O’zlashtirish (%) va ballarda
|
Baho
|
Talabaning bilim darajasi
|
96-100
|
A’lo «5»
|
Berilgan 3 ta (100%) savol bo’yicha talabaning javobi to’liq, mantiqan asoslangan, turli manbalardan olingan qo’shimcha ma’lumotlarga boy, bilim hajmi dastur doirasidan chiqadi. Dasturda tavsiya etilgan asosiy adabiyotlarni to’liq o’zlashtirgan va qo’shimcha yangi adabiyotlar va internet ma’lumotlari bilan tanish. Boshqa fanlarda olgan bilimlari bilan bog’lay oladi. O’z fikrini himoya qila biladi. Mustaqil xulosa va qaror qabul qila oladi.
|
91-95
|
A’lo «5»
|
Berilgan 3 ta (100%) savol bo’yicha talabaning javobi to’liq, dastur doirasida, ishonch bilan javob beradi. Dasturda tavsiya etilgan asosiy adabiyotlarni to’liq o’zlashtirgan va qo’shimcha adabiyotlar bilan tanish. O’z fikrini himoya qila biladi. internet ma’lumotlari bilan tanish. Mustaqil xulosa va qaror qabul qila oladi.
|
86-90
|
A’lo «5»
|
Berilgan 3 ta (100%) savol bo’yicha talabaning javobi to’liq, dastur doirasida, mantiqan asoslangan, ishonch bilan javob beradi. Dasturda tavsiya etilgan asosiy adabiyotlarni to’liq o’zlashtirgan va qo’shimcha adabiyotlar bilan tanish. Mustaqil xulosa va qaror qabul qila oladi.
|
81-85
|
Yaxshi «4»
|
Berilgan 3 ta (100%) savol bo’yicha talabaning javobi to’liq, dastur doirasida, ishonch bilan javob beradi. Dasturda tavsiya etilgan asosiy adabiyotlarni yaxshi o’zlashtirgan. O’z fikrini himoya qila biladi.
|
76-80
|
Yaxshi «4»
|
Berilgan 3 ta (100%) savol bo’yicha talabaning javobi dastur doirasida. Dasturda tavsiya etilgan asosiy adabiyotlarni yaxshi o’zlashtirgan. Savollarga aniq javob beradi, asoslaydi.
|
71-75
|
Yaxshi «4»
|
Berilgan 3 ta (100%) savol bo’yicha talabaning javobi dastur doirasida. Dasturda tavsiya etilgan asosiy adabiyotlarni o’zlashtirgan. Savollarga aniq javob beradi, asoslashda birmuncha qiynaladi.
|
66-70
|
Qoniqarli «3»
|
Berilgan 3 ta (100%) savolning 3 tasiga javob beradi. Dasturda tavsiya etilgan asosiy adabiyotlarni o’zlashtirgan. Berilgan savollarning javobi haqida tasavvurga ega, qo’shimcha savollarga javob to’liq emas.
|
61-65
|
Qoniqarli «3»
|
Berilgan 3 ta (100%) savolning 3 tasiga javob beradi. Dasturda tavsiya etilgan asosiy adabiyotlarni qisman o’zlashtirgan. Berilgan savollarning javobi haqida tasavvurga ega, qo’shimcha savollarga qisman javob beradi.
|
55-60
|
Qoniqarli «3»
|
Berilgan 3 ta (100%) savolning 3 tasiga javob beradi, qo’shimcha savollarga javob yo’q. Dasturda tavsiya etilgan asosiy adabiyotlarni qisman o’zlashtirgan. Berilgan savollarning javobi haqida tasavvurga ega, qo’shimcha savollarga qisman javob beradi.
|
31- 54
|
Qoniqarsiz
«2»
|
Berilgan 3 ta (100%) savolning 2 tasiga javob beradi, qolgan savollar bo’yicha aniq tasavvurga ega emas. Qo’shimcha savollarga javob yo’q. Dasturda tavsiya etilgan asosiy adabiyotlarni o’zlashtirmagan. Berilgan savollarning javobi haqida tasavvuri chalkash.
|
0-30
|
Qoniqarsiz
«2»
|
Berilgan 3 ta (100%) savolning 1 tasiga javob beradi, qolgan savollarga javob yo’q. Dasturda tavsiya etilgan asosiy adabiyotlarni o’zlashtirmagan. Berilgan savollarning javobi haqida tasavvurga ega emas.
|