3. Mahsulotni aniqlash
Tаyanch ibоrаlаri: sxema, sub`ektiv va obyektiv omillar, mahorat, nazorat vositasi, omil, etalon.
1.Mahsulotni tayyorlashning umumiy sxemasi
Obyektiv omillar |
| Sub’ektiv omillar |
Konstruktsiya ishlab chiqarish darajasi nazorat vositasi va b.
|
Professionallik mahorati. SHaxsiy manfaatdorlik
|
Mahsulot sifatiga bevosita ta’sir qiluvchi omillar
|
|
Rag’batlantiruvchi omillar
|
Xom-ashyo, materiallar, mahsulot konstruktsiyasi, texnologik jarayonlar sifati
|
Ishlab chiqarishning va ijtimoiy va iqtisodiy muvofiqliqligi va samaradorligi. Moddiy manfaatdorlik va b.
|
-
Sifatning saqlanishini ta’minlovchi
|
O’rash, joylash, saqlash shartlari, tashish, sotish, ekspluatatsiya qilish
|
4.1-rasm. Mahsulotni tayyorlashning umumiy sxemasi.
Ishlab chiqarishga chiqish vaqtigacha uni muvofiq eng yaxshi yo’l bilan bir necha yil o’rin egallab turishini ta’minlash bilan, mahsulotni o’rganishga imkon beradi.
TV bozorning bo’lajak mollari marketing metodlarini oldindan o’rgangan bo’lishi zarurdir. G’arb firmalarida ko’p hollarda marketing sarf-xarajatlari yangi mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlashga sarflangan hamma xarajatlarning ko’proq yarmini tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish haqida qabul qilingan qaror va bajarilgan ishni baholashni qabul qilish komissiyasi, ya’ni buyurtmachi vakili, tayyorlovchi va ishlab chiqaruvchilardan iborat bo’lgan komissiya o’tkazadi. Komissiya rahbari qilib buyurtmachi tayinlanadi, u yo’q bo’lgan holda asosiy haridor bo’lishi kerak. Taqdim qilingan materiallarni ko’rib chiqish natijasida komissiya quyidagi aktni tuzadi:
- ishlab chiqarilgan mahsulotga qo’yilgan talab va mahsulotni ishlab chiqarish haqidagi tavsiyaga muvofiq ko’rsatma;
- mahsulotning texnik darajasini baholash natijalari;
- seriya (seriyali yoki ko’plab ishlab chiqarish)li ishlab chiqarish yoki uning hajmi haqidagi tavsiya;
- mahsulotlarning kam – ko’stini ishlash haqida taklif va mulohazalar (agar zarur bo’lsa);
etalon namunasini tasdiqlash.
Etalon - namun asosida ishlab chiqarilgan mahsulotni ishlab chiqarishga qo’yish, ishlab chiqarish va saqlashda tasviriy-estetik ko’rsatkichlari bo’yicha ishlab chiqaruvchida mahsulot yoki tovarlar partiyasining sifatiga da’vo va reklamatsiyalarning oldini olish maqsadida taqqoslash uchun saqlanadi.
Aktning tasdiqlanishi qabul qilish komissiyasining tasdiqlagan qarorini tayyorlash tamomlanganligini, TV harakati to’htatilganligini va mahsulotni ishlab chiqarishga ruxsat berilganligini bildriradi.
Oluvchi korxona mahsulotlar partiyasi tarkibida etalon – namuna nusxasini kirish nazoratini amalga oshirish uchun berilishini talab qilishi mumkin.
Nusxa yorlig’i tasviriy – texnik kengash yoki boshqa shaxs tomonidan etalon nusxa muvofiqligi haqida yozma holatda tasdiqlangan bo’lishi kerak.
4.2-rasmda loyixalash sohasidagi mutaxassislarning ishini tushunish uchun kalit vazifasini bajaruvchi, mahsulotlarni loyihalash jarayoni sxemasi misol sifatida keltirilgan.
2. Mahsulotlarni ishlab chiqarish bosqichlari
Mahsulotlarni ishlab chiqarish uch bosqichni o’z ichiga oladi:
ishlab chiqarishga qo’yish;
ishlab chiqarishga yo’l berish;
ishlab chiqarishdan olib tashlash.
Ishlab chiqarishga qo’yish ishlab chiqarishga tayyorlash va o’zlashtirishni o’z ichiga oladi.
Ishlab chikarishga tayyorlash mahsulotlarning texnologik jarayonini ta’minlash va tayyorlash xarakatlarini ko’zda tutadi.
Ishlab chiqarishni o’zlashtirishda qayta ishlash va tayyorlangan texnologik jarayonni tekshirish, shu kabi muqim ahamiyatga ega bo’lgan ko’rsatkichlarni o’rganish amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishni seriyali (ko’plab) ishlab chiqarishga tayyorligini tasdiqlash uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi direktiv seriya (birinchi sanoat partiyasi) namunasining kvalifikatsion sinovini o’tkazadi. Sinov mahsulotning asosiy parametridan chetga chiqish, ishlab chiqarishning texnologiya bilan bog’liqligi, ruhsat etilgan doiraga kirmaydigan mahsulotning kamchiligini esa qabul qilish komissiyasi ochiq ko’rsatib, bartaraf qilinishini tasdiqlashi kerak. Kvalifikatsion sinov ijobiy natija bersa ishlab chiqarishni o’zlashtirish yakunlangan hisoblanadi, ishlab chiqarilgan mahsulot esa xaridorga (buyurtmachiga) berilishi mumkin [10].
Direktiv ishlab chiqarish – mahsulotlarni to’liq ishlab chiqilgan konstruktorlik va texnologik hujjatlar asosida ishlab chiqarishdir.
Mahsulotlarni ishlab chiqarishdan olib tashlash – mahsulotlarning sanoat ishlab chiqarilishini to’htatish tadbirlari majmuidir.
Mahsulotlarni ishlab chiqarishni to’xtatish quyidagi xollarda amalga oshiriladi: zamonaviy talablarga mos kelmasa; yuqori ko’rsatkichlarga ega bo’lgan yangi mahsulotlarning yaratilishida; ekspluatatsiya yoki ehtiyoj xususiyatlari kamayganda, odamlar sog’ligiga va atrof muhit xolatiga yomon ta’sir qiladi deb aytilganda.
Muomala va sotish – mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan yuklatilgandan to iste’molchi olguniga qadar bo’lgan hayot tsiklining bir qismidir. Muomala bosqichida tayyor mahsu-lotning reja topshiriqlarida, normativ hujjatlarda, ortish, tashish, saqlash va sotishga tayyorlashda o’rnatilgan sifati va hajmining maksimal darajada saqlanishi ta’minlanishi lozim.
Muomala va sotish mahsulotni ekspluatatsiya qilish – uning sifatini tiklanishiga va saqlanib turishiga yordam beruvchi mahsulot hayot tsiklining bosqichidir. Umumiy holda mahsulotni ekspluatatsiya qilish uniehtiyojga qarab ishlatishni, ortish, tashish saqlash, texnikaviy xizmat ko’rsatish va ta’mirlashni o’z ichiga oladi.
Bu bosqichda sifatni boshqarish asosan iste’molchi tomonidan amalga oshiriladi. Ekspluatatsiya qilish qoidalari ekspluatatsiya qilish bo’yicha ko’rsatmalarda, instruktsiyalarda va mahsulotga qarash bo’yicha eslatmalarda keltirilgan bo’ladi. Ushbu hujjatlarning sifatiga mahsulotdan qanchalik oqilona foydalanish bog’liq bo’ladi.
SHuni aytib o’tish kerakki, tovarlarni instruktsiyaga amal qilgan holda ishlatish, ulardan foydalanish muddatini uzaytirishi mumkin. YAroqlilik muddatining uzayishi esa qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarilishiga teng kuchlidir. SHunday qilib, mahsulotni oqilona ekspluatatsiya qilish moddiy va mehnat resurslarini iqtisod qilish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |