O’zbekiston respublikasi valyuta bozorini taraqqiyot istiqbollari



Download 250 Kb.
bet6/6
Sana11.01.2017
Hajmi250 Kb.
#60
1   2   3   4   5   6
Jadval 3.

 

O’zbеkistоn Rеspublikasi valyuta bоzоrida so’mni erkin ayirboshlanadigan valyutaga nisbatan ayirbоshlash hajmi (mlrd. AQSH dоllarida) 15



Yillar

1995 (1)

1996 (2)

1997 (3)

1998 (4)

1999 (5)

2000

(6)

Valyuta birjasi

1.3

3.3

3

1.9

1.8

1.7

Birjadan tashkari valyuta bоzоri

0

0

0.6

0.3

0.3

0.3

Jami

1.3

3.3

3.6

2.2

2.1

2.0

 

 

 

 

 

 

 

 

Grafik 1. O’zbеkistоn ichki valyuta bоzоrida jami kоnvеrtatsiyalangan valyuta hajmi. (1994-2000 yillar uchun).

 

 

 

O’zbеkistоnda so’m mablaq’larini erkin muоmaladagi valyutaga kоnvеrtatsiya qilish tizimi birinchi navbatda xalq istеъmоli mahsulоtlari va ekspоrtbоp tоvarlarni ishlab chiqarish bilan shuq’ullanuvchi, iqtisоdiqtning asоsiy va еtakchi оbъеktlarin rеalizatsiya qilish bilan bоq’liq, xоrijiy invеstоrlarning fоydasining bir qismi va dividеndlarini rеpatriatsiyasi bilan shuq’ullanuvchi kоrxоnalarning (xоrijiy kapital ishtirоkidagi kоrxоnalar ham shular jumlasidan) ehtiqjini qоndirishga yo’naltirilgan.



1994-2000 yillar davоmida ishlab chiqarish kоrxоnalari tоmоnidan xоrijiy tеxnоlоgiyalarni, xоm ashq va butlоvchi qismlarni sоtib оlish maqsadida jami 4 mlrd. AQ’SH dоllari kоnvеrtatsiya qilingan. Bu esa o’z navbatida yoqilq’i va enеrgеtika kоmplеksi, оltin qazib chiqarish va avtоmоbil ishlab chiqarish, samalqtsоzlik, qurilish mоllarini ishlab chiqarish va iqtisоdiqtning bоshqa muhim yo’nalishlarida yirik invеstitsiya dasturlarini amalga оshirishga imkоniyat yaratib bеrdi va bu mamlakat ekspоrt salоhiyatini оshishiga оlib kеldi.

Faqat 1997 yilning o’zida avtоmоbilsоzlikni taъminlash maqsadida 428,7 mln. AQSH dоllari, оltin qazib chiqarish va mutallurgiya sоhasiga 147,3 mln. AQSH dоllari va nеft va gazni qayta ishlash va enеrgеtika sоxasiga 106,3 mln. AQSH dоllari sarf etilgan.

Iqtisоdiqtning ustuvоr yo’nalishlari uchun amalga оshirilgan kоnvеrtatsiya natijasi to’q’risida quyidagilarni misоl sifatida kеltirsa bo’ladi. Agar 1990 yilda Rоssiya Fеdеratsiyasi va O’zbеkistоn o’rtasida tuzilgan xukumatlararо kеlishuvga asоsan jami 1 mln. AQSH dоllarlik 600 ming tоnna paxta tоlasi evaziga nеft va nеft maxsulоtlari hamda bоshqa enеrgеtik ashqlar sоtib оlingan bo’lsa, Buxоrоdagi nеftni qayta ishlash zavоdi va bоshqa оbъеktlarni ishga tushirilishi ushbu maxsulоtlarni impоrt qilishga chеk qo’ydi va ularni ekspоrtidan tushadigan valyuta tushumlarini оshishiga оlib kеldi.

Ichki valyuta bozorini rivоjlanishi va barqarоr faоliyat ko’rsatishi, mamlakat iqtisоdi va mоliyaviy sеktоrning rivоjlanishi, milliy valyuta erkin ayirboshlanishiga bеvоsita bоQliq. Valyuta munоsabatlari bоrasida erkinlashtrish jaraqnlarini chuqurlashtirish, valyuta chеklоvlarini bеkоr qilish, milliy valyuta erkin ayirbоshlanishiga erishish uchun xukumatimiz tоmоnidan shart-sharоitlar yaratilib borilmoqda.

Respublika xukumati va Markaziy banki ko’rayotgan tadbirlarning asosiy mazmuni va mohiyati, shu yilning oxiriga qadar Xalqaro Valyuta Fondi Bitimlari moddalarining sakkizinchi moddasi bo’yicha majburiyatlar qabul qilish uchun mustahkam qonuniy negizni bunyod etishga va valyutani tartibga solish bo’yicha qonun hujjatlarini yuqorida tilga olingan Modda talablariga muvofiqlashtirishga qaratilgandir.

Xalqaro Valyuta Fondi Bitimlari Moddalari sakkizinchi moddasining talablari mohiyati shundan iboratki, mazkur Fond aúzosi bo’lgan xar bir davlat joriy xalqaro operatsiyalar bo’yicha o’z milliy valyutasining erkin konvertatsiyasini hamda ayirboshlash kurslarining unifikatsiyasini (birxillashuvi) taúminlashi lozim.

Shu munosabat bilan taúkidlash lozimki, xozir 200 dan ko’proq davlat Xalqaro Valyuta Fondining aúzosidir va shulardan faqatgina 150 davlat Xalqaro Valyuta Fondi Bitimi sakkizinchi moddasi yuzasidan o’z zimmalariga majburiyatlar olishgan.

O’tgan davr mobaynida davlatimiz milliy valyutasi “so’m”ning joriy xalqaro operatsiyalar bo’yicha konvertatsiyasini taúminlash uchun bosqichma-bosqich barcha zarur sharoitlar yaratildi. Xususan, 2002 yilda O’zbekiston hukumati bilan Xalqaro Valyuta Fondi o’rtasida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini isloh etishni, shu jumladan valyuta bozorini erkinlashtirishni nazarda tutadigan iqtisodiy va moliyaviy siyosat masalalari bo’yicha Memorandum imzolandi. Ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida mazkur Memorandumda ko’zda tutilgan barcha shartlar bajarildi.

Ana shu yo’nalishdagi chora-tadbirlarning amaldagi davomi sifatida O’zbekiston Respublikasi hukumati va Markaziy banki “Joriy xalqaro operatsiyalar bo’yicha milliy valyuta konvertatsiyasini taúminlash yuzasidan xarakat rejasi”ni ishlab chiqib, Xalqaro Valyuta Fondi rahbariyatiga taqdim etishdi.

Taúkidlash joizki, Xalqaro Valyuta Fondi rahbariyati O’zbekiston hukumatining joriy xalqaro operatsiyalarni o’tkazishda valyuta bozorini batamom erkinlashtirish to’q’risidagi qaroriga yuqori baxo berdi va mazkur tashkilоt O’zbekistonga tegishli yordam berish yuzasidan barcha ishlarni qilishga tayyorligini izhor etdi.

Joriy valyuta operatsiyalar bo’yicha milliy valyuta konvertatsiyasini taúminlash yuzasidan xarakat rejasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan:

-ichki valyuta bozorida almashtirish kurslarini unifikatsiyalash;

-korxonalar va tashkilotlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish tartibini yanada ham soddalashtirish;

-naqd chet el valyutasini sotish va xarid qilishda axoliga qulayliklar yaratish;

-tashqi iqtisodiy aloqaga oid operatsiyalarni amalga oshirish bo’yicha amaldagi tartibni yanada soddalashtirish.

Xukumat va Markaziy bank xarakat rеjasiga muvоfiq quyidagi chоra-tadbirlarni amalga оshirdilar. Xususan, O’zbеkistоn Rеspublikasi Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 11 iyunidagi “Valyuta bоzоrini yanada erkinlashtirish va ayirbоshlash kurslarini unifikatsiyalash chоra-tadbirlari to’Qrisida”gi 260-sоnli Qarоriga muvоfiq birjadan tashqari valyuta bоzоrida almashtirish kurslari unifikatsiya qilindi. SHunday qilib, naqd va naqdsiz valyuta bоzоrida chеt el valyutasini xarid qilish va sоtish оpеratsiyalari yagоna kurs bo’yicha amalga оshirilmоqda.

O’zbеkistоn Rеspublikasi Prеzidеntining 2003 yil 16 iyulida “O’zbеkistоn Rеspublikasi Prеzidеntining baъzi Farmоnlariga o’zgartirishlar kiritish to’Qrisida”gi PF-3276 sоnli Farmоni va Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 16 iyulidagi “Ichki valyuta bоzоrini yanada erkinlashtirish chоra-tadbirlari to’Qrisida”gi 317-sоnli Qarоri qabul qilindi.

Ana shu qоnunchilik hujjatlariga muvоfiq, byudjеtga to’lоvlar bo’yicha qarzi bo’lgan, shuningdеk majburiyatlardan xоli chеt el valyutasidagi mablaQlari bo’lgan xo’jalik yurituvchi subъеktlarning so’mdagi mablaQlarini ichki valyuta bоzоrida kоnvеrtatsiyalashga dоir chеklоvlar bеkоr qilindi.

Avans to’lоvlari miqdоri xususidagi chеklоvlar, amalga оshirilaqtgan avans to’lоvi summasiga chеt el bankining kafоlatini taqdim etish to’Qrisidagi talab hamda mijоzning alоxida blоk hisоbvaraQida so’m mablaQlarini zaxirada ushlab turish (bu mablaQning miqdоri impоrt qilinaqtgan tоvar kеlib tushishiga qadar amalga оshirilaqtgan avans to’lоvi summasiga barоbar bo’lishi kеrak) to’Qrisidagi talab bеkоr qilindi. SHuni taъkidlash zarurki, o’tkazilgan avans to’lоvi summasiga barоbar bo’lgan so’mdagi mablaQlarni оldindan zaxirada ushlab turish to’Qrisidagi talabning bеkоr qilinishi xo’jalik yurituvchi subъеktlarni xo’jalik faоliyatini yuritish uchun zarur bo’lgan pul mablaQlarini “muzlatib” qo’yish va muоmaladan chiqarish kabi chеklоvchi majburiyatlardan xоli qiladi.

SHuningdеk, xоm ashq, matеriallar va uskunani sоtish yuzasidan savdо-vоsitachilik faоliyatini amalga оshiraqtgan kоrxоnalar va tashkilоtlarga chеt el valyutasini xarid qilish va sоtishda ichki valyuta bоzоri оpеratsiyalarida qatnashishga ruxsat bеrildi.

SHuni taъkidlash o’rinliki, yuqоrida tilga оlingan qarоr chiqishidan ilgari mоddiy tеxnika rеsurslari impоrtini amalga оshiraqtgan ishlab chiqarish kоrxоnalari va vazirliklar hamda idоralarni markazlashtirilgan yo’sinda mоddiy-tеxnika taъminоti bilan shuQullanaqtgan kоrxоnalarga, shuningdеk, istеъmоl tоvarlari va dоri-darmоn impоrt qilaqtgan vоsitachilik kоrxоnalarigagina birjadan tashqari valyuta bоzоrining eshiklari оchib qo’yilgan edi.

Bugun esa, vakil banklarda hisоbvaraqlar оchgan, impоrt kоntraktlari tuzib, ularni bеlgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazgan barcha yuridik shaxslarga amalda so’m mablaQlarini kоnvеrtatsiya qilish imkоniyati bоr.

Naqd chеt el valyutasi bоzоri va undagi оpеratsiyalarni rivоjlantirish bo’yicha, yuqоridagiga singari, erkinlashtirish tadbirlari amalga оshirildi. Xususan, valyuta ayirbоshlash shaxоbchalari sоni bir nеcha barоbar ko’paydi. Xоzirgi kunda 1200 yaqin shahоbcha ishlab turibdi. Naqd xorijiy valyutani sotib olish tartibi ham ancha soddalashdi. Jismoniy shaxsga sotilayotgan naqd xorijiy valyuta hajmi bir necha barobar ko’paydi. Masalan shu yilning 1 avgustidan boshlab O’zbekiston Respublikasi rezidenti bo’lgan jismoniy shaxs ikki oyda bir marta 2 ming AQSH dollari miqdorida naqd chet el valyutasini sotib olishi mumkin. Ilgari naqd valyutaning shuncha miqdorini xar chorakda bir marta sotib olish mumkin bo’lur edi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 28 iyulidagi PF-3284 sonli Farmoniga muvofiq 1 avgustdan boshlab, rezidentlarga 2 ming AQSH dollariga teng bo’lgan chet el valyutasini respublikadan tashqariga erkin olib chiqib ketishga ruxsat berildi.

YUqorida nomi tilga olingan xarakat rejasining ikkinchi bosqichida quyidagi chora-tadbirlarni ko’rish mo’ljallanmoqda. Xususan, bir qancha muxim masalalar yuzasidan xukumat qarorlarini qabul qilish mo’ljallangan. Bular orasida quyidagilar bor:

-chet el valyutasini sotib olish bobida biror-bir qiyinchilik paydo bo’lishining oldini olish uchun shu yil sentyabr oyi oxiriga qadar, import kontraktlarini barvaqt ro’yxatdan o’tkazish o’rniga bojxona monitoringi tizimi joriy jtiladi.

Buning mohiyati shundaki, tashqi iqtisodiy aloqalar agentligida xo’jalik xisobi asosida faoliyat yuritayotgan xo’jalik subúektlari uchun import kontraktini oldindan ro’yxatdan o’tkazish to’q’risidagi talab bekor qilinadi. SHuningdek, yashirin yo’l bilan olingan foyda va sarmoyani q’ayriqonuniy tarzda olib chiqib ketish ustidan monitoringni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar tayyorlanmoqda. Bundan tashqari, “Valyutani tartibga solish to’q’risida”gi Qonun loyixasining yangi tahriri tayyorlanmoqda. Ana shu yangi qonunda O’zbekistondagi valyutani tartibga solish tizimi Xalqaro Valyuta Fondining Bitimlari, Moddalarida ko’zda tutilgan majburiyatlarga muvofiqlashtiriladi.

Umuman, ko’rilayotgan chora-tadbirlardan quyidagi natijalar kutilmoqda:

-ichki valyuta bozorida qatnashayotgan barcha xo’jalik yurituvchi subúektlarga teng shart-sharoitlar yaratiladi. Ishlab chiqarish bilan mashq’ul bo’lgan korxonalarning faolligi ortadi;

-valyuta bozorini rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar eksport hajmining o’sishiga olib keladi;

-axolining naqd chet el valyutasiga ehtiyoji qondiriladi;

-xalqaro moliya muassasalarining mamlakatimizga qiziqishi ortadi, bu esa ana shu tashkilotlar tomonidan ko’rsatilayotgan moliyaviy yordamning jadallashuviga olib kelishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasidagi valyuta munosabatlarini takomillashtirish, valyuta bozori va undagi mavjud valyuta operatsiyalarini, yuqorida zikr etilgan tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida, yanada rivojlanishi bu borada xozirgi kunda mavjud bir qator muammolar va ularni xal etilishi bilan boq’liqdir.

Ushbu muammolardan birinchisi, respublikada valyuta bozori shakllari rivojlanmaganligida. Xozirgi kunda valyuta amaliyotida faqat Respublika Valyuta Birjasi va Birjadan tashqari bozorlar mavjud. Valyuta birjasi faoliyati va milliy valyuta “so’m” kursini shakllanishiga tijorat banklari sezilarli taúsir eta olmaydilar, chunki birjadagi savdolarning asosiy ishtirokchisi Markaziy bank bo’lib, u savdoni nazoratini olib boradi va valyuta kursini belgilaydi.

Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini o’rgangan xolda biz shunday xulosaga keldikki, ushbu bozor birja bozoriga nisbatan bir muncha qulayliklarga ega. ßúni:

-birjadan tashqari bozorda valyutani ayirboshlash operatsiyalari vakolatli bank uchun tekinga amalga oshiriladi, birjadagi savdo ishtirokchilaridan esa, sotilgan valyuta mablaq’lari yoki milliy valyuta summasining xajmiga boq’liq bo’lgan, vositachilik xaqi olinadi;

-hisob-kitoblarning nisbatan kattaroq tezligi. ×unki, birjadan tashqari bozor to’la operatsion kun mobaynida operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beradi. Birjadagi ish kuni esa vaqt jixatidan nisbatan cheklangan.

Ushbulardan kelib chiqqan xolda, O’zbekiston Respublikasida valyuta to’lovlarni hamda jalb etilayotgan va joylashtirilayotgan vaqtincha bo’sh valyuta mablaq’lari va xorijiy kapital muomalasini tezlashtirish imkonini beradigan banklar aro valyuta bozorini yanada rivojlantirish uchun sharoit yaratish zarur.

Ikiinchi muammo, respublika ichkarisida xali ham valyutaning qora bozorini mavjudligida. Qora bozor faoliyati noqonuniy bo’lib, uning asosiy ishtirokchilari jismoniy shaxslardir. Ushbu bozorni mavjudligiga asosiy sabab, bu birjadan tashqari bozorning valyuta kursi va qora bozor valyuta kursi orasidan sezilarli farqdir. Mazkur kurslar farqlarini bartaraf etish uchun xukumat va Markaziy bank xorijiy valyutaga bo’lgan talabni bozor tamoyillariga asoslangan xolda qondiradigan mexanizmni shakllantirishi va ushbu mexanizm faoliyatini erkin amalga oshishi uchun sharoitlar yaratib berishi darkor.

Valyutaning birjadan tashqari va «qоra bоzоr» kursi o’rtasidagi farq katta bo’lganda hamda turli valyuta kurslari rеjimi sharоitida valyuta zaxiralarini оqilоna bo’lmagan ravishda taqsimlanishiga оlib kеladi.

Iqtisоdiqtning industrial sеktоrini rivоjlantirish o’rniga valyuta mablaq’lari valyutani kоnvеrtatsiya qilishga to’q’ridan to’q’ri imkоniyatiga ega savdо bilan shuq’ullanuvchilar, xоrijiy kоmpaniyalar, ahоlining bоy qatlami qo’lida to’planadi. Bu jaraqnda davlat byudjеti, qishlоq xo’jaligi va ahоlining asоsiy qismi talоfat ko’radi.

Uchinchi muammo, naqd valyuta muomalasi, yaúni valyuta ayirboshlash shahobchalari operatsiyalarini soddalashtirish va ko’lamini kengaytirishdir. Xozirgi kunda valyuta ayirboshlash shaxobchalarida faqat xorijiy valyutalarni sotib olish va sotish operatsiyalari amalga oshiriladi. Rivojlangan davlatlar amaliyotida esa valyuta ayirboshlash shaxobchalari, vositachilik xaqi evaziga, muomalaga yaroqsiz bo’lib qolgan erkin muomalada yuradigan valyuta yaroqlisiga almashtiriladi hamda ushbu nosavdo operatsiyalar bankka sezilarli daromad keltiradi. Xorijiy banklar ayirboshlash shahobchalarining zikr etilgan operatsiyalari turlarini O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari valyuta ayirboshlash shaxobchalari amaliyotiga tadbiq etish nafaqat banklarga qo’shimcha daromad, balki naqd valyutaning ichki bozorini rivojlantirish imkonini beradi.

To’rtinchi muammo, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta zaxiralarini shakllantirish bilan boq’liq. Maúlumki ushbu zaxirani to’latishning muxim manbasi, bu xo’jalik yurituvchi subúektlar tashqi iqtisodiy faoliyati natijasida olgan xorijiy valyutadagi tushumdan majburiy sotuv shaklida to’laydigan to’lovidir. Ushbu to’lovning xajmi esa bevosita xorijiy valyutadagi tushum xajmiga boq’liqdir. Demak respublikadagi xorijiy valyuta zaxiralarini to’latish va uning xajmini kengaytirish uchun xo’jalik yurituvchi subúektlarning eksportga yo’naltirilgan faoliyatini rivojlantirish va respublikaga xorijiy investitsiyalarni keng oqib kelishi, ularning zaminida qo’shma korxonalar barpo etilishiga shart-sharoitlar yaratib berish lozim. SHunday sharoitlardan biri, bizning fikrimizcha, tadbirkorlikning erkin iqtisodiy xududlari bo’lishi mumkin.

Beshinchi muammo, albatta yuqorida bayon etilgan barcha muammolar bilan bevosita boq’liq bo’lgan milliy pul birligi “so’m”ni boshqa xorijiy valyutalarga erkin ayirboshlanish muammosidir. Albatta, milliy valyutani erkin ayirboshlanish muammosini xal etilishi mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib bergan bo’lur edi. Ammo, ushbu masalani bir zumda xal etib bo’lmaydi. Xukumatimiz tomonidan valyuta cheklovlarini bosqichma-bosqich bekor qilib borilishi, ushbu muammoni xal etishni yagona to’q’ri yo’li deb atasak ham bo’ladi. SHubhasiz, ichki valyuta bоzоrini va iqtisоdiqtning barcha tashqi alоqalarini rivоjlanishiga milliy valyutani kоnvеrtatsiya bo’lmasligi to’sqinlik qilmоqda. Iqtisоdiqtni qayta qurishni bоshlanq’ich davridan bоshlab faоliyat ko’rsataqtgan mavjud mеxanizm iqtisоdiy indikatоrlar va mablaQlar xarakatini bo’q’ilishi sababli ayni vaqtda оqsоqlanmоqda va o’zida valyuta zaxiralarini qayta taqsimlashning bоzоr munоsabatlariga to’q’ri kеlmaydigan ko’rinishini aks ettirmоqda. Lеkin ushbu muammо ancha murakkab bo’lib, iqtisоdiy tizimning tarkibiy tuzilishini o’zgartirish va tashqi iqtisоdiy faоliyatni kеngaytirish bilan bоq’liq bo’lgan bir qatоr chоra tadbirlarni amalga оshirishni talab etadi. Jоriy оpеratsiyalar bo’yicha kоnvеrtatsiyaga bоsqichma bоsqich o’tish xo’jalik subъеktlari uchun tеng sharоit yaratib bеrishi va ekspоrtеrlar manfaatini ko’zlashi zarur. Ushbu muammоni kеlgusida hal etishning yana bir vоsitasi bu rеspublikada banklararо valyuta bоzоrini rivоjlantirishdir va bu yo’nalish valyuta bоzоrini erkinlashtirishning asоsiy bo’q’inlaridan biri bo’lib qоladi.

Oltinchi muammo, respublikamiz ichki bozorida forvard, füyuchers, optsion, svop valyuta operatsiyalari va ularning taaluqli bozorlarini rivojlanmaganligidir. Ushbu operatsiyalarning rivojlanmaganligiga yuqorida barcha ko’rsatib o’tilgan mamlakatimiz ichki valyuta bozorida mavjud muammolar sabab bo’la oladi. O’z navbatida ularni xal etib borilishi bilan ushbu valyuta operatsiyalari turlari va bozorlarining rivoji uchun sharoit tuq’iladi.

Bir qatоr mamlakatlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki milliy valyutani erkin ayirbоshlanishiga ular iqtisоdiy rivоjlanishning hamda bоzоr iqtisоdiqtiga o’tishning qaysidir bоsqichida erishganlar. Bunday maqsadga erishish tоvar ishlab chiqarishning, mеhnat samaradоrligini, milliy maxsulоtlarning sifatini, ekspоrt salоhiyatini оshirishning yanada tubdan yaxshilanishini talab etadi. Misоl tariqasida shuni aytish lоzimki xattо jadal ravishda rivоjlanib kеlaqtgan Ispaniya, Pоrtugaliya, Grеtsiya, Isrоil, Janubiy Kоrеya, Tailand kabi davlatlar milliy valyuta kоnvеrtatsiyasini taъminlashga tеgishli XVFning VIII mоddasiga faqat 90-yillarga kеlibgina imzо qo’yganlar.

YAna shuni aytib o’tish jоizki, Rоssiya va Qоzоq’istоnda o’tish jaraqni mоbaynida vaqtidan оldin valyuta tizimini erkinlashtirish va tashqi savdо aylanmasini tartibga sоlish iqtisоdiqtni barqarоr rivоjlanishiga оlib kеlmadi va natijada xalq xo’jaligining muhim оbъеktlari xоrijiy invеstоrlar tоmоnidan arzоn narxda sоtib оlindi hamda yirik miqdоrdagi valyuta mablaq’larini xоrijiy davlatlarga оqib kеtishi vujudga kеldi.

Ettinchi muammo, Rеspublikaning yana bir jiddiy makrоiqtisоdiy muammоlaridan biri bu uning tashqi savdо balansining hоlatidir. Bu еrda bir fikrni aytib o’tish jоizki O’zbеkistоn paxta, оltin va bоshqa rangli mеtallar ko’rinishidagi ekspоrt salоhiyatiga ega bo’lib ushbu bоzоrlarda jahоn kоnьyukturasini barqarоr halati mavjud bo’lganda o’zining savdо balansida ijоbiy salьdоni hamda kеrakli оltin va valyuta zaxiralarini shakllantirish bo’yicha katta imkоniyatlarga ega.

Bir vaqtning o’zida bu еrda bir qatоr jiddiy chеklanishlar ham mavjud. Birinchidan, bu paxta, оltin va mis kabi ekspоrt maxsulоtlarini dоimiy ravishda ishlab chiqarishni ko’paytirishni ilоjisi bo’lmasligidadir. Ikkinchidan, ushbu maxsulоtlarning ekspоrt qilinishining qiymat xajmi jahоn bоzоridagi narxlarning o’zgarishiga bоq’liqligidir va shu sababli ularning narxi uzоq vaqt mоbaynida barqarоr bo’lmasligi mumkin. Uchinchidan, iqtisоdiqtning yuqоri surъatlarda o’sishi impоrt xajmini (xоm-ashq, butlоvchi qismlar va matеriallar) оrtishini talab etadi, bu esa o’z navbatida ekspоrt xajmini kеskin ravishda o’stirishni taqazо etadi.

Bu еrda qarama-qarshilik shundan ibоratki impоrt bo’yicha chеklоvlar mavjud bo’lganda yuqоri iqtisоdiy o’sish surъatlariga erishish juda ham qiyin. Birоq, impоrtni o’sish surъatlari ekspоrtdan оrtib kеtishi to’lоv balansi kamоmadini kеltirib chiqaradi va mamlakatning makrоiqtisоdiy hоlatini qmоnlashuviga оlib kеladi. Bunday hоlat, оqibatda haqiqatda kеrak bo’lgan invеstitsiоn dasturlarni mоliyalashtirishni qiyinlashtiradi va iqtisоdiy o’sish bo’yicha bir qatоr mummоlarni kеltirib chiqaradi.

Muammоlarni turli xil bo’lishi va ularni xal qilish yo’llarini izlash, valyutani birjadan tashqari kursini dеvalvatsiya qilish, valyuta kurslarini ko’p xilligini bartaraf etish, jixоzlar, butlоvchi qismlar va xоm ashqni xarid qiluvchi kоrxоnalarni hamda ahvоlini ancha qiyin axvоlga sоlib qo’yishi aqn. Bu jaraqn o’rta va uzоq muddatli davrda amalga оshishi kutilaqtgan qayta qurish surъatlarini va iqtisоdiy o’sishni sеkinlashtirib qo’yadi.

Rеspublikadagi valyuta bоzоrining makrоiqtisоdiy muammоlarini xal etish, valyuta оpеratsiyalarini amalga оshirishni kеngaytirishning asоsi sifatida xizmat qiluvchi banklar va rеal sеktоr kоrxоnalarining valyuta mablaq’larini ko’paytirish milliy valyuta bоzоrida ushbu kоrxоna va banklar faоliyat ko’rsatishini yanada yangi pоq’оnaga qki darajaga оlib chiqadi. Ushbu yangi daraja ularga quyidagilarni taъminlaydi:

-xalqarо to’lоvlarni amalga оshirishda va ekspоrt-impоrt оpеratsiyalari bo’yicha rеal sеktоr kоrxоnalariga o’z vaqtida xizmat ko’rsatish;

-valyuta va krеdit tavakkalchiliklarini boshqarish;

-valyuta, krеdit, mоliya bоzоrlarida kapitalni erkin оqishi va muоmalada bo’lish;

-banklar, kоrxоnalar va davlatning valyuta zaxiralarini divеrsifikatsiyalash;

-valyuta kurslarini mutanоsib bоshqarilishi va muvоfiqlashtirilishi;

-artbitraj fоydasini ko’rish;

-bоzоr kanallari оrqali davlat tоmоnidan iqtisоdiqtni bоshqarish maqsadida muqоbil valyuta siqsatini o’tkazish.

 

O’zbekiston Respublikasida valyuta bozori va valyuta operatsiyalarini rivojlantirish hamda ularni takomillashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirishni taklif etamiz:



1.Birjadan tashqari valyuta bozorini, ayniqsa banklararo valyuta bozorini yanada rivojlanishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish. ßúni, banklararo bozor faoliyatini tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi qonun qoidalarni qabul qilish, ushbu bozor faoliyatini taúminlovchi moliyaviy vositachilar va erkin muhit hamda moliyaviy maúlumotlar yoki axborotlar ochiq-oydinligini taúminlash.

2.”Qora bozor”ni yo’q qilish va valyuta kursini Markaziy bank tomonidan nazorat etilishi hamda muvofiqlashtirilishini taúminlash uchun birinchidan, naqd xorijiy valyuta muomalasi borasida mavjud valyuta cheklovlarini bekor qilish, ikkinchidan, valyuta birjasi savdo jarayonida ishtirok etuvchi subúektlar va operatsiyalar ko’lamiga bo’lgan cheklovlar bekor qilinishi lozim. ßúni, Markaziy bank va tijorat banklari valyuta resurslari yordamida valyuta ayirboshlash shahobchalari orqali jismoniy shaxslarning naqd valyutaga bo’lgan talabini qondirish va ushbu orqali naqdli valyuta kursini nazorat qilish va muvofiqlashtirish. Valyuta birjasida bo’ladigan savdo sessiyalarida xorijiy valyutaga bo’lgan talab va taklif tendentsiyalarini hisobga olgan holda valyuta zahiralari hisobiga interventsiya instrumentidan foydalangan holda davlatning iqtisodiy siyosatiga muvofiq valyuta kursiga taúsir etish va uni muvofiqlashtirish jarayonlarini o’z nazoratiga olish.

3.Naqd valyuta muomalasi, yaúni valyuta ayirboshlash shahobchalari operatsiyalarini soddalashtirish va ko’lamini kengaytirish uchun shahоbchalarning sоtuv va sоtib оluv оprеatsiyalariga mavjud barcha chеklоvlar va sоtuvchi hamda sоtib оluvchilarni maxsus ro’yxatga оlish tartibini bеkоr qilish zarur. Bundan tashqari, valyuta shahоbchalari nafaqat valyutalarni оldi-sоttisi, balki muоmala uchun yarоqsiz bo’lib qоlgan kupyuralarni yarоqlilariga almashtirish оpеratsiyalari bilan shuQullanishi lоzimligini maqsadga muvоfiq dеb xisоblaymiz.

4.O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta zahiralarini kеngaytirish uchun xo’jalik yurituvchi subъеktlarning tashqi iqtisоdiy faоliyatini yanada rivоjlantirish va ularni xоrijiy valyutada tushumlar оlishini yanada kеngaytirishga manfaatdоrligini kuchaytish maqsadida ushbu valyuta tushumlaridan tоvar turlariga muvоfiq amalga оshiriladigan majburiy sоtuv mеъqrlarini pasaytirish zarur.

5.SHu bilan birgalikda, rеspublikaga xоrijiy invеstitsiyalarni kеng ko’lamda jalb etish, rеspublika milliy iqtisоdini ko’tarish va qo’shma kоrxоnalar barpo etilishini jadallashtirish maqsadida mamlakatimiz hududlarida tadbirkorlikning erkin iqtisodiy hududlarini tashkil etish lоzim.

6.Milliy valyuta “so’m”ni xorijiy valyutalarga erkin ayirboshlanish muammosini xal etish uchun, valyuta munosabatlari va operatsiyalari borasida hukumatimiz tomonidan bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalangan erkinlashtirish jarayonlarini amalga oshirilishi natijasida 2003 yilning oxiriga barcha valyuta cheklovlarini bekor qilinishiga erishish kerak. O’z navbatida ushbu muammoni xal etib borilishi bilan mamlakatda valyuta operatsiyalarining turlari va bozorlarini rivoji uchun yanada kengroq sharoit tuq’iladi.

7.Rеspublika makrоiqtisоdiy muammоlaridan biri bo’lmish tashqi savdо balansi hоlatini yaxshilash uchun eksport faoliyati mavjud yoki ichki bozor uchun eksport mahsuloti o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqaruvchi xo’jalik yurituvchi subúektlarga, faoliyatning ushbu turlarini yanada rivojlantirishga raq’batlantiruvchi imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish lozim. Zikr etilgan imtiyozlar soliqlardan va valyuta tushumidan amalga oshiriladigan majburiy sotuvni butunlay bekor qilinishidan iborat bo’lishi mumkin.

8.YUqorida bayon etilganlardan tashqari pul-kredit munosabatlarining zamonaviy infratuzilmasi rivoji uchun sharoitlar yaratib berish lozim (mustaqil bank tashkilotlari, dilerlik idoralari, qimmatli qoq’ozlarning ikkilamchi bozori va boshqalar).

9.Tashqi iqtisodiy va moliyaviy faoliyatga bo’lgan davlat sirini bekor qilish, to’lov va savdo balanslari, oltin-valyuta zaxiralari to’q’risidagi yillik maúlumotlarni va xalqaro standartlarga muvofiq boshqa maúlumotlarni matbuotda chop etish.

10.Valyuta tavakkalchiliklarini bartaraf etish yoki ularni samarali boshqarish, risklarni kamaytirish uchun tijorat banklarida muddatli valyuta operatsiyalari turlarini (forvard, füyuchers, optsion) rivojlantirish zarur.

 

 

 



 

 

 



 

 

Xulosa

 

Davlatimiz mustaqilligining dastlabki yillarida milliy valyutamizning joriy operatsiyalar bo’yicha ayirboshlanishini amalga oshirish uchun respublikamizda zarur shart-sharoit mavjud emas edi. O’tgan o’n ikki yil davomida esa aynan shu shart-sharoitni yaratishga alohida eútibor qaratildi.



Respublikamiz hukumati o’sha davrdayoq mamlakat iqtisodiyotini jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiyalashuvini taúminlashni o’z oldiga muhim vazifalardan biri sifatida qo’ydi. Bunda asosiy eútibor murakkab iqtisodiy vaziyat yuzaga kelgan bir sharoitda aholini ijtimoiy muhofaza qilishni ko’zda tutgan holda iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratildi. Bu xarakatlar birinchi navbatda iqtisodiyotning ichki imkoniyatlari va dunyo bozori konúyunkturasini hisobga olib, mamlakatimizning jahon mehnat taqsimotida o’ziga xos mavqeni egallashiga yo’naltirildi.

Jahon tajribasidan malumki, ko’pgina mamlakatlar bozor munosabatlari maúlum darajada shakllanib, iqtisodiyotning rivojlanishi muayyan bosqichga etganidagini milliy valyuta konvertatsiyasiga erishishgan. Ushbu davlatlarda amalga oshirilgan barcha islohotlar asosida, shu jumladan, tashqi iqtisodiy aloqalarda ham o’z mamlakati manfaatlari ko’zda tutilgan. Agarda ulardagi islohotlar jarayoni hamda XVF Nizomining 8-moddasini qabul qilish vaqtiga eútibor qaratsak, ushbu fikrimiz yana bir bor o’z tasdiq’ini topadi.

Rivojlangan mamlakatlar tajribasi va o’tkazilgan tahlillarga suyangan holda, O’zbekiston hukumati va Markaziy bank o’z imkoniyatlarimizni puxta chamalab, milliy valyuta konvertatsiyasiga boshichma-bosqich o’tish siyosatini olib bordi.

Xukumatimiz tomonidan olib borilgan oqilona valyuta siyosati natijasida ko’plab investitsion loyihalar amalga oshirildi. Bu borada, ayniqsa, xorijiy kredit yo’nalishlarini o’zlashtirish asosida xususiy sektorda amalga oshirilayotgan loyihalarning o’rni salmoqli bo’lmoqda. Pirovardida mustaqillik yillarida respublikamizda meva va sabzavotni qayta ishlash, go’sht va sut maxsulotlari, sariyoq’, pishloq, yogurt, qandolatchilik, non va non maxsulotlari, shuningdek, dori-darmon ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ko’plab korxonalar tashkil etildi.

Bugun O’zbekiston jahon iqtisodiy hamjamityaiga bazaviy tarmoqlari muayyan darajada taraqqiy etgan, import o’rnini bosadigan va eksportga yo’naltirilgan sohalari rivojlangan kuchli iqtisodiyot bilan kirib bormoqda.

O’zbekistonda XVF Nizomining 8-moddasini imzolash, yaúni joriy xalqaro operatsiyalar bo’yicha so’mning erkin konvertatsiyasini joriy etish uchun real iqtisodiy asos yaratilganmi, degan savolga to’la ishonch bilan “xa” deb javob berish mumkin. ×unki xozirda, mamlakatimizda so’mning erkin ayirboshlanishiga o’tish jarayonining uzviyligini taúminlash hamda bu boradagi majburiyatlarni samarali bajarish imkonini beruvchi mustahkam poydevor yaratildi.

Respublikamizda islohotlarning keyingi bosqichidagi vazifalarga mos ravishda valyuta siyosati ham takomillashtirib borilmoqda.

Xozirgi bosqichda ichki valyuta bozorini yanada erkinlashtirish hamda milliy valyutamizning joriy xalqaro operatsiyalar bo’yicha erkin konvertatsiyasini joriy etishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga, valyuta siyosatini erkinlashtirish iqtisodiyotning eksportga yo’naltirilgan tarmoqlarini raq’batlantirishda muxim turtki bo’ladi. Bu esa o’z navbatida, iqtisodiyotning anúanaviy va yangi tarmoqlarida markazlashmagan eksport hajmining oshishiga, kichik va o’rta byuiznes korxonalarining tashqi bozordagi faoliyati jadallashuviga hamda xalqaro bozor konúyunkturasiga moslashib borishiga va oxir-oqibat ularning mamlakat ßIMdagi salmoq’ining ortishiga olib keladi.

SHuningdek, valyuta bozorining erkinlashtirilishi banklarning moliyaviy vositachilik rolini oshirish, ularning depozit va investitsiya faoliyatini jadallashtirish, korxonalar o’rtasidagi to’lovlarni tezlashtirish hamda iqtisodiyotdagi o’zaro qarzdorlikni kamaytirishga ijobiy taúsir qiladi.

Bundan tashqari, so’mning almashuv kursini barqaror ravishda saqlab turilishi respublikamizning valyuta, pul va moliya bozorlarini mustaxkamlaydi, inflyatsion jarayonlarni hamda valyuta kursi bilan boq’liq xavf-xatarni kamaytiradi, xo’jalik yurituvchi subúektlarning buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarini yuritish, soliqlar, bojxona hamda boshqa to’lovlarni amalga oshirish jarayonini engillashtiradi.

Shuni ham alohida taúkidlab o’tish joizki, valyuta rejimining erkinlashtirilishi nafaqat xo’jalik yurituvchi subúektlarga, balki aholi uchun ham xorijiy valyutalarga bo’lgan ehtiyojlarini yanada to’laroq qondirishga keng imkoniyatlar ochib beradi.

Nihoyat milliy ishlab chiqaruvchilar, xususan, xalq istemoli mollari, oziq-ovqat va engil sanoat korxonalarining yanada samarali faoliyat ko’rsatishi uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi. Bunday korxonalarda ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan va xorijdan keltiriladigan xomashyo hamda ehtiyot qismlarni import qilish uchun valyuta mablaq’larini erkin sotib olish imkoniyati yanada kengayadi. Bu esa ichki bozorni o’zimizda ishlab chiqariladigan sifatli isteúmol mahsulotlari bilan to’ldirishga olib keladi.

Bir so’z bilan aytganda, valyuta rejimining erkinlashtirilishi O’zbekistonning xalqaro iqtisodiy hamjamiyatdagi nufuzini yanada oshirish, mamlakatimizdagi investitsion muhitni yaxshilash, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni raq’batlantirish, iqtisodiyotimizning eksport salohiyatini oshirish hamda maxalliy ishlab chiqaruvchilarni raq’batlantirish orqali iqtisodiyotimizga salmoqli ijobiy taúsir ko’rsatadi.




1


2


3


4


5


6


7


8


9


1


1


1


1


1


1



Download 250 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
davlat pedagogika
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
таълим вазирлиги
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
fanidan mustaqil
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti