Oʻzbekiston
Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
—
Oʻzbekiston Respublikasi
hukumati; ijro
etuvchi hokimiyatning markaziy organi. Qarorgohi —
Toshkent
shahrining
Mustaqillik maydonidagi
Hukumat uyi. Vazirlar Mahkamasining huquqiy asoslari
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
20-bobida va „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida“ (
1993-yil
6-may
; yangi
tahrirda
2003-yil
29-avgust
) qonunda belgilangan. Konstitutsiyaga koʻra, Vazirlar Mahkamasi
iqtisodiyotning
, ijtimoiy va maʼnaviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, Oʻzbekiston
Respublikasi qonunlari,
Oliy Majlis
qarorlari,
Oʻzbekiston Prezidentining
farmonlari, qarorlari va
farmoyishlari ijrosini taʼminlaydi. Vazirliklar,
davlat qoʻmitalari
, idoralar hamda davlat va xoʻjalik
boshqaruvining boshqa organlari ishini muvofiqlashtiradi va yoʻnaltiradi.
Oʻzbekiston Respublkasi Vazirlar Mahakamasi
Turi
Davlat boshqaruv idorasi
Maqomi
Amalda
Ishga tushgan sanasi
1992-yil
8-yanvar
Joylashuvi
Toshkent shahri
,
Mustaqillik maydoni
, Hukumat
uyi
Hududiy hizmati
Oʻzbekiston
Bosh vazir
Abdulla Aripov
Bosh mahkamasi
Mahkama
Aʼzolari
Bosh vazir, uning oʻrinbosarlari, vazirlar, davlat
qoʻmitasi raislari
Vebsayti
gov.uz (http://gov.uz)
Til(lar)i
Oʻzbek, Rus
Hamkor tashkilotlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Vakolatlari
Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatlari doirasida:
1. iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlarni boshqaradi;
2. mulkchilikning barcha shakllarini uygʻunlashtirish va ularning tengligi, iqtisodiyotni
monopoliyalashtirishdan
chiqarish, bozor iqtisodiyotining huquqiy mexanizmini ishga solish
asosida erkin
tadbirkorlik
uchun shart-sharoitlar yaratadi;
3. xoʻjalik yuritishning yangi shakllarini barpo etishga va mustahkamlashga koʻmaklashadi;
4. Oʻzbekiston Respublikasida
pul
va
kredit
tizimini mustahkamlash chora-tadbirlarini koʻradi;
5. yagona narx siyosatini oʻtkazish, mehnatga haq toʻlash miqdorining belgilangan kafolatlarini
hamda ijtimoiy taʼminot darajasini taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga
oshiradi;
. respublika byudjetini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlantirish istiqbollarini va eng muhim dasturlarini ishlab chiqadi va ularning ijrosini tashkil
etadi, boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisidagi takliflarni ishlab chiqadi;
7. fan va texnikani rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
. fuqarolarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish, ularning mehnat qilish huquqini taʼminlash
choratadbirlarini koʻradi;
9. sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini
belgilaydi, madaniyatni rivojlantirishga koʻmaklashadi;
10. Oʻzbekiston Respublikasining davlat xavfsizligini va mudofaa qudratini oshirish, davlat
chegaralarini qoʻriqlash, jamoat tartibini saqlash tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashadi;
11. respublika va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan yirik ekologik dasturlarni amalga oshirish
borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;
12. yirik avariyalar va falokatlarning, shuningdek, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish chora-
tadbirlarini koʻradi;
13. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardagi vakilligini taʼminlaydi,
14. hukumatlararo shartnoma va bitimlar tuzadi, ularni bajarish chora-tadbirlarini koʻradi;
15. tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik sohasida rahbarlikni amalga
oshiradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining bir qator
vakolatlariga oʻzgartirishlar kiritildi
[1]
.
Vazirlar Mahkamasi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri
, uning oʻrinbosarlari, vazirlar, davlat
qoʻmitalarining raislaridan iborat.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
hukumatining boshligʻi Vazirlar
Mahkamasi tarkibiga oʻz lavozimi boʻyicha kiradi. Vazirlar Mahkamasining tarkibi
Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti
tomonidan shakllantiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri
nomzodi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy
Majlisining
palatalari tomonidan koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining aʼzolari
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan tasdiqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil
etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javob beradi, Vazirlar
Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi. Vazirlar Mahkamasi qonunchilik
tashabbusi huquqiga ega. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasi vakolatiga
kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, uning majlislarida raislik qilishga, Vazirlar
Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini hamda Bosh vazir farmoyishlarini bekor qilishga haqli. Vazirlar
Mahkamasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi oldida javobgardir. Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oddida oʻz vakolatlarini
zimmasidan soqit qiladi. Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2005-yil
14-fevraldagi
62-sonli qarori bilan tasdiqlangan
Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan. Vazirlar Mahkamasining ishi choraklik rejalariga
muvofiq olib boriladi. Vazirlar Mahkamasi majlislarida davlat boshqaruvi, xoʻjalik va ijtimoiy-madaniy
qurilishning eng muhim masalalari hal etiladi. Vazirlar Mahkamasining majlislari yilning har choragida
kamida 1-marta oʻtkaziladi. Vazirlar Mahkamasining doimiy organi sifatida Bosh vazir va uning
oʻrinbosarlaridan iborat tarkibdagi Vazirlar Mahkamasining Rayosati faoliyat koʻrsatadi. Bosh
vazirning qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi
hukumatining boshqa aʼzolari ham kiritilishi mumkin. Shoshilinch masalalarni muhokama qilish
zarurati tutilganda Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatining navbatdan tashqari majlislari
oʻtkazilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri har haftada Bosh vazir oʻrinbosari,
Axborot-tahliliy boshqarmasi boshligʻi va Apparat rahbari ishtirokida kengashlar oʻtkazadi, ularda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari bajarilishini uyushtirish masalalari, hukumat
apparatining kundalik faoliyati muhokama qilinadi. Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga
muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida barcha organlar, korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar va
farmoyishlar chiqaradi. Davlat va xoʻjalik boshqaruvining ayrim masalalari boʻyicha takliflar
tayyorlash, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, Vazirlar
Faoliyati
Mahkamasining ayrim topshiriqlarini bajarish uchun Vazirlar Mahkamasining muvaqqat komissiyalari
va boshqa ishchi organlari tuzilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarini tayyorlash, tegishli qarorlar loyihalarini, tahliliy,
axborot va boshqalar materiallarni tayyorlash, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining bajarilishini
muntazam ravishda tekshirib borish uchun Vazirlar Mahkamasi Apparati faoliyat koʻrsatadi.
Quyidagi Axborot-tahlil departamentlari Vazirlar Mahkamasi apparatining asosiy tarkibiy
boʻlinmalari hisoblanadi:
1. Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar yigʻma axborot-tahlil departamenti;
2. Agrosanoat va suv xoʻjaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamenti;
3. Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil
departamenti;
4. Yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari axborot-tahlil
departamenti;
5. Isteʼmol tovarlari va savdo kompleksi masalalari axborot-tahlil departamenti;
. Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti;
7. Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti
Vazirlar Mahkamasi apparati ishini Vazirlar Mahkamasi apparati rahbari muvofiqlashtirib boradi.
Apparat rahbari oʻz maqomi boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosariga tenglashtirilib, Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining farmoni bilan vazifasiga tayinlanadi va boʻshatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
„Xalq soʻzi“
— „Narodnoye slovo“ gazetalarining
hammuassisi (ushbu gazetalar ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi gazetalari
hisoblanadi), „Pravda Vostoka“ gazetasining muassisidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi binosi — Toshkent shahrining
Mustaqillik maydonida
(1968, meʼmori B. Mezensev va boshqa; muhandisi V. Krichevskiy va boshqalar). 7 qavatli bino
temirbeton bloklardan tiklangan, 1-qavati V shaklidagi ustunlardan iborat; tarzidagi vertikal
chiziqlar feruza rang devor yoʻllari bilan binoga ulugʻvorlik baxsh etgan.
1999-yil fevralda sodir
Apparati
Binosi
boʻlgan qoʻporuvchilik
vaqtida shikastlangan bino
2000-yilda
taʼmirlandi. Taʼmirlashda binoni
mustahkamlash, „Hukumat uyi“ talabiga mos yangi meʼmoriy yechimini hal etishga ahamiyat berildi.
Binoning yangi koʻrinishi koʻrkam, salobatli hamda vazmin: ochiq qoldirilgan 1 qavati qizil marmar
devor bilan berkitildi; asosiy kirish eshigi ustidagi tom chizigʻidan chiqib yuqoriga koʻtarilgan oyna
devorda respublika gerbi va bayrogʻi oʻrnatildi. Binoning tilla rang oynalari sirtlariga ishlatilgan
granitlar poydevor sirtidagi qoplamalar bilan uygʻun. Binoning ichki qismi ham qayta taʼmirlandi,
xonalar pardozlanib ulugʻvor koʻrinishga ega boʻldi (ganchkorlik ishlarida M. Sultonov, Mirvohid
Usmonov va boshqalar; naqqoshlik ishlarida A. Karimov va boshqalar ustalar ishtirok etgan).
Binoning ichki hovlisi piramida shaklidagi maxsus shaffof oynali tom bilan yopilib „qishki bogʻ“ tusini
olgan. Bino maydondagi boshqa inshootlar bilan uygʻunlikda majmua hosil qiladi, atrofi
koʻkalamzorlar, gulzorlar bilan soʻlim maskanga aylantirilgan.
[2]
Do'stlaringiz bilan baham: |