Elektron resurslar
1.
www.ziyonte.uz
2.
www.referat.uz
134
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI
“Muhandislik” fakulteti
“Mashinasozlik texnologiyasi, jihozlash va avtomatlashtirish” kafedrasi
«Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari»
fanidan
Ta`lim
yo’nalishi:
5320200- Mashinasozlik texnologiyasi,
mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va
avtomatlashtirish
Namangan-2018 yil
135
Mazkur baholash mezoni OO’MTVning 25.08.2010 yildagi №333-sonli
buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta`lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat
qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risida” Nizomi asosida tayyorlandi. U
“5320200-Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarish jixozlash va
avtomatlashtirish
yo'nalishi
talabalari
uchun
yo'nalishi
talabalari
uchun
“Mashinasozlikda ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishasoslari” fani
bo’yicha joriy, oraliq va yakuniy baholash uchun tavsiya etiladi. U talabalarning
ta’lim jarayonida qo’lga kiritgan natijalarini oldindan belgilangan o’quv maqsadlari
asosida ishlab chiqilgan hamma uchun umumiy va bir hil mezonlar asosida
taqqoslash va o’lchash imkonini beradi. Bu esa baholash jarayonining ob’ektiv va
maqsadga muvofiq amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Tuzuvchilar:
K. Abdullayev. – NamMQI «MT, J va A» kafedrasi
dotsenti.
O.Mamatraximov/ – NamMQI « MT, J va A » kafedrasi
assistenti.
Taqrizchi:
A.BotiroB. – NamMQI « MT, J va A » kafedrasi dotsenti
Ushbu baholash mezoni “MT, J va A” kafedrasining “___” ______2018
yildagi yig’ilishida (majlis bayoni «№___») ko’rib chiqilgan va ma’qullangan.
Baholash mezoni institut ilmiy-uslubiy kengashining 2018 yil «__» ________
___sonli yig’ilishida muhokama qilingan va foydalanishga tavsiya etilgan (ro’yhat
raqami №___ ).
136
Kirish
Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholashdan
maqsad ta`lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish,
talabalarning fanlarni o’zlashtirishida bo’shliqlar hosil bo’lishini oldini olish, ularni
aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
Talabalarning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning
reyting tizimi asosida talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi ballar orqali
ifodalanadi.
Har bir fan bo’yicha talabaning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi
100 ballik tizimda baholanadi. Ushbu 100 ball nazorat turlari bo’yicha quyidagicha
taqsimlanadi:
yakuniy nazoratga – 30 ball;
joriy va oraliq nazoratlarga – 70 ball (fanning xususiyatidan kelib
chiqqan holda 70 ball kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlarga taqsimlanadi).
Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichini nazorat qilishda quyidagi
na’munaviy mezonlar tavsiya etiladi:
a) 86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagi talablarga javob berishi
lozim:
fanning mazmunini bilish, aytib bera olish;
tasavvurga ega bo’lish;
hodisaning mohiyatini tushunish;
xulosa va qarorlar qabul qilish;
ijodiy va mantiqiy fikrlay olish;
mustaqil mushohada yurita olish;
olingan bilimlarni amalda qo’llay olish.
b) 71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagi talablarga javob berishi
lozim:
fanning mazmunini bilish, aytib bera olish;
tasavvurga ega bo’lish;
hodisaning mohiyatini tushunish;
mustaqil mushohada yurita olish;
olingan bilimlarni amalda qo’llay olish.
c) 55-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
fanning mazmunini bilish, aytib bera olish;
hodisaning mohiyatini tushunish;
tasavvurga ega bo’lish.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi 0-54 ball bilan baholanishi
mumkin:
aniq tasavvurga ega bo’lmaslik;
bilmaslik.
Talabaning fan bo’yicha bir semestdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi:
100
'
O
V
R
f
bu yerda:
137
V– semestrda fanga ajratilgan umumiy o’quv yuklamasi (soatlarda);
'
O
–fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi (ballarda).
Masalan,
5320200
–“Mashinasozlik
Muhandisliksi,
jihozlash
va
avtomatlashtirish” yo’nalishi o’quv rejasida «Mashinasozlikda ishlab chiqarish
jarayonlarini avtomatlashtirish» fanidan 6 semestrida
fanga ajratilgan umumiy o’quv
yuklamasi 66 soat, talabaning fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi 75 ball bo’lsa, fan
bo’yicha talabaning reytingi
ball
R
f
50
100
75
66
Fan bo’yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy balning 55 foizi
saralash bali hisoblanib(38.5%), ushbu foizdan kam ball to’plagan talabalar yakuniy
nazoratga kiritilmaydi.
Joriy va oraliq nazorat turlari bo’yicha umumiy (100) balldan 55 va undan
yuqori balni to’plagan talaba fanni o’zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan
bo’yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo’l qo’yiladi.
Talabaning semestr davomida fan bo’yicha to’plagan umumiy bali har bir
nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to’plagan ballari yig’indisiga teng.
Oraliq va yakuniy nazorat turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat
tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida, yakuniy nazorat esa
semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida jadval bo’yicha o’tkaziladi.
Talaba fan bo’yicha kurs loyihasi (ishi)ni ushbu fan bo’yicha to’plagan ballari
umumlashtirilishiga qadar topshirishi shart.
Joriy va oraliq nazoratlarda saralash balidan kam ball to’plagan va uzrli
sabablarga ko’ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun,
navbatdagi shu nazorat turigacha, so’nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy
nazoratgacha bo’lgan muddat beriladi.
Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy,
oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakul’tet dekani
farmoyishi asosida, o’qishni boshlaganidan so’ng ikki hafta muddatda topshirishga
ruxsat beriladi.
Talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari bo’yicha to’plagan ballari
ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo’lsa yoki semestr yakunida
joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo’yicha to’plagan ballari yig’indisi 55 baldan
kam bo’lsa, akademik qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o’zlashtirish
uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni o’zlashtira olmagan
talaba, fakultet dekani tavsiyasiga ko’ra belgilangan tartibda rektorning buyrug’i
bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo’lsa, fan bo’yicha nazorat turi natijalari
e`lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakul’tet dekaniga ariza bilan
murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakul’tet dekanining taqdimnomasiga ko’ra
rektor buyrug’i bilan 3 (uch) a`zodan kam bo’lmagan tarkibda apellyatsiya
komissiyasi tashkil etiladi.
138
Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko’rib chiqib, shu kunning
o’zida xulosasini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |