O’zbеkistоn rеspublikаsi


Zamonaviy estetika insoniy go’zallikni uning o’z “



Download 110,64 Mb.
bet621/655
Sana31.12.2021
Hajmi110,64 Mb.
#276347
1   ...   617   618   619   620   621   622   623   624   ...   655
Bog'liq
ФАЛСАФА МАЖМУА-2019 янги охирги

Zamonaviy estetika insoniy go’zallikni uning o’z “Meni”ni namoyon etishida, o’z ishiga ongli munosabatda bo’lishiga talabchanligida, o’z hayotini go’­zallashtirishga mas’ul ekanligida (Zigmund Froyd), o’z havotiri zamirida buyuk maqsadlarga da’vat etish mavjudligida (Jan Pol Sartr), ijtimoiy va iqtisodiy kuchlar qarshisida ojiz bo’lmaslik, o’z qo’li bilan barpo etgan narsalarga sajda qilib qolmaslik (Erix From) oraqali izohlanmoqda. Endilikda texnogensivilizasiyaning markazi hi­soblangan, faqat ko’zga ko’rinib turgan, aql va idrokka asoslangan borliqnigina tan olgan G’arb mutafakkirlari ham inson hulqiy go’zalligini takomillashtirishda ko’hna Sharqning allaqachon tajribasidan o’tgan axloqiy muhit muammosiga e’ti­borni qaratmoqda. Shu bois ular insoning ma’naviy xunuklashuvidan qutilish yo’lini axloqiy muhit–etosferani yaratishdan iborat, deb bilmoqdalar.

Bugungi kunga kelib hayotni faqat moddiy yoki ma’naviy tomoninigina o’zgartirishga intilish, e’tiborni faqat bir sohaga qaratish bilan ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmasligi oydinlashmoqda. Zotan, inson­ning faqat ma’naviy go’zalligiga e’tibor berish, uning jismoniy go’zalligiga putur yetkazadi. Ayni paytda, ma’naviy go’zallik hi­sobiga jismoniy go’zallikni ulug’lash insoniyatni muqarrar tarzda muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. Biz hozirda insonning ma’naviy va jismoniy go’zalligini uyg’unlashtirish masalalari dolzarb bo’lgan davrda yashayotganligimizni unutmasligimiz kerak. Ana shuni teran xis qilganimizdagina ko’zlagan maqsadlarimizga yetishishimiz mumkin bo’ladi.

Bir so’z bilan aytganda, go’zallik – ma’naviy va moddiy xususiyatga ega bo’lgan, ijtimoiy hayotda favqulodda aha­miyat kasb etuvchi hamda narsa–hodisalarning uyg’unligi, hamohangligi, mutanosib­ligi, maqsadga muvofiqligiga asoslangan qadriyatdir.

Go’zallikka qarama-qarshi bo’lgan xunuklikni go’zallikning aksi deb yuritamiz. Biroq, bunday yondashuvda qisman noaniqlik bor. Chunki uyqash va bir–biriga yaqin, yoki bir–birining aksi bo’lgan tushunchalardagi unsurlar u yoki bu ko’rinishda har ikala tushunchada ham ishtirok etishi mumkin.



Gohida shakl va mazmun go’zalligi bir-birini dialektik tarzda inkor etadi. Shunday bo’lsa–da, buning ijobiy tomonlari ham mavjud. Chunki, mazmun o’z vaqtida shaklning kamchiligini ko’rsatib, uning go’zallashuviga turtki berib turadi yoki aksincha: ko’rinishi chiroyli bo’lgan insonlarning hammasi ham ma’naviyati boy bo’lmaganidek, yuksak fazilat sohiblarining barchasi ham husn va chiroyda barkamol emaslar. Xunuklik bir paytning o’zida ham go’zallikning, ham nafosatdan lazzatlanishning ziddi­dir. Chunki, xunuklik lazzatlanish tuyg’usi mavjud bo’lgan jarayondan uzoqroq joyda vujudga keladi; u insonga hayrat baxsh etishdan, uning vujudini forig’lashdan mahrum.

Download 110,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   617   618   619   620   621   622   623   624   ...   655




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish