O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurigadi
Ta’im sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Men huquqshunos bo‘laman
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchimiz bizni ertak o‘qishga o‘rgatgan. Shu
bois ertaklarda uchraydigan nohaqliklar, adolatsizliklar haqida ko‘p
o‘qiganman. Jamiyatda ham uchraydigan bunday holatlar haqida
eshitganlarim hamda shohidi bo‘lganlarim sabab ularni bartaraf etish
mening tinchimni o‘g‘irladi. Ulg‘aygach hind filmlaridagi advokatlarning
faoliyati mening qalbimni o‘ziga rom etdi. Yuqori sinflarda
“Konstitutsiyaviy huquq”va “Davlat va huquq” fanlari esa meni sharafli
va ayni paytda o‘ta mas’uliyatli kasb - yuristlikka bo‘lgan xohishim va
irodamni tamomila qat’iylashtirdi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, kelajakda
huquqshunos bo‘lishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim.
Albatta, yurist bo‘lish uchun faqatgina xohish va irodaning o‘zi
yetarli bo‘lmaydi. Buning uchun o‘qish, tinimsiz mehnat qilish talab
etiladi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgach, Toshkent davlat yuridik
institutning birinchi kursiga talaba sifatida qabul qilindim. Endigi navbat
o‘z oldimga qo‘ygan ezgu maqsadga erishish.
(120 so‘z)
Do'stlaringiz bilan baham: |