PANTEIZM (yun. pan — hamma, theos — Xudo) — Xudo b-n olamni ayniylashtiruvchi fal-iy ta’limot. «Panteizm» atamasini birinchi bo’lib ingliz faylasufi JToland (1705) hamda undan keyin Niderland ilohiyotchisi Y.Fay (1709) qo’lladi. Tur-li tarixiy davrlarda esa mohiyatan bir-biridan farqqiladigan fal-iy tizimlar va xilma-xil qarashlarlarni o’zida aks etgirib keldi. P. Sharqva g’arb P.ga bo’lish an’anasi mavjud. Abu Nasr Fo-robiyning borliqva uning vujudga kelishi haqidagi ta’limoti panteistik xarakterga ega. Forobiy-ning panteistik qarashlarida moddiy ibtido o’zi-ni tangri orqali namoyon qiladi. Tangrida moddiy ibtido go’yoki ochiq-oydin ifoda etilmagan bir shaklda mavjud bo’ladi. Keyinchalik u noanikdik shaklidan o’zini to’laligicha ozod kila boradi, kuch-kuvvatiga yarasha tarzda namoyon bo’la boradi. Muta-fakkir bu jarayonni jo’janing tuxumdan chiqishiga qiyoslaydi. Uning ta’kidlashicha, «yaratilish jarayo-ni narsa mavjudligini sakdashdan iboratdir». Mash-xur arab faylasufi Ibn Rushd (Abu-l-Valid Mu-hammad, 1126—1198) Abu Nasr Forobiyning panteistik karashlarini davom ettirib, Yaratganni shahar hokimiga kiyoslaydi. U «Raddiyaning raddiya-si» asarida «Koinotni boshqarish shaharni boshqa-rishga o’xshaydi. Unda har qanday boshqaruv markaz-dan turib amalga oshiriladi. Lekin hamma narsa ham bevosita hukmdor tomonidan bajarilavermay-di», — deb yozadi. Demak, E.Renanning ta’kidlashicha, Forobiy tushungan xudo «g’ildirakning marka-ziga o’xshab, uning sirtqi qismlarini o’z holicha aylanishiga monelik qilmaydi». Ibn Sino Forobiyning an’analarini davom ettirib, «vujudi vo-jib» va «vujudi mumkin»ning o’zaro munosabatida neoplatonik emanasiya (nurlanish) ta’limotiga alohida e’tibor berdi. Mutafakkir emanasiya ta’limotiga murojaat qilar ekan, uni Yaqin Sharqan’analariga xos diniy-naturalistik tasavvurlar b-n birgalikda o’rganishga harakat qiladi. Bunda koinot falakning tabiat va inson hayotini ta’-minlaщdagi roli olimning diqqat markazida turdi. Bunday tasavvurlarga ko’ra, yorug’lik manbai mohiya-tan barcha mavjud va bilinishi zarur ashyolarning bevosita idrok etilishi mumkin bo’lmagan boti-niy, yashirin, sirli sababini tashkil etadi. Asli-da bunday karashlar tizimi panteistik kayfiyat-larning yanada kuchayishiga olib keldi. Panteistik an’analar G’arbda Ioann Skot Eriugena (taxm. 810— 877), David Dinanskiy, lotin averroizmi vakili Siger Brabantskiy (taxm. 1240—1281), keyinroqesa Meyster Ekxart va b. tomonidan davom ettiriddi. Eriugena sxolastik xristian fal.sida birinchilar-dan bo’lib Xudo va olamning o’zaro munosabati mu-ammosiga murojaat qildi. Uning ta’kidlashicha, voqyelikni bilishga jazm qilgan inson akli ro’pa-rasida turgan eng muhim muammo — bu borliq ma-salasidir. U yunonlar tomonidan «fidis» (tabiat) deb nomlangan bo’lsa, lot. «natura» deb ataldi. Bor-liqnatura ekan, demak, Xudo ham u b-n aynandir. Olamdagi barcha o’zgarishlar jarayonida u narsalar-ning «ibtidosi, oralig’i vaintihosi» vazifasini ado etadi. Eriugena «Xudo hamma narsalardadir... u barcha narsalar mohiyati sifatida barhayotdir», de-gan xulosaga keldi. Meyster Ekxart (1260— 1327)ning fikricha, Xudo o’zga narsalarga nisbatan o’ziga xos universal ijodiy faollik sifatida namoyon bo’ladi. U Xudo va borliq, Yaratuvchi va tabiat aynanlashtirildi, olamning yaratilishi aniq mud-datdan noaniqabadiylikka ko’chiriladi. Xudo barcha narsalar b-n birga bo’lsa-da, lekin biron-bir narsa uning o’zida mavjud ekanligini anglab bo’lmaydi. Bunday xususiyat inson zotiga berilgan, xolos. «Me-ning ruximda shunday kuch borki, u Xudoni idrok eta oladi. Xudodan boshqa hyech qanday narsa menga bunchalik darajada yakin emas. Xudo mening o’zimga yaqinligimdan ko’ra yaqinroqsir», — deydi Ekxart. Xudo b-n inson ruhi o’rtasidagi teran va ichki aloqa har qanday insonni Xudo b-n bog’lanishga imkoni-yat yaratib beradi. Buning uchun esa obraz-timsol va tushunchalarga tayanib ish ko’radigan oddiy bilish-ning o’zi yetarli emas. Lekin uni mutlaq ilohiylik sifatida uqib bunga mistik intuisiya ko’magida eri-shiladi. P.ning xilma-xil ko’rinishlari fal-iy ta-fakkur rivojiga o’z ta’sirini ko’rsatib kelmoqda. Ayniqsa, hoz. vaktda uning personalizm fal.gi mav-qyei sezilarlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |