ijtimoiy tajriba-turli ko’nikmalar va malakalar, ___ va usullar, xulq-atvor normalari va stereotiplari, insonlar bilan muomala tajtibasi, adaptatsiya, o’z-o’zini anglab olish tajribalari majmuasi.
ijtimoiy tarbiya-shaxsning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi uchun zarur bo’lgan ijtimoiy ahamiyatga ega hislatlarni shakllantirish jarayoni.
ijtimoiy tarbiyada yoshga ko’ra yondoshuv-inson rivojlanishiga har bir yosh guruhning xususiyatlari va imkoniyatlarini inobatga olgan holda shart-sharoit yaratib berish.
ijtimoiy tarbiyaga individual yondoshuv-tarbiyalanuvchilarning individual xususiyatlarini ham shaxsiy ham individ darajasida inobatga olish.
ijtimoiy ta’lim- ijtimoiy bilimlarni va bolaning ijtimoiylashuviga ko’maklashuvchi ijtimoiy ko’nikma va malakalarni yetkazish jarayoni.
ijtimoiy ta’minot-davlat moddiy ta’minoti tizimi va ijtimoiy yordamga muhtojlarga yordam ko’rsatish doirasida turli ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |