O’zbеkistоn rеspublikаsi


Xususiyatlar va munosabatlar analogiyasi



Download 110,64 Mb.
bet583/655
Sana31.12.2021
Hajmi110,64 Mb.
#276347
1   ...   579   580   581   582   583   584   585   586   ...   655
Bog'liq
ФАЛСАФА МАЖМУА-2019 янги охирги

Xususiyatlar va munosabatlar analogiyasi

Modeldan prototipga o’tkazilayotgan axborotning tabiatiga ko’ra analogiyaning ikki turi farqlanadi: xususiyatlar analogiyasi va munosabatlar analogiyasi.

Xususiyatlar analogiyasida ikki yakka predmet yoki bir turdagi ikki predmetlar sinfi o’xshash belgilariga ko’ra o’zaro taqqoslanadi. O’xshash belgilarga asoslanib, birida mavjud bo’lgan belgining boshqasida ham bo’lishi mumkinligi haqida xulosa chiqariladi. Masalan, Yer va Quyosh qator muhim xossalariga ko’ra o’xshashdir, ya’ni ular bir sayyoralar tizimiga kiruvchi osmon jismlaridir, ikkisi ham harakatda, kimyoviy tarkibi ham o’xshash. Ana shu o’xshashliklarga asoslanib olimlar Quyoshda topilgan yangi element – geliy Yerda ham bo’lsa kerak, degan xulosaga kelganlar. Analogiya yo’li bilan chiqarilgan bu xulosaning chinligi ko’p o’tmay tasdiqlandi – Yerda ham geliy elementi topildi.

Bu misolda ikki predmetning o’xshashligiga asoslanib, birida mavjud bo’lgan belgining boshqasida ham borligi haqida xulosa chiqarildi. O’xshatilayotgan predmetlarni A va V harflari bilan, belgilarni a, v, s harflari bilan ifoda qilsak, xususiyatlar analogiyasini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:

A predmet a, v, s, d belgilarga ega.

V predmet a, v, s belgilarga ega.

Ehtimol, V predmet d belgiga egadir.

Bu analogiya bo’yicha xulosa chiqarishning keng tarqalgan shaklidir. Unda bir predmet haqidagi bilim shunga o’xshash boshqa predmet haqidagi bilimdan xulosa shaklida keltirib chiqariladi.

Munosabatlar analogiyasida ikki yakka predmet yoki bir turdagi ikki predmetlar sinfi o’rtasidagi munosabatlarning o’xshashligiga asoslaniladi. Ikki turdagi (a R b) va (m Rn) munosabatlarni taqqoslasak, a m ga, b n ga o’xshash emas, lekin ular o’rtasidagi R-R munosabatlarning o’xshashligi bizga xulosa chiqarish imkonini beradi. Masalan, I. Kepler planetalar harakatining qonunini ochganda, samoviy jismlarning o’zaro tortishish kuchini insonlar o’rtasidagi muhabbatga taqqoslaydi, shu asosda astronomiyaga tortishish kuchi tushunchasini kiritadi.

Munosabatlar analogiyasida ikki predmetlar o’xshashligi haqida emas, ikki predmet o’rtasidagi munosabatni o’rganish asosida boshqa ikki predmet o’rtasidagi munosabat haqida xulosa chiqariladi.

Analogiyani turlarga ajratganda xulosaning aniqlik darajasiga ham e’tibor beriladi. Shu jihatdan analogiyani qat’iy (aniq), qat’iy bo’lmagan, noaniq va xato analogiyaga ajratamiz. Qat’iy analogiyaning o’ziga xos xususiyati shundaki, ko’chirilayotgan va o’xshatilayotgan belgilar o’rtasidagi aloqa zaruriy bo’ladi. Aniq fanlarda, modellashtirishda fikr qat’iy analogiya shaklida yuritiladi.

Qat’iy bo’lmagan analogiyada o’xshash bo’lgan va ko’chirilayotgan belgi o’rtasidagi zaruriy aloqa ehtimollik darajasiga ega bo’ladi. Ijtimoiy, tarixiy voqyealarni o’rganishda va aniq, tabiiy fanlarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilganda fikr yuritish qat’iy bo’lmagan analogiya tarzida bo’ladi. Masalan, nemis olimi Shpenglerning ta’kidlashicha, jamiyat ham tirik organizmlar kabi to’rtta rivojlanish bosqichini bosib o’tadi. Bular: paydo bo’lish, rivojlanish, yetuklik davri va yemirilish davri.

Agar yolg’on hukmni 0  bilan, chin hukmni 1  bilan, xulosaning ehtimollik darajasini R (a) bilan belgilasak, qat’iy analogiyada R (a)=1; qat’iy bo’lmagan analogiyada 1>R (a)>0  bo’ladi.

Analogiya bo’yicha chiqariladigan xulosaning aniqlik darajasini oshirish uchun, ya’ni xulosaning chin bo’lish ehtimolini oshirish uchun ma’lum shartlarga rioya qilish zarur. Bular quyidagilardan iborat:

1. Taqqoslanayotgan predmetlarning imkoni boricha ko’proq o’xshash belgilari aniqlanishi lozim. Shunda xulosaning chinlik darajasi, chin xulosa chiqarish imkoni ortadi.

2. Taqqoslanayotgan predmetlarning o’xshash belgilari predmetlar uchun muhim belgilar bo’lishi kerak. Shunda xulosa chin fikrga yaqinlashadi.

3. Taqqoslanayotgan predmetlarning ko’chirilayotgan belgisi bilan boshqa belgilari zaruriy aloqada bo’lishi kerak. Shunda xulosaning ishonarli, aniq bo’lish shartlari bajarilgan bo’ladi.

4. Taqqoslanayotgan predmetlarning ko’chirilayotgan belgisi bilan o’xshash belgilari bir turda bo’lishi kerak.

5. Taqqoslanayotgan predmetlarning farq qiluvchi belgilarining miqdori kam bo’lishi va bu belgilar zaruriy, muhim bo’lmasligi shart. Agar predmetlar muhim, zaruriy belgilari bilan bir-biridan farq qilsa, analogiyaning xulosasi xato bo’ladi.

Yuqoridagi qoidalarning buzilishi yolg’on analogiyaga, ya’ni xulosaning xato bo’lishiga sabab bo’ladi.

Analogiya modellashtirish metodining mantiqiy asosini tashkil etadi. Modellashtirishda (konkret yoki abstrakt) obyektlar modellarda, ya’ni shartli obrazlar, shakllar, obyektning kichraytirilgan nusxalarida tadqiq etiladi.

Ma’lum sabablarga ko’ra tekshirilayotgan obyektni tabiiy sharoitlarda o’rganish qiyin bo’lganda yoki mumkin bo’lmaganda modellashtirishdan foydalaniladi. Bu o’z navbatida bilish jarayonini yengillashtiradi.

Modellarni uch turga bo’lish mumkin:

1. Tabiiy modellar – o’rganilayotgan obyekt bilan bir turda bo’ladi va undan faqat o’lchamlari, jarayonlarining tezligi va ba’zi hollarda yasalgan materiali bilan farq qiladi.

2. Matematik modellar – prototip (asl nusxa)dan jismoniy tuzilishi bilan farq qiladi, lekin prototip bilan bir xil matematik tasvirga ega bo’ladi.

3. Mantiqiy matematik modellar – belgilardan iborat bo’lib, abstrakt model hisoblanadi va tafakkur jarayonini o’rganishda qo’llaniladi.

Modellarning bu turlaridan alohida-alohida va birgalikda foydalaniladi.

So’nggi vaqtlarda modellashtirish ko’pincha kompyuter vositasida amalga oshirilmoqda. Masalan, yangi avtomobilning modeli kompyuterda yasalib, uning o’lchamlari, turli afzalliklari matematik modellashtirish vositasida aniqlanadi.

Muammo. Gipoteza. Nazariya


Download 110,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   579   580   581   582   583   584   585   586   ...   655




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish