O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi to‘G‘risida


III. VAZIRLAR MAHKAMASINING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI, BOShQA ORGANLAR VA TAShKILOTLAR BILAN MUNOSABATLARI



Download 127 Kb.
bet9/20
Sana29.09.2021
Hajmi127 Kb.
#189053
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
Bosh vazir togrisida qonun

III. VAZIRLAR MAHKAMASINING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI, BOShQA ORGANLAR VA TAShKILOTLAR BILAN MUNOSABATLARI

8-modda. Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan munosabatlari

Oldingi tahrirga qarang.

Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy ko‘rsatkichlarini va unga kiritiladigan o‘zgartishlarni ishlab chiqadi hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi.



(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 16-apreldagi O‘RQ-367-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 16-son, 177-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etadi.



(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 16-apreldagi O‘RQ-367-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 16-son, 177-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Bosh vazir O‘zbekiston Respublikasi hukumati a’zolari bilan birgalikda har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga mo‘ljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi.



(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-martdagi O‘RQ-527-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 03/19/527/2706-son — 2019-yil 1-apreldan kuchga kiradi)

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari zarur bo‘lgan hollarda o‘z majlislarida Bosh vazirning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini qonunga muvofiq parlament so‘rovi tartibida eshitishi mumkin.



(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari Vazirlar Mahkamasi muayyan a’zosining o‘zi rahbarlik qilayotgan davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyati masalalari yuzasidan axborotini eshitishlari hamda zarur bo‘lganda uni iste’foga chiqarish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rib chiqishi uchun taklif kiritishlari mumkin.

Vazirlar Mahkamasining a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari majlislarida, palatalarning qo‘mitalari majlislarida hozir bo‘lish va axborot berishga haqli.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari tomonidan Vazirlar Mahkamasi yoki uning muayyan a’zolari faoliyatiga taalluqli masalalar qo‘yilgan taqdirda, Bosh vazir shu masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar olish va tushuntirishlar berishga haqli.

Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qo‘mitalarining O‘zbekiston Respublikasi Hukumati faoliyati masalalariga doir tavsiyalari va takliflarini ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radi. Tavsiyalar va takliflarni ko‘rib chiqish natijalari haqida hamda ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tegishli qo‘mitalariga kelishilgan muddatda ma’lum qiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida ko‘rib chiqiladigan qonun loyihalarini, boshqa hujjatlarni tayyorlash borasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi devoni tarkibiy bo‘linmalarining, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro hokimiyati organlarining yaqin hamkorligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan qonun ijodkorligi faoliyatidagi hamkorligini tashkil etish, shuningdek qonunlarning ijro etilishi ustidan Oliy Majlis palatalari tomonidan parlament nazoratini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ishtirok etishiga ko‘maklashish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili faoliyat ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakilining huquq va majburiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi.

(8-moddaning O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili lavozimini joriy etish to‘g‘risida” Qarori.

Oldingi tahrirga qarang.


Download 127 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish