2. Islomning kelib chiqishi, shakllanishi va boshqa o’lkalarga tarhalishi.
Islomning vujudga kelishi, arablar orasida vahtdoniyatga asoslangan dinning haror topishi, arab qabilalarining yakka hudo – Olloh g’oyasi atrofida birlashishi Abdullohning o’gli Muhammad nomi bilan chambarchars bog’liq.
Qur’oni karimda 25 nafar payg’ambarning nomi zikr etilgan Muahmmad Olloh tomonidan odamlar orasidan tanlangan so’nngi payg’ambar sanaladi. Muhammad ibn Abdulloh (570-632) Makkada Quraysh qabilasiga mansub Hoshimiylar honadonida tug’ilgan. Otasi Abdulloh Muhammad tug’ilmasdan ikki oy oldin 25 yoshda vafot etgan. Muhammad 6 yoshli bo’ganida onasi Amina ham vafot etadi. Muhammadni bobosi Abd al-Mutallib o’z tarbiyasiga oladi. Ikki yildan so’ng bobosi ham vafot etadi. Sakkiz yoshli Muhammadni amakisi Abu Tolib o’z harmog’i tarbiyasiga oladi. Abu Tolib tijorat ishlari bilan shug’ullanardi. Muhammad ham amakisi bilan tijorat ishlari bilan shug’ullangan. 25 yoshda Yamanga o’sha davrning badavlat ayoli Hadicha bilan uning mollarini sotishda ko’maklashish uchun boradi. Bu hamkorlik Muhammad bilan Hadichaning oila qurishiiga sabab bo’ladi. Ular 6 nafar farzand- ikki o’g’il va to’rt qiz ko’rganlar. Farzandlaridan faqat Fotima o’sib ulg’aydi, qolgan farzandlari bevaqt vafot etgan.
Muhammad amakisi Abu Tolibga yordam bo’lsin deb uning kichik o’g’li Alini o’z yoniga olgan va keyinchalik qizi Fotimani unga turmushga bergan.
Muhammad 40 yoshga borganida uning hayotida Payg’ambarlik davri boshlangan. Y’ani unga ilk vahiy kela boshlagan. Ana shu davrdan Muhammad Ollohning rasuliga – elchisiga aylandi. Bu faoliyat 23 yil davom etdi. Uning bir qismi Makkada (610-622), ikkinchi qismi Madinada (622-632) o’tgan.
Adabiyotlarda qayd etilishicha dastlabki vahiy ramazon oyining 26-sidan 27-siga o’tar kechasi kelgan. Shuning uchun bu kunni musulmonlar qadr, y’ani ilohiy qudrat kechasi sifatida nishonlaydilar. Ramazon oyini esa muborak deb biladilar. Kelgan vahiy Muhammad Payg’ambarni insonlarni johiliyadan qutharish va Olloh ko’rsatgan tug’ri yo’lga chaqirishga da’vat etadi.
Muhammad Makkaliklarni but va sanamlarga sig’inishdan qutharish va yagona Olloh e’tiqodiga olib kirish uchun 3 yil yashirin ravishda harakat qildi. Bu davrda Islom diniga kirganlar 30 kishini tashkil etdi holos. Birinchi bulib Bibi Hadicha , keyin amakivachchasining o’gli Haydar y’ani Ali, asrandi o’g’li Zayd ibn Horis islomga kirdi. So’ng Abu Bakr, az-Zubayr, Talha, Sa’d ibn Abu Vaqqos, Abd ar Rahmon ibn Avf, Usmon ibn Affon va boshhalar islomni qabul qildilar. Shu tariqa Makkaliklar ikkiga ajralishdi. Bular Ollohning yakkaligiga ishonganlar- mo’min-musulmonlar va ishonmaganlar – mushriklar edi. Mushriklar Ollohni yakka deb e’tirof etmay, uning sheriklari bor, y’ani hudolar ko’p deb , turli sanam, tosh va hakazolarga, ko’plab hudolarga sig’inishdilar. Mushriklar 23 yil davomida Muhammad targ’ibolariga tish-tirnoqlari bilan qarshi chiqdilar. Ular hatto Muhammad Payg’ambarni jismonan yo’q qilmoq payiga tushganlar.
619 yilda avval amakisi Abu Tolib, keyin hotini Hadicha vafotidan so’ng mushriklar payg’ambarga qarshi kurashni yanada kuchaytirdilar. U zot o’zga erlardan tarafdorlar izlashga majbur bo’ldilar.
Dastlab bir guruh musulmonlar Habashistonga kuchdi. 622 yilda Makka zadogonlari bilan raqobatlashib kelaetgan Yasrib(Madina) dagi Abs va Hazraj qabilalarining vakillari musulmon jamoasini uziga qabul qilish , Muhammadni umumiy rahnamo sifatda tan olishga rozi bo’lishdi. Shu tariqa 622 yilda musulmonlar jamoasi Makkadan Madinaga ko’chadi. Buni tarihda hijrat- ko’chish deb yuritiladi.Musulmon yili Hijriy yil hisobi shu yildan boshlanishi rasmiy tan olingan. Ko’chib kelgan kishilar muhojirlar (ko’chib kelganlar), Madinada Islomni qabul qilganlar ansorlar (tarafdorlar) deb ataldilar. Bu yerda Muhammad qisqa vaqt ichida tarqoq arab qabilalarini muhojirlar bilan birlashtirib bir jamoa – ummani tashkil etdi. Bu jamoa qisqa vaqt ichida kichik, lekin kuchli davlatga aylandi. Diniy, ma’muriy va harbiy hokimiyat butunlay Muhammad Payg’ambar quliga o’tdi. Madina atrofidagi barcha arab qabilalari bo’ysuntirildi. Ayni vaqtda Madina va Makka o’rtasida boshlangan kurash 8 yil davom etdi va Badr, Uhud, Handoq kabi jangler bo’lib o’tdi. Nihoyat Makka zodogonlari 628 yilda Muhammad bilan kelishishga majbur bo’ldilar. 630 yilda musulmonlar qushini hech qanday qarshiliksiz Makkaga kirib bordi. Makka aholisi yoppasiga Islom dinini qabul qildi va Muhammadni Ollohning elchisi deb e’tirof etdi. Ana shundan boshlab Makka Islom dini markaziga, Ka’ba musulmonlarning muqaddas ziyoratgohiga aylangan. 632 yilda Muhammad oila a’zolari bilan birga Ka’baga birinchi marta haj ziyoratiga keldi. Mazkur Haj tarixda “vidolashuv haji” deb yuritilib, Muhammad hajga to’plangan 124 ming musulmonga harata tuya ustida o’tirib nutq so’zlangan. Bu nutq tarihda – “vidolashuv hutbasi” deb yuritilib, u nafaqat yig’ilgan musulmonlarga, balki butun insoniyatga haratilganligi va insoniyat tarihida eng buyuk inqilib yasaganligi bilan ajralib turadi. Vidolashuv hutbasi jaholiyat davrining butun hurofatlarini, butun yomonliklarini, qon da’volarini, sudho’rlikni, qimor,fohishalikni, ayollarga nisbatan past nazar bilan qarashni o’rtadan barham toptirishda muhim rol o’ynaydi.
Muhammad Payg’ambar aytgan va’zalarining qisqacha mazmuni quyidagicha:
“Ey insonlar! So’zlarimni diqqat bilan eshitingiz. Bilmayman, balki bu sanadan keyin Siz bilan bu yerda yana bir bor birga bo’lolmasman.
“Ey insonlar”! ..Bu kuningiz (qurbon kuni) qanday muqaddas bo’lsa, bu oyingiz qanday muqaddas bo’lsa, bu shahrimiz (Makka) qanday muqaddas bir shahar bo’lsa, bilingizki, jonlaringiz, mollaringiz ham shu kabi muqaddasdir. Bularga qilingan har qanday tajovuz haromdir.
Ashobim! Hushingizni yig’ib oling! Bilingizki, zinhor-bezinhor mendan keyin eski adashuvga qaytib bir-biringizning bo’yningizni kesmang!
Ashobim! Eski Johiliyat davridan qolgan hamma qon da’volari batamom bekor qilindi.
Ashobim! Kimning yonida bir omonat bo’lsa, uni egasiga qaytarib bersin.
Ey Insonlar! Hotinlarning haqlariga rioya etingiz. Ular bilan shavqat, mehr ila muomalada bulingiz. Ularning haqlari hususida Ollohdan qo’rqingiz! Hotinlar Sizga Tangrining omonatidir. Ular Ollox nomiga so’z berib oldingiz. Sizning hotinlar ustida haqlaringiz bo’lgani kabi, ularning ham Sizda haqlari bor.Sizning hotinlardagi haqlaringiz – hotinlarning oila sharafini Siz yoqtirmaydigan hech bir kimsaga oyoqosti qildirmasliklaridir. Hotinlaringizning har turli yeyish va kiyish ehtiyojlarini ta’minlashingiz esa, ularning Sizning ustingizdagi haqlaridir…Bir hotin erining ruhsatisiz uning molidan biror narsani birovga berishi halol emas.
Ey mo’minlar! So’zlarimni yaxshi eshitingiz : …Hech kimning boshhalardan ustunligi yo’qdir. Sharaf va ustunlik faqat fazilat iladir. Har bir musulmon musulmonning birodaridir. Haqsizlik qilmang! Haqsizlikka bo’yin ham egmang! Odamning haqlarini emang. Bir-biringiz bilan bo’g’ishmang! …
Ey Insonlar! Har bir jinoyatchi o’z aybiga faqat o’zi javobgardir. Hech bir jinoyatchining gunohi uchun avlodi jazo tortmaydi.
Ey mo’minlar! Sizga bir omonat qoldiryapman. Unga mahkam bog’laningiz sari yo’lingizda hech adashmagaysiz. Bu omonat Ollohning kitobi – Qur’ondir.
Ey insonlar! Haddan oshishlikdan saqlaning…”
Muhammad Rasulluloh hajdan qaytgach 632 yil 8 iyunda kasallanib vafot etdi. Bu davrga kelib Arabiston yarim oroli to’la birlashtirilgan, uning aksariyat aholosi Islom dinini qabul qilgan edi. Arabistonning siyosiy, iqtisodiy , etnik va madaniy jihatlardan birlashishida Islom dini muhim omil bo’lib hizmat qildi.va kelajakda vujudga kelgan musulmon olamining mafkurasiga aylandi.
Muhammad Rasululloh vafot etgach u barpo etgan davlatni uning o’rinbosarlari – halifalar boshhargan. Shu munosabat bilan musulmonlar davlati tarihda “Arab halifaligi” deb nom olgan.
632-661 yillarda to’rt nafar halifa – Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilar halifalikni boshharib er yuzining katta qismini halifalikka bo’ysundirganlar.
661-750 yillarda hariyib yuz yil Islom tarihida Ummaviylar sulolasi hukmronlik qilgan. Bu davrda arablar istilosi va Islomning boshqa halqlar orasida tarhalishining ikkinchi davri boshlanib Shimoliy Afrika, Ispaniya erlari bosib olindi.
Arablar VIII asrda O’rta Osiyoni – Movaraunnahrni bosib oldilar va qattiqqullik bilan islomlashtirish siyosatini olib bordilar. Bu jarayon o’ta qiyin kechgan. Chunonchi ular raqiblarni o’ldirdilar, Islomni qabul etmaganlarni boshiga turli- tuman kulfatlarni tug’dirdilar, har xil yo’llar bilan mahalliy halqlarga zulm va ho’rliklarni o’tkazdilar, katta soliqlar soldilar. Ayni paytda arab hukmdorlari islomni qabul qilinganlari uchun turli imtiyozlar yaratdilar, jumladan, ularni juz’yadan, y’ani jon solig’idan ozod qildilar.
Shunday qilib bir asrdan kamroq vaqt davomida shimoliy Hitoydan Ispaniyagacha, Kavkaz ortidan Hind okeanigacha bo’lgan katta hudud zabt etildi va Islom dini keng hududda tarhaldi.
O’rta Osiyo aholisining arablarga qarshi olib brogan erk va ozodlik kurashi bir yarim asr uzluksiz davom etdi. Ularning bu intilishlari, harakatlari nihoyat IX asrning ohirlariga kelib mintaqada arab halifaligi hokimyatining qulashi bilan yakunlandi. O’rta Osiyoda IX-XI asrlar davomida markazlashgan mustaqil davlatlar vujudga keldi.
Bu – Somoniylar ,Qorahoniylar,G’aznaviylar, Saljuqiylar va Horazmshohlar davlatidir.
Arab halifaligi 632 yildan to 1258 yilgacha , y’ani 627 yil davom etdi. Undan keyin Misr Abbosiy halifaligi 1261- yildan 1517 – yilgacha, Usmoniylar halifaligi esa 1517 yildan 1924 yilga qadar hukm suradi.
Shunday qilib Islom halifaligi jami 1293 yil amal qilib , 1924 – yilda Turkiya jumhuriyatining rahbari Mustafo Kamol boshchiligidagi Milliy majlis Usmonlilar halifaligini bekor qilinishi bilan nihoyasiga etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |