O’zbekiston respublikasi valyuta bozorini taraqqiyot istiqbollari



Download 250 Kb.
bet2/6
Sana11.01.2017
Hajmi250 Kb.
#60
1   2   3   4   5   6
Valyuta bozori – bu, xorijiy valyutalarni oldi-sottisi bilan boq’liq operatsiyalarni amalga oshirish uchun xizmat qiladigan mexanizmdir.1[1] Xorijiy valyutalarni oldi-sottisiga zarurat, odatda banklarda, xalqaro operatsiyalarni amalga oshirganda tuq’iladi: tashqi savdoda, xorijiy valyutada kreditlar berilganda, xorijiy valyutadagi zahiralarni valyuta kursini o’zgarish tavakkalchiligidan suq’urta qilganda.

Bir valyutani boshqa bir valyutaga konvertatsiya qilish zarurati, xalqaro savdo shartnomalari va kapital bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi taraflarni turli pul birliklariga ega davlatlarda yashashidan kelib chiqadi. Tabiiyki, shartnomada ishtirok etuvchi har bir taraf o’z valyutasidan foydalanishga harakat qiladi. Ammo, jahon valyuta bozorini amaliyotiga ko’ra, xalqaro savdo va kapitallar bilan shartnomalar erkin muomalada yuradigan valyutada amalga oshishi lozim. Xaqiqattan ham, valyuta (konversiya) operatsiyalarini asosiy qismi banklar tomonidan amalga oshiriladi, ularning o’zaro amalga oshiradigan operatsiyalarini hajmi nihoyatda katta.

Zamonaviy sharoitda, aloqa vositalarini tez rivojlanishi va valyuta chegaralanishlarni asta sekin olib tashlanishi natijasida, rivojlangan davlatlarda, valyuta bozori jahon miqyosida, nisbatan texnik-tashkiliy yahlitlikka ega bo’ldi. Valyuta bozorini milliy, hududiy va jahon valyuta bozorlariga ajratilishi ko’p jihatdan shartli bo’lib qoldi. Biroq, vaqtdagi farqlar, valyuta operatsiyalarini texnikasi va ularni tartibga solishdagi xususiyatlar, baúzi holatlarda, London, Nyu-York, Parij, Tokio va boshqa valyuta bozorlari haqida gap yuritish imkonini beradi. Bir mamlakat tashkilotlarini o’zaro tuzayotgan valyuta shartnomalari, valyuta chegaralanishlarni yo’qligi sharoitida, xorijiy tashkilotlar bilan tuziladigan valyuta shartnomalardan amalda farq qilmay qoladi. Konvertatsiya qilinmaydigan valyutalarga yoki qattiq valyuta chegaralanishlarga ega mamlakatlardagi ichki konversion operatsiyalar, jahon valyuta bozori jarayoniga kirmaydi. Ishlab chiqarishda inqiroz jaraqnlarini kuchayib borishi bilan valyuta bozorining ahamiyati, iqtisodni barcha ikkilamchi jaraqni singari, tobora o’sib bormoqda. Rivojlangan davlatlar iqtisodidagi zamonaviy valyuta bozorini roli, birinchi navbatda uning iqtisodiy funktsiyalari orqali namoqn bo’ladi. Valyuta bozori quyidagi asosiy funktsiyalarni bajaradi:


  • -         tovarlar, xizmatlar va kapitallar xalqaro muomalasiga xizmat ko’rsatish;

  • -         iqtisodiy, siyosiy va boshqa omillar taúsirida shakllanadigan talab va taklifni balanslash asosida valyuta kurslarini aniqlash;

- valyuta xavf-xatarlaridan himoyalanish mexanizmini taqdim etish;

- davlat tomonidan pul-kredit va iqtisodiy siyosatni оlib bоrish maqsadida valyuta bozoridan foydalanish.

Valyuta bozori rivojlanishini obúektiv tendentsiyasi uning ziddiyatliligini o’sib borishida ko’rinadi. Bir tomondan, bozor tashkiliy va texnik jihatdan takomillashib boradi, yangi ko’rinishdagi operatsiyalar yaratiladi, valyutalar savdosi ilmiy asosga qo’yiladi. Ikkinchi tomondan, bozorning barqarorsizligi uning o’zini rivojlanishi oqibatida o’sadi. Bunday qaramaqarshilik, bozorning takomillashishi, bir vaqtning o’zida, chayqovni raQbatlantirishga, valyuta kurslari tebranishidan foyda olishga va bunday kurslar tebranishlaridan iqtisodni himoya qilishga qaratilganligi bilan hal qilinadi.

Birinchi veksellar Gеnuya(Italiya) va Amstеrdam(Niderlandlar)da XII-XIII asrlarda paydo bo’lgan va hech qancha vaqt o’tmay, oltin tangalar bilan to’lovlar saqlanib qolgan bo’lsada, xalqaro to’lovlarni asosiy qismi veksellar yordamida amalga oshadigan bo’lgan.2 Buyuk Britaniyada, masalan, veksellar muomalasi tashqi savdo uchun 1379 yilda, ichki savdo uchun esa 1697 yildan qonunlashtirilgan edi.

Valyuta bozorini rivojlanishi, XIII-XIV asrlarda Frantsiya davlatini SHampanü viloyatidagi vekselü yarmarkalaridan boshlangan. Mazkur yarmarkalarda savdogarlar veksellarni turli valyutalarda oldi-sottisi bilan shuQullanganlar. Bundan so’ng, birinchi valyuta birjalari paydo bo’la boshlagan, yaúni shakllanib borayotgan yangi bozor tartibga tushib borayotgan edi. Londondagi Qirol birjasida xorijiy veksellar bilan savdo muntazam ravishda deyarli 355 yil (1566 yildan to 1920 yilgacha) davom etgan.

XVII asrda Amsterdam Genuya o’rninini egallaganidek XIX asrning boshida London va Parij, etakchi valyuta bozorlari sifatida, Amsterdamni o’rnini egalladilar. Ammo, keyinchalik valyuta bozorlari, Buyuk Britaniyani aylanib o’tib, xalqaro savdodagi hisob-kitoblarni asosiy qismi Angliyaning funt sterlinglarida ifodalangan veksellarda amalga oshirilganligi uchun Evropaning kontinental davlatlari va Amerika Qo’shma SHtatlarida tez suratlar bilan rivojlandi (XIX asrlarda Boston va Filadelüfiya orasida Londonga qarata berilgan veksellardan foydalanishga majbur bo’lingan).

XIX asrdan boshlab valyuta shartnomalari bo’yicha mablaQlarni ko’chirish uchun, vekselü va cheklardan tashqari pochta va telegrafdan foydalanilgan. Ular orqali, taaluqli hisob raqamlarni kreditlanishi yoki debetlanishi xaqida buyruq berilgan. 1866 yilda birinchi transatlantika telegrammasi uzatilgan, asrning oxiriga kelib esa, telegraf bir-biridan uzoq joylashgan davlatlar orasidagi valyuta operatsiyalarda o’ta zarur bo’lib qoldi.

Oltin standarti sharoitida valyuta bozoridagi kurslarni tebranishi unchalik sezilarli emas edi. SHu bilan birgalikda, “oltin nuqtalar” mexanizmi, tan olish kerak, valyuta kurslarini tartibga soluvchi ideal mexanizm bo’lmagan. Masalan, faqat uch mamlakat Buyuk Britaniya, AQSH va Niderlandlar 1914 yilgacha oltinni mamlakatdan erkin olib chiqilishiga va erkin olib kirilishiga ruxsat bergan edilar. Oltinni transportirovka xarajatlari arzonlashganligi sababli “oltin nuqtalar” orasidagi farq qisqardi, ammo shu bilan birgalikda, kurslarni kutilmaganda keskin tebranishi amalda kuzatildi.

1914 yildagi birinchi jahon urushi valyuta bozorini normal faoliyatini buzib yubordi: majburiyatlarni bajarilmasligi, oltin eksportini taqiqlanishi, kurslarni qatiy belgilanishi va boshqa shu kabilar kuzatildi. 1919 yilda etakchi mamlakatlar hukumatlari o’z valyutalarini qo’llashni to’xtatdi va oqibatda valyuta kurslarini nazoratsiz tebranish davri boshlandi. 1920 yillarda cheklangan shakldagi, urushdan oldingi paritetlar asosida, oltin standartiga qaytishga bo’lgan urinishlar natija bermadi. Buyuk Britaniya va Skandinaviya mamlakatlarida oltin standarti 1925 yildan to 1931 yilgacha harakat qilgan. 1936 yilda esa undan, “oltin bloki”ning so’ngi mamlakatlari, Frantsiya va SHveytsariya bosh tortdi.

1930 yillarda kurslar tebranishi kuchayib, mamlakatlarda tashqi raqobatdoshlik (valyuta dempingi) uchun kurash borasida valyutalar devalüvatsiyasi bo’lib o’tdi. Bu o’z navbatida davlatlarni himoya vositalarini qidirishga majbur etdi va 1932 yilda Buyuk Britaniyada bu maqsadda kurslar tebranish surúatini pasaytirish uchun bozor operatsiyalariga muljallangan maxsus fond tashkil etildi. Keyinchalik, shu singari barqarorlashtirish fondlari boshqa mamlakatlarda ham tashkil etildi. Masalan, AQSH va Frantsiya davlatlarida. Ikkinchi jahon urushi arafasiga kelib deyarli barcha, sanoati rivojlangan, mamlakatlar o’z iqtisodlarini himoya qilish maqsadida valyuta nazoratini kiritdilar.

Jahon urushlari orasidagi davrlarda valyuta bozori sezilarli darajada rivojlandi. Ko’pgina yangi turdagi operatsiyalar paydo bo’ldi, xavf-xatarlarni suq’urta qilishda muddatli valyuta operatsiyalaridan aktiv foydalanish amaliqti kengaydi. Endi, valyuta operatsiyalarini asosiy qismi telefon orqali amalga oshirilib, valyuta birjalari esa o’z ahamiyatini yo’qotdi. Davlatlararo mablaQlarni o’tkazishda telegrafdan foydalanish kengaydi, pochta orqali o’tkazmalar o’rnini ko’proq avia orqali o’tkazmalar egallay boshladi, valyuta bozorining operatsiyalaridagi veksellarni ulushi esa keskin qisqarib ketdi. Biroq, shu bilan birgalikda, uzoq masofalarga aloqa hali ham samarasiz edi. Bu davrlarda, London, uning ketidan Nüyu York valyuta bozorininig etakchi markazlari sifatida o’z o’rinlarini egalladilar.

1944-1946 yil Bretton-Vuds valyuta tizimining harakati davrida zamonaviy valyuta bozorining asoslari solingan edi. Mazkur valyuta tizimini muhim hususiyatli tomonlaridan biri shunda ediki, valyuta kursi valyutalarni oltinga bo’lgan paritetlari asosida yoki AQSH dollariga nisbatan qatúiy belgilanishida edi. Ayni Bretton Vuds valyuta tizimi davrida operatsiyalar hajmi tez o’sib, bozor ishtirokchilarini safi kengayib, operatsion texnika takomillashib bordi, tеlefon va teleks (keyinchalik elektron tizimi) valyuta bozorini yaxlit bir bozorga birlashtirdi. Valyuta chegaralanishlarni asta sekin qisqarishi va valyutalarni o’zaro erkin almashuvini kiritilishi, xalqaro savdoni va kapitallar migratsiyasini tez o’sishi, valyuta bozorini mavqeini muntazam ravishda oshishiga olib keldi.

So’ngi 15 yil davomida jahon bozorida erkin suzuvchi kurslar xukmron bo’lib, jahon valyuta tizimi aniq tarkibiy tuzilish va tashkiliy shaklga, hozircha, ega bo’lgani yo’q. Valyuta kurslarini, foiz stavkalarini, inflyatsiya surúatlarini, tovarlar baholarini muvozanatsizligini o’sib borishi, valyuta bozorini rivojlanishiga qattiq turtki bo’lib, uning iqtisodiy rolini oshishiga sabab bo’ldi. Valyuta bozori evolyutsiyasini tezlashishining boshqa omillari ichida, shakllanib va gurkirab kengayib borgan xalqaro ssuda kapitallari bozori (evrobozor), kredit-moliya jarayonini notartibsizligini o’sib borishi, bank texnikasi sohasida ilmiy texnik taraqqiyot kabi omillar eútiborga loyiqdir.

Jaxon bozorining asosini, valyuta cheklanishlari yo’q davlatlar tashkil etadi. Masalan, Amerika Qo’shma SHtatlari, Germaniya, ßponiya, Buyuk Britaniya, SHveytsariya, SHvetsiya, Kanada, Norvegiya, Niderlandlar, Lyuksemburg. Boshqa ko’pgina davlatlarda esa milliy valyuta konvertatsiya qilinmaydi, ochiq bozorga vakolatli banklar va davlat tashkilotlari chiqa oladi.

Valyuta bozori muomalasining aniq miqdorlari maúlum emas, chunki, undagi operatsiyalar rasmiy asosda ro’yxatga olinmaydi. Jahon valyuta bozorining sutkalik muomalasi 1995 yilda 1,2 trln. AQSH dollarini tashkil qilib, yiliga 10 fоizga o’sib bоrmоqda.3

Valyuta bozorini murakkab iqtisodiy tabiati, uning ko’p yo’nalishli tarkibiy tuzilishini aniqlab, undagi operatsiyalarni tashkil etilishi, ularni obúektlari va subúektlari bilan belgalanadi.

Valyuta bozorini banklararo, mijozlararo va birja bozorlariga, broker va to’Qridan-to’Qri, naqdli, muddatli va shu kabi bozorlarga bo’lishadi. Bularning ichida, valyuta savdosida muhim o’rinni, banklararo bozor egallaydi. U politsentrik ahamiyatga ega. Londonda, uning zimmasiga barcha banklar valyuta muomalasining 90% tuQri keladi. Bunday bozorda, operatsiyalar bevosita banklar ichidan turli aloqa vositalari yordamida amalga oshiriladi. Valyuta bozorini tashkil etilishini bunday tizimi AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada va Shveytsariya davlatlarida keng rivojlangan.

Mustaqilligimiz o’n bir yilligi nishonlangan 2002 yilda mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni izchillik bilan amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyotimizning barcha jabhalarida ijobiy o’zgarishlarga erishildi. 2002 yilda 2001 yilga nisbatan mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish hajmi 4,2 foizga, shu jumladan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,5 foizga, isteúmol tovarlari ishlab chiqarish 11,8 foizga, yalpi qishloq xo’jalik mahsuloti ishlab chiqarish esa 6,1 foizga ko’paydi.4 Asosiy eútibor mamlakat iqtisodiyoti va moliya kredit tizimini isloh qilish hamda uni yanada takomillashtirishga qaratildi.

Iqtisodiyot va moliya-kredit tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi, bozor iqtisodiyoti talablariga to’la javob bera oladigan samarali moliya-kredit tizimini shakllantirish, ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini jahon amaliyoti darajasida tashkil etish va pirovard natijada, korxonalarning ichki va xalqaro isteúmol bozorlarida raqobatbardoshligining yuqori darajasiga erishishdir.

Mustaqillik yillari davrida, bozor iqtisodiyoti sharoitida, ko’pgina korxona va tashkilotlarga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun sharoit tuq’ildi. Ular mustaqil subúektlar sifatida tashqi iqtisodiy aloqalarga kira oladigan bo’ldi. Bunday sharoitda, tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish masalalari muhim ahamiyatni kasb eta boshladi (O’zbеkistоn Rеspublikasining savdо balansi 1996-2002 yillar va O’zbеkistоnning tashqi savdо tеndеntsiyasi 1996-2002 yillar bo’yicha maъlumоtlar ilоva 1da kеltirilgan).

O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida jahonga tanilgan birinchi kunidanoq tashqi iqtisodiy aloqalarga katta eútibor berib kelmoqda. Respublikamizda subúektlar uchun tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, qo’shma korxonalarni barpo etish va iqtisodiyotimizga chet-el sarmoyalarini jalb etish uchun keng imkoniyatlar va sharoitlar yaratib qo’yilgan. O’zbekistonda xorijiy investitsiyalar bilan tashkil etilgan korxonalar va ular faoliyati xaqidagi maúlumotni quyidagi jadvaldan ko’rishimiz mumkin.

Jadval 1.

 



Download 250 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
davlat pedagogika
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
таълим вазирлиги
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
fanidan mustaqil
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti