17
Boshqaruv markaziga kirish ham yetarlicha himoyalangan. Boshqaruv
markaziga kirish uchun root ya‘ni admin parol kiritiladi.
Rasm 3.2. MCC Boshqaruv paneli ko'rinishi
Boshqaruv markazi bir necha bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. Bular: dasturiy ta‘minotni
nazorat qilish va o‘rnatishni boshqarish, apparat ta‘minoti, fizik qurilmalarini boshqarish, tarmoq va
Internet ni sozlash, tizimni sozlash, Qurilmalarni o‘rnatish, xavsizlik va yuklash bo‘limlari.
1. Bo'limda Dasturiy ta‘minotni nazorat qilish va o‘rnatishni boshqarish bo‘limida quyidagilar
amalga oshiriladi:
Dasturiy ta‘minot paketlarini sozlash, nazorat qilish va o‘rnatish
Dasturiy ta‘minot komponentalarini yangilash va moderinizatsiya qilish
O‘rnatilgan dasturiy ta‘minot paketlarini o‘chirish
operatsion tizimni moderinizatsiya qilish va yangilash
2. Bo'limda Apparat ta‘minoti, fizik qurilmalarini boshqarish bo‘limida quyidagilar amalga
oshiriladi:
Kompyuter apparat ta‘minoti konfiguratsiyasini ko‘rib chiqish
Ekran parametrlarlarini o‘zgartirish
Sichqonchani o‘rnatish nuqtasini belgilash va sozlash
Monitorni va grafik muhitni sozlash
Klaviatura parametrlarini sozlash
Printer parametrlarini sozlash
3. Bo'limda Tarmoq va Internet ni sozlash bo‘limi quyidagi amallarni bajarishga mo‘ljallangan:
Tarmoq interfeyslarini o‘rnatish(LAN, ADSL,ISDN …)
Tarmoq interfeyslarini qayta sozlash
Tarmoq interfeyslarini o‘chirib tashlash
Internet ulanishlarini local kompyuterlari uchun foydalanishga ruxsat berishni sozlash
18
Hostlar ro‘yxatini boshqarish
Internetning boshqa o‘zgarishlarini sozlash(IP, DNS server va boshqalar)
Tamoqni nazorat qilish
FTP va HTTP proxy serverlarini tarmoq uchun sozlash
Wi-fi aloqasini sozlash
4. Bo'limda Tizimni sozlash bo‘limi quyidagi amallarga mo‘ljallangan:
Dasturlar va ikonkalarni ko'rinish va yuklanish holatlarini sozlash
Sana va vaqtni sozlash
Consol ekranni ochish
Servislarni o‘chirish va yoqish
Sistema log larini ko‘rish va qidirish
Sistemaning foydalanuvchilarini qo‘shish va o‘zgartirish
5. Bo'limda Qurilmalarni o‘rnatish bo‘limi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Bu yerda disk razdel(partition) larini yaratish hajmlarini o‘zgartirish va o‘chirishlarni
amalga oshiriladi
Floppy diskni tanlash va uni o‘rnatish
3-DVD-ROM ulanish nuqtalarini belgilash va sozlash
NFSulanish nuqtalarini belgilash va sozlash
Hard disk qismlarini foydalanishga ruxsat berishga sozlash
WebDav ulanish nuqtalarini belgilash va sozlash
7-Samba konfiguratsiyalarini boshqarish
8-Samba ulanish nuqtalarini belgilash va sozlash
6. Bo'limda Xavfsizlik bo‘limi: bunda kompyuter va tarmoqlarini himoyalash sozlanadi.
7. Bo'limda Yuklash bo‘limida tizimni yuklashni sozlash va tizim yuklanganda grafik mavzularni
tanlashlarga mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: