foydalanish parametrlari bo`yicha bazaviy (talab qilinayotgan) daraja sifatida "LAZ-695" avtobusi tavsiya etiladi
|
62
|
1,0
|
5,0
|
2. Tashuvchi tomonidan tak-lif kilinayotgan sig`im:
|
|
|
|
1-variant:
|
110
|
1,77*
|
8,85
|
2-variant:
|
37
|
0,6
|
3,0
|
-----------------------------------
* To`g`rilovchi koeffitsiyent (ushbu namunada - "LAZ-695" avtobusi sig`imiga) taklif etilayotgan sig`imni texnik-foydalanish parametrlari bo`yicha bazaviy (talab qilinayotgan) darajaga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi.
Nizomga
5v-ILOVA
Tig`iz paytda taklif qilinayotgan qatnovlar oralig`idagi vaqt
uchun ballarning tabaqalashtirilgan shkalasi
Qatnovlar oralig`idagi vaqt
|
(daqiqa)
|
Hisoblanadigan ball Oshirish koeffitsiyenti
|
Eng yuqori ball
|
1. Texnik-foydalanish para-metrlari bo`yicha talab qilinadigan oraliq vaqt daqiqa
|
5,0
|
|
|
2. Taklif qilinayotgan oraliq vaqt daqiqa
|
|
|
|
3. Oraliq vaqtni kamaytirish uchun:
|
|
|
|
3 daqiqaga
|
5,0
|
1,05
|
5,25
|
6 daqiqaga
|
5,0
|
1,1
|
5,5
|
9 daqiqaga
|
5,0
|
1,15
|
5,75
|
12 daqiqaga
|
5,0
|
1,2
|
6,0
|
15 daqiqaga
|
5,0
|
1,5
|
7,5
|
15 daqiqadan ko`p
|
5,0
|
2,0
|
10,0
|
Tushuntirish: tifiz payt o`rtasida katnovlar oralig`idagi vaqt yo`nalishga bir marta borib-qaytish vaqtini ishlayotgan avtobuslar soniga bo`lish yo`li bilan aniqlanadi.
Hisob-kitob namunasi:
|
yo`nalishga bo`lgan talab
|
tashuvchi tomonidan taklif etiladi
|
a) tig`iz payt (10 dan 17 gacha)
|
7 soat
|
7 soat
|
b) avtobusning bir marta borib-qaytish vaqti
|
1 soat
|
1 soat
|
v)ishlayotgan avtobuslar soni
|
4
|
5
|
g) oraliq vaqt (daqiqa)
|
15 daqiqa
|
12 daqiqa
|
Oraliq vaqt 5 daqiqaga kamayganligi uchun 5,25 ball beriladi.
|
Nizomga
6-ILOVA
__________________________________________
yo`nalishlarida shahar yo`lovchilar tashish
transportida xizmat ko`rsatish yuzasidan
NAMUNAVIY KONTRAKT
Shaharda yo`lovchilar tashishni tashkil etish komissiyasining 199 yil dagi -____son qaroriga asosan ____________ shahar yo`lovchilar tashish transportini boshqarish organi nomidan ish ko`ruvchi __________, bundan keyin "Buyurtmachi" deb ataladi, bir tomon bo`lib va ______________________ автоташувчи, avtotashuvchi, bundan
(nomi)
keyin "Tashuvchi" deb ataladi, ikkinchi tomon bo`lib quyidagilar to`g`risida mazkur kontraktni tuzdilar:
1-modda. Kontraktning mavzusi
"Buyurtmachi" "Tashuvchiga mazkur kontraktda kelishib olingan shartlarda quyidagi yo`nalishlar bo`yicha yo`lovchilarni tashishni tashkil etish va uni amalga oshirishning mutlaq hukuqini beradi:
_________- yo`nalish ________________________________________
(yo`nalish nomi)
_________- yo`nalish ________________________________________
_________- yo`nalish ________________________________________
_________- yo`nalish ________________________________________
2-modda. Tomonlarning majburiyatlari
2.1. "Tashuvchi";
- mazkur toifadagi transport vositasini-boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga va unga talonga, transport vositasiga berilgan ro`yxatdan o`tkazish hujjatlariga, yo`l (yo`nalish) hujjatlariga va shaharda yo`lovchilar, tashish huquqini beruvchi ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo`lishga;
- qabul qilingan shartlarga muvofiq transport xizmati ko`rsatish uchun berilgan yo`nalishlarda mazkur kontrakt amalda bo`lishining butun muddati davomida muntazam ravishda yo`lovchilar tashishni tashkil etish va bajarishga;
- yo`lovchilarni xavf-xatarsiz tashishni ta'minlagan holda belgilangan ish tartibiga, qatnov jadvaliga, qatnov sxemasiga, ularda ko`rsatib o`tilgan to`xtash joylariga (yo`nalishli taksilar bundan mustasno) rioya etishga;
- transport vositalarining yo`nalishda muntazam ravishda qatnovini ta'minlash uchun transport vositalari yo`nalishdan chiqib ketgan vaziyatlarda avtobuslarni bir yo`nalishdan ikkinchi yo`nalishga o`tkazish. Texnik yoki boshqa sabablarga ko`ra yo`nalishdan chiqib ketgan avtobuslarni tezkorlik bilan almashtirish uchun ta zahira avtobusga ega bo`lishga;
- yo`nalishlardagi qatnov muntazamligi kamida % bo`-lishini ta'minlashga;
- yo`nalishlar sxemasini, ish tartibini, qatnov jadvalini, yo`-nalishlarda ishlash uchun rejalashtirilgan qatnov transportlari sonini o`zicha o`zgartirmaslikka;
- tenderda belgilangan shartlarga muvofik yo`lovchilar tashish tarifiga rioya qilishga majburdir. Bunda "Tashuvchi" belgilangan tarifni o`z xohishiga ko`ra kamaytirish huquqiga ega bo`ladi;
- shahar transportida yurish uchun qonun xujjatlariga muvo-fiq imtiyozlar belgilangan yo`lovchilarni, shuningdek imtiyozli yo`l kartochkalariga ega bo`lgan yo`lovchilarni bepul tashishga;
- boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi ma'lumotlari asosida yoki yo`l hujjatlariga belgi ko`yilishi yo`li bilan qat-novlarning hisobini olishga;
- yo`nalishga xizmat ko`rsatuvchi qatnov transporti birligidan kelib chiqib dispetcherlik boshqaruvi uchun G`G`G`G` miqdorida x.ak to`lashga majburdir. Ajratmalar summasi kontrakt imzolan-gandan so`ng keyingi oyning ^-kunigacha oldindan to`lanishi kerak;
- o`ziga biriktirilgan yo`nalishlarda yo`nalish va moliyaviy nazoratni ta'minlashga;
- yo`nalishlarda "Tashuvchi" ishini nazorat qilishni tashkil etish va amalga oshirish vazifasi yuklangan vakolatli davlat or-ganlari talablariga bo`ysunishga;
- bir martalik chiptalar sotish yo`li bilan yo`lkira tushumla-ri yifishni ta'minlashga majburdir. Shuni nazarda tutish kerak-ki, bir martalik chipta qat'iy hisobda turadigan hujjatdir, uning hchsob seriyasi bo`lishi kerak, chipta raqami bosmaxona usu-lida tayyorlanadi va bevosita transport vositasi salonida "Tashuvchi" tomonidan sotiladi;
- standartlar talablariga muvofik; texnik xizmat ko`rsatishni, salon tashqarisida va ichkarisida tozalash-yuvish ishlarini, qatnov transportini qatnov oldidan texnik ko`rikdan va haydovchilarni tibbiy ko`rikdan o`tkazishni ta'minlashga majburdir.
Haydovchida qatnov transportining qatnov oldidan texnik ko`rikdan va o`zining tibbiy ko`rikdan o`tganligi to`g`risidagi ma'lumotlar mavjud bo`lgan maxsus daftarcha bo`lishi kerak;
- yo`lovchilarni tashish uchun DANning ijobiy xulosasi bo`lgan, foydalanishning belgilangan talablariga muvofiq vositalar, kurilmalar, sxemalar, jadvallar va yo`nalishlar ko`rsatkichlari to`plami bilan jihozlangan va ta'minlangan katnov transportidan foydalanishga;
- har bir transport salonining ko`rinarli joyiga Yo`lovchilar tashish qoidasi, DAN, MDX (markaziy dispetcherlik xizmati), tashuvchining telefon raqamlarini, yo`l-transport hodisasi yuz bergan hollarda lyuklar, derazalar, eshiklarni tezlik bilan ochish va avtobus salonidagi oynalarni olib tashlash usullari to`g`risida ko`rgazmali ma'lumotlarni joylashtirishga;
- qatnov transportining o`z vaqtida, amaldagi talablarga muvofiq texnik ko`rikdan o`tkazilishini ta'minlashga;
- yo`lovchilarga yuksak madaniyatli xizmat ko`rsatishni ta'minlashga, ularga nisbatan qo`pol munosabatda bo`lishga yo`l qo`ymaslikka;
- yo`nalishli taksilarda yo`l harakati xavfsizligiga rioya qilgan holda yo`lovchilarni ularning talablariga ko`ra chiqarish va tushirishga;
- Shaharda yo`lovchilar tashishni tashkil etish komissiyasiga belgilangan shakllar va muddatlarda hisobot taqdim etishga, amaldagi qonun hujjatlari talablari va moliyaviy faoliyatni tartibga soluvchi normativ hujjatlarga muvofiq buxgalteriya hisobotini yuritishga majburdir.
2.2. "Buyurtmachi":
- tashishlar, qatnovlar yo`nalishlari shartlarining har qanday o`zgarishlari to`g`risida "Tashuvchivni o`z vaktida xabardor qi-lishi;
- tashishlarning samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan "Tashuvchivdan tushgan takliflarni 10 kun muddatda ko`rib chiqishi va unga yozma tarzda javob berishi;
- shahar yo`lovchilar tashish transporti ishi ustidan tushgan shikoyatlarni ko`rib chiqishi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko`rishi;
- mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda transportda yo`l kartochkalari bilan va tekin hamda imtiyozli yurish huquqidan foydalanuvchi yo`lovchilarni tashish bilan bog`liq daromadlarni qoplash masalasini hal qilishi shartdir.
3-modda. Tomonlarning huquqlari
3.1. "Tashuvchi":
- yo`nalishlar ochish, ularni o`zgartirish, tugatish, transport vositalari, jadvallarning rejadagi sonini, ish tartibini, tashishlar uchun taryflarni qayta ko`rib chiqish yuzasidan "Buyurtmachi"ga asosli takliflar kiritish;
- qatnov xavfsizligi yoki yo`lovchilar tashish talablari va shartlariga javob bermaydigan ko`cha-yo`l tarmog`idagi yo`nalishlarda yoki yo`nalishlar uchastkalarida yo`lovchilar tashishni belgilangan tartibda rad etish yoki to`xtatish;
- belgilangan tartibga muvofiq yo`l kartochkalarini sotishdan tushgan daromadlarning bir qismini olish huhuqiga egadir.
3.2. "Buyurtmachi":
-"Tashuvchining ishini nazorat qilish va uning natijalariga qarab jazo jarimalari qo`llash;
-qo`pol buzilishlar ro`y bergan hollarda mazkur kontraktni bir tomonlama tartibda bekor qilish;
- "Tashuvchi"dan kontrakt yuzasidan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishi to`g`risidagi hisobotlarning o`z vaqtida taqdim etilishini talab qilish;
- "Tashuvchining avtokorxonasi tugatilgan, shuningdek mazkur yo`nalishlarda ishlash huquki "Tashuvchi" tomonidan Shaharda yo`lovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi bilan kelishilmasdan uchinchi tomonga berilgan hollarda "Tashuvchiga zarar o`rnini to`ldirmasdan mazkur kontraktni belgilangan tartibda bekor qilish;
- shaharda avtobuslarda yo`lovchilar tashishni tashkil etish masalalari bo`yicha "Tashuvchi"ga ko`rsatmalar berish huqukiga egadir.
4-modda. Tomonlarning javobgarligi
4.1. Mazkur kontrakt shartlari bajarilmasligi yoki zarur darajada bajarilmasligining har bir holati (qatnov sxemalarini, jadvallarini, ish tartibini, qatnov muntazamligini o`zgartirish, salonlarning jihozlash standartlariga nomuvofiqligi, sanitariyaga xilof holati va transport vositalari tashqi ko`rinishining iflosligi, haydovchining qo`polligi, imtiyozli yurish huquqiga ega bo`lgan yo`lovchilarni tashishdan bosh tortish, tarifni o`zboshimchalik bilan o`zgartirish, yo`nalish ishiga yo`lovchilardan asosli shikoyatlar tushishi va boshqalar) eng kam oylik ish haqining besh baravaridan o`n baravarigacha jarima solishga olib keladi. (O`zR VM 29.05.2006 y. 98-son Qarori taxriridagi band)
4.2. "Buyurtmachi" ko`cha-yo`l tarmoqlarining ahvoli, "Tashuvchi" bilan oldindan kelishib olmay ko`chalarni yopib qo`yish tufayli yo`nalishlarda tashishlarni to`xtatish yoki cheklab qo`yish sabablarini bartaraf etish yuzasidan o`z vaqtida chora-tadbirlar ko`rilmaganligi uchun yetkazilgan zarar miqdorida javobgar bo`ladi.
5-modda. Boshqa shartlar
5.1. Kontrakt shartlari, agar faoliyat holati va shartlari xolisonillo o`zgarsa, tomonlardan istalgan birining taklifiga ko`ra qayta ko`rib chiqilishi mumkin. Taklif etilayotgan o`zgarishlar to`g`risidagi qaror tomonlardan istalgan biri tomonidan yozma holda bildirishnoma olingan vaqtdan boshlab 14 kun mobaynida qabul qilinadi.
5.2. "Tashuvchi" kontrakt shartlariga uning butun muddati davomida rioya qilgan hollarda kontrakt tender o`tkazilmasdan yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.
5.3. Kontrakt shartlari "Tashuvchi" tomonidan muntazam ravishda buzilgan hollarda "Buyurtmachi" ularni bartaraf etish muddatini belgilaydi. Buzilishlar bartaraf etilmagan taqdirda "Tashuvchi" bilan tuzilgan kontrakt bekor qilinadi, yo`nalishlar esa yangidan tenderga qo`yiladi.
5.4. "Tashuvchi" kontraktni bekor qilish to`g`risidagi qaror yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda e'tiroz bildirishi mumkin.
5.5. Tomonlardan istalgan biriga bog`liq; bo`lmagan sabablarga ko`ra mazkur kontrakt majburiyatlari ularning istalgan biri tomonidan to`la yoki qisman bajarilishi mumkin emasligi holatlari paydo bo`lganda, majburiyatlarni bajarish muddati bunday holatlar amalda bo`lishi davomidagi vaqtga to`g`rilab, lekin ko`pi bilan _____ kunga suriladi.
5.6. Tomonlarning xohishiga bog`liq bo`lmagan holda paydo bo`lgan holatlar, agar ular kontrakt tuzilgandan so`ng ro`y bergan bo`lsa, uni to`la va qisman bajarishga to`sqinlik qilsa, tomonlarni javobgarlikdan ozod qiladi.
Tabiiy ofatlar va tashuvchilarga bog`liq bo`lmagan boshqa holatlar ana shunday holatlar hisoblanadi.
5.7. Agar bunday holatlar _________ kundan ortiq davom etsa, u holda tomonlardan har biri mazkur kontrakt bo`yicha majburiyatlarni bundan keyin bajarishni rad etishga haqlidir va bunday hollarda ko`rilishi mumkin bo`lgan zararni boshqa tomon hisobiga qoplash huquqiga ega bo`lmaydi.
5.8. Kontrakt bo`yicha majburiyatlarni bajarishga imkon bermaydigan holat paydo bo`lgan tomon boshqa tomonni ushbu holatlar paydo bo`lgan kundan boshlab 5 kundan kechikmay shu sababga ko`ra o`z majburiyatlarini to`xtatishi to`g`risida xabardor qilishi kerak.
6-modda. Kontraktga ilova qilinadigan hujjatlar
6.1. Kontraktga:
- yo`nalishning texnik-foydalanish tavsifi va unga qo`yiladigan talablar (1-ilova);
- yo`nalishlar bo`yicha qatnovlar sxemasi;
- transport vositalarining yo`nalishlar bo`yicha qatnov jadvali;
-qatnovdagi transportga va "Tashuvchi"ning haydovchilariga qo`yiladigan talablar (2-ilova).
- yo`nalishli taksi sifatida ishlovchi transport vositalari oladigan yo`lovchilarning cheklangan miqdori (3-ilova) ilova qilinadi.
Yuqorida sanab o`tilgan hujjatlar kontraktga ilova qilinadigan hujjatlar majmuini tashkil etadi va uning ajralmas qismi hisoblanadi.
Kontrakt ____ yil davomida amalda bo`ladi.
Boshlanishi - 199 yil Tamom bo`lishi - 199 yil
Tomonlarning yuridik manzillari
“ Tashuvchi ” - _________________________________________________
“ Buyurtmachi ” - _______________________________________________
Kontraktga
1 ILOVA
Yo`nalishning texnik-foydalanish tavsifi va
unga qo`yiladigan talablar
№
|
Nomi
|
Birlik
|
Soni
|
11.
|
Yo`nalishning umumiy masofasi
|
km
|
|
|
borish yo`nalishida
|
km
|
|
|
qaytish yo`nalishida
|
km
|
|
22.
|
Bekatlarning umumiy soni
|
bekat
|
|
|
borish yo`nalishida
|
bekat
|
|
|
qaytish yo`nalishida
|
bekat
|
|
33.
|
Bir marta borib-qaytishga ketadigan vaqt
|
daqiqa
|
|
44.
|
Jadvallar soni:
|
|
|
|
ish kunlarida
|
|
|
|
dam olish kunlarida
|
|
|
55.
|
tig`iz soatlarda qatnov oralig`i
|
daqiqa
|
|
66.
|
Tig`iz paytlar o`rtasidagi harakat oralig`i
|
ko`pi bilan daqiqa
|
|
77.
|
Yo`nalishda ishning boshlanishi
|
soat/daqiqa
|
|
88.
|
Yo`nalishda ishning tugallanishi
|
soat/daqiqa
|
|
99.
|
Yo`nalishdagi ish tartibi
|
haftadagi kunlar
|
|
110.
|
sig`imi:
|
|
|
|
o`rindiqli joylar
|
joy
|
|
|
o`rindiksiz joylar
|
joy
|
|
111.
|
Yo`lkira tarifi
|
ko`pi bilan so`m
|
|
Kontraktga
2 ILOVA
Qatnovdagi transportga va tashuvchining haydovchi
xodimiga qo`yiladigan
TALABLAR
1.1. Yo`lovchilarni tashish uchun tashuvchi transportning quyidagi turlaridan:
-yo`nalishda rusumli, o`rindiqlari ta va umuman _______ nafar yo`lovchi sig`adigan avtobuslardan;
-yo`nalishda rusumli, o`rindiqlari ta va umuman _______ nafar yo`lovchi sig`adigan avtobuslardan;
-yo`nalishda rusumli, o`rindiqlari ____ta va umuman _______ nafar yo`lovchi sig`adigan avtobuslardan foydalaniladi; va hokazo.
1.2. Transport:
- tibbiy dori qutichalar, o`t o`chirgichlar va avariya holatida to`xtash belgilari bilan;
- avtobus ko`tarilish yoki qiya joylarda uzoq vaqt turib qolganda uning o`z-o`zidan yurib ketishidan saqlovchi vosita (boshmoq) bilan;
- oynalarni urib sindirish uchun bolg`achalar to`plami bilan jihozlangan bo`lishi kerak;
- yo`l-transport hodisasi yuz bergan taqdirda lyuklar, oynalar, eshiklarni tezda ochish, avtobus salonidagi oynalarni olib tashlash usullari to`g`risida yo`lovchilar uchun ko`rgazmali axborotlar bilan ta'minlangan bo`lishi;
- yo`nalishlarda haydovchilarning ishini nazorat qilish uchun nazorat qurilmasi - UPE bilan jihozlangan bo`lishi mumkin;
- avtobusning orqa eshigi o`ng tomonidagi old tarafida, shuningdek, orqasida yo`nalishning raqami va qisqacha tavsifi ko`rsatilgan trafaretlar bo`lishi kerak;
- tashuvchining avtobusi davlat standartlari va tayyorlovchi zavodning texnik shartlariga muvofiq, shu jumladan tutqichlar, avariya holatida salondan yo`lovchilarning chiqib ketishini ta'minlovchi vositalar, sozlangan o`rindiqlar bilan jihozlangan bo`lishi kerak;
- avtobus salonidagi ko`rinarli joyda Yo`lovchilar tashish qoidalari, DAN, Markaziy dispetcherlik xizmati, tashuvchining telefonlari, shikoyat va takliflar daftari joylanishi kerak;
- tashuvchining avtobusi toza, estetik ko`rinishga ega bo`lishi kerak;
- avtobus saloni eshiklari bemalol, hech qanday to`siqlarsiz o`z-o`zidan ochilishi, yoxud haydovchining o`tirgan joyida ko`lda (shahar va shahar atrofi avtobuslari uchun) ochiladigan bo`lishi kerak.
1.3. Tashuvchi:
- qatnayotgan transportga texnik xizmat ko`rsatilishini;
- avtobuslarning tashqarisida va salonlari ichida tozalash-yuvish ishlarini;
- transport vositalari qatnovga chiqish oldidan texnik nazoratdan va haydovchilar tibbiy ko`rikdan o`tkazilishini;
- haydovchilar tibbiy tekshiruvdan o`tkazilishini;
- yo`lga to`liq jihozlangan avtobuslar chiqarilishini;
- barcha qatnayotgan transportlar o`z vaqtida amaldagi talablarga muvofiq 1 va 2-texnik ko`rikdan o`tkazilishini ta'minlashga majburdir.
1.4. Haydovchilar:
- har bir to`xtab o`tish joyi va undan keyin keluvchi to`xtab o`tish joyi nomini, boshqa yo`nalishlarga o`tish joylarini yo`lovchilarga to`g`ri va aniq e'lon qilishga, yo`nalishlar o`zgargan taqdirda bu haqda har bir bekatda e'lon qilib borishga, yo`lovchilarga avtobus salonida o`zlarini tutish qoidalariga rioya qilish zarurligi, yo`lkira va yuk haqini o`z vaqtida to`lash to`g`risida eslatib turishga;
- yo`lovchilarni faqat yo`nalishning to`xtab o`tish joylarida avtobusga chiqarishga va undan tushirishga (yo`nalishli taksi bundan mustasno);
- yo`lovchilarga nisbatan e'tiborli va ehtiyotkor bo`lishga majburdir. Avtobus salonida yo`lovchilar o`rtasida janjal chiqkan, bezorilik harakatlari yoki boshqa noxush hodisalar (yo`lovchining salomatligi to`satdan yomonlashgan) yuz bergan taqdirda, avtobusni darhol to`xtatishga va mojaroni bartaraf etish yoki yordam ko`rsatish yuzasidan choralar ko`rishga, zarurat bo`lganda militsiyaga yoki tez tibbiy yordamga xabar berishga;
- transport vositasining tizimlarida va mexanizmlarida avtobusdan bundan keyin foydalanganda harakat xavfsizligiga xavf soluvchi ochiq-oydin texnik nosozliklar paydo bo`lgan hollarda avtobusni to`xtatishga, barcha eshiklarni, zarur bo`lganda esa avariya lyuklarini ochishga, yo`lovchilarni salondan tashqariga chiqarishga, ularni shu chiptalar bilan ushbu yo`nalishda kelayotgan boshqa avtobusga chiqarishga;
- nazorat organlari (DAN, soliq inspeksiyasi, Shaharda yo`lovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi vakillarining birinchi talabiga ko`ra barcha zarur axborotni taqdim etishga va transport vositasini ko`zdan kechirishga ruxsatnomasi bo`lgan shaxsga yordam ko`rsatishga;
- yo`lovchilar uchun hech qanday nokulailiklar tug`dirmasdan ularga chiptalar sotishga majburdir.
Kontraktga
3-ILOVA
Yo`nalishli taksilar sifatida ishlovchi transport
vositalari oladigan yo`lovchilarning cheklangan miqdori
Transport vositalari rusumi
|
O`rindiqli joylar soni
|
O`rindiqsiz joylarning cheklangan soni
|
1.
|
|
|
2.
|
|
|
3.
|
|
|
4.
|
|
|
va hokazo.
|
|
|
Низомга
7-ИЛОВА
Тендер бщйича таклифларни ба=олаш
Qatnashchilarning tender bo`yicha takliflari o`rinlarini ballarda baholash
|
Qatnashchining tartib raqami
|
1
|
2
|
3
|
va hokazo
|
1. Yo`lovchilarni tashish uchun tariflar darajasi
|
|
|
|
|
2. Yo`nalishda foydalanish uchun mo`ljallangan qatnov transporti - quyidagilar uchun o`rtacha ballar soni
|
|
|
|
|
a) rusumi (klass) b) ishlatilish yillari v) umumiy sig`imi
|
|
|
|
|
3. Tig`iz paytda avtobuslar qat-novi oralig`idagi taklif etilayotgan vaqt
|
|
|
|
|
Jami:
|
|
|
|
|
Baholashga muvofiq eng ko`p _________ ballni
_____ raqamli ishtirokchi to`pladi.
Komissiya a'zosi ___________ familiyasi, ismi, otasining ismi,
(imzo)
Nizomga
8-ILOVA
Tender bo`yicha takliflarni yakuniy baholash
(O`zR VM 29.05.2006 y. 98-son Qarori taxriridagi 8-ilova)
komissiya a'zolarining familiyasi, ismi, otasining ismi
|
1
|
2
|
3
|
va hokazo
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Jami:
Ushbu baholashga muvofiq ball to`plagan ____ raqamli
qatnashchi _______________________________________ tender g`olibi bo`ldi.
(yuridik shaxsning to`liq nomi)
Komissiya a'zolarining imzolari:
1___________________________
2__________________________
va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |