Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar
agentligi rahbarining
BAYONOTI
Barcha ommaviy axborot vositalariga!
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yurtimizda so‘z va matbuot erkinliğini ta’minlash borasidagi islohotlar davom etmoqda.
O‘zbekiston haqqoniy, xolis, xalqaro jumalistik etika asosida ish olib boradigan har qanday xorijiy ommaviy axborot vositalariga ishlash uchun zarur sharoit yaratib, ulami har tomonlama qo‘ llab-quvvatlaydi.
Ishlash prinsipidan, ular ilgari surayotgan masalalar bizning qarashlarimizni aks ettirishi yoki zidligidan qat’i nazar, betaraf va adolatli jumalistika uchun erkin maydon yaratishga tayyormiz.
Komil Allamjonov
3-ilova
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti va
Qozog‘iston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi
A.Boytursunov nomidagi Tilshunoslik instituti o‘rtasida
ilmiy hamkorlik bo‘yicha tuzilgan
MEMORANDUM
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ilm-fan hamkorligini yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti va Tilshunoslik instituti quyidagilar haqida o‘zaro kelishdilar:
modda. Tilshunoslik sohasida har ikkala tomon manfaatdor bo‘lgan dolzarb masalalalar bo‘yicha qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borilishini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish.
modda. Ilmiy dastur, loyihalar bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish, zarurat tug‘ilganda, muvaqqat ijodiy jamoalar tuzish.
modda. Tilshunoslikning dolzarb masalalari bo‘yicha xalqaro ilmiy kongress, anjuman, simpozium, seminar, uchrashuvlar o‘tkazish.
modda. Tilshunoslik bo‘yicha hamkorlikda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini nashr etish.
modda. Monografiya, ilmiy to‘plam, ilmiy maqola va boshqa ilmiy-tadqiqot qo‘lyozmalariga har ikki tomon mutaxassislari tomonidan taqriz berish amaliyotini joriy etish.
modda. Manfaatdor tomonlar tarafidan muntazam ravishda ilmiy adabiyotlar almashinuvini tashkil etish.
modda. Tilshunoslik materiallarini to‘plash maqsadida qo‘shma ilmiy ekspeditsiyalar, xizmat safarlarini tashkil etish.
modda. Malaka oshirish, doktoranturada ta’lim olish, ilmiy va boshqa kengashlar faoliyatida ishtirok etish orqali ilmiy kadrlarni tayyorlashga ko‘maklashish.
modda. Ushbu Memorandum tomonlarning har bir holatda alohida hal qilinishi mumkin bo‘lgan moliyaviy majburiyatlarini nazarda tutmaydi.
modda. Ushbu Memorandumning amal qilish muddati besh yil, agar tomonlardan biri Memorandumni bekor qilish to‘g‘risida Memorandum tugashidan olti oy oldin xabar qilmasa, keyingi 5 yil mobaynida amal qiladi va uzaytiriladi. Zarurat bo‘lganda, tomonlar o‘zaro kelishuv bo‘yicha ushbu Memorandumning matnini o‘zgartiradilar.
modda. Moliyaviy holatlar yuzaga kelganda, tomonlar bunday holat shartlari yuzasidan yozma ravishda kelishib olishadi.
modda. Ushbu Memorandum manfaatdor tomonlarning vakillari imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi.
Memorandum o‘zbek va qozoq tillarida to‘rt nusxada tuzildi va to‘rtala nusxa ham teng huquqqa ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |