O’zbеkistоn rеspublikаsi



Download 110,64 Mb.
bet618/655
Sana31.12.2021
Hajmi110,64 Mb.
#276347
1   ...   614   615   616   617   618   619   620   621   ...   655
Bog'liq
ФАЛСАФА МАЖМУА-2019 янги охирги

Chiroylilik – narsalarning tashqi ko’rinishini, holatini, bajarilgan ish yoki qilingan harakatdagi o’zaro hamohanglikni ifodalovchi tushuncha. Chi­roylilik insonlarda yoqimli taassurot qoldiradi, ammo ayni bir paytda o’sha chiroyli bo’lgan narsa–hodisa yoqimsiz holatlarni ham vujudga keltiradi. Masalan, «Bangidevona» o’simligining guli oppoq, chiroyli bo’ladi. Ammo, gulining hidi yoqimsiz, tanasidan sassiq xid chiqadi. Shu ma’noda aytishimiz mumkinki, chiroylilik narsa–hodisaning yoki shakl yoki mazmunidagi xususiyatni aks ettirishi bilan kishida yoqimli taassurot qoldiradi. Shuning uchun ham narsa–hodisalarning faqat shakl (tashqi) yoki faqat mazmun (ichki) mohiyatiga qarab unga go’zallik iborasini ishlatish o’rinli emas. Zero, go’zallik narsa–hodisalarning faqat bir tomoninigina aks ettirmaydi, aksincha u mazmun bilan shaklning uyg’unligi, mosligi, hamoxangligi, maqsadga muvofiqligi asosida shakllanadi. Shu ma’noda go’zallik ham obyektiv ham subyektiv xususiyatga ega. Tabiat go’zalligi obyekt (inson) va subyekt (o’simlik va hayvonot dunyosi)ning tartibi va uyg’unligiga asoslanadi. Uyg’unlik va tartibning buzilishi esa tabiat va inson uchun zararli oqibatlarga olib kelishini bugungi kundagi ekologik muammolar orqali ko’rishimiz mumkin...

Shaxsning ijtimoiy jarayonlar bilan bo’ladigan munosabatlarida go’zallik nisbiylik xususiyatiga ega bo’ladi. Bu xolat ayniqsa, go’zallikning moddiy va ma’naviy qadriyatlar tizimidagi o’rnida yaqqol ko’zga tashlanadi. Chunki, go’zallikning har qanday taxlili shaxs va jamiyat munosabatlari bilan muqoyasa qilingandagina uning ijtimoiy–ma’naviy xususiyatlari yanada oydinlashadi. Shu bois go’zallikning ma’naviy va moddiy qadriyatlar tizimidagi o’rniga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq.



Ma’naviy qadriyatlar va go’zallik. Vatanimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng milliy–ma’naviy qadriyatlarga yangicha munosabat bildirildi, xalqona, ilg’or an’analar shakllandi, milliy iftixorni yuksaltirishga keng jamoatchilik fikri jalb qilindi. Ana shularning natijasi o’laroq, mamlakatimizda amalga oshirilgan ezgu ishlarning ko’lami kengaydi. Endilikda bunyodkorlik g’oyasi go’zallik tushunchasi bilan hamoxang olib borilganligini bilish, anglash va tasavvur qilish qiyin emas. Buni o’zbek san’atida amalga oshirilgan ishlar orqali yaqqol ko’rishimiz mumkin.

Ma’lumki, san’at borliqni to’g’ridan–to’g’ri ko’chirib olib tasvirlamaydi, aksincha uni badiiy qiyofalar vositasida ifo­dalaydi. Shunga ko’ra, san’at asari insonni faqat voqyelikdagi go’zalliklar bilan cheklanmaslikka, ayni paytda mavjud go’zal­liklarni ongli tarzda mushohada qilishga, baholashga undaydi. Rassomlik san’ati go’zallikni bizga shu tariqa namoyon etadi. Bu borada Ro’zi Choriyevning «Bolalik xotiralari», «Zamondoshlarim» portretlar turkumi, «Farg’ona vodiysi» kabi rangtasvir asarlari fikrimizning yorqin ifodasidir. Shu bois uning kartinalarini o’zbek estradasining yulduzi Botir Zokirov «qo’shiq deb atash mumkin» degan edi. «Uning «Beshik» deb nomlangan kartinasida qizil gilamda o’tirgan ona beshik ustiga engashgan, gilamning milliy naqshlari, qadimiy o’zbek beshigi, ona ko’ylagining yorqin rangi, uning orqasiga tashlangan uzun soch o’rimi – bularning barchasi o’zbek xalq qo’shig’i – «Qora sochim»ni yodga soladi. Rassomning «Anor pishganda» kartinasi ham hayrat, quvonchga to’la yoshlik qo’shig’iday taassurot qoldiradi.

Yetuk rassomlar hayotning barcha hodisalarini rangtasvir orqali ko’radi, ularga ijod manbai sifatida qaraydi, san’atning hamma uchun zarur ekanligiga qatiy ishonadi. Shu bois ularning asarlaridagi go’zallik ruxi insonlarni rangtasvirni sevishga da’vat etadi, tasviriy san’atni xis qilish va uni idrok etishga chaqiradi. Bunday xususiyatlar O’rol Tansiqboyev, Chingiz Ahmarov, Bahodir Jalolov, Javlon Umarbekov, Alisher Mirzayev, Dilyor Imomov kabi atoqli rassom­lar hamda Akmal Nuriddinov, Sergey Alibekov, Ortiqali Qozoqov singari musavvirlarning realistik yo’nalishdagi asar­larida o’z aksini topgan. Ularning asarla­rida go’zallik nafaqat rassomning shaxsiy ideali, balki o’zida xalq hayotining muhim bo’lagini mujassam etganligi, in­sonlarning tafakkuri va qalbiga ta’sir ko’rsatishi bilan bel­gilanadi. Go’zallikni yaratishda rassomning zimmasiga yuklana­digan mas’uliyat yuksakligi va muqaddasligi ham ana shunda. Bu xususda nafosatshunos olim Tilab Mahmudov shunday deydi: «Qachonki san’at asarlari muhim hayotiy muammolarni aks ettirsa yoki xalq kayfiyati va g’oyalarini ifodalasa, ular millionlab mehnatkashlarning ezgu hamrohiga aylanadi. Bunday asarlar hyech qachon xalqdan, ama­liyotdan ajralgan emas. Rassomning millat hayoti bilan aloqasigina yangi va asl san’at asarlarining paydo bo’lishida muhim manba bo’lib xizmat qiladi».

Ma’lumki, har bir xalqda boshqa xalqlarda uchramaydigan, boshqalar uchun o’rnak bo’ladigan xususiyatlar mavjud. Go’zallikni idrok etishi, undan zavqlanishi, badiiy tafakkur qobiliyatining qandayligiga qarab ham xalqqa, millatga baho beriladi. Shunday xolatlar bo’ladiki, o’zga millat vakilining go’zallikdan zavq olish saviyasi ikkinchi bir millat estetik idealiga mos kelmaydi. Bu xolat gohida ijobiy, gohida esa estetik idrok ko’lamini to­raytirib, milliy o’ziga xoslik haqida noto’g’ri tasavvurlarni paydo qilishga olib keladi. Bu ayniqsa, san’atga bo’lgan munosabatda ko’proq ko’zga tashlanadi. Biroq, har ikki xolatda ham qiyoslash, birining ilg’or qadriyatlarini ikkinchisi tomonidan ongli tarzda o’zlashtirish, o’zidagi kamchiliklarni bartaraf qilish jamiyat hayotida go’zallikning ravnaq topishiga ko’maklashadi.

Har qanday ma’naviy, siyosiy, ijtimoiy hodisa davrlar o’tishi bilan takrorlanadi. Ammo, bu takrorlanishlar avvalgilari bilan bir xil bo’lmaydi, u muayyan yangiliklar, yangicha munosabatlar orqali rivojlanib boradi. Insonning ta­rixiy tafakkuri o’zlikni anglashga qaratilgan muayyan jarayonlar orqali belgilanib, zaruriylik nuqtai–nazaridan olam tajri­balarini o’zlashtirishga qaratilgan bo’ladi. Inson tomonidan qadriyatlardagi go’zallikni o’z­lashtirish, idrok etish ana shunday tajri­balar sirasiga kiradi. Zotan, inson hayotini, yashash tarzini, faoliyatini belgilash vazifasini o’z zimmasiga olgan integrasiya jarayonlarida bu masalaning ijobiy hal etilishi g’oyatda zarur.

Umuman olganda, ma’naviy qadriyatlar tizimida go’zallikni barqaror etish qo’yidagilar bilan belgilanadi:

– san’atda sog’lom ruhiyat va hayot haqidagi tasavvurlarni vujudga keltirish;

– real hayot haqiqatini in’ikos ettirish;

– jonli insoniy tafakkur va dunyoqarash manbaini yaratish;

– asarga ongli dunyoqarashga asoslangan ijod erkinligini, mustaqil fikrlash hamda zamon bilan hamnafaslik ruhini sing­dirish;

– yangilanayotgan hayot jarayonlariga yaqinlashish va uning ilg’or tomonlarini yoritish, ularni mazmunan boyitish;

– yangicha uslub va badiiy usullardan foydalanish, san’at asarida shakliy go’zallikka erishish.




Download 110,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   614   615   616   617   618   619   620   621   ...   655




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish