O’zbеkistоn rеspublikаsi


Ontologik va gnoseologik muammolar



Download 110,64 Mb.
bet172/655
Sana31.12.2021
Hajmi110,64 Mb.
#276347
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   655
Bog'liq
ФАЛСАФА МАЖМУА-2019 янги охирги

Ontologik va gnoseologik muammolar. Ontologik muammolar XVIII asr fransuz ma’rifatchilari namoyandalari tomonidan asosan materialistik va ateistik nuqtai nazardan o’rganilgan. Bu Didro, Golbax, Lametri va Gelvesiy falsafasining o’ziga xos jihatlaridan biridir. O’z davrida katta shov-shuvga sabab bo’lgan «Inson – mashina» asarining muallifi Jyulyen Ofre de Lametri (1709-1751) moddiy dunyo «o’z holicha mavjud» ekanligiga, uning boshi ham, oxiri ham yo’qligiga ishonchi komil bo’lgan. Lametri materializmi Epikurning atomistik materializmi, Spinozaning materialistik ta’limoti va Lokk sensualizmi ta’sirida vujudga kelgan. Lametri jonni aql faoliyati funksiyasi va ko’rinishi deb hisoblagan va Dekartning umrboqiy nomoddiy jon haqidagi g’oyasi asossiz ekanligini isbotlashga harakat qilgan.

Fransuz materializmi falsafiy qarashlarining eng izchil ifodachisi Pol Genrix Ditrix Golbax (1723-1789)dir. Uning «Tabiat tizimi» asari «XVIII asr materializmi va ateizmi kodeksi» degan nom olgan. 1770 yilda nashr etilgan bu asarda muhim ontologik muammolar, chunonchi: materiya, tabiat, harakat, makon, vaqt, sababiyat, tasodif, zaruriyat muammolari bayon etilgan. Golbax uchun tabiat barcha narsalar va hodisalar sababidir, zero u Xudo tufayli emas, o’zi tufayli mavjud. Tabiat – harakat sababi. Golbax harakatni tabiat mavjudligining zaruriy natijasi sifatida tavsiflaydi. Tabiat deganda u o’z energiyasi ta’sirida harakat qiluvchi moddalar yig’indisini tushunadi. Golbax fikriga ko’ra, barcha jismlar bo’linmas va o’zgarmas elementlar – atomlardan tashkil topadi. Materiya tushunchasini u modda tushunchasi bilan ayniylashtiradi.

Ayni vaqtda Golbax tabiatda barcha aloqalar va harakatlar zaruriyat bilan belgilanadi, deb hisoblagan. Uning fikricha, olam bir-biridan uzluksiz kelib chiqadigan saablar va oqibatlarning uzilmas zanjiridir. Shu sababli Golbax tasodifni tabiatdan ham, ijtimoiy hayotdan ham chiqaradi. U insonni ham zaruriyat quli deb hisoblaydi: u o’z hayotida bir daqiqa ham erkin emas, uning xatti-harakatlari amalda qanday namoyon bo’lsa, shunday bo’lishi mumkin. Bu oldindan belgilanganlik Golbax determinizmining fatalistik xususiyatini belgilaydi.


Download 110,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   655




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish