|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i
U.Tashkenbayevga
|
Farg’ona viloyati Marg’ilon shahri,
Mustaqillik ko’chasi 221 manzilida joylashgan “MARG’ILON AVTOMAKTAB DM” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari D.D.Muhammadjonov tomonidan
|
KAFOLAT XATI
Men, Farg’ona viloyati Marg’ilon shahar Mustaqillik ko’chasi 221 manzilida joylashgan “MARG’ILON AVTOMAKTAB DM” MCHJ rahbariman. Faoliyatimni Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi”gi nizom (keying o‘rinlarda-Nizom)ga muvofiq kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim turining «B» toifa avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kursi, 2021-yil 11 mart AVHT 1484 – raqamli litsenziya asosida boshlaganman.
Qolaversa, Nizomdagi litsenziya talablari va shartlarida belgilab qoʼyilganidek;
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonun va qonunchilik hujjatlariga majburiy rioya qilish;
Ta’limning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda bo‘lishi, ta’lim jarayonida urushni, zo‘ravonlikni targ‘ib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, mamlakatdagi xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va ma’naviy asoslariga, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risida ishonchsiz ma’lumotlar tarqatilishiga va xalqning tarixiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlari buzib ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
ilg‘or xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda, o‘qitishning innovatsion shakllari, usullari va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish asosida ta’lim sohasida faoliyat samaradorligi va natijadorligini oshirish;
ta’lim jarayonini avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar)ning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablari, avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablariga, o‘quv rejalariga va fanlarning o‘quv dasturlariga muvofiq tashkil etish;
litsenziya da’vogarida litsenziyalanayotgan faoliyatni bajarish uchun mo‘ljallangan, unga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli bo‘lgan, har biri kamida 40 m2 maydonga ega bo‘lgan va bitta hududda joylashgan ikki yoki undan ortiq auditoriyalarning mavjud bo‘lishi;
har bir auditoriyada videoproyektor yoki diagonali 50 dyuymdan kam bo‘lmagan interaktiv monitor (televizor), kompyuter, audio va videokuzatuv tizimi, yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalar, shuningdek, o‘quv jarayoni va yakuniy test sinovlarining oshkoraligini ta’minlash uchun yozib olish tizimining mavjud bo‘lishi;
o‘quv guruhlaridagi haydovchilikka nomzodlarni identifikatsiya qilish orqali, ularning kundalik ta’lim jarayonidagi ishtirokini nazorat qilish hamda yakuniy imtihonlarni nazorat qilib, ta’lim sifatini baholab borish tizimlarining mavjudligi hamda ushbu tizimlarning Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda — DYHXX) bilan integratsiya qilinganligi;
o‘quv jarayoniga o‘zlashtirishni oshirishga yo‘naltirilgan o‘qitish monitoringini olib borish va rejalashtirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish;
ta’lim jarayonining belgilangan darajadagi natijadorligiga erishish uchun ta’lim jarayonining ishtirokchilarini zarur darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar va boshqa axborot-kutubxona resurslari bilan ta’minlash;
har bir o‘qituvchini o‘quv dasturlari, turli pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo‘riqnomalarini o‘z ichiga olgan batafsil texnologik xaritalar bilan ta’minlash;
har bir ta’lim oluvchi (tinglovchi)ni butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan davlat ta’lim talablariga muvofiq uch o‘lchamli animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |